Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


Download 5.01 Kb.

bet1/15
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI  XALQ TA'LIMI  VAZIRLIGI 
 AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA 
INSTITUTI 
    
 
                                         O'ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI 
  
   
  
  
  
  
 
  
    
  
 O'zbek tili adabiyoti 
  bakalavr ta'lim yo'nalishi uchun     
  
 AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA 
O`ZBEK ADABIYOTINI O`QITISH 
 fanidan 
 
  O'QUV  METODIK  MAJMUA 
  
  
  
  
 
  
  
  
  
  
  
  
 
 
NUKUS - 2012 
  
 
 

 
 


KIRISh 
 
O`zbekiston  Respublikasida  umumiy  o`rta  ta`lim  maktablaridagi  ta`lim  va 
tarbiya  jarayonini  davr  talablari  asosida,  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarga  mos  ravishda 
uzluksizlik va uzviylik tamoyillariga rioya qilgan holda yangi pedagogik texnologiya 
darajasida,  shuningdek,  axborot  texnologiyalaridan  foydalanib  tashkil  etishning 
mazmuni,  shakllari,  metod  va  usullarini  izlash,  ishlab  chiqish,  milliy  pedagogika 
fanining  talablari  asosida  maktab  adabiy  ta`limida  ro`y  bergan  o`zgarishlarni 
amaliyotga  tatbiq  etish  yosh  avlodni  komil  inson  qilib  tarbiyalashning  muhim 
omillaridan hisoblanadi. Ta`lim rus tilida olib boriladigan maktablar, akademik litsey 
va kasb-hunar kollejlaridagi o`zbek tili darslarida adabiy materiallarni o`rganishni ana 
shu  yo`sinda  yo`lga  qo`yish  talab  etiladi.  Badiiy  asar  –  yuksak  estetik  qadriyat.  U 
o`sib kelayotgan yosh avlodning axloqiy izlanishlari manbai hamdir.  
Ma`lumki, faqat adabiy materialgina odatda darsliklarning asosiy qismini tashkil 
qiladigan ruhsiz, sira ham hissiyot uyg`otmaydigan ilmiy maqola tipidagi oddiy o`quv 
matniga  qaraganda  katta  ta`limiy  va  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega.  Uzluksiz  o`zbek  tili 
ta`limi  jarayonida  rusiyzabon  o`quvchilarning  o`zbek  xalqi  madaniyatidan  xabardor, 
milliy ma`naviyat va milliy istiqlol mafkurasi g`oyalari ruhida tarbiya topgan kadrlar 
bo`lib  etishishlari  uchun  adabiyot  namunalaridan  foydalanish  muhim  rol`  o`ynaydi. 
Buning  uchun  esa  ana  shu  adabiy  materiallarni  o`rganish  mazmuni  va  metodikasi 
yangi  pedagogik  texnologiya,  axborot  texnologiyalari    darajasida  ishlab  chiqilgan 
bo`lishi lozim.  
Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining 
o`zbek  tili  mashg`ulotlarida  adabiy  materiallarni  o`rganishning  ta`lim  va  tarbiyaviy 
ahamiyati behad katta ekanligi, rusiyzabon talabalarning badiiy matnlarni o`qib idrok 
etishlarini  ta`minlash    o`zbek  tilini  o`qitish  metodikasida  yangilik  bo`lganligi  uchun 
yo`q joydan bor qilish lozim bo`ladigan echimlari ham jiddiy mushohadalarni taqozo 
etadi.  Shuni  ham  eslatish  joizki,  bugungi  kunda  o`zbek  tili  o`qituvchilari  adabiy 
material o`tilayotganda ham odat bo`yicha ilmiy maqola tipidagi o`quv matnini o`qib 
o`rganishgagina xos metodikani qo`llamoqdalar. Bu metodikada esa matn mazmunini 
tushunish, shu maqsadda uni rus tiliga tarjima qilish, matn mazmuni yuzasidan savol-
javob  o`tkazish,  mazmunini  qayta  hikoya  qildirish  kabi  ish  turlari  bilangina 
cheklaniladi, bu erda badiiy asar ustidagi asosiy ishlar o`z ifodasini topmaydi. O`zbek 
adabiyotining  nodir  durdonasi  bo`lmish  badiiy  matnni  maqola  tipidagi  matnga 
o`xshatib  rus  tiliga  tarjima  qilish  esa  mashaqqatli  mehnatga  aylanib,  birinchidan, 
darsda ko`p vaqtni olsa, ikkinchidan, o`quvchi(talaba)ni kuchli toliqtiradi.  
 
 
 
UZLUKSIZ TA`LIM TIZIMIDA ADABIY MATeRIALLARNI 
O`RGANIShNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI  
1.1. Uzluksiz ta`lim jarayonida adabiy materiallarni o`rganishning 
psixologik asoslari 
 

 
 


Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining 
o`zbek  tili  mashg`ulotlari  tarkibida  adabiy  materiallarni  o`qish uni  badiiy  idrok  etish 
bilan  chambarchas  bog`liqdir.  Idrok  jarayonida  asarning  badiiy  obrazlari  anglanadi, 
estetik zavq yuzaga keladi, tarbiyaviy ta`sir amalga oshadi. Lekin rusiyzabon o`quvchi 
(talaba)lar  adabiy  asardan  olingan  parchani  o`qib  badiiy  idrok  etish  u  yoqda  tursin, 
mazmunini  tushunishga  ham  katta  qiyinchiliklar  bilan  muvaffaq  bo`ladilar.  Buning 
asosiy  sababi  shuki,  birinchidan,  ularning  so`z  boyligini  so`zlashuv  nutqida  faol 
ishlatiladigan,  shuningdek,  ilmiy  maqola  tipidagi  o`quv  matnlarida  uchraydigan 
nofaol leksika tashkil etib, asosan neytral uslubga xosdir; badiiy matnlarda esa uslubiy 
bo`yoqdor,  milliy  qadriyatlarni  ifoda  etuvchi  leksika  ishlatiladi.  Ikkinchidan,  badiiy 
uslubga  xos  so`zlar  minimumi,  shuningdek,  leksikologiya  ustidagi  ishlar  o`zbek  tili 
ta`limi mazmunida ko`zda tutilmagan. Ta`lim rus tilida olib boriladigan maktablarning 
o`zbek tili  darslarida  o`quvchilarni o`qishga va  bevosita ilmiy  maqola tipidagi o`quv 
matnlari  mazmunini  tushunishga  o`rgatish  masalalari  yuzasidan  yirik  metodist  olim 
R.Yo`ldoshev tomonidan ba`zi tadqiqot ishlari amalga oshirilgan, xolos. Bu ishlarning 
natijalari  sanoqli  maqolalarda  e`lon  qilingan  [43;  44;  46].  Aksariyat  masalalar  o`z 
echimini kutmoqda.  
Shu  kunga  qadar  ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  sinf(guruh)larda  o`zbek 
adabiyoti  namunalarini  o`rganish  mazmuni  qisman  tadqiq  etilgan  bo`lsa-da,  badiiy 
asarlar  va  ulardan  olingan  parchalar  ustida  ishlash  metodikasi  deyarli  ishlanmagan. 
Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  maktablarning  o`zbek  tili  darslari  tarkibida  XX  asr 
o`zbek 
adabiyotini 
o`qitish 
mazmunini 
belgilash 
muammolari 
yuzasidan  
R.Niyozmetovaning  nomzodik  ishi  [83],  Q.Husanboevaning  ЈO`zbek  adabiyotini 
ta`lim  davlat  tilidan  boshqa  tillarda  olib  boriladigan  maktablarda  o`qitishning  ilmiy-
metodik  asoslari”  mavzusidagi  nomzodlik  dissertatsiyasi  [130],  o`zbek  mumtoz 
adabiyotini o`qitish mazmuniga doir ayrim o`quv materiallari [129], dars ishlanmalari, 
maqolalari [128] mavjud, xolos.  
Metodist  olim  e.Abduvalitovning  “Ta`lim  qozoq  tilida  olib  boriladigan 
maktablarning  V-IX  sinflarida  o`zbek  adabiyotini  til  tarkibida  o`qitish  asoslari” 
mavzusidagi  tadqiqot  ishida  [1]  qozoq  tilida  so`zlovchi  o`quvchilarga  o`zbek 
adabiyotini  o`qitish  tamoyillari,  bugungi  muammolari,  adabiyot  darslarini  pedagogik 
texnologiya  asosida  tashkil  etish  usullari,  o`qitish  omillari  xususida  so`z  yuritilgan. 
Taklif  qilinayotgan  ikki  adabiyotni  taqqoslash,  adabiy  tahlil,  bilimlarni  baholash 
(o`qitishning  kognetiv  kategoriyasi  bosqichlari)  kabi  usullar  o`zbek  maktablarida 
adabiyot  o`qitish  metodikasiga  yaqin,  chunki  qozoq  tilida  so`zlovchi  o`quvchilar 
o`zbek tilida bemalol fikr bayon qilibgina qolmay, yaxshigina kitobxondirlar ham. Biz 
mazkur dissertatsiyaga mavjud adabiyot o`qitish metodikasiga oid manbalarga qanday 
suyansak, shu darajada suyanamiz.  
Adabiyot  o`qitish  metodikasida  “matn  mazmunini  tushunish”  bilan  “badiiy 
matnni  idrok  etish”  o`zaro  farqli  tushunchalar  sifatida  talqin  qilinadi,  keyingisi 
bevosita badiiy obrazlarni anglash bilan bog`liq ekanligi ta`kidlanadi. Shuning uchun  
biz  ham  badiiy  matnni  “idrok  etish”  atamasidan  foydalanamiz.  Rusiyzabon  o`quvchi 
yoki talabaning adabiy asar mazmunini tushunishdan yuqori ko`tarilib, uni idrok etish 
darajasiga etmog`i talab etiladi. Boshqacha aytganda, badiiy  matnni idrok etish matn 
mazmunini  tushunish  asosida  namoyon  bo`ladi.  Lekin  asar  mazmunini  dastlabki 

 
 


tushunishdan keyingi bosqichga o`tishning o`z qiyinchiliklari bor: birinchidan, asarni 
o`qib  rus  tiliga  tarjima  qilish  o`ta  og`ir  faoliyat  sanaladi,  bu  ishni  bajarishda  ba`zan 
o`qituvchilar ham katta qiyinchiliklarga duch keladilar, chunki ular tarjimon emaslar, 
shu  sababli  darslarning  asosiy  vaqti  shu  ishga  behuda  sarflanib  yuboriladi, 
ikkinchidan,  matn  bir  marta  rus  tiliga  o`girib  o`qilgach,  erishilgan  marra 
mustahkamlash  bosqichidan  o`tkazilmasa,  tezda  boy  beriladi,  ya`ni  o`quvchi(talaba) 
asarni  qayta  o`qishda  uning  talay  o`rinlarini  tushuna  olmaslik  tufayli  qaytadan 
tarjimaga urinadi. Shunga ko`ra ham badiiy matnni rus tiliga mufassal tarjima qilmay, 
ayrim  gaplarini  o`girgan  holda  uni  idrok  etish,  bunda  idrokning  to`liq  va  chuqur 
bo`lishini  ta`minlovchi  usullardan  foydalanish,  bunda  axborot  texnologiyalarining 
rolini oshirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.  
Ma`lumki,  badiiy  asarni  idrok  etish  undagi  obrazlar  tizimini  anglash  va  qabul 
qilishga  borib  taqaladi.  Ushbu  jarayonning  qanday  kechishi  esa  ruhshunoslikka  doir 
adabiyotlarda atroflicha yoritilgan. Shu adabiyotlarga asoslangan holda umumiy o`rta 
ta`lim  maktabi  o`quvchilari,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  talabalarining 
o`zbek  tilidagi  adabiy  materiallardagi  badiiy  obrazlarni  idrok  etish  xususiyatlarini 
aniqlab  olmasdan  turib  ta`lim  metodlari  xususida  samarali  tavsiyalar  ishlab  chiqish 
amri mahol.  
Uzluksiz  ta`lim  jarayonida  rusiyzabon  o`quvchi(talaba)larning  ular  uchun 
mo`ljallab  tanlangan  adabiy  materiallarni  muvaffaqiyat  bilan  o`qib  o`rganishlariga 
erishish  uchun  mutlaqo  qo`l  urilmagan  yangi  soha  –  shu  o`quvchilarga  o`zbekona 
adabiy  ta`lim  berish  mazmuni  va  metodlarini  ishlab  chiqish  talab  etiladi.  Metodik 
muammolarni  hal  etish  uchun  esa  badiiy  asarni  idrok  etishning  psixologik  asoslarini 
belgilash,  o`quvchilarning  ularni  o`qib-o`rganish  imkoniyatlarini  aniqlash  taqozo 
etiladi, ana  shu xususiyatlar  va  ehtiyojlarni nazarda tutgan  holda ish tutish  zaruriyati 
tug`iladi.  Bunday  ma`lumotlarga  ega  bo`lishgina  tadqiqotimizdan  ko`zlangan 
maqsadga ilmiy asosda, amaliyotda sinalgan holatda eltishi mumkin. 
Adabiy  materiallarni  o`rganishning  (ayniqsa,  ularni  idrok  etishning)  psixologik 
jihatlari  bir  qator  ruhshunos  olimlar  tomonidan  tadqiq  etilgan,  olingan  xulosalar 
monografik asarlarda bayon qilingan, metodist olimlarning asarlarida ham bu borada 
ba`zi  amaliy  xulosalar  aytib  o`tilgan.  Bu  borada  N.D.Moldavskaya  [76;  77], 
A.A.Abdullina  [2],  R.V.Glintershchik  [19],  metodist  olimlar  A.Zunnunov  [29;  30], 
T.Boboev [14], Q.Yo`ldoshev [48; 49], M.Mirqosimova [74], S.Matchon [68; 69; 70], 
Ð.R.Mayman  [63],  N.I.Kudryashov  [58],  L.A.Sheyman  [119],  G.A.Petrova  [89], 
L.N.Rojina  [94],  A.T.Rubaylo  [96],  V.R.Shcherbina  [120],  F.I.Volkov  [17], 
G.I.Belen`kiy  [13],  V.S.Baevskiy  [10],  L.G.Baykieva  [11],  L.I.Konovalovalarning  
[55] tadqiqotlarini tilga olish joiz. 
Badiiy  asarni  idrok  etish  -  murakkab  jarayon.  Bu  jarayonni  darslik  muallifining 
o`zi tuzgan oddiy o`quv matnini yoki ilmiy maqola tipidagi matnni o`qib mazmunini 
tushunish  jarayoni  bilan  sira  ham  tenglashtirib  bo`lmaydi.  Ruhshunoslarning 
ta`kidlashlaricha, adabiy asardan parcha o`qish jarayonida ilmiy maqola tipidagi matn 
ustida  ishlagandagi  kabi  mazmun  bilan  tanishish  birinchi  darajali  narsa  emas.  Bu 
o`rinda  matn  mazmunini  tushunishdan  farqli  o`laroq  badiiy  obrazni  idrok  etish 
ustuvor  ahamiyat  kasb  etadi.  Demak,  rusiyzabon  o`quvchilardan  adabiy  tayyorgarlik 

 
 


ko`rsatkichi  sifatida  badiiy  matnni  o`qib  mazmunini  to`liq  tushunish  emas,  balki  uni 
to`liq va chuqur idrok etish talab qilinishi shart. 
Ikkinchi tilni o`qitish metodikasida notanish matnni o`qib mazmunining 60% ini 
tushunishga  erishilsa,  shuni  yaxshi  ko`rsatkich  sifatida  qabul  qilinadi.  Darhaqiqat, 
o`zbek tili o`qituvchisi o`quvchilik yoki talabalik yillarida rus tilidagi badiiy asarlarni 
o`qigan  paytlarini  eslasa,  shundan  to`g`ri  xulosa  chiqara  olishi  mumkin.  Dastlabki 
o`qilgan  asarlarning  ko`p  o`rinlari  tushunarsiz  bo`lgani  uchun  bu  joylar  tashlab 
ketiladi.  Talay  so`zlarning  ma`nolari  anglanmagani  uchun  bu  so`zlar  ham  chetlab 
o`tiladi. Lekin bir o`rinda tushunilmagan so`z ikkinchi o`rinda qulay kontekst tufayli 
anglanadi, shu tariqa asta-sekin badiiy asarlarni mutolaa qilish tushunarli bo`la boradi. 
Nafsilambr  aytganda,  biror  bir  kishi  yo`qki,  u  rus  tilidagi  badiiy  asarni  lug`at 
yordamida  o`qigan  bo`lsin.  Rusiyzabon  o`quvchilar  ham  ana  shu  jarayonni  o`zbek 
tilidan olgan bilimiga monand tanlangan badiiy matnlar misolida boshidan kechirishi 
lozim. Adabiy materiallar so`zlar takrorini ta`minlab beradi. Bu esa katta miqdordagi 
leksikaning  retseptiv  darajada  bo`lsa-da,  ularning  tabiiy  o`zlashuviga  olib  keladi. 
Ilmiy  maqola  tipidagi  matnlar  bunday  imkoniyatdan  mahrum:  ular  hajman  kichik 
bo`lgani  uchun  o`tilgan  so`zlarning  etarli  takrorini  ta`minlab  bo`lmaydi,  natijada 
matndan  matnga  o`tilgan  sayin  ular  unutilib  boradi.  Ammo  adabiy  materailni  badiiy 
idrok  etish  uchun  uning  qaysi  jihatlari  yordam  berishi,  mazmuni  60%  anglangan 
parcha  estetik  zavq  uyg`ota  olish-olmasligini  aniqlash  metodika  uchun  muhim 
masalalardir. 
Ta`lim  rus  tilidagi  maktablar,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining  rus 
adabiyoti  darslarida badiiy  asardan  keltirilgan  mo``jaz  parcha  ustida olib boriladigan 
sermahsul  ishlar  miqyosini  nazardan  qochirmaslik  o`quvchi(talaba)larning  adabiy 
tayyorgarligiga  asoslanish  imkonini  beradigan  kuchli  bir  omil  sifatida  maydonga 
chiqadi.  Bu  masalaga  nomlari  yuqorida  tilga  olingan  ruhshunoslar  va  metodist 
olimlarning  izlanishlari  va  asarlari  ma`lum  darajada  oydinlik  kirita  oladi.  Bu  erda 
bayon  etilgan  ma`lumotlar  quyidagi  masalalarga  doir  ma`lumotlar  to`plash,  ularni 
ko`rib chiqish imkonini beradi: 
1) idrok jarayonida badiiy obraz bilan borliq (voqelik) munosabatini anglash; 
2) badiiy asarni to`liq idrok etish bosqichlari; 
3) asar qahramonlarining fazilatlarini anglash masalalari. 
I.  Idrok  jarayonida  badiiy  obraz  bilan  borliq  (voqelik)  munosabatini 
anglash 
Akademik V.V.Vinogradov tilning eng muhim uch xil ijtimoiy vazifasiga (aloqa, 
xabar,  ta`sir  etish)  asoslanib,  vazifaviy  uslublarning  odatdagi  muomala  uslubi  aloqa 
vazifasiga,  odatdagi  rasmiy,  rasmiy-hujjat  va  ilmiy  uslublar  xabar  vazifasiga, 
publitsistik  va  badiiy  uslub  ta`sir  etish  vazifasiga  ega  ekanligini  ko`rsatib  bergan 
[26,7-8].  Demak,  ilmiy  maqola  tipidagi  matn  mazmunini  tushunish  va  o`zlashtirish 
bilan  badiiy  matn  mazmunini  tushunish  va  o`zlashtirish  bir  xildagi  o`quv-biluv 
jarayoni emas. Ilmiy maqola tipidagi matnda tasvirlangan voqelik real bo`lib, u aynan 
qabul  qilinadi.  Shunga  ko`ra  ham  bunday  matnlar  ustida  ishlaganda  mazmunini 
tushunish  va o`zlashtirish,  ya`ni  axborot  olish  maqsadigina qo`yiladi.  Yozuvchi  yoki 
shoirning tarjimai holi (agar u badiiy asar ko`rinishida bayon etilgan bo`lmasa), davr 
sharhlari  ham  ana  shunday  tavsifga  ega  bo`ladi.  Bu  o`rinda  ham  matn  mazmunini 

 
 


anglab  etish  va  unda  aks  etgan  aniq,  hayotiy  muhim  faktik  materiallarning 
muhimlarini eslab qolish talab etiladi.    
Ta`lim  rus  tilidagi  maktablar,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining 
o`zbek  tili  darslarida  o`quvchilar  yillar  mobaynida  ketma-ket  kelayotgan  matnlarni 
o`qish, mazmunini tushunish, o`zlashtirish bilangina mashg`ul bo`lib, shu ish turlariga 
odatlanib  qoladilar.  Ora-chora  badiiy  matn  duch  kelganda  ham  bir  xil  usul 
qo`llanaveradi:  rusiyzabon  o`quvchi  asardan  olingan  parchani  o`qituvchining 
topshirig`i  bilan  o`qib  rus  tiliga  tarjima  qilishga  harakat  qiladi,  mashaqqatli 
urinishlardan  so`ng,  muallimning,  ota-onalarning,  qo`ni-qo`shnilarning  yordamida 
topshiriqni  ado  etishga  muvaffaq  bo`ladi,  notanish  so`zlarni  va  so`z  shakllarini 
o`zlashtirishga  qaratilgan  mashqlarni  va  ish  turlarini  bajaradi,  nihoyat,  asarda 
tasvirlangan voqea-hodisalarni – faktik materiallarni eslab qolish va matn mazmunini 
qayta  hikoya  qilishga  tayyorgarlik  ko`radi,  xolos.  Bular  badiiy  matnni  idrok  etishga 
doir  bilim,  ko`nikma  va  malakalarni  egallash  jarayonida,  bir  tomondan,  ijobiy, 
ikkinchi  tomondan,  salbiy  ta`sir  ko`rsatadigan  omillardir.  Ijobiyligi  shundaki,  matn 
mazmunini  tushunish  ta`minlanadi.  Salbiyligi  shundaki,  o`quvchi(talaba)  shu  daraja 
bilan  kifoyalanadi.  Salbiy  ta`sirni  engib  o`tish  qiyin.  Buning  uchun  o`zbek  tili 
darslarida  o`quvchilarga  badiiy  asarni  o`qitishning  asosiy  shartiga  ko`ra  uni  oddiy 
(badiiy  bo`lmagan)  o`quv  matnini  o`qib  mazmunini  tushunish  va  o`zlashtirishdan 
iborat odatdan xalos etish, davlat tilidagi adabiy materialga bo`lgan o`z munosabatini 
tubdan o`zgartirishdir. 
e.I.Il`inning  fikricha,  asarni  to`laqonli  idrok  etish  uni  boshidan  oxirigacha 
mufassal o`rganish degani emas. Maktab olamida bu narsa o`z holicha maqsad emas, 
balki  vositadir:  mohiyatan  o`rganiladi,  ya`ni  tanlab,  asbob-uskunalarning  katta 
bo`lmagan  miqdori  bilan  o`rganiladi  [33,27].  Muallif  o`z  kuzatishlari  asosida  shuni 
aniqlaganki,  qamrab  olish  mumkin  bo`lmagan  narsalarni  qamrab  olishga  intilish 
adabiyot  darsini  tor-mor  keltirmagan  bo`lsa-da,  uni  vayron  qilgan  (buzib  yuborgan) 
[33,29].  
Rusiyzabon  o`quvchilar  rus  adabiyoti  darslarida  etarli  adabiy  tayyorgarlik 
ko`radilar.  Ular  badiiy  obrazning  nima  ekanligi,  syujet,  kompozitsiya,  personaj  (asar 
qahramoni),  xarakter,  yozuvchi  pozitsiyasi,  realizm,  tasviriy  vositalar  kabilarni 
o`zlashtirib,  eslab  qolgan,  ko`nikma  va  malakalar  hosil  qilgan  darajada  biladilar. 
Ularning  ba`zilari  ushbu  bilim,  ko`nikma  va  malakalardan  o`zbek  tilidagi  adabiy 
matnni  o`qib  idrok  etishda  foydalanishlarini  taxmin  qilish  mumkin.  Buni  ba`zi 
yoshlarning  badiiy  asardan  olingan  parchani  ifodali  o`qishga  harakat  qilishlaridan 
yaqqol  kuzatish  qiyin  emas.  Talabalarning  o`zlarida  mavjud  bo`lgan  adabiy 
tayyorgarlikni  o`zbek  tilidagi  badiiy  matnga  “ko`chirishlari”ni  barcha  uchun  birday 
ta`minlash  niyatida  ularga  tegishli  ko`rsatma  va  topshiriqlar  berish,  rus  adabiyoti 
darslarida o`tilgan nazariy ma`lumotlarni o`rnida esga tushirish, zaruriyat sezilganda, 
takrorlash taqozo etiladi. Aks holda ayrim yoshlar o`z bilim, ko`nikma va malakalarini 
ko`p vaqt o`zbek tilidagi adabiy matnni idrok etishga bevosita ko`chirishni xayollariga 
keltirmasliklari  ham  mumkin.    O`qish  paytida  nazariy  ma`lumotlarni  esga  olish 
zarurligini  aniq  his  qilib  tursalar  ham,  o`zlarini  ortiqcha  urintirmaslik  yo`lini 
tanlaydilar.  Masalaning  boshqa  jihati,  eng  yomon  tomoni  shundaki,  rusiyzabon 
talabalar  hajman  maqola  tipidagi  matnga  teng  keladigan  o`quv  materialiga  duch 

 
 


kelganda aksariyat  holatlarda uni  badiiy  asar deb qabul  qilmaydilar.  Qolaversa,  oson 
yo`lni  tanlash  o`quvchilar  uchun  xos  ruhiy  holatdir:  asarni  idrok  etishga  qaraganda 
matnni o`qib mazmunini tushunish engilroq bo`lgani uchun keyingi ish turini ma`qul 
ko`radilar.  Matnni  rus  tiliga  o`girib  a`lo  baho  olgan  yoki  yuqori  ball  to`plagan 
qayoqdayu, badiiy obrazlar ustida ishlab, katta qiyinchiliklar bilan pastroq baho yoki 
ball to`plagan qayoqda.  
Nafsilambr  aytganda,  o`quvchilar  matn  mazmunini  o`zbek  tilida  o`z  so`zlari 
bilan  qayta  hikoya  qilishga  qaraganda  uni  yod  olib  aytib  berishni  ma`qul 
ko`rganlaridek  [108],  matnni  yod  olgandan  ko`ra  uni  rus  tiliga  erkin  o`girishni  afzal 
deb  biladilar.  Xullas,  yoshlar  vazifalarning  murakkablashuvini  emas,  balki  tobora 
engillashib  borishini  istaydilar.  So`z  boyligining  ortib  borayotganini,  sintaktik 
qurilishi  murakkablashayotgan  gaplarning  mazmunini  tushuna  olayotganliklarini 
rivojlanish deb hisoblaydilar. 
O`quv  matnlaridagi  faktik  materiallarni,  tabiat  va  jamiyatda  yuz  bergan  voqea-
hodisalarni o`zlashtirish talabalarni ilm-fan,  madaniyat, ijtimoiy  hayotga oid bilimlar 
bilan  boyitar.  Lekin  adabiy  matndagi  voqea-hodisalarni  o`zlashtirish  uydirma 
(to`qima)  gaplarni  eslab  qolish  bilan  barobar.  O`quvchi  asar  mazmunini 
o`zlashtirmasligi,  aksincha,  unda  tasvirlangan    voqea-hodisalardan  ibrat  olishi,  o`z 
hayotiy  tajribasini  orttirishi,    asarni  o`qib  zavq  olishi  kerak,  xolos.  Ayrim  voqea-
hodisalar  tarbiyaviy  ta`sir  o`tkazish  vositasi  sifatida  esda  olib  qolinishi  mumkin. 
Masalan,  ba`zan  turli  xil davralarda  badiiy  matnlarda bayon etilgan  ayrim  ibratomuz 
voqealarni    so`zlab  berish  ham  tez-tez  uchrab  turadi.  Bunda  tinglovchiga  tarbiyaviy 
ta`sir o`tkazish maqsadi oldingi marraga chiqadi.   
Metodist  olim  Q.Yo`ldoshev  shunday  deydi:  ЈBadiiy  asarni  tahlil  etishda 
tayaniladigan tamoyillardan biri san`at hodisasiga mavjud borliqning nusxasi sifatida 
yondashish  mumkin  emasligidir”  [48,25-26].  Tahlillar  natijasidagina  talaba-o`quvchi 
parchada  tasvirlangan  hayotiy  lavhaning  badiiy  jihatdan  ishlov  berilgan,  tartibga 
solingan  nusxasi  –  umumlashgan  badiiy  obrazi  ekanligini  anglab  etadi.  Lekin  bu 
lavhalarni  oddiy  matnni  yod  olgandek  yod  olishning  xojati  yo`q  (ayrim  monologlar, 
hikmatli so`zlar bundan mustasno). 
San`atning  maqsadi    voqelikdan,  tabiatdan  uning  go`zal,  ko`ngilga  yoqadigan, 
orzular  og`ushiga  soladigan  lavhalarini  ajratib  olish  va  aniq-hissiy  shakl  va  mazmun 
singdirgan  holda  insonlarga  taqdim  etishdan  iborat.  Boshqacha  aytganda,  san`atning 
maqsadi  –  olam  mohiyatini  uning  konkret-hissiy  borlig`i  shaklida  ochib  berishda 
ko`rinadi.  F.I.Volkovning  ta`kidlashicha,  bu  narsa  shuning  uchun  zarurki,  olamning 
mohiyati,  absolyut  g`oya  o`z  ob`ektiv  holatida  borliqning  oxirgi  marta  idrok  etilgan, 
o`tkinchi  shakllari  tarzida  chegaralangan  hamda  tashqi,  tasodifiy  daqiqaga  bog`lab 
qo`yilgan  bo`ladi.  Shu  bois  tabiatdagi,  ya`ni  umuman  real  voqelikdagi  go`zallik 
“go`zallikning  barkamol  bo`lmagan,  notakomil,  to`liq  bo`lmagan  ko`rinishidir”. 
“Go`zallik  g`oyasi”  o`z  takomiliga  san`atdagina  erishadi,  unda  u  barcha  tasodifiy 
yakunlari, to`lig`icha bevositalik idrokdan va erkin cheksizlikka xos qusurlardan xalos 
bo`ladi [17,29].  
Shunday  qilib,  umuman  olganda  san`at –  bu  ijodiy  xayolot  yordamida  ijtimoiy-
tarixiy  rivojlanish  bilan  organik  bog`langan  olamni  mikroskop  yordamida 

 
 


kattalashtirib  konkret-hissiy,  ma`naviy-shaxsiy  o`zlashtirish  orqali  badiiylashtirish 
demakdir. 
Shoirona obrazli so`zda ob`ektiv olamning butun rang-barangligi va xilma-xilligi 
akkumulyatsiya  bo`ladi.  Yozuvchi  so`zlar  yordamida  hayotning  yangi  manzaralarini 
yaratadi,  u  timsolli  nutqda  hayotning  tez  oqib  o`tayotgan  harakatini,  uning 
zigzaglarini,  izlanishlarini,  o`tishlarini,  aloqalarini,  munosabatlarini  muhrlaydi 
[76,23]. 
Rusiyzabon  o`quvchilarni  adabiy  materiallar  yordamida  o`lkamiz  tabiatiga 
o`zbekona ko`z bilan qarash, uni badiiy idrok etish xususiyatlari bilan tanishtira borish 
milliy qadriyatlarni o`zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
O`zbek yozuvchi va shoirlari tomonidan yaratilgan san`at asarlari, shu jumladan 
adabiy  asarlarda  O`zbekiston  tabiatining  go`zalliklari  qaydlangan  bo`lib,  milliy 
qadriyatlarimizni  mo`yqalam,  so`z  yordamida  muhrlab,  kelgusi  avlodlarga    etkazib 
beradi.  Shuning  uchun  ham  biz  Zahiriddin  Muhammad  Boburning  “Boburnoma” 
asarini alohida mehr va havas bilan mutolaa qilamiz. 
Rusiyzabon  o`quvchi(talaba)lar  o`zbek  tili  dars(mashg`ulot)larida  O`zbekiston 
tabiati bilan ilmiy-ommabop matnlar yordamida tanishishlari axborot manbai sifatida 
ahamiyatli  bo`lishi  mumkin,  lekin  bu  matnlar  adabiy  asardan  olingan  tabiat  tasviri 
o`rnini bosa olmaydi. M.Hoshimova “Erkin Vohidov she`riyatida tabiat tasviri” degan 
maqolasida [126] shoirning “Bahor” she`rini keltiradi: 
Barqut   kiyib bezandi bog`lar, 
Sahrolar ko`ksiga taqdi qizg`aldoq. 
Quyosh etagiga oq bulut bog`lab, 
O`rik shoxlarida qovurdi bodroq. 
ellar olib qochdi qishning xobini, 
Barglar chapak chalib uyg`ondi shodon, 
Butoqlarga qo`nib, gul kitobini 
Varashlashga tushdi bulbul - g`azalxon. 
Ko`rinib 
turibdiki, 
ushbu 
she`r 
orqali 
rusiyzabon 
o`quvchi 
milliy 
qadriyatlarimizni ifoda etuvchi bir qator timsollar, tafsillar bilan tanishishga muyassar 
bo`ladi. 
 Ayni  paytda  adabiyot  qandaydir  “ikkinchi  reallik”  sifatida  mavjud.  San`atkor 
ushbu  yangi  reallikni  hayot  qonunlariga  muvofiq  ijod  qiladi  va  bunda  ob`ektiv 
borliqning  o`zidan  olganday  bo`lib  muhim  tomonlarini  ixtiro  qiladi  [92,5].  To`g`ri, 
ba`zi  asarlarda  qahramonning  hayotda  prototipi  bo`ladi,  muayyan  voqea-hodisalarga 
tayaniladi,  o`rin-joy  tasvirlarida  ham  biror  bir  aniq  yashash  joyi  nazarda  tutilishi 
mumkin.  Masalan,  Oybekning  “Ulug`  yo`l”  romanida  tramvay  bekatlari,  ko`chalar 
aynan  o`z  nomi  bilan  atalgan.  Shunga  qaramay,  personajlar  hayoti  bilan  bog`liq 
voqea-hodisalar, tasvirlar badiiy to`qimadan darak beradi. 
Tarixiy voqelik haqida axborot beradigan badiiy asar (boshidan oxirigacha to`qib 
chiqarilgan  asar  emas)  o`quvchi  shaxsining  intellektual  tomoniga  ham,  emotsional 
tomoniga ham bir vaqtda ta`sir qiladi. Shuning uchun faktlar aniq bo`lishi kerak. Ba`zi 
asarlarda  kasb  sir-asrorlari,  geografik  ma`lumotlar,  masalan,  er  ostki  qatlamlar  va 
hokazolar  yoritiladi.  Bunda  asarning  voqealar  jihati  uydirma  bo`lib,  makon  haqidagi 
xabarlar ilmiy faktlarga suyangan bo`ladi.  

 
 


Asarda  tilga  olingan  axborot  eski,  ya`ni  ma`lum  bir  davrgagina  xos  bo`lishi 
mumkin.  Bunday  paytda  axborot  davr  bilan  nisbatlangan  holda  qabul  qilinadi. 
Axborot  ba`zan  shunchaki  eski  bo`lmay,  u  tarixiy  davrdan  voqif  etishi  mumkin. 
Bunday axborot chin, aniq bo`lsa, bilimni boyitadi.  
San`atkor  voqelikni  hujjatlar  bilan  tasdiqlamagan  holda  aks  ettiradi  yoki  uni 
hujjatlar  bilan  dalillaydi,  o`zi  ko`rgan  va  baholagan  (o`z  mavqeini  aks  ettirgan  yoki 
o`z  dahlsizligini  ta`kidlagan)  holda  tasvirlaydi.  “Demak,  asarning  o`quv-biluv 
jihatlarini  uning  emotsional  mazmunidan  ajratib  bo`lmaydi.  Xuddi  shuningdek, 
asarning emotsional mazmuni uning faktik, axborot mazmuni fonidagina idrok etilishi 
mumkin” [27,4]. 
Shunday  qilib,  umuman  olganda  san`at  –  bu  ijodiy  xayolot  yordamida 
kengaytirilgan  holda  ijtimoiy-tarixiy  rivojlanish  bilan  organik  bog`langan  olamni 
konkret-hissiy,  ma`naviy-shaxsiy  o`zlashtirishdirki,  bunda  u  alohida,  boshqa  hech 
narsa  bilan  almashtirib  bo`lmaydigan  odamlarning  ijodiy  faoliyati  tipi  -  u  yoki  bu 
tarixan tarkib topayotgan tipining o`ziga xos badiiy ko`rinishini tashkil etadi [17,63]. 
M.B.Xrapchenkoning  ta`rifiga  ko`ra,  “...badiiy  obraz  –  bu  hayotning 
umumahamiyatga  molik,  tavsifli  xususiyatlari,  odamning  ma`naviy  “men”i,  uning 
olamdagi  jiddiy  va  muhim  narsalar  haqidagi  tasavvurlarining  umumlashmasi, 
barkamol,  ideal  go`zallik  mujassamidir.  Timsolning  strukturasida  chambarchas 
birlikda  atrof  olamni  sintetik  o`zlashtirish,  ijod  ob`ektiga  emotsional  munosabat, 
badiiy  umumlashmani  ichki  kamolotga  etkazish  sari  ko`rsatma,  uning  potentsial 
taassurot  uyg`otadigan  kuchi  yotadi  [17,99].  Badiiy  nutq  esa  bevosita  voqelikda 
nimalar  sodir  bo`layotgani  haqida  emas,  balki  yozuvchining  ijodiy  tasavvurida 
yangidan yaratilgan badiiy olam haqida axborot beradi. 
Ruhshunoslar  (N.D.Moldavskaya  va  b.)  kichik  yoshdagi  o`quvchining  va  hatto 
katta yoshdagi, lekin tajribasiz kitobxonning kitobxonlik idrokidagi sifat ko`rsatkichi 
haqida  gapirib,  ilmda  “odamning  voqelikka    qattiq  bog`lanib  qolganligi,  san`atning 
shartli  ekanligini  tushunmasligi”ni  ko`zda  tutgan  holda  “ishonuvchan  (naivnыy) 
realizm”  degan  g`alati  ibora  ko`p  ishlatilishiga  e`tiborni  qaratadilar.  M.G.Kachurin 
N.D.Moldavskayaning  “Naivnыy  realizm  chitatelya-shkol`nika”  degan  maqolasida 
tilga  olingan  quyidagi  izohi  va  ogohlantirishiga  e`tibor  qaratish    o`rinli:  “Idrokning 
(kichik  yoshdagi  o`quvchining  va  hatto  katta  yoshdagi,  lekin  tajribasiz  kitobxon 
idrokining)  bu  sifati  badiiy  shartlilikda,  umumlashgan  tasvirda  hayot  voqeligidan 
boshqa  hech  narsani  ko`ra  olmaydigan  tomoshabinga  xosdir...  Lekin  sahnada  sodir 
bo`layotganlar  yoki  qissadan  o`qilganlarga  yoshi  va  ma`lumoti  oshgan  sayin  to`pori 
ishonchi yo`qolmasa, san`at asaridan estetik zavq olishga o`sib o`tmasa, u holda odam 
bir  umrga  go`zallikni  chuqur  tushunish  quvonchidan  mahrum  bo`lgancha  qolib 
ketadi” [53,14].  
M.G.Kachurin  o`z  talqinini  davom  ettirib  masalaga  oydinlik  kiritishga  harakat 
qiladi.  Uning  fikricha,  maktabgacha  bolalik  chog`ida  turli  ko`rinishdagi  shartliliklar 
erkin  va  tabiiy  holda  o`zaro  amalda  bo`ladi,  ertak  yoki  hikoya  o`yinni  yuzaga 
keltiradi, o`yin – nutqiy ijodkorlikni va h.k. Bola shartlilikni anglamagan holda uni his 
etibgina  qolmay,  balki  kattalarning  ataylab  yoki  beixtiyor  buzib  yuborishlaridan 
rashkchan  saqlagan  holda  undan  xilma-xil  ravishda  foydalanadi.  Bu  jihatdan 
qaraganda  kichik  kitobxonni  “ishonuvchan  realist”  degandan  ko`ra  “ishonuvchan 

 
 
10 
10 
san`atkor”  deb  atash  adolatdan  va  aniq  bo`ladi.  U,  albatta,  voqelikka  nisbatan 
ishonuvchan realizmni namoyon qiladi; materialistik gnoseologiyaning ushbu termini 
barcha  narsa-buyumlar  inson  ongiga  bog`liq  bo`lmagan  holda  mavjud  degan  e`tiqod 
tajribasi  bilan  tug`ilgan  normal  odamga  dunyoni  stixiyali-materialistik  tushunish 
xosligini bildiradi [53,16]. 
A.T.Rubaylo  o`zining  “Xudojestvennыe  sredstva  yazыka”  degan  kitobida 
san`atkorning  voqelikni  badiiy  idrok  etish  natijasida  uni  san`atga  olib  kirish  tarzini 
sharhlab  beradi.  Muallifning  tushuntirishicha,  badiiy  yoki  poetik  ko`ruv  hodisa,  his-
tuyg`u,  harakat  mavjud  bo`lgan  shaklga  bo`lgan  sezgirlikni  ham  o`z  ichiga  oladi. 
Masalan,  odamning  xulq-atvor  yo`sini  –  yurish-turishi,  imo-ishoralari,  mimikasi, 
amaliy  harakatlari  –  o`zining  barcha  umumiylik  tomonlariga  ko`ra  g`oyatda  xilma-
xildir.  San`atkor  hamma  vaqt  bunday  xulq-atvorning  ifodasidagi  tavsifli  o`rinlarni 
ko`rsatib  o`tadi  va  uni  ko`zga  ko`rinadigan,  his  etsa  bo`ladigan  qilib  qo`yadi. 
Chunonchi,  yo`q  bo`lgan  narsa  va  hodisalar  san`atda  shundaygina  yonimizda 
turganday  qilib  qo`yiladi,  shunday  qilib  “ko`zga  ko`rinarli  voqelikka  aylanadi” 
(Lessing). Shu maqsadda san`atkor so`zlarni tanlaydi, kerakli so`z birikmalarini hosil 
qiladi,  boshqacha  aytganda,  so`zli  materialni  o`z  oldiga  qo`ygan  ijodiy  vazifaga 
muvofiq tashkil etadi [96,14]. 
So`z  san`atini  hayotiy  tajriba  orqali  idrok  etishning  shartliligi  bevosita 
shakldagina  namoyon  bo`lmaydi.  So`z  ko`ruv  xotirasiga  ham,  eng  xilma-xil  sezgilar 
va  hissiyotlarga  ham  qaratiladi.  Binobarin,  bunday  so`zlarni  anglash  va  shu  orqali 
hayotning biror o`ziga xosligini his etish idrokning muhim jihati hisoblanadi.   
V.G.Marantsman  o`zining  doktorlik  tadqiqot  ishida  o`quvchilarga  sinflar 
kesmasida  quyidagicha  tavsif  beradi:  4-6-sinflar  -    £ishonuvchan  ðealizm”, 
kitobxonning  ongida  san`at  va  voqelikning  qo`shilishi,  kitobxonlik  idrokining 
emotsional  bir  butunligi  va  sxematizmliligi;  7-8-sinflar  –  shaxsning  o`z-o`zini 
anglashi o`sishi bilan bog`liq ravishda badiiy matnning shaxsiy etik muammolar bilan 
to`ldirilishi,  idrok  chog`ida  asar  mohiyatining  qayta  aktsentlanishi,  kitobxonlik 
idrokining  shiddat  bilan  rivojlanishi,  adabiy  obrazning  kitobxon  ongida 
konkretlashishga  qodirligi;  8-10-sinflar  –  san`at  va  hayotning  tarixiy  va  estetik 
aloqalarini  anglash  davri,  badiiy  asarni  sabab-natijali  ko`rib  chiqish,  kitobxon 
idrokining  kontseptsionligi  va  kitobxonning  adabiy  obrazni  konkretlashtirishga 
bo`lgan qobiliyatning zaiflashuvi [67,11-12]. 
Muallif o`quvchilarni uch guruhga ajratadi: san`atkorlar, o`rta tip, mutafakkirlar 
[67,12-13].  Har  bir  guruhni  quyidagicha  izohlab  o`tadi:  “San`atkorlar”,  odatda,  yosh 
idrokining  cheklanganlik  tomonlariga  nisbatan  katta  muxtorlik  bilan  baxsh  etilgan 
bo`ladilar. “O`rta tip”, aksincha, adabiy taraqqiyotning har bir davrini eng ko`p krizisli 
holatda  boshdan  kechiradilar.  “Mutafakkirlar”  birinchi  va  ikkinchi  bosqichlardan 
keyingi  bosqichga  tezkor  kirib  borgan  holda  rivojlanishning  oldingi  marrasida 
bo`ladilar. 
V.G.Marantsman  yuqorida  keltirilgan  tavsif  bilan  chegaralanmay,  aniq  metodik 
xulosalar  chiqaradi,  tavsiyalar  ham  beradi.  G`oyaviy  tarbiya  va  kitobxonni 
rivojlantirish  uchun  £ishonuvchan  ðealizm”  degan  dastlabki  davrda  uni  “muallif 
orqasidan”  borishga  o`rgatish,  ikkinchi  davrida  (7-8-sinflar)  –  asar  obrazlari 

 
 
11 
11 
sistemasini  ko`rib  chiqish,  uchinchi  bosqichida  (9-10-sinflar)  –  matnni  muammoli 
tahlil qilish eng mahsuldor sanaladi.  
Xullas,  o`quvchi  (kitobxon)  adabiyotdagi  “badiiy  shartlilik”,  “san`atdagi  shartli 
shakllar” tushunchalarini bosqichma-bosqich egallay boradi. 
Ko`pchilik  faylasuflar  va  san`atshunoslarning  (V.A.Mixaylova,  T.F.Martinov, 
A.A.Oganov, 
V.A.Razumniy) 
tushuntirishlariga 
ko`ra, 
hayotiy 
haqiqatga 
o`xshashlikdan  ongli  ravishda  chetlanish,  munosabatlarning  real  tabiiy  shakllarini 
atayin buzish bilan tavsiflanuvchi shartlilikdan farqli o`laroq (“ikkilamchi shartlilik”) 
umuman  san`at  tabiatiga  xos  va  unda  hamma  vaqt  mavjud  bo`lgan  shartlilik 
“birlamchi” deb nom olgan  [62,149]. Kitobxonlar har qanday asar olamiga kira borib 
muallifning  tasvirlash  usuliga  bo`ysunishlari,  shartlilikni  badiiy  zaruriyat  deb  qabul 
qilishlari  kerak.  “Ikkilamchi”  shartlilikda  esa  idrok  etish  ko`rsatmasi  yana  ham 
murakkablashadi.  Shartli usullar  badiiy  asar  to`qimasiga  real  hayotga xos bo`lmagan 
obrazlarning  aloqalari  va  nisbatlari,  vaziyatlarning  fantastik  unsurlari  kiritilishi  bilan 
bog`liq.  Yozuvchi  ikkinchi  tipdagi  shartlilikka  murojaat  etib,  taassurotlarning  yana 
ham kuchli bo`lishiga, fikrni maksimal darajada ifodali qilishga, kitobxonlarda badiiy 
tasavvur uyg`otishga urinadi. O`z navbatida kitobxon ob`ektiv reallik olamining o`zini 
chuqurroq  va  aniqroq  egallash  uchun  reallik  olamidan  shartlilik  olamiga 
“chekinganday bo`lishi” kerak. [62,149]. Bunday asarlar o`quvchilarga ham, tajribasiz 
kitobxonlarga  ham  qiyinlik  qiladi.  Shunga  ko`ra  ham  badiiy  shartlilik  xususiyatlari 
bilan bog`liq nazariy bilimlarga murojaat etiladi. 
V.G.Marantsman  juda  to`g`ri  ta`kidlaganidek,  san`atkor  so`z  mahoratiga  ega 
bo`lgan  kishigina  emas,  balki  hayot  hodisalarida  ularning  alohida  mazmunini  ko`ra 
olish  qobiliyati  in`om  etilgan,  har  qanday  hayot  hodisasini  uning  yashirin, 
to`lqinlantiradigan  tomoni  bilan  o`girib  ko`rsata  oladigan  inson  hamdir  [67,13]. 
Yozuvchi  badiiy  asar  oldida  turgan  vazifalarga  binoan  so`zli  vositalarning  yorqin, 
rangdor,  samarali  aksessuaridan  foydalanishi  mumkin,  yoki  bunda  eng  katta  tasviriy 
va ifodali kuchga erishgan holda jo`rttaga “zarlangan” iboralarni chetlab o`tishi va eng 
oddiy kundalik nutqni jalb etishi mumkin. [67,14]. 
Shubhasiz,  san`atkorning  til  vositalarining  u  yoki  bu  shakliga,  yozuv  uslubiga 
moyilligida  uning  olamni  ko`rishi  namoyon  bo`ladi.  Lekin  bu  vositalarni  tahlil 
qilganda  o`quvchilarning  diqqatini  shu  yo`l  bilan  o`tmish  yozuvchilariga  baho 
berganda  noto`g`ri  xulosadan  ogoh  qilish  uchun  ushbu  ko`ruvning  o`zi  tarixiy 
shartlanganligiga qaratish kerak. [67,14-15]. 
Shunday  qilib,  ta`lim  metodlari  to`g`ri  tanlanganda,  o`quvchi  badiiy  asar 
mazmuni,  unda  olg`a  surilgan  g`oya,  obrazlar  silsilasi  bilan  tanishar  ekan,  hayot 
haqiqatini  muallif  qanday  ko`rgan  bo`lsa,  shunday  haqqoniy  tasavvur  etishga, 
mohiyatini anglashga muyassar bo`ladi [80,7]. 
O`zbek  mumtoz  adabiyoti  asarlarini  rusiyzabon  o`quvchining  to`laqonli  idrok 
etishi ma`lum darajada cheklangan. Mumtoz shoirlar o`zbek bo`lmaganlar uchun ham, 
o`zbek  bo`lganlar  uchun  ham  vaqt  jihatdan  olis  hayotni  tasvirlaydilar.  Rusiyzabon 
o`quvchining  kitobxonlik  tajribasi  rus  adabiyoti  asarlaridan  ozuqa  oladi.  Shuning 
uchun u o`zbek adibini tushunishga qiynaladi. 
Agar  yozuvchi  hayotiy  taassurotlarini  so`zda    “jilovlasa”,  kitobxon  ma`lum 
darajada teskari yo`lni bosib o`tadi, u ushbu yozuvchi taassurotlari va kechinmalarini 

 
 
12 
12 
ularning tabiiy qurilishini ongida tiklab, go`yo “jilovdan bo`shatadi”. Kitobxon obrazli 
nutqni  qanchalik  nozik  tushunsa,  uning  assotsitsiyalari  shunchalik  kengroq, 
tasavvurlari boyroq, chiqargan obrazli umumlashmalari chuqurroq bo`ladi [76,23]. 
Xullas, ta`lim rus tilidagi maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 
o`zbek  tili  darslarida  o`quvchi(talaba)lar  o`quv  matnini  o`qish  va  mazmunini 
tushunish,  o`zlashtirishga  shu  darajada  odatlanib  qoladilarki,  badiiy  asardan  olingan 
parchani  ham  o`quv  matni  deb  qabul  qiladilar,  o`qituvchi  qo`llab  kelgan  o`qishga 
o`rganish  metodikasidan  andoza  olib,  ushbu  parchani  ham  o`qib,  mazmunini 
tushunish va o`zlashtirish payida bo`ladilar. 
Badiiy 
matnda 
tasvirlangan 
voqea-hodisalar 
real 
borliqning 
nusxasi 
bo`lmaganligini  nazarda  tutganda,  undagi  faktik  materiallarni  o`zlashtirish  uydirma 
(to`qima)  gaplarni  eslab  qolish  bilan  barobar.  Aslida  o`quvchi  badiiy  asarni  o`qir 
ekan,  san`atkorning  xayolotida  yaralgan  va  obrazli  shaklda  muhrlangan  ikkilamchi 
voqelikni  idrok  etadi  [95,7].  Bunday  mazmunni  eslab  qolish  bilan  bog`liq 
xatoliklarning  oldini  olish  uchun  o`zbek  tili  o`qituvchisi  o`quvchini  badiiy  matnni 
o`qishga, idrok etishga yo`naltirishi darkor. 
O`zbek  tilidagi  badiiy  matnni  o`qish,  idrok  etishga  o`rganish  jarayonida 
“ishonuvchan  realizm”ni  bosqichma-bosqich  engib  o`tish  choralarini  ko`rish,  asarda 
tasvirlanganlar  badiiy  shartlanganligi  tushunchasini  singdirish  lozim.  Bu  borada 
rusiyzabon  o`quvchi(talaba)-larning  rus  adabiyotidan  olgan  nazariy  bilimlarini  jalb 
etish,  ular  unutila  boshlagan  holatlarda  eslatish,  ko`nikma  va  malakalarini  o`zbek 
tilidagi badiiy matnga “ko`chirish”ga yordam berish maqsadga muvofiqdir.   


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling