Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


Download 365.54 Kb.
Pdf просмотр
bet1/4
Sana23.08.2017
Hajmi365.54 Kb.
  1   2   3   4

 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIM 



VAZIRLIGI 

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA 

INSTITUTI 

 

 

 



 

 

«Maktabgacha  ta`lim»



  

kafedrasi 

 

 

 



 

 

Bolalar psixologiyasi 

 

 

Ma`ruza matnlar 



 

 

 



 

                                                     

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

NUKUS   2012 yil 



 



Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va metodlari. 

 

 

Reja: 



1.

 

Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari. 



2.

 

Bolalar psixologiyasi fanining boshka fanlar bilan alokasi. 



3.

 

Bolalar psixologiyasi fanining ilmiy tekshirish metodlari. 



 

Ijtimoiy  xayotimizdagi  uzgarishlar  mustakillik,  respublikamizdagi  demokratiyaning  tantanasi, 

xukukiy davlat tuzimiga intilish psixologiyaning konuniyatlari va ilmiy materiallarini urganish xamda 

ulardan  turmushda  foydalanishni  talab  kiladi.  Psixologiya  fani  tarmoklaridan  biri  –  bolalar 

psixologiyasidir. 

Bolalar  psixologiyasida    bolaning  tugilgan  paytidan  boshlab,  to  maktab  yoshiga  etgunga  kadar 

psixik  jixatdan  tarakkiy  etishi  konuniyatlarini  va  shaxsiy  psixologik  xususiyatlarning  tarkib  topishini 

urganadigan  fandir.  Bola  inson  sifatida  tashki  jixatdan  katta  yoshli  odamlarga  uxshasa  xam,  uzining 

psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarning mazmuni jixatdan katta  yoshli  odamlardan 

keskin fark kiladi. 

Xozirgi kunda bolalar psixologiyasining oldida bir kancha muxim vazifalar turadi. 

Ular kuyidagilarҮ 

 

Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bulgan konuniyatlarni urganish. 



 

Bola psixologik tarakkiyotiga faol ta`sir kiluvchi omillarni urganish. 



 

Turli yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanish konuniyatlarini urganish. 



 

Boladagi shaxsiga xos bulgan psixologik xususiyatlarni urganish. 



 

Bolani maktab ta`limiga tayyorlash. 



 

Maktabda muvaffakiyatli ukishi uchun bolaning akliy jarayonlarini faollashtirish. 



 

Ta`lim jarayonida bolaning mustakil, ijtimoiy faol tafakkurini shakllantirish. 



 

Ta`lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus kobiliyatlarini shakllantirish. 



 

Ta`lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berish. 



Bolalar  psixologiyasi  predmetining  muxim  tomonlaridan  biri  -  turli  yoshdagi  bolalarda  sezgi, 

idrok,  dikkat,  xotira,  nutk,  tafakkur,  xissiyot,  xayol  va  iroda  kabi  psixik  jarayonlarining  namoyon 

bulishi,  tarakkiy  etishi  xamda  takomillashuvining  konuniyatlarini  urganishdan  iboratdir.  Bolalar 

psixologiyasi  bola  shaxsiy  psixologik  xususiyatlarini  kanday  tarkib  toptirishni  chukur  analiz  kiladi. 

Bunda  bolalar  psixologiyasining  bolalar  shaxsini  tarkib  topishiga  faol  ta`sir  kiluvchi  omillar 

kiziktiradi.  

Ma`lumki, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlari kandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz 

ta`sir  etishi  natijasida  emas,  balki  muayyan  konkret  omilning  konuniy  ta`sir  etishda  tarkib  toptiradi. 

Ana  shu  muxim  konuniy  tarzda  ta`sir  kiladigan  omillarni  ochish  va  isbotlash  bilan  bolalar 

psixologiyasi  shugullanadi.  Bolalar  psixologiyasi    bolalar  shaxsi  va  shaxsiy  psixologik 

konuniyatlarning tarkib topishi kabi muxim ilmiy malakalarni urganib, mamlakatimizda yangi tipdagi 

odamlarni tarbiyalab etishtirish konuniyatlarini ochib beradi. 

Bolalar  psixologiyasi  uzining  murakkab  predmetini  urganishda  falsafaga  tayanadi.  Ma`lumki, 

tabiat  va  jamiyatdagi  narsa  xamda  xodisalar  tarakkiyotining  eng  umumiy  konuniyatlarini  urganadi, 

xamda inson ongining ijtimoiy xayotga boglikligini isbotlab beradi. 

  Tabiat  va  jamiyat  tarakkiyotining  umumiy  konuniyatlaridan  xabardor  bulish  bolalar 

psixologiyasiga  bolalar  psixik  tarakkiyotini  urganishda  va  G`tabiiy  zotG`  bulib  tugilgan  bolaning 

inson ijtimoiy tajribasini egallab, shaxs bulib etishini urganish tugri yul topishga yordam beradi. 

Bolalarda  psixik  jixatdan  tarakkiy  etish  muammosini  urganish  falsafa  uchun  xam  kata 

axamiyatga  ega.  Ma`lumki,  bilish  nazariyasi  va  dialektika  konuniyatlarining  tarkib  topishida  lozim 

bulgan  bilim  soxalarini  sanab  kursatar  ekan,  psixologiyaning  uch  soxasini  G`bolalarning  akliy 

rivojlanish  tarixi,  xayvonlarning  akliy  rivojlanish  tarixi,  til  tarixi,  psixologiya,  sezgi  organlari 

fiziologisiG`ni  kursatgan.  Demak  bolalar  psixologiyasi  bolalar  psixikasining  tarakkiy  etishi  tarixi  va 

konuniyatlarini urganib filosofiyaning yanada rivojlanishiga yordam beradi. 



 

Bolalar psixologiyasi uz predmetini urganishda umumiy psixologiyaning inson psixikasi xakida 



kulga  kiritilgan  yutuklariga  asoslanadi.  Masalan,  umumiy  psixologiyaning  psixik  jarayonlar, 

psixologik xolatlar, inson shaxsi va uning faoliyati xakidagi ta`limotlardan tugridan-tugri foydalanadi. 

Uz navbatida, umumiy psixik  xolat xam bolalar psixologiyasining yutuklariga asoslanadi. 

Bolalar  psixologiyasi  anatomiya  va  fiziologiya  fanlari  tomonidan  kulga  kiritilgan  yutuklardan 

xam  keng  foydalanadi.  Bunda  bolalar  psixologiyasi,  xususan  bolalar  nerv  sistemasi  va  oliy  nerv 

faoliyatining  ma`lumotlaridan  foydalanadi.  Bolalar  nerv  sistemasining  normal  tarakkiyoti  va  normal 

ishlashi bola psixikasi rivojlanishining muxim shartlaridandir. Shuning uchun psixolog mutaxassislar 

bola nerv sistemasining tarakkiyoti masalalari bilan bevosita tanish bulishlari lozim. 

  Bolalar  psixologiyasi  pedagogika  fani  bilan  xam  yakindan  alokadadir.  Pedagogika  fani 

yoshlarga  ta`lim-tarbiya  berish  va  ularni  xar  tomonlama    garmonik    tarzda  rivojlantirish  xakidagi 

fandir.  Bolalar  psixologiyasi  ta`lim-tarbiyaning  maksadi,  yul-yuriklari  va  vazifalariga  doir  fikrlarni 

pedagogika fanidan oladi, xamda unga yakindan yordam beradi. 

Bolaning  akliy  tarakkiyoti  konunlaridan  xabardor  bulish  turli  yoshdagi  bolalar  bilan  ta`lim-

tarbiya ishlarini tugri tashkil kilish imkoniyatini beradi. 

Bolalar  psixologiyasi  bolalar  gigienasi,  bolalardagi  kasalliklarni  urganuvchi    pediatriya  va 

bolalar  texnologiyasi  bilan  xam  boglikdir.  Bu  fan  bolalar  psixologiyasi  namoyondalariga  bolalar 

psixik  tarakkiyotining  normal  borayotganini  chukurrok  bilish  va  normal  tarakkiyotda  burilish 

sabablarini  aniklash  imkonini  beradi.  Bolalar  psixologiyasi  esa,  uz  navbatida,  bolalarning  normal 

psixik  tarakkiyotini  aniklab    berish  bilan  birga  vrachlarning  bola  psixologiyasini  yanada  yaxshirok 

tushunib olishlariga yordam beradi. 

Bolalar  psixologiyasi  bola  shaxsi  va  shaxsiy  psixologik  xususiyatlarning  tarkib  topishini 

urganishda  (bir  kator)  bolalar  adabiyotidan,  xususan,  avtobiografik  asarlardan  keng  foydalandi. 

Shunday  kilib,  bolalar  psixologiyasi  bolalarning  murakkab  psixik  jarayonlari  va  shaxsiy  psixologik 

xususiyatlarini  urganishda  bir  kator  fanlarning  kulga  kiritgan  yutuklaridan  foydalanadi  va    ularga 

yordam beradi. 

Ma`lumki, xar bir fanning uz predmeti va vazifalari, uni urganish xamda tekshirishga karatilgan 

bir  kator  metodlari  buladi.  Metod  lotincha-  suzdan  olingan  bulib,  konkret  masalalarni  xal  kilishga 

karatilgan  vokelikni  amaliy  yoki  nazariy  bilish  usullari  xamda  amallarining  majmuidir.  Agar  xar  bir 

aloxida  fanga  nisbatan  oladigan  bulsak,  u  paytda  metod  ayni  shu  fanning  predmetini  tekshirish, 

urganish va tushuntirish  usullarining yigindisidir. 

Bolalar  psixologiyasi  umumiy  psixologiyaning  deyarli  xama  metodlaridan    foydalanadi. 

Umumiy  psixologiyaning  metodlari  -  kuzatish,  eksperiment,  suxbat,  faoliyat  maxsulotlarini  urganish 

kundalik va biografik materiallarni urganish, sotsiometrik, test va shu kabi metodlardir. 

Bolalarning  butun  akliy,  ya`ni  psixik  tarakkiyotlari  ularning  turli-tuman  faoliyatlarida  sodir 

buladi.  Ana  shuning  uchun  bolalar  psixologiyasi  yukoridagi  metodlarni  bolalarning  asosiy 

faoliyatlariga moslashtirib kullaydi. 

Kuzatish metodi. Bolalar psixologiyasida sub`ektiv kuzatish metodidan deyarli foydalanilmaydi. 

Bolalar  psixologiyasining  asosiy  metodlaridan  biri  -  ob`ektiv,  ya`ni  bolalarni  tashkaridan  kuzatib 

urganish  metodidir.  Tarbiyachi  yoki  tekshiruvchi  psixolog  bolalarning  turli  xil  faoliyatlarini  tabiiy 

sharoitda  sistemali  tarzida  kuzatiladi.  Bunda  bolalarning  xulk-atvorlari,  xatti-xarakatlariga  doir 

xarakterli  momentlarni  kayd  kilib  boradi.  Xar  kanday  kuzatishning  anik  maksadi  bulishi  kerak. 

Boshkacharok  kilib  aytganda,    tarbiyachi  bolalarning  xulk-atvori  yoki  xatti-xarakatlariga  doir 

nimalarni  kuzatmokchi  ekanini  oldindan  aniklab  olishi  kerak.  Masalan,  bolalar  dikkatining 

barkarorligini yoki tafakkur jarayonlari bilan boglik bulgan analiz  kila olish kobiliyatlarini kuzatishni 

oldindan  boshlab  olish  mumkin.  Shuni  esdan  chikarmaslik  kerakki,  kuzatish  tabiiy  sharoitda  olib 

borilar ekan, bolalar uzlarining kuzatilayotganliklarini mutlako bilmasliklari kerak. Kuzatishni bolalar 

urgangan  tarbiyachining  uzi  kuzatgani  ma`kul.  Tarbiyachidan  bolalar  xadiksiraydilar,  uz  xatti-

xarakatlarini  tabiiy    sharoitda  bemalol  namoyon  kila  beradilar.  Agar  kuzatishni  bolalar  kuzi  oldida  

begona  odam  utkazsa,  bolalarning  xatti-xarakatidagi  tabiiylik  buziladi.  Ularning  xulk-atvorlari  va 

xatti-xarakatlarini  begona  kishi  kuzatishiga  tugri  kelsa,  u  vaktda  yashirin  kuzatish  metodlaridan 

foydalanish  lozim.  Bunda  kuzatuvchi  bolalarga  kurinmaydigan  joydan  turib  kuzatadi.  Bolalar 

psixologiyasida  kuzatish  metodidan  foydalanilganda,  bolalarning  turli  uyin  faoliyatlari,  didaktik 



 

mashgulotlari  va  kurish-yasash  xamda  ijodiy  mashgulotlarida  xilma-xil  psixik  jarayonlarining 



namoyon  bulishi  va  kancha  davom  etishi  kabi  momentlarni  kayd  kilish  mumkin.  Bundan  turli 

yoshdagi bolalarni bir-biriga takkoslab, ulardagi psixik jarayonlarning tarakkiyoti urganiladi. Kuzatish 

metodi - uzluksiz va bu faoliyatni tanlab vakti-vakti bilan urganilganda ularning barcha fe`l-atvorlari 

va xatti-xarakatlari  kundalik faoliyatlari davomida kompleks xolda urganiladi. Uzluksiz kuzatish bir 

necha kun yoki necha oy davomida davom etgandan sung tuplangan ma`lumotlar analiz kilinib, bolaga 

psixologik xarakteristika kuzatiladi. Vakti-vakti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha xulk-atvori 

va  xarakterlari  emas,  balki  fakat  ma`lum  xarakatlari,  ya`ni  dikkati  yoki  xotirasi,  yo  bulmasa,  uning 

nutki  bilan  boglik  bulgan  tomonlari  urganiladi.  Bolalar  psixologiyasida  kuzatish  metodining  aloxida 

turi  -bolalar  tarakkiyotini  sistemali  tarzda  kundaliklar    tuzib  urganishdan  iborat.  Bolalarning  psixik 

tarakkiyotlari  xakida  kundaliklar  tuzib  urganish  yakindagina  rasmiy  tusga  kirgan.  Bola  tarakkiyoti 

xakidagi  birinchi  kundalik  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  Ch.Darvin  tomonidan  nashr  kilingan  .  

Undan    sung  nemis  psixologi  V.Shtern  va  yana  psixologlardan  N.N.Ladigina  Kots, 

N.A.Menchinskaya,  V.S.Muxina,  va  boshkalar  bolalarning  psixik  tarakkiyoti  yuzasidan  sistemali 

tarzda  olib  borgan  uz  kundaliklarini  nashr  kilganlar.    Bolalar  psixik  tarakkiyotini  urganishda 

kullaniladigan  kuzatish  metodi  tashkaridan  karaganda  juda  osondek  tuyulsa-da,  odamdan  juda  kup 

vakt  va  bilim  talab  kilingan  murakkab  metoddir.  Bolalar  psixologiyasida  keng  kullanadgan  ikkinchi 

metod  -  eksperiment  metodidir.  Eksperiment  metodi  -  kuzatish  metodiga  nisbatan  faol  metod 

xisoblanadi. Agar kuzatish metodida u yoki bu psixik jarayonni kayd kilish uchun psixolog shu psixik 

jarayonning  kachon  va  kanday  sharoitda  paydo  bulishini  poylab  yursa,  eksperiment  metodi  esa 

mutlako  buning  aksidir.  Eksperiment  metodida  u  yoki  bu  psixik  jarayon  yuzaga  keladigan  sharoitni 

tekshiruvchi  psixologning,  ya`ni  ekperimentatorning  uzi  tashkil  kiladi.  Bunda  eksperimentator 

urganayotgan  psixik  jarayonlarni  bolalarda  bir  necha  marta  yuzaga  keltirib  urganadi.  Biz  umumiy 

psixologiyadan  bilamizki,  eksperiment  metodi  g`  xil  buladiҮ  laboratoriya  eksperimenti  va  tabiiy 

eksperiment. Bolalar psixologiyasida eksperimentning xar ikkala turidan keng foydalaniladi. Birok, bu 

metodlardan  bolalar  psixologiyasida    foydalanishning  uziga  xos  tomoni  shundaki,  maktabgacha 

tarbiya  yoshidagi  bolalar  laboratoriya  shaoitida  utkaziladigan  eksperimentlar  bilan  tabiiy  sharoitda 

utkaziladigan eksperimentning unchalik farkiga bormaydilar. 

  Xar  ikkala  xolda  xam  tajribalar  vazifa  tarzida  emas,  balki  uyin  tarzida  utkazilsa  natija  yaxshi 

chikadi. MasalanҮ kichik va urta gurux yoshidagi bolalarga biri ikkinchisidan bir oz uzunrok bulgan 

tayokcha  kursatilib,  ulardan  kaysi  biri  uzunrok  ekanligini  suralsa,  bolalar  xech  e`tibor  bermay, 

tasodifan  bittasini  kursataveradilar.  Agar  bunday  farklash  ularning  uyinlariga  aylantirilsa,  bolalar 

darxol  e`tibor  bilan    karaydilar.  Chunonchi,  uzunrok  tayokchani  xarakat  kilib  ,  uyinga  tushadigan 

ayikcha  yoki  kuchukchaning  mexanizmiga  tirab  kuyilsa,  kiskarok  tayokchani  uzunrok  tayokchaning 

oldiga tashlab, bolalarga uzunrok tayokchani topsangiz ayikcha uyinga tushadi, deyilsa dikkat-e`tibor 

bilan  karab  uzun  tayokchani  topadilar.  Eksperiment  metodidan  guruxlarda  utkaziladigan  mashgulot 

paytida  keng  foydalanish  mumkin.  Masalan,  turli  yoshdagi  bogcha  bolalari  bilan  utkaziladigan 

didaktik  mashgulotlarda  tabiiy  eksperiment  metodini  kullash  mumkin.  Bunda  bolalarga  xar-xil 

xayvonlar  (ot,  sigir,  kuy,  echki,  tuya  kabi),  parrandalar  (kaptar,  xuroz,  tovuk,  karga,  zagizgon,  ukki, 

kurka),  mevalar  (gilos,  olcha,    olxuri,  olma,  nok,  bexi)  kabi,  sabzavotlar  (piyoz,  sholgom,  sabzi, 

kartoshka, karam, kovok, sarimsok, piyoz kabi) tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash xolda berib, 

ularni guruxlarga ajratishlarida ularni umumlashtirish xususiyatlarini urganish mumkin. Odatda, gurux 

sharoitida  utkaziladigan  bunday  eksperimentni  tabiiy  eksperiment  deb  yuritiladi.  Laboratoriya  va 

tabiiy  eksperimentlardan  tashkari  bolalar  psixologiyasida  tarkib  toptiruvchi  eksperiment  xam    keng 

kullaniladi.  Tarkib  toptiruvchi  eksperimentni  moxiyati  shundan  iboratki,  bunda  bolalarga  u  yoki  bu 

psixologik  xususiyat  tarkib  toptiriladi  va  mustaxkamlanadi.  Masalan,  bogcha  yoshidagi  bolalar  ayni 

bir vaktning uzida butunni va uning  kismlarini tula idrok kilolmaydilar. Ular uz dikkatlarini bir butun 

narsaning  uziga  yoki  uning  bulaklariga  karata  oladilar.  Ular  bir  butun  narsaning  ayrim  kismlardan 

tarkib  topganligini  tasavvur  kila  olmaydilar.  Tarkib  toptiruvchi  eksperiment  orkali    bolalar  bir  butun 

narsani  uning  kismlari  bilan  bir  paytda  idrok  kilishga  undaydilar.  Buning  uchun  bolalarga  bir  butun 

narsaning  bulaklarini  englarida  birlashtirib,  butun  narsani  obrazlarini  yarata  olish  mashkini  kildiradi. 

Bunday  eksperiment  utkazishda  turli  geometrik  figuralar  va  ularning  bulaklaridan  foydalanish 

mumkin.  (doira,  kvadrat,  kub,  romb  va  b)  Tarkib  toptiruvchi    eksperiment  metodini  pedagogik 



 

eksperiment metodidan farklash kerak. Tarkib toptiruvchi eksperiment orkali turli yoshdagi bolalarni u 



yoki  bu  narsalarni  tugri  idrok  kila  olishga    urgatilsa,  pedagogik  eksperiment  orkali  esa  biror  ta`lim-

tarbiya  metodining  samaradorligi  aniklanadi.  Masalan,  biror  tadkikotchi  bolalar  son-sanokni 

urgatishning kandaydir metodini ishlab chikkan bulsa, uni pedagogik eksperiment orkali sinab kuradi. 

Buning  uchun  oldindan  bogcha  ma`muriyati  bilan  kelishib  bitta  eksperimental  va  bitta 

kontrol(nazorat)  guruxni  beligilab  oladi.  Shundan  sung  tadkikotchi  eksperimental  guruxda  yangi 

metod  bilan  elementar(sodda)  matematik  tasavvurlarni  ustirish  mashgulotlarini  utkazadi. 

Kontrol(nazorat) guruxda esa bu mashgulotlar odatdagi eskicha metod bilan davom ettirilaveradi. Bir-

ikki  oydan  sung  xar  ikkala  guruxdagi  bolalarning  uzlashtirishlari  takkoslab  kuriladi.  Agarda 

eksperimental  gurux  bolalarning  yangicha  metod  bilan  uzlashtirishlari  nazorat  guruxdagi  bolalarning 

uzlashtirishlaridan ancha samarali bulib chiksa, bu metod boshka xamma bolalarga tarkatiladi. Bordi-

yu  natija  nazorat  guruxdagi  bolalarning  uzlashtirishlaridan  yomon,  ya`ni  past  chiksa,  yangicha 

metod(usul)  bilan  mashgulot  utkazish  darxol  tuxtatiladi.  Kuzatish  va  eksperiment  asosiy  metodlar 

xisoblanadi,  lekin  bulardan  tashkari  bir  kator  yordamchi  metodlar  xam  mavjud.  MasalanҮ  faoliyat 

maxsulotlarini  uranish  metodi,  sotsiometrik  va  test  metodlari.  Faoliyat  maxsulotlarini  uranish  metodi 

xakida  gap  borar  ekan,  shuni  aytish  kerakki,  bolalar  xam  juda  katta  odamlar  singari  doim  ma`lum 

faoliyat  bilan  mashgul  buladilar.  Katta  odamlar  boshka  odamlar  uchun  kerak  buladigan  ijtimoiy 

foydali narsalar ishlab chikarish faoliyati bilan band bulsalar, bolalar uz faoliyatlarida deyarli ijtimoiy 

foydali mexnat bilan shugullanmaydilar. Bogcha yoshidai bolalarning faoliyatlari - uyin, rasm chizish, 

plastilin  yoki  loydan  biror  narsa  yasash,  applikatsiya,  kurish-yasash  va  shu  kabilardan  iborat  bulishi 

mumkin. Bolalar odatda, katta kishilarning topshirik va takliflari bilan ma`lum faoliyatga kirishadilar. 

Ayrim  xollardagina  bolalarning  uzlari  mustakil  ravishda  u  yoki  bu  faoliyatni  bajaradilar.  Xar  ikki 

xolatda  xam  bolalar  faoliyati  ma`lum  natijaga  ega  buladi.  Kupincha  bolalar  faoliyatining  maxsuloti 

ular chizgan rasmlarga, loy yoki plastilindan yasalgan narsaga karab urganiladi. Kupincha bolalarning 

chizgan rasmlarida ular idrokining xususiyatlari va ongida yuzaga kelayotgan turli tasavvurlar xamda 

atroflaridagi  narsa  va  xodisalarga  bulgan  munosabatlarida    uz  ifodasini  topadi.  Ana  shu  jixatdan 

bolalarning  chizgan  rasmlaridan  faoliyat  maxsulotini  uranish  sifatida  foydalanish  maksadga 

muvofikdir. Turli yoshdagi bolalarning ishlagan rasmlarini analiz kilish orkali ularning ayni chogdagi 

extiyojlarini, mayl-istaklari, kizikishlari, kobiliyati va layokatlarini urganish mumkin. Shu sababli, bu 

metoddan  xam  bolalar  psixologiyasida  keng  foydalaniladi.  Surash  –  suxbat  metodidan  bolalar 

psixologiyasida  ancha  cheklangan  xolda  foydalaniladi.  Bu  metodni  bogcha    yoshidagi  bolalarga 

nisbatan deyarli kullab bulmaydi, chunki bu yoshdagi bolalarda turmush tajribasi juda oz, tafakkurlari 

xali yaxshi rivojlanmagan buladi. Shu sababli kichik yoshdagi bolalar kattalarning bergan savollariga 

uylamay-netmay  javob  kaytaraveradilar.  Surash  metodidan  foydalanilganda  odatda  juda  sodda 

ishlangan ayikchalar, uzok va yakin kilib ishlangan uylar va daraxtlar va x.k.  Bolalardan  kaysi ayik  

katta, kaysi ayikcha kichik yoki kaysi uy uzok, kaysi uy yakin deb suraladi. 

 Besh-olti  yoshli  bolalarga  nisbatan  suxbat  metodini  kullash  mumkin.  Bunda  bolalar  bilan 

utkaziladigan suxbatning mavzusi va suxbat paytida bolalarga beriladigan savollar oldindan yaxshilab 

uylab olinadi. Tayyorgarsizlik tusatdan utkazilgan suxbatdan yaxshi natija chikmaydi. Suxbat metodi 

orkali  bogcha  yoshidagi  katta  bolalarning  bilimlarini,      narsa  va  xodisalar  xakidagi  tasavvurlarni 

aniklash  va  tevarak-atrofdagi  odamlar  xamda  turli  narsalarga  bulgan  munosabatlarini  urganish 

mumkin.  Bolalar  psixologiyasida  sunggi  yillarda  kullana  boshlagan  metodlardan  biri,  test  metodidir. 

Test  suzi  inlizcha  suz  bulib,  u  ulchash  degan  ma`noni  bildiradi.  Test  metodi  orkali  bolalarning 

umumiy  akliy  tarakkiyot  darajalari  va  ayrim  psixik  jarayonlarning  (tafakkur,  xayol,  xotira  kabi) 

kanchalik  rivojlanganlik  darajasi  aniklab,  takkoslanadi.  Test  metodi  boshka  metodlarga  karaganda 

ancha universal metod xisoblanadi. Test metodi yordamida bolalarning uz yoshlariga nisbatan normal 

tarakkiy  etganliklari  yoki  orkada  kolganliklarini  xam  aniklash  mumkin.  Masalan,  test  metodidan-

bolalarga topshiriladigan vazifalari bir necha variantda bulib, ular kuchlari etgan variandagi vazifalarni 

bajaradilar. Xar bir bajariladigan vazifaga ball sistemasida baxo kuib boriladi. Vazifalardan kanchasi 

bajarilganligi  va  tuplagan  balliga    karab,  bolalarning  urtacha  tarakkiyoti  belgilab  beriladi. 

Kullaniladigan testlar orasida bolalarning umumiy akliy darajasiga karatilgan va intelektual testlar deb 

ataladigan testlar mu`lum bulmagan vazifalardan tuzilgan bulib, bolalardan butun akliy imkoniyatlarni 

ishga  solishga  tugri  keladi.  Bolalarning  akliy  tarakkiyot  darajalarini  ilmiy  ravishda  aniklash  oson  ish 



 

emas.  Bolalar  umumiy  akliy  tarakkiyotning  juda  kup  xususiyatlari  mavjud.  Intelektual  testlarda 



bolalarga  beriladigan    vazifalar  ularning  umumiy  akliy  tarakkiyotlarini  ifodalovchi  eng  muxim 

xususiyatlarini  ruyobga  chikaradigan  kilib  tuzilishi  kerak.  Agarda  intellektual  testlarda  beriladigan 

vazifalar  bolalarning  yosh  xususiyatlari  va  konkret  tarakkiyot  darajalariga  turi  kelmasa,  bolalarning 

akliy  tarakkiyotlari  xakida  mutloko  yangicha  xulosaga  kelish  mumkin.  Bogcha  yoshidagi  bolalara 

nisbatan  kanday  intelektual  testlardan  foydalanish  mumkinO`  Bunday  testlar  xilma-xil  bulishi 

mumkin.  Agar  test  vazifalari  bolalarning  uyin  faoliyatlari  bilan  boglik  bulsa,  bolalar  bunday 

vazifalarni  bajonidil  bajaradilar.  Masalan,  biror  butun  narsaning  mayda  bulaklarga  ajratib  tashlagan 

kismlarini  birlashtirib,  mayda  bulaklardan  murakkab  va  chiroyli  applikatsiyalar  yasay  olish,  turli 

labiritli suratlardan epchillik bilan turli vazifalarni topa bilishi uchun testlardan foydalanish mumkin. 

Bunday  intellektual  testlar  turli  yoshdagi  bogcha  bolalarining  zexnini  tafakkurini  aniklash  imkonini 

beradi. Shunday kilib, test metodidan bolalar psixologiyasida ma`lum darajada foydalanishi mumkin. 

Nixoyat, bolalar psixologiyasida suni yillarda kullana boshlagan metodlardan yana biri s o ts i o m e t r 

i k metodidir. 

  Sotsiometrik  metod  yordamida  shaxslarning  kollektivdagi  munosabatlari  masalasi  urganiladi. 

Bolalar  psixologiyasida  esa  sotsiometrik  yordami  bilan  xar  bir  uruxda  bolalarning  uz  tenkurlari 

urtasida  yuzaga  kelayotgan  uzaro  munosabatlari  va  ularning  gruppada  tutgan  mavkelari  urganiladi. 

Sotsiometrik  metod  yordami  bilan  bolalarning  gruppadagi  uzaro  munosabatlari  kuyidagi  uslublarda 

uranish mumikin. Gruppadagi bolalarning xar birini echinish xonasiga chakirib, unga 4-5 chiroyli kilib 

ishlangan  uyinchok  kursatiladi  (masalan  mashina,  toycha,  ayikcha,  kuyoncha,  tupponcha  kabi)  Ana 

shu  uinchoklardan  bitti  uzingga  yokkanini  tanlab  olgin  va  uni  gruppadagi  eng  yaxshi  kurgan 

urtogingni shkafiga solib kuy, deyiladi. Bola bir oz uylanib turgach, yaxshi kurgan bolalardan birining 

shkafiga  kuyib  kuyadi.  Gruppadagi  xamma  bolalar  bu  vazifani  bajarib  bulgach,  eng  kup  sovga 

kimning shkafiga kuyilganligi aniklanadi. Ana shu ma`lumotlar asosida bolalarning gruppadagi uzaro 

munosabatlariga  doir  sotsiometriya  tuziladi.  Shkafiga  eng  kup  sovga  kuyilgan  bola  gruppaning  eng 

sevimli  va  shkafiga  bironta  xam  sovga  kuilmagan  bola  gruppaning  inkor  kilgan,  ya`ni  yoktirmagan 

odami  bulib  chikadi.  Shunday  kilib,  sotsiometrik  metodni  bogcha  yoshidagi  bolalarga  nisbatan  xam 

kullash  mumkin.  Xar  bir  tarbiyachi  uz  gruppasidagi  bolalarning  jismoniy,  akliy,  axlokiy  rivojlanish 

xususiyatlarini,  bolalar  psixik  tarakkiyotining  umumiy  konuniyatlarini  kuzatib  aniklash  zarur.  Shu 

bilan  biralikda  tarbiyachida-bolalarga  nisbatan  individual  munosabatda  bulishining  tugri  yul-

yuriklarini  belgilash  maksadida  xar  bir  bolaning  individual  psixologik  xususiyatlarini  aniklashga 

intilish lozim. 

Tarbiyachi  ayni  bir  vaktning  uzida  gruppadagi  bolalarning  xatti-xarakatlari  va  fe`l-atvorlarini 

urgana  olmaydi.  Shuning  uchun  ular  dikkat  e`tiborlarini  bir  necha  kun  davomida  u  yoki  bu  bolaga 

karatib,  uni  xar  tomonlama  chukurrok  urganishiga  xarakat  kilishi  lozim.  Shu  narsani  esdan 

chikarmaslik kerakki, bolalarni uranishining kat`iy va konkret maksadi  bulishi kerak. 

Bolalarning  barcha  xususiyatlarini  birdaniga  urganib  bulmaydi.  Bolalarning  extiyojlari 

kizikishlari,  mayl  va  istaklari,  kobiliyatlari,  dikkatlari,  nutk  xamda  tafakkurlarining  xususiyatlarini 

birin-ketin shoshmasdan uranish lozim. 

Tarbiyachi  kundalik  ish  sharoitida  bolalarni  urganar  ekan,  u  kuzatish,  eksperiment,  yordamchi 

metodlardan foydalanishi mumkin. 

 

 

Mustaxkamlash uchun savollar. 



 

1.

 



Bolalar psixologiyasi fani nimani uranadi? 

2.

 



Bolalar psixologiyasi fanining amaliy va nazariy vazifalarini tavsiflab bering. 

3.

 



Bolalar psixologiyasining uranish metodlari kaysilar? 

 

 



Tayanch tushunchalar. 

Kuzatish,  tashki  kuzatish,  ona  kundaligi,  tabiiy  eksperiment,  laboratoriya  eksperiment,  eizaklar 

metodi, intellektual testlar. 


 

                            Adabiyotlar ruyxati. 



1.

 

I.Karimov. «Barkamol avlod orzusi» Toshkent 1998 y. 



2.

 

I.Karimov. «Ma`naviyat yuksalish yulida» 1999 y. 



3.

 

I.Karimov. «Uzbekiston XXI asr busagasida» 1999 y. 



4.

 

M.Voxidov. «Bolalar psixologiyasi» 1992 y. 



5.

 

E.Goziev. «Psixologiya» 1994 y. 



6.

 

X.  Ibroximov.  K.Daminov  U.Otavaliev,  «Psixologiyadan  seminar  va  laboratoriya 



mashulotlari» 1994 y. 

7.

 



P.Xoxlova. K.Daminov   «Psixologiyadan topshiriklar» Toshkent.1992 y. 

8.

 



P.Leventuev.  A.Chudovskiy.  A.askarxujaev.  M.Voxidov.  «Bolalar  psixologiyasi 

ocherklari» 

9.

 

G.Kapyushin. M.Deryugina «Yurgakdan maktabgacha» 1996 y. 



10.

 

K.Abdullaeva «Nutk ustirish» 1990 y. 



    


Каталог: lektions -> mektepke%20shekemgi%20tarbiya
lektions -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> A`jiniyaz atindag`i No`kis Ma`mleketlik Pedagogikaliq Instituti
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> 2 YoSh davrlari psixologiyasi fanining vazifalari va tadqiqot usullari. ReJA
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> Maktabgacha ta`lim kafedrasi
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling