Ajiniyoz nomidagi
Download 2.31 Mb.
|
2. Matnshunoslik SILLABUS-2022 2chisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar
MATNSHUNOSLIK fanidan SILLABUS (ishchi dastur) (2-kurs talabalari uchun) Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi: 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti
Nukus – 2022 Ishchi fan dasturi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kengashida tasdiqlangan (2022- yil 1-iyuldagi 11-sonli majlis bayonnomasi) “Matnshunoslik” fani dasturi asosida tayyorlandi. Tuzuvchi: X.Tulibaev – Nukus DPI Ellikqal’a pedagogika fakulteti Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, PhD. S.Yusupov - Nukus DPI Ellikqal’a pedagogika fakulteti Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi Taqrizchilar:H.Abdullayev – Berdaq nomidagi QQDU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filol.f.n. S.Matyakupov – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi kafedrasi dotsenti, filol.f.n. Professor-oʻqituvchi: Xursand Tulibaev Ish joyi: Nukus davlat pedagogika instituti Bogʻlanish uchun telefon raqami: +99890-125-30-75 E-mail: xursandtulibaev@mail.ru Prerekvizitlar: Mazkur fanni oʻzlashtirgunga qadar talabalar fundamental bakalavr ta’lim darajasidagi adabiyot nazariyasiga oid bilimlarga ega boʻlishlari lozim. Postrekvizitlar: Fan tugallanganidan soʻng, talabalar quyidagi modullar boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi lozim: “Hozirgi adabiy jarayon”, “Adabiy tanqid tarixi”, “Adabiyotshunoslik asoslari”. Fanni oʻrganishning zaruriyati. “Matnshunoslik” fanining vazifalari – talabalarda shu fanning asosiy masalalari, mavzulari, xulosalari, umumlashmalari haqida tasavvur tuǵdirish, eski o‘zbek yozuvidagi manbalarni o‘qishga chorlash, uqish, tahlil va talqin qilishga o‘rgatish. Qadimiy matn adabiy-badiiy asar tahliliga o‘rgatishdan iborat. Fanni o‘qitishdan maqsad – muayyan malakaga ega matnshunos mutaxassislar tayyorlash, talabalarda “Matnshunoslik” fani bo`yicha yetarli bilim, malaka va ko‘nikma hosil qilish, ularni qadimiy merosimizga hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda kelajakda ilmiy faoliyat bilan shuǵullanishlari uchun zamin hozirlashdan iborat. Download 2.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling