Ҳайит байрамлари ва муҳим саналар арафасида якка ёлғиз кексалар, ётиб қолган беморлар, кам таъминланган, эҳтиёжмандлар ҳолидан хабар олиш, уларга меҳр ва саховат кўрсатиш халқимизга хос азалий қадриятлардандир


Download 29.37 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi29.37 Kb.
#1265564
Bog'liq
ЭХТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР


Ҳайит байрамлари ва муҳим саналар арафасида якка ёлғиз кексалар, ётиб қолган беморлар, кам таъминланган, эҳтиёжмандлар ҳолидан хабар олиш, уларга меҳр ва саховат кўрсатиш халқимизга хос азалий қадриятлардандир.
Қурбон ҳайити байрами муносабати билан Жиззах вилоятининг барча шаҳар ва туманларидаги каби Мирзачўлда ҳам ана шундай хайрли ишлар амалга оширилмоқда.
– Ўзбекистон “Маҳалла” хайрия жамоат фонди Мирзачўл тумани бўлинмаси бошқаруви томонидан тумандаги ижтимоий ҳимояга муҳтож, якка ёлғиз, мустақил ҳаракатлана олмаётган 10 нафар кекса нуроний онахон ва отахонларнинг уйларига “уйма-уй” кириб, ҳолидан хабар олиб, барчаларини, меҳр-оқибат, эзгулик ва саховат айёми – муборак Қурбон ҳайити билан қутладик ва уларга 18 хил турдаги озиқ-овқат маҳсулотларидан иборат байрам совғалари туҳфа этилди, – дейди “Маҳалла” хайрия жамоат фонди Мирзачўл тумани бўлинмаси бошқаруви раиси Мусурмонқул Дарибаев. 
– “Маҳалла” хайрия жамоат фонди туман бўлинмасидан ташқари, туман ҳокимлиги, “Сангзор Кластр” МЧЖ томонидан тумандаги ижтимоий ҳимояга муҳтож, якка ёлғиз, ногиронлиги бўлган жами 190 та оилалар ҳолидан хабар олинди ва уларга ҳам 18 хил турдаги озиқ-овқат маҳсулотларидан иборат жами 50 миллион сўмлик Қурбон ҳайити байрам туҳфалари тарқатилди.
Кўрсатилган бундай эътибор ва рағбатдан аҳоли жуда мамнун.
OLTINSOYDA EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
--:--

OLTINSOYDA EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI




































Qo‘ni-qo‘shnilar, bemorlar holidan xabar olish azaldan xalqimizga xos qadriyatlardan sanaladi. Ayniqsa, bugungi “Navro‘z” bayrami munosabati bilan kam ta’minlangan oilalar, keksalar, ishsizlar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Kecha, Oltinsoy tumanida “Navro‘z” bayrami munosabati bilan xayrli ishlarga qo‘l urilib, ko‘plab ijtimoiy yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olindi.

Mahallada yashovchi ehtiyojmand, nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan 25 dan ortiq oilaga “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktorii M.Mansurov tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati






Hazrat Navoiyning shunday satrlari bor: “Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay, oncha bor kim kaʼba vayron bo‘lsa obod aylagay.” Darhaqiqat, bemorlar holidan xabar olib, ularning xasta ko‘ngillariga shirin so‘z ila malham bo‘lmoq savobli ishdir.

Inson qalbiga yo‘l mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi.


14.11.2022
Inson qalbiga yo‘l mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi. Bu go‘zal tuyg‘ular esa asrlar mobaynida xalqimizning ma’naviy hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida hududlarda o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” doirasida amalga oshirilayotgan “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihasi ko'plarning quvonchiga, bemor insonlar, otaxon-onaxonlarning ko‘ngli ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida ham loyiha davomida muassasada istiqomat qilayotgan 170 nafardan ortiq xotin-qizlar holidan xabar olindi. “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari ular bilan dildan suhbatlashdi, san’atkorlar ijrosidagi qo‘shiqlarga raqsga tushishdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan 100 dan ortiq kitoblar, 175 ta sovg‘alar jamlanmasi topshirildi.
Download 29.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling