5–rasmda qisqa tutashtirgich va tok transformatori
Qisqa tutashtirgichlar 35kV, 110kV va 220kV nominal kuchlanishlarga mo‘ljallab chiqariladi. 5–rasmda yuritma va tok transformatori bilan birgalikda o‘rnatilgan KT–110 qisqa tutashtirgichning umumiy ko‘rinishi berilgan. Rasmda 1–yuritma, 2–tok transformatori, 3–izolyator, 4–asos, 5–izolyatorlar ustuni, 6 va 8 qismalar,7-yuqori kontakt,9-pichoq,10-izolyasiyalovchi element,11-erga ulovchi shina.
Qisqa tutashtirgich avtomatik yuritmali erga ulovchi vertikal ajratgich ko‘rinishidagi bir qutbli jixozdir. Qisqa tutashtirgich uchta IShD–35 izolyatoridan tuzilgan ustun 5 dan payvandlab yasalgan asos 4 dan; liniya ulanadigan qisqich 6 yuqori kontakt 7 dan; erga ulanish shinalari 11 ulanadigan qisqich 8 li novsimon pichoq 9 dan iboratdir. Asos 4 ning shvellerlari orasida jixozning prujinali mexanizmi joylashgan.
Avtomatik ajratgich konstruksiyasi jihatdan ajratgichdan deyarli farq qilmaydi, faqat unda uzish uchun prujinali yuritmasi bo‘ladi. Avtomatik ajratgichni ulanishi qo‘lda bajariladi. Ular toksiz pauza vaqtida kuchlanishsiz zanjirlarni va transformatorlarni magnitlash toklarini uzish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |