Айтилади. Yorugʻlik dispersiyasi


Download 21.21 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi21.21 Kb.
#1201109
Bog'liq
Физика


6. Ёругликнинг дисперсияси деб модданинг синдириш курсаткичини ёруглик тулкин узунлигига богликлигидан юз берадиган ходисаларга айтилади.
Yorugʻlik dispersiyasi -modda sindirish koʻrsatkichi p ning yoruglik chastotasi v ga yoki yorugʻlik toʻlqinlari faza tezligining ularning chastotasiga bogʻlikligi. Yo. d. tufayli oq yoruglik dastasi prizma orqali oʻtganida spektrga ajralishi yuz beradi. Spektrga ajralish hodisasini oʻrganishi oqibatida I. Nyuton Yo. d. hodisasini kashf etdi (1672). Spektr sohasida shaffof boʻlgan moddada v ning kattalashishi (X ning kichrayishi) bilan p ortadi: p ning X ga bunday bogʻlanishini normal Yo. d. deyiladi. Moddaning yutish sohasi yaqinida p ning toʻlqin uzunligi X ga bogʻliq tarzda oʻzgarishi ancha murakkab. Mas, sianin eritmasidan yasalgan yupqa prizmaning yutish sohasida qizil nurlar binafsha nurlarga nisbatan kuchliroq, yashil nur, soʻngra koʻk nur eng kam sinadi. Bunday holatni anomal Yo. d. (X ning kichrayishi bilan p ning kamayishi) deyiladi. Moddada yorugʻlikning sinishi yorugʻlik fazaviy tezligining oʻzgarishi natijasida yuz beradi; moddaning sindirish koʻrsatkichi p=s/sf; bunda sf — yorugʻlikning muhitdagi fazaviy tezligi. Yorugʻlikning elektromagnit na. /— _ zariyasiga koʻra sf=s/ bunda ye —dielektrik singdiruvchanlik, s — magnit singdiruvchanlik. Spektrning optik sohasida barcha moddalar uchun s birga juda yaqin. Shu sababli p=h1e boʻlgani uchun Yo. d. ye ning chastotaga bogʻlikligi bilan tushuntiriladi. [1]
7. Yorugʻlik difraksiyasi - tor maʼnoda — yorugʻlikning noshaffof jismlar (ekranlar) chegaralarini aylanib oʻtish hodisasi; yorugʻlikning geometrik soya sohasiga oʻtishi. Keng maʼnoda — toʻlqin optikasidan geometrik optikaga oʻtish chegaraviy sharoitlarida yorugʻlik toʻlqin xossalarining namoyon boʻlishi. Tuman tomchilarida yorugʻlikning sochilishi, optik sistemalarda tasvirning shakllanishi va b. bunga misol boʻla oladi. Yo. d. yorugʻlik toʻlqin uzunligi X ga bogʻliq; u X,—"0 da yoʻqoladi. Qizil nur binafsha nurga nisbatan kuchliroq difraksiyalanadi. Bu hodisadan foydalanib, oq yorugʻlikni difraksiya spektriga ajratish mumkin. Yo. d.ningtaqribiy nazariyasini 1816-yilda O. Frenel yaratgan. Bu nazariyaga koʻra, Yo. d. ikkilamchi toʻlqinlar interferensiyasm natijasidir. Bu nazariyadan asboblar optikasida difraksion effektlarni hisoblashda keng foydalaniladi. Ekranlar sistemasi orqasidagi yoritilganlikni Frenel zonalari vositasida hisoblash usuli zonaviy plastinka Dumaloq ekran atrofida yorugʻlik nurlaridan hosil boʻlgan difraksion halqa. Frenel zonalari usuli difraksiya manzarasini faqat bir nechta zona tashkil qilgan holda samaralidir. Ushbu hollarni Frenel difraksiyasi yoki yigʻiluvchi nurlardagi difraksiya deyiladi. Agar S sirt zonaning kichik kismini tashkil qilsa yoki difraksiya uzokdan kuzatilsa (Fraungofer difraksiyasi), uni tushuntirish uchun muayyan nuqtaga yigʻiluvchi ikkilamchi toʻlqinlar fazalaridagi oʻzgarishlarni hisobga olish lozim. Yo. d.ning toʻliq nazariyasini 1882-yilda G. R. Kirxgof yaratgan. Yo. d. optika va fizikada katta ahamiyatga ega. Mas, u optik asboblar imkoniyatlari chegaralarini, mikroskoplar va teleskoplarning ajrata olish qobiliyatlarini, ochiq rezonatorlarning ayelligini va b.ni aniklashga imkon beradi. Lazerlarning yaratilishi Yo. d.ga oid yangi xrdisa va masalalarni yuzaga keltirdi. Bular jumlasiga qisman kogerent maydonlar difraksiyasi yoki nochizigʻiy optik muhitlardagi oʻzdifraksiya hodisasi va b. kiradi.[1
8. “Ёруғликнинг квант табиати” - Иссиқлик нурланиш – жисмнинг ички энергияси ҳисобига пайдо бўладиган, жисм нурланаётган электромагнит нурланишдир. Иссиқлик энергиясидан ташқари бошқа ихтиёрий энергиялар ҳисобига юзага келадиган барча нурланиш турлари (ёруғлик нурланиши) люминесценция дейилади. Хозирги вактда куп оптик ходисаларни факат ёругликни квант назарияси асосида тушунтириш мумкин. Масалан, абсолют кора жисмнинг нурланиши, фотоэффект, Комптон эффект ва бошкалар. Ёругликни квант назариясини яратишда А. Эйнштейннинг «ёруглик квантлари» мавжуд деган гояси роль уйнади, шунга кура ёругликни элементар заррачалар-фотонлар окимидан иборат деб каралди. Эйнштейннинг гипотезаси катор тажрибаларда тасдикланди. Ёруглик зарралари-фотонларнинг мавжудлиги тажрибаларда тасдиклангандан сунг ёругликни фотон назарияси ёки квант назарияси вужудга келди. Бу назария оптика тарихида булган корпускуляр назарияни эслатади. Бу ёругликнинг квант назариясига кура битта фотон куйидаги энергияга эга булади. W = hu бунда h-Планк доимийси. u -ёруглик частотаси.
[1
9. Фотоэффект ҳодисаси ва унинг қонунлари. Фотоэффект деб нур таъсирида электронларнинг ўз атомларидан ѐки молекулаларидан ажралиб чиқиб кетишига айтилади. Агар электрон жисмдан ташқарига чиқиб кетса, бундай жараѐн ташқий фотоэффект деб аталади. 1887 йилда Герц кашф этган ва 1888 йилда А.Г.Столетов экспериментда текширган. Агар электрон нур таъсирида ўз атомидан алоқани узиб чиқиб кетса-ю, лекин жисмнинг ичида қолса («Эркин» электрон сифатида), бундай жараѐн ички фотоэффект деб аталади .1873 йилда америкалик физик У. Смит кашф қилган. Одатда ташқий фотоэффект металларда кузатилади Металдан қилинган икки электрод (А – анод ва К - катод) ичидан ҳаво сўриб олинган трубка ичида жойлаштирилиб, катодга минус потенциал ва анодга плюс потенциал берилади. Бундай шароитда схемада ток пайдо бўлмайди, чунки занжир берк эмас. Агар 0 ойна орқали катодга ѐруғлик тушурилса ундан электронлар отилиб чиқади ва анодга қараб йўналади. Натижада занжирда ток ҳосил бўлади (фототок). Бу схема фототок кучини ( G гальванометр билан) анод ва катод ўртасига берилган V кучланишга ва 0 ойнадан тушадиган нур интенсивлигига қандай боғлиқ эканлигини текширишга имкон беради
Download 21.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling