Akademik intizom vazifalari


I.Tuproq klassifikatsiyasi va tizimi


Download 85.94 Kb.
bet4/18
Sana08.03.2023
Hajmi85.94 Kb.
#1253602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
tuproqshunoslik

I.Tuproq klassifikatsiyasi va tizimi
1.1 Tuproq klassifikatsiyasining prinsiplari
Tuproqning kelib chiqish, o’zgarish va rivojlanish (genezis)qonuniyatlarining uzoq muddat mobaynida atrof olam bilan o’zaro ta’siri natijasida Yer tuproq qatlamining tuproq-geografik rayonlashtirish va tuproq klassifikatsiyasi prinsiplarini ishlab chiqish zaruriyatini yaqqol ko’rsatib berdi.
Tuproqshunoslikda tuproq klassifikatsiyasi-nazariy muamolardan biri. Uning vazifasi tuzilishi, tarkibi, xususiyatlari, kelib chiqishi va hosildorligi bo’yicha taksonomik guruhlarga ajratishdan iborat.
Klassifikatsiyaning ilmiy asosi- yer tuproq qatlamida mavjud bo\lgan tuproqlarning farqi va aloqalarini aniqlash, mantiqiy ketma ketlikda to’liq tavsifini berish, tizimda mavjud bo’lgan tuproq ilmini tanishtirish, har bir tuproq guruhlari va har bir tuproq turlarining o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib berish kabi vazifalarni bajaruvchi tuproq tizimi.
Tuproqshunoslikda klassifikatsiya muammosi- bahsli bo’lgan muammo bo’lib, qaysiki klassifikatsiya obyekti bo’lgan tuproqni mustaqil tabiat jismi sifatida noodatiy murakkablikda ifodalanadi. Hanuzgacha aniq bir umumiy qabul qilingan dunyo tuproq klassifikatsiyasi mavjud emas, har bir davlat muammoni turlicha yechadi. Birinchi yevropa klassifikatsiyasi yuqori gozirontning qattiq fazasining tarkibi va tuzilishi jihatidan tuzilgan. Bunday klassifikatsiya agrogeologik klassifikatsiyalar nomini olgan. Bundan keyin agromadaniy kimyoviy (XVI-XVIII) paydo bo’lan. Rossiyada M.V. Lomonosov ilmiy ishlaridan boshlab, V.V. Dokuchaev va N.M.Sibirsevning asarlarida tuproq atrof muhit bilan o’zaro ta’sir natijasida rivojlanuvchi maxsus mustaqil organik mineral jism sifatida qaray boshlandi.
1886-yilda V.V. Dokuchaev tuproqninng genetik turlari haqidagi ta’limotni yaratib, klassifikatsiyaning ekologik-genetik tuzilmasini taklif etdi. U tuproqni yuzaga kelish tartibi (o’rtacha, o’tish davri, anomal) bo’yicha uchta guruhga, kelib chiqishi bo’yicha 6 sinfga, iqlim xususiyatlari va tuproq gumusi xarakteriga ko’ra 12 tipga jaratadi.
1895-yil N.M. Sibirsev V.V.Dokuchaevning tabiat zonalari ta’limoti asosida klassifikatsiyani taqdim etdi. U tuproq zonallik tizimi pozitsiyasiga ko’ra barcha tuproqlarni uch guruhga ajratadi: zonal, intrazonal va azonal (to’liq bo’lmagan). Shuningdek, har bir sinf doirasida tuproq paydo bo’lish omillarining zonal uyg’unlashuviga asoslangan, tuproq profili ko’rsatkichlari kompleksi bo’yicha tiplarga ajratdi. N.M. Sibirsev zonal tuproqlar orasidan laterit, qoratuproq, kulrang o’rmon, tundra, cho’l-dasht, atmosfera-changli, intrazonallar orasidan-sho’rxok, botqoq tuproqlarni ajratib ko’rsatdi. Bu klassifikatsiya Ya.N. Afanaseva (1922), E.N.Ivanov va N.N.Rozova(1966) kabi tadqiqotchilar tomonidan to’ldirilgan va hozirda ham qisman foydalanilmoqda.
Gidrotermik rejimni hisobga olgan holda qilingan klassifikasiya sxemasini 1906-yilda G.N.Visotskiy taklif qilgan. Keyinchalik I.P.Gerasimov va boshqalar (1939) rivojlantirgan. K.D.Glinka 1908-yilda tuproqlarni ikkita guruhga ajratadi: birinchi guruhda ekzodinamorf tuproqlar bo’lib, bunda asosiy ro’lni iqlim egallaydi. Ikkinchi guruhga esa endodinamomorf-tuproq hosil qiluvchi jinslar kiradi. Bu ikki guruh asosida tuproq hosil qiluvchi tiplariga ko’ra sinflarga, sinflarni esa tuproq tiplariga ajratilgan. Keyinchalik K.D.Glinka P.S.Kossovichga (1903,1906) tegishli evolutsion-genetik konseptsiyasi kiritilgan. Unga ko’ra tuproq paydo bo’lishning boshlang’ich davridan to kislotali nurashgacha bo’lgan vaqtdagi tuproq paydo bo’lish tuplari haqidagi g’oyani ilgari surgan.
I sinf-genetik mustaqil tuproqlar
Kichik sinf A-ishqoriy nurash tuproqlari
Tip 1- cho’l tuproq
Tip 2- cho’l-dasht tuproq
Tip 3- dasht (qoratuproq)
Quyi sinf B- kislotali nurash tuproqlari
Tip 4- podzol tuproq
Tip 5- tundra tuproq
Tip 6 -laterit tuproq
II sinf- genetik jihatdan bo’ysunuvchi tuproqlar
Tip 1- quruq dashtlarning namlangan tuproqlari
Tip2 - qoratuproq
Tip 3- podzol zonasining botqoq tuproqi
Tip 4- nam tropik va subtropik hududlarning botqoq tuproq
K.K.Gedroys klassifikatsiyasining asosi sifatida (1925) P.S.Kossovich tomonidan ajratilgan tiplarning singdirilgan kationlar tarkibidan foydalangan: laterit tip -Ca2+ va Mg2+ dan H+ning ustunligi;podzol-bir vaqtda H+,Ca2+ va Mg2+ ning mavjudligi; sho’rxok- Ca2+ va Mg2+ qatorida Na+ ning mavjudligi.
Evolutsion-genetik klasssifikatsiya V.R.Vilyams (1930) tomonidan taqdim etilgan. Uning asosiga o’zining “yagona tuproq hosil qilish jarayoni haqida”gi nazariyasini qo’yadi. Unga ko’ra tuproq tiplari planeta bo’ylab, tabiatning biologik elementlarining o’zaro ta’siri bilan birga yagona tarixiy jarayon bosqichlari kabi yer yuzasida bir xil rivojlanadi. Bu qarashlar V.I. Varnadskiyning biogeokimyoviy tasavvurlari bilan o’xshash.
Hozirgi vaqtda ko’pgina turli xil klassifikatsion sxemalar mavjud. (E.N. Ivanova va N.N.Rozova (1966), V.R.Volobuyeva (1980-1984), M.A.Glazovskiy (1966,1972), I.P.Gerasimova (1975) va boshqalar.). Ularning barchasi dokuchev tuproq-genetik konsepsisiga asoslangan. Bu klassifikatsiyalarda unumdorlikka, tuproq profilining morfologik tuzilishiga, ekologik sharoitlar, tuproqning tarkibi va xususiyatlariga ta’sir qiluvchi tuproqning zamonaviy rejimlari va jarayonlari hisobga olingan.
Bu tadqiqotlarning natijalari SSRning “SSR tuproqlari klassifikatsiyasi va diagnostikasi” (V.V. Dokuchaev nomidagi Tuproqshunoslik intituti, 1977) boshchiligida umumiylashtirilgan. Unda tuproqning 80 ta tipi yoritilgan bo’lib, Uzoq Shimol va Sibirning muz viloyatlari bundan mustasno. Tuproqlar zonal-ekologik belgilari va namlik darajasiga ko'ra guruhlangan. Zonal guruh orasida ular biofizik kimyoviy xususiyatlari bo'yicha ajratilgan. 1997-yil V.V. Dokuchev nomidagi Tuproqshunoslik instituti olimlari profilning tuzilishi belgilariga ko'ra, Rossiya tuproqlarining yangi genetik klassifikatsiyasini taqdim etishadi. Tuproqlar uchta magistral guruhlarga ajratilgan: post-litogen, sinlitogen va organogen. Bu organomineral tuproqlardan torfli tuproqlarni, litogenez va tuproq hosil qiluvchi so'nggi jarayonlarini ajratishga yordam beradi. Postlutogen magistral tuproq hosil qiluvchi asosiy omil sifatida namoyon bo'luvchi, turli xil tuproq hosil qiluvchi jinslarda shakllangan tuproqlarni birlashtiradi. Sinlitogen tuproqlarda tuproq hosil qilish jarayoni litogenez bilan bir vaqtda sodir bo'ladi va allyuvial, vulqon kuli qatlami ko'rinishidagi tuproq profili ruzilishini aniqlab beradi.
Tuproq hosil qilishdagi asosiy jarayonlariga o'xshashligi bo'yicha 200 tadan ortiq tuproq profilini birlashtirgan bo'limlar ajratib ko'rsatilgan. Tabiiy tuproq morfologik klassifikatsiyasi tizimiga birinchi marotaba antropogen shakllangan tuproqlar kiritilgan. Bunda antropogen transformatsiyaning o'lchamiga ko'ra yoki alohida mustaqil bo'lim sifatida ajratilgan yoki tabiiy tuproqlar bilan umumiy bo'lim tarkibiga kiritilgan. Agrogenezning birinchi bosqichlari tabiiy tuproqlarning podtip darajasida hisobga olinadi.
Rossiya tuproqshunoslari tomonidan dokuchaev jamiyatining ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi ssyezdida taqdim etilgan yangi genetik klassifikatsiyasi obyektiv ilmiy bahoga ega bo'ldi, ammo qabul qilinmadi.
XX asrda tuproq klassifikatsiyasi g'arbiy yevropa maktablari dokuchayev g'oyalari, ayniqsa, tuproq tiplari ilmi ta'sirida rivojlangan. 1964-1967-yillarda F. Dyushofur va J.Obera boschiligida tuproqshunoslar yagona tuproq hosil qiluvchi jarayonlar asosida 12 sinflarni, sinflar doirasida- suv rejimi, harorati, tuproqning gumuslanganlik xarakteriga ko'ra quyi sinflarga; quyi sinflar doirasida - rus maktablari taqdim etgan tuproq tiplariga xos guruhlarga ajratadi.
Nems tuproqshunoslari E. Ramann, V.Kubiena, E.Myukkenxauzen (1960-1975) klassifikatsiya asosiga tuproq lotosfera transformatsiyaning spesifik mahsulati degan g'oyani taqdim etadi. Shu bilan birga: 1) eruvchi va kolloid moddalarning migratsiya darajasi va yo'nalishi; 2) tuproq profili tuzilishidagi farqlar; 3) ona jins tomonidan shartlangan tuproq ichki strukturasi; 4) birinchi uchta omil ta'siri ostida tuproq hosil bo'lish dinamikasini hisobga oladi.
Nems klassifikatsiyasida tuproqlar migratsiya moddalariga ko'ra bo'limlarga, profil tuzilishining o'xshashligiga ko'ra sinflarga; gorizontlarning ketma ketligi va xususiyatlariga ko'ra -tiplarga ajratilgan. Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa davlatlari, shuningdek, Yangi Zenlandiyaning klassifikatsion tizimi bilan o'xshash tomonlari mavjud.
Amerika tuproqshunosligida uzoq muddat (1910) agrogeologik yondashuv ustunlik qilgan. Bu yondashuv asosida 13 ta provinsiya ajratilgan, ularning har biridan tuproq seriyalari, granulometrik tarkibiga ko'ra tiplar ajratilgan. Dokuchaev g'oyalari ta'siri ostida AQSH tuproqshunoslari yangi klassifikatsiyasini ishlab chiqishadi. Unga ko'ra tuproqlar kategoriyalar, tartiblar va quyi tartiblarga ajratilgan. Lekin 1938- yilda N.M. Sibirsev, Ya.NAfanaseva va boshqa rus olimlari prinsiplariga asoslangan yangi klassifikatsiya sxemasi rasmiy qabul qilingan. 1975-yilga kelib, uning nomi "Tuproq taksonomiyasi" nomiga almashtirilgan. (Gay.D.Smit) Undan quyidagi birliklar ajratib ko'rsatiladi: tartib, quyi tartib, katta guruh, quyi guruhlar, oila va seriyalar. Katta guruhlar tiplarga, quyi guruhlar esa rus maktabining podtiplariga javob beradi. Bu klassifikatsiyada generik belgilar tuproqlarni guruh va quyi guruhlarga ajratishda, morfologik belgilar esa tartib va quyi tartiblarga ajratishda foydalaniladi.
Umuman olganda, dunyodagi hech bir klassifikatsiyasini yakuniy klassifikatsiya sifatida qabul qilinmagan. Vashengtondagi tuproqshunoslarning birinchi xalqaro kongressi chiqishida BSXA (1921-1935) tuproqshunoslik kafedrasi o'rinbosari Ya.N. Afanasev "Rus tuproqshunosligida klassifikatsiya muammolari" nomli hisobotida shunday degan: "Har bir klassifikatsiya o'zining davridagi umumiy e'tiqod va yutuqlarini aks ettiruvchi tuproqshunoslikning falsafiy tizim (mantiqiy sxema va ramzlarda) hisoblanadi." Hozirgi kunda bu nuqtai nazar dolzarb hisoblanadi.
FAO, YUNESKO, tuproqshunoslar Xalqaro jamiyati hamkorligi ostida va tashabbusi bilan tuproq klassifikatsiyasining Xalqaro referativ zaxirasini yaratish ishlari olib borilmoqda. Hozirda FAO, YUNESKO ning 1:5000000 masshtabli tuproq xaritasi tuzishda ishlab chiqilgan diagnostika va taksonomik birliklardan foydalanib, yangi tuproq guruhlari taqdim etilgan. Bu jarayonda beloruss tuproqshunoslari ham ishtirok etmoqda.

Download 85.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling