Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasini III (viloyat) bosqichi uchun baholash mezoni


Download 1.19 Mb.
bet1/36
Sana16.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1360242
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
olimpiada baholash mezoni sadikov uz


Respublika ta’lim markazi


Direktorining 2019 yil
11 martdagi 11 –sonli buyrug‘iga
3-ilova


Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasini III (viloyat) bosqichi uchun baholash mezoni


Ona tili va adabiyot(9-11sinflar uchun )


Yozma ish
Fanolimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichida o‘quvchilar adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzularning biridan insho yozadilar.
Mazkur turda o‘quvchining yozma nutq qobiliyati, mustaqil fikrlashi hamda savodxonlik darajasi sinovdan o‘tkaziladi. Insho yozish uchun 3 soat (180 daqiqa) vaqt ajratiladi.
Yozma ish mavzulari o‘quvchilarning mavzu haqidagi bilimlarini yoritishi, shaxsiy fikr-mulohazalari asosida ijodiy yondosha olishi,manbalarda ifodalangan fikrlardan umumlashma xulosalar chiqara olishi e’tiborga olingan bo‘lishi kerak.
Bunda o‘quvchi mavzu bo‘yicha fikrlarini manbalardan shunchaki bayon qilib yozmasdan, o‘z bilimlari asosida ijodiy yondashishi, grammatik qoidalarga rioya qilgan holda mazmunan to‘g‘ri yoritishi lozim.

Yozma ish quyidagi mezonlar asosida baholanadi


T/r

Mazmuni

Ball

1

Mavzuga mos reja tuzilgan bo‘lsa

2

2

Insho bayonida tilning tasviriy ifoda vositalaridan o‘rinli foydalangan bo‘lsa

2

3

Inshoni yozishda qo‘shimcha manbalardan foydalanilgan bo‘lsa

2

4

Mavzuni yoritishda mustaqil fikrlab ijodiy yondashgan bo‘lsa

2

5

Insho matnida uslubiy kamchiliklar bo‘lmasa

2

6

Mavzuda keltirilgan ma’lumotlar aniq, mantiqan to‘g‘ri bayon qilingan bo‘lsa

2

7

Matn mazmunida izchillik ta’minlansa

1

9

Fikrlari asosli bo‘lsa

1

10

Inshoda fikrlar takrorlanishi bo‘lmasa

1

11

Inshoda umuminsoniy, milliy qadriyatlar ruhi sezilib tursa

1

12

Mavzuga mos sitata(ko‘chirma)larni to‘g‘ri tanlasa

1

13

Mavzu mazmuni hozirgi davr bilan bog‘langan bo‘lsa

1

14

Mavzu reja asosida to‘liq va batafsil yoritilgan bo‘lsa

2

15

Insho yozish uslubi o‘ziga xos(matnning mazmuni tuzilishining yagonaligi va ifodaliligi: badiiy tasvir, qahramonlarga tavsif, tahlil kabilar bilan ajralib tursa) bo‘lsa

3

16

Inshoni mavzuga mos xulosalay olsa

2





Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling