Fzika, astronomiya fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchilarda atrof olamni, tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil
qilish ularni o‘rganishda mavjud jihozlardan to‘g‘ri foydalana olish, fan sohasida
erishilayotgan yutuqlaning ilmiy asoslarini anglash, fan va texnika ijodkorlariga
hurmat bilan qarash orqali umumbashariy madaniyat elementlarini tarbiyalashdan
iborat.
Mazkur o‘quv dasturni tuzishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfini
tugatgan o‘quvchilar umumiy fizika kursining barcha bo‘limlaridan, chunonchi,
mexanika, molekular fizika va termodinamika, elektr, optika, atom va yadro
fizikasidan olgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishlari
hamda ta’lim muassasasining o’quv rejasi soatlar hajmi, ularning ma’lumottar
qabul qilish imkoniyatlari ham inobatga olindi.
O‘quv dasturi jami 170 soatga mo’ljallangan bo’lib, shundan I-kursda 68
soat, II-kursda 68 soat fizika, 34 soat astronomiya fani uchun ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |