Akademik Shonazar Shoabdurahmonov Shonazar


Download 23.06 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi23.06 Kb.
#1011394
Bog'liq
Shoabdurahmonov Shonazar


Akademik Shonazar Shoabdurahmonov

Shoabdurahmonov Shonazar (1923.5.5, Toshkent shahri) — tilshunos olim. Oʻzbekiston FA akad. (1974), filol. fanlari d-ri (1964), prof. (1967). Toshkent pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. Oʻzbekiston FA til va adabiyot i-tida oʻzbek dialektologiyasi sektorining mudiri (1954—91), bosh ilmiy xodim (1991-98). 197174 yillarda mazkur institut direktori, 1974—76 yillarda Oʻzbekiston FA Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik boʻlimining akademik kotibi.
shahrining asosiy ilmiy faoliyati badiiy asarlar, xalq dostonlari tili, oʻzbek dialektologiyasi masalalariga oid. Sh. hozirgi oʻzbek adabiy tili imlosi, punktuatsiyasi, fonetikasi, morfologiyasi, leksikologiyasi va leksikografiyasiga oid yirik ilmiy tadqiqotlarning , oliy va oʻrta maktablar uchun darslik va oʻquv qoʻllanmalarining hammualliflaridan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).



Akademik Shonazar Shoabdurahmonov

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. Yirik tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Shonazar Shoabdurahmonov 88 yoshida vafot etdi.


SH.Shoabdurahmonov 1923 yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1944 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlab, Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga qabul qilindi. 1949 yilda nomzodlik, 1963 yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi sermahsul faoliyati uchun 1974 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi a’zoligiga saylandi.
Yirik tilshunos olim o‘zining 55 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida hozirgi zamon o‘zbek tili dialektologiyasi, leksikografiyasi, leksikologiyasi, fonetikasi, orfografiyasi muammolarini ilmiy tadqiq etish ishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Uning zamonaviy o‘zbek tilshunosligining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqola, darslik va risolalari keng ilmiy jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Atoqli olim jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq berib, o‘zbek tilini boyitish, uni keng targ‘ib etishda faol mehnat qildi. Jumladan, uning bevosita rahbarligida yigirmadan ortiq fan nomzodi va fan doktori tayyorlandi.
Akademik SH.Shoabdurahmonovning mamlakatimiz ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi davlatimiz tomonidan munosib baholanib, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Yirik olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Shonazar Shoabdurahmonovning yorqin xotirasi qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.
Download 23.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling