Akademik yozuv fanining vazifalari
Download 19.31 Kb.
|
akademik yozuv1
1-Mavzu: 1- topshiriq. Mavzu asosida quyidagi savollarga javob bering: Akademik yozuv fanining maqsad vavazifalarini sanab bering. Javob: Akademik yozuv fanining vazifalari: Bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o’zbek tilining og’zaki va yozma nutq shakllarini to’liq o’zlashtirishi, uning so’z boyligidan grammatik bilimlar asosida to’g’ri foydalana bilishi, ish yuritish va rasmiy hujjatlar tayyorlashda yetaril savodxonlikka ega bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, talabalar “Akademik yozuv 1” fanidan: - o’zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini; - o’zbek tilining gap qurilishi; - rasmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak. - hujjatchilik tarixi va qonuniyatlari bo’yicha tasavvurga ega bo’lishi lozim; - hujjat matnining tuzilishini; 2. Axborot nima? Javob: Axborot: 1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar oʻrtasidagi muzokaralar na-tijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma toʻgʻrisida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar oʻrtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tu-zilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e’lon qilinadi. Ikki davlat oʻrtasida olib borilgan muzoqaralar haqidagi Axborot. odatda qoʻshma Axborot. deb atala-di; 2) ba’zi vaqtli nashrlarning nomi (mas, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining axboroti, Oʻzbekiston Respublikasi test markazining axboro-ti va boshqalar). 3. Axborotning ijobiy va salbiy jihatlari haqida gapiring va misollar bilan izohlang. Javob: Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri. Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o’z vaqtida olingan to’g’ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To’g’ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo’lishi imkonini beradi, zero Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur. Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g’arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo’lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud. Ayniqsa bunday ma’lumotlar Internet tarmog’i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo’lgan nojo’ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto’g’ri yo’llarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish bizning vazifamizdir. Har doim axborotdan o’rinli va to’g’ri foydalanish zarur. 4. Til nima? Javob: 5. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi? Javob: .
Javob: Yozuvning paydo bo’lishi – kishilik jamiyati yaratgan eng yirik mandaniy kashfiyot hisoblanadi. Insoniyatning qo’lga kiritgan eng yirik davrga xos madaniy obidalar yig’indisi, fikriy natijalarning hozirgi davrga yetib kelishida yozuvning roli kattadir. Agar yozuv bo’lmaganda, qadimgi ajdodlarimizdan qolgan meros, ular yaratgan ijodiy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan bo’lar edi. Yozuvning yaratilishi, unung takomillashtirilishi, jamiyat taraqqiyoti, eng muhimi adabiy tilning rivojlanishini tezlashtirish hisoblanadi. Til dastlabki qarashda barqaror, o’zgarmas fonetik leksik va grammatik sistemani tashkil etadi. Masalan, bizga fikr almashish quroli bo’lib xizmat qilayotgan o’zbek tili, bobolarimizga ham, ota-onalarimizga ham birday xizmat qilib kelgan. Bobo va nabira o’zaro gaplashayotganlarida na birinchi va na keyingi "avlod til nuqtai nazaridan hech qanday qiyinchilik sezmaydi. Ular doimo bir-birlarini tushunishadi. Lekin shu bilan birga, til qotib qolgan narsa emas. Tilga chuqurroq yondashilsa, bunga ishonch hosil qilinadi. Til har kun, har daqiqa o’zgaruvchan hodisadir. Tildagi sodir bo’layotgan o’zgarishlar shunday sekinlik bilan bo’ladiki, buni bir avlodning yashash davrida ajratib olish va uni qayd qilish odatda amri maholdir. Uch-to’rt avloddan keyin esa, tilning leksik, grammatik qatlamlaridagi siljishlar ko’zga tashlana boshlanadi.Bunday siljishlarni biz bir narsa tufayli u ham bo’lsa, yozuv orqali bilib olishimiz mumkin (gap yozuv paydo bo’lgandan so’nggi davr haqida boradi). Agar yozuv bo’lmasa, til evolyutsiyasi to’grisida bizda hech qanday tasavvur bo’lmasligi mumkin edi. Faqat yozuv borligi uchungina, biz tilning tarixiy taraqqiyotini kuzatish sharafiga muyassar bo’lamiz: bu rivojlanishni qayd qilamiz, oldingi avlodlarimiz tilini o’rganib, uni hozirgi davrdagi til bilan qiyoslaymiz. Tilning rivojlanish yo’lini o’rganamiz, tilga kirib kelayotgan yangiliklarni va ularning sababini aniqlaymiz.O’qish va yozuv hozirgi vaqtda shunchalik odat tusiga kirib qolganki, go’yo ular bir umr til bilan birga bog’liq bo’lgandek ko’rinadi. Aslida yozuvning paydo bo’lganiga ko’p davr bo’lgani yo’q.Ba’zi tillarning hanuzgacha yozuvi yo’q. Amerika qit’asi mahalliy aholisining ko’pchilik tillarini bunga misol tariqasida ko’rsatish mumkin. Inqilobgacha Rossiyada yashovchi kam sonli millatlarning o’z yozuvlari yo’q edi.Yozuvning paydo bo’lishi juda katta ahamiyatga ega bo’ldi, u tilning taraqqiyotiga ijobiy hissa qo’shdi. Yozuv voqea va hodisalarni abadiylashtirish hamda voqea va hodisalarni (axborotni) uzoq, masofaga yetkazish imkonini beradi. 3.«Til robitayi vositayi olamiyondur» (Avaz O’tar) jumlasini izohlang. Download 19.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling