Akademik yozuv


Download 364.23 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi364.23 Kb.
#1743230
Bog'liq
3-MAVZU TOPSHIRIQLAR (2)



AKADEMIK
YOZUV


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


AWR1112


3-MAVZU

MATNNI MA’NOVIY QISMLARGA BO‘LISH TAMOYILLARI


AMALIY
KO‘NIKMA


1-topshiriq. Matnni o‘qing va terminlarni ajratib yozing.
Axborot xavfsizligini ta’minlash
Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir.
Login tushunchasi. Login – shaxsning, o‘zini axborot kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo‘lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.
Parol tushunchasi. Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi mahfiy so‘zdan iborat.
Avtorizatsiya tushunchasi. Avtorizatsiya – foydalanuvchining resursdan foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi. Avtorizatsiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi. Ro‘yxatdan o‘tish– foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni. Ayrim veb-saytlar foydalanuvchilarga qo‘shimcha xizmatlarni olish va pullik xizmatlarga obuna bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishni, ya’ni o‘zi haqida ayrim ma’lumotlarni kiritishni (anketa to‘ldirishni) hamda login va parol olishni taklif qiladilar. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tizimda unga qayd yozuvi (account) yaratiladi va unda foydalanuvchiga tegishli axborotlar saqlanadi.
2-topshiriq. Berilgan matndagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarini qo‘ying.
Ko‘pgina tadqiqot monografiyalari va mustahkam ilmiy maqolalar ilmiy uslubga tegishli ushbu janrning o‘ziga xosligi shundaki bunday matnlar qoida tariqasida bir xil mutaxassislar uchun professional olimlar tomonidan yoziladi bunday akademik uslub ko‘pincha bitta masalaga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda shuningdek muallif natijalarini taqdim etadigan kichik insholarda uchraydi to‘g‘ri ilmiy uslubda yozilgan matnlar taqdimotning aniqligi tasdiqlangan mantiqiy tuzilmalar umumlashtiruvchi atamalar va mavhum tushunchalarning ko‘pligi bilan ajralib turadi ushbu janrda tuzilgan standart akademik matn sarlavha kirish asosiy qismlar va xulosalarni o‘z ichiga olgan qat’iy tizimli tarkibga ega
3-topshiriq. Ixtiyoriy mavzuda tashviqot matni tuzing.
4-topshiriq Quyidagi so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing, so‘ngra ularni rasmiy yoki shaxsiy munosabatni ifodalashiga ko‘ra guruhlang, ular o‘rtasidagi farqni izohlang.
O‘qishga kirmoq, vazifasidan ozod etilmoq, salom yetkazmoq, belgilangan jadvalga muvofiq, ko‘nglini ko‘tarmoq, ko‘rishganimizda aytib bermoq, zimmasiga yuklamoq, yoshlar harakatiga qo‘shilmoq, vaqt topolmaslik, o‘qituvchi bo‘lib ishlamoq, harorat pasayishi oqibatida, xushxabar eshitgandan keyin.







Download 364.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling