Aкбаралиев Алиахрор Алишер ўғли 2020 йил Акбаралиев Алиахрор Алишер ўғли


Download 1.53 Mb.
Sana21.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1375951
Bog'liq
aliaxror she\'rlar





Aкбаралиев Алиахрор Алишер ўғли

2020 йил

Акбаралиев Алиахрор Алишер ўғли

2006 йил 29 апрел куни Тошкент вилоятининг Ангрен шаҳрида мухандислар оиласида дунёга келган. Ангрен шаҳридаги 8- ўртатаълим мактабида тахсил олади. Алиахрор ёшлигидан яъни 8-9 ёшидан шеъриятга қизиқиши туфайли она хақида, Ватан ва бошқа мавзуларда бир нечта шеърлар ёзиб, мактаб рахбарияти томонидан муносиб баҳоланган. Алиахрор ёш бўлишига қарамай, адабиётга ва тарихий шоирлар хамда ёзувчиларнинг асарлари ва ижодларига жуда қизиқади. Ёш номзодимиз бундан ташқари бўш вақтларида спорт тўгараги машғулотларига мунтазам қатнашади. Янгиликларга интилувчан ижодкоримизнинг адабиётга ва келажакга иштиёқи баланд.


Бўлажак шоирнинг шеърларида Ватанни севиш, онани қадрлаш, миллий ғурур ва поклик туғулари ифода этилган. Ҳаёт фалсафаси ўзига хос мурғак қалб жозибаси билан тасвирланган.


С Ў З Б О Ш И

Жуда узоқ тарихга, кўркам табиатга эга Тошкент вилоятининг Ангрен шаҳри қадимдан шоир ёзувчилар, кончилар ва нурчилар, олимлар ва зиёлилар, бир сўз билан айтганда етук ва комил инсонлар юрти бўлган. Шу масканда туғилиб, камолга етиб, Ватан равнақи йўлида холис ва сидқидилдан хизмат қилган хамда Ўзбекистонда машхур бўлган хамшахарларимиз рўйхати кўпчиликни ташкил этади.


Ана шундай таниқли ва тарихий шахсларга хавас қилиб, ижод йўлини танлаган ва келажакда юртимизга хизмат қилишни ўз олдига мақсад қилган инсонлардан бири – бўлажак шоир Алиахрор Алишер ўғлидир.
У хеч кимга тақлид қилмаган холда, ўзига хос услубга эга.

ONA
Ona siz borimizsiz,


Qalbdagi quyoshimsiz.
Oq sut berib kata qilgan,
Mehribon onamizsiz.

Ona sizga suyanchiqmiz,


Yelkadagi tog’ingizmiz.
Sizni hurmat qilamiz,
Bir umr ardoqlaymiz.

Nomingizga dog’ tushurmay


Ulg’ayamiz onajon.
Unib, o’sib, kata bo’lib,
Nomingizni oqlaymiz.

VATAN
Biz Vatanni sevamiz,


Va uni ardoqlaymiz.
Vatanimiz yerlari
Biz uchun aziz.

Kindik qon to’kilgan joy,


Bizga qadrli.
Vatan degan ulug’ nom
Tillarda doston.

Bizning Vatan O’zbekiston,


U juda ham mehmondo’st.
Vatanimiz yomonlar,
Qo’lga kirita olmas.

OILAMIZ


Oilamiz ahil, inoq,
Unda yashar besh kishi.
Eng kattasi dadamdir,
Eng kichigi ukamdir.
O’rtachasi mendirman,
Onam esa ikkinchi.
Katta ukam to’rtinchi,
Besh barmoqqa qiyosmiz.
Uch farzand botir o’g’lon,
Baquvatmiz zabardast.
Kuchimiz ko’p sog’lommiz,
Uch og’a ini botirmiz.
TABIAT

Tabiat sirlarga boy,


Uni asrash kerakdir.
Unda border daraxtlar,
O’simlig-u hayvonlar.

Bahorda burkanib yashilga,


O’t-o’lanlar o’sar juda ko’p.
Quyosh ham ko’mak berar o’sishda,
Yomg’ir ham suvlarini ayamas.

To’yib-to’yib nafas olinglar,


Tabiatning bordir toza havosi.
Yomg’ir yog’ib quyosh chiqsa gar,
Kamalak ham paydo bo’lar osmonda.

Qishin yozin bir hil kiyimda,


Yashil tusli o’sar archalar.
Va hattoki kuz faslida ham,
Barglarin to’kmaydi ular.

USTOZLAR


Bilim berib charchamas,
Tarbiyalar, o’qitar.
O’rgatishdan to’xtamas,
Azizsizlar ustozlar.

Ustozlarim mehribon,


Ba’zilari qattiqo’l.
Ikkisi ham birxildir,
Yomon bo’lgin demaydi.

Maktabni bitiramiz,


Lek sizni unutmaymiz.
Esimizdan chiqmaysiz,
Mehribonsiz ustozlar.

DO’STLIK


Biz besh ovlon maktabda,
Birga yuramiz doim.
Do’stligimiz abadiy,
Chunki juda inoqmiz.

Umuman urushmaymiz,


Birga dars tayyorlaymiz.
Hursand bo’lib quvnaymiz,
Sho’xliklar ham qilamiz.

Mushkuling yengil bo’lar,


Yoningda do’stlar bo’lsa.
Qiynalib qolganingda,
Do’stlar yordamga kelar.

BOBOM VA BUVIM

Dunyoda eng mehribon,


Bizni birday ko’radi.
Eng saxiy insonlardir,
Bobom va buvijonim.

Ular juda oqko’ngil,


Har bir so’zi hikmatli.
Ikkisi ham qadrli,
Bobom va buvijonim.

Borsak hursand bo’ladi,


Mehnat qilsak maqtaydi.
To’g’ri yo’lni ko’rsatar,
Bobom va buvijonim.

8-MART


Sakkizinchi martda biz,
Tabriklaymiz sizlarni.
Barcha xotin-qizlarni,
Ustoz-u ayollarni.

Omon bo’ling doimo,


Baxtimizga sog’ bo’ling.
Uzoq umr ko’ringlar,
Kuch-quvvatga to’linglar.

O’zingizga to’q bo’ling,


Yomon yo’lga kirmanglar.
Tilagim shu sizlarga,
Bayramingiz muborak.

14-YANVAR

Vatan himoyachilari bu,
Mard, jasur askarlardir.
Vatanimiz sarhadlarin
Qo’riqlaydi tun-u kun.

Vatan oldidagi burchin,


Bajarishdan qo’rqmaydi.
Hatto bayram kunlari,
Charchoq nima bilmaydi.

Uyqu nima? bilmaydi,


Bilmas dam olish nima?
Maqsadi qo’riqlashdir,
Vatan uchun kurashish!

TINCHLIK


Dunyoda tinchlikdanda,
Buyukroq narsa yo’qdir.
Uning qadriga yetib,
Shukrona aytaylik.

Urush bo’lmasin aslo,


Tinchlik bo’lsin har doim.
Urush bo’lgan joylardan,
Baraka ketar qochib.

Tinchlik bu aziz ne’mat,


Ozodlik va erkinlik.
Yurtda baxtiyor yashab,
Vatanga xizmat qilish.
Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling