Акциз солиғининг моҳияти ва унинг ўзига хос хусусиятлари
Mahalliy soliqlarning mazmun-mohiyati va xususiyatlari
Download 91.28 Kb.
|
Jismoniy shaxslar daroma
1.2. Mahalliy soliqlarning mazmun-mohiyati va xususiyatlariMahalliy soliqlar va yig’imlarning mohiyati bevosita soliqlarning mohiyatidan kelib chiqadi. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq soliqlar deganda Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi. Boshqa majburiy to’lovlar deganda Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy pul to’lovlari, bojxona to’lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to’lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to’lanishi lozim bo’lgan yig’imlar, davlat boji tushuniladi4. Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning asosiy manbai soliqlardir. Respublikamizda o’ziga xos soliq tizimi shakllantirilgan bo’lib, mavjud soliqlar bir tomondan davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyati rivojlanishini rag’batlantirishga qaratilgandir. Ana shu ikki tomonlama munosabatlarning uyg’unligini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning barcha sohalarida bo’lgani kabi soliq tizimida ham keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda va ularning nazariy hamda amaliy jihatlari, natijalari turli darajada o’rganilmoqda. Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo’lgan majburiy to’lovlar sifatida, davlat paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar, davlat faoliyat ko’rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi. Davlat soliqlarsiz mavjud bo’la olmaydi, soliqlar bu davlatning ajralmas qismidir. Demak, davlat va davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning mavjudligi, soliqlarni amal qilishini taqozo etadi. Mahalliy soliqlar va yig’imlarni joriy etishdan asosiy maqsad mintaqani rivojlantirish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlb chiqarish, davlat hokimiyati organlarining faoliyat ko’rsatishi uchun shart-sharoit yaratishdir. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan belgilangan, ular tomonidan o’z vakolatiga muvofiq ravishda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ishlatiladigan soliqlar mahalliy soliqlar hisoblanadi. Mahalliy yig’imlar – bu O’zbekiston Respublikasi qoununlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qaroriga muvofiq belgilangan, yuridik va jismoniy shaxslarga ularga ko’rsatilgan madaniy-maishiy xizmatlar yoki davlat hokimiyatining mahalliy organlari nazorati ostida o’tkaziladigan boshqa tadbirlarning chiqimlari bilan bog’liq xarajatlarni qisman qoplash uchun undiriladigan to’lovlardir. Respublikamiz byudjet-soliq qonunchiligiga muvofiq mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy davlat hokimiyati idoralarining daromad manbai hisoblanib, ular hozirga qadar davlatchilik munosabatlari rivojlanishiga mutanosib ravishda shakllanib, takomillashib keldi. Agarda respublikamizning bozor munosabatlariga o’tishi bilan bog’liq turli sohalarda amalga oshirilgan va davom ettirilayotgan islohotlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, mahalliy hokimiyat idoralarining mavqeini oshirish borasidagi chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunday chora-tadbirlarning aniq yo’nalishi mahalliy davlat hokimiyati idoralarining daromad manbaini mustahkamlashga qaratilgandir. Bu boradagi islohotlarning ilk huquqiy asoslaridan biri, shubhasiz 1993 yil 7 mayda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida”gi qonunidir. Ushbu qonunga muvofiq respublikada mahalliy soliqlar va yig’imlar joriy qilindi. Ularni joriy etishdan maqsad mintaqani ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa resurslarni qayta ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining faoliyat ko’rsatishi uchun shart-sharoit yaratish qilib belgilandi. Mamlakat soliq tizimidagi islohotlarning muhim yo’nalishi mahalliy soliqlar va yig’imlarni takomillashtirishga qaratilgan. Bu borada birgina ularning tarkibidagi o’zgarishlarni tahlil qiladigan bo’lsak, shuni alohida qayd etish lozimki, ular yuqoridagi qonunga muvofiq joriy etilgan paytda 17 turda amal qilgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi bilan 8 turda undirila boshlandi. Hozirgi paytga kelib esa ularning faqatgina 6 turi amal qilib, 5 turdagi soliq va 1 turdagi yig’im sifatida undirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va yig’imlarga quyidagilar kiradi: Mol-mulk solig’i; Er solig’i; Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i; Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im. Yagona yer solig’i5. Mahalliy soliqlar va yig’imlar joriy etilgan paytdan shu kunga qadar ular tarkibidagi o’zgarishlar nafaqat son jihatdan, shuning bilan birgalikda mohiyat jihatdan ham keng ko’lamli o’zgarishlarga erishildi. Bugungi kunga kelib ularning yangi turlari joriy etildi va amaliyotda samarali qo’llanilib kelinmoqda. Respublikamizda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining asosiy daromad manbai hisoblangan mahalliy soliqlar va yig’imlar bilan bog’liq muammolar markazida ularning mahalliy byudjetlar xarajatlarini to’liq miqdorda moliyalashtira olmasligidadir. Shuning uchun ham umumdavlat soliqlaridan mahalliy byudjetlarga ajratmalar, ya’ni tartibga solinadigan soliqlardan to’liq yoki qisman ajratmalar belgilash tizimi amal qiladi va ulardan kelib chiqib mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu boradagi vakolatlari yana bir qadar oshirilgan bo’lsada, bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining soliqlar va yig’imlar bo’yicha vakolatlari qonunchilik nuqtai-nazaridan bir qadar cheklangan, amalda esa o’z hududlarida undiriladigan barcha soliqlar va yig’imlarni nazorat qilish tizimi amal qiladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, respublikamiz soliq tizimini takomillashtirishda turli hokimiyat organlarining soliqlar va yig’imlar bo’yicha vakolatlarini yanada aniqlashtirish va bunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu boradagi vakolatlarini oshirish muhim yo’nalish qilib belgilanishi lozim. Mahalliy soliqlar va yig’imlarni joriy etish sabablari sifatida, birinchi navbatda ularning fiskalligini e’tirof etish lozim. Qayd etilganidek, mahalliy soliqlar va yig’imlarni joriy etishdan maqsad mintaqani rivojlantirish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat hokimiyati organlarining faoliyat ko’rsatishi uchun shart-sharoit yaratishdir. Demak, mahalliy soliqlar va yig’imlar orqali davlat mahalliy hokimiyatiga moliyaviy resurslar jalb etiladi va ushbu resurslardan mahalliy ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladi. Shuningdek, mahalliy soliqlar vositasida mahalliy ob’ektlardan samarali foydalanishga erishiladi. Mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy byudjetlar tarkibida birinchi moliyaviy manba sifatida qaralsada, u mahalliy byudjetga biriktirilgan xarajatlarni moliyalashda etarli moliyaviy manba bo’la olmaydi. Mahalliy byudjetlarning xarajatlari oshib borayotgan bir payitda davlat tomonidan ularning daromadlarini mustaxkamlash borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Avvalombor, biriltirilgan daromadlar soni ko’paytirilib borildi, tartibga soluvchi soliqlardan ajratmalar miqdori oshirildi. Bu, o’z navbatida mahalliy byudjetlarning daromadlari ko’payishiga, demakki ularning o’z hududlarida yaratilayotgan milliy daromadni taqsimlashdagi o’rni mustahkamlanishiga olib keladi. Mahalliy byudjetlar daromadlarini mustaxkamlash, xarajatlarini barqarorlashtirish, ularning daromad bazasini kengaytirib borish dolzarb masalalardan biridir. Mahalliy byudjetlarning daromad bazasi xududlarida yaratilayotgan milliy daromad, ya’ni ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, daromadlarning doimiy va bir maromda tushishi bilan bevosita bog’liqdir. Mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning ichki rezervlari hududlarda ishlab chiqarishning rivojlanishi, joylarda iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan chambarchas bog’liqdir. Mahalliy boshqaruv organlari faoliyatini to’g’ri tashkil etish har bir hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz soliq tizimidagi mavjud mahalliy soliqlar va yig’imlarga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarning ayrimlari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy davlat hokimiyati idoralari tasarrufida bo’lgan hududlar ehtiyojlari uchun ishlatiladi; ularning asosiy qismi mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bevosita o’zlari tomonidan joriy etiladi; ularni huquqiy jihatdan tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati idoralariga bir qadar vakolatlar berilgan bo’lsada, respublika qonunchiligi bilan ham hisoblashishni talab etadi va boshqalar. Mahalliy soliqlar va yig’imlarning muhim xususiyatlaridan yana biri, ularni belgilash usuliga ko’ra ikki guruhga, ya’ni respublika qonunchiligi bilan joriy etiladigan va mahalliy davlat hokimiyati idoralari qonunchiligi bilan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig’imlarga bo’linishidir. Mahalliy soliqlardan mol-mulk va yer soliqlari respublika qonunchiligi bilan joriy etiladi va butun respublika hududida undiriladi hamda ular stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi. Shuningdek, belgilanishi va amal qilishi nuqtai-nazaridan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq butun respublika hududida undirilib, yagona stavkasi amal qiladi6. Mazkur guruh mahalliy soliqlari bo’yicha mahalliy davlat hokimiyati idoralarining faqatgina bir vakolati mavjud bo’lib, bu ham bo’lsa, ular o’z hududlarida joylashgan soliq to’lovchilarga mol-mulk solig’i bo’yicha qo’shimcha imtiyozlar berishi mumkin. Ikkinchi guruh mahalliy soliqlar va yig’imlari, jumladan, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i; transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im mahalliy davlat hokimiyati idoralari tomonidan joriy etiladi. Ular stavkalarining eng yuqori miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanib, mahalliy davlat hokimiyati idoralari faqatgina ana shu stavkalar doirasida o’z hududlari uchun soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini belgilash bo’yicha esa to’liq huquqga ega. Mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy byudjetlar tarkibida birinchi moliyaviy manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar va yig’imlar mahalliy byudjetga biriktirilgan xarajatlarini moliyalashda etarli moliyaviy manba bo’la olmaydi. Byudjet parametrlarini belgilash vaqtida umumdavlat soliqlaridan ajratmalar belgilanadi. Bu jarayon har yili byudjet parametrlarini tasdiqlash paytida ishlab chiqiladi. Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ulushi har yili mahalliy byudjetlarning o’z daromadlarining tushumi hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarning miqdoriga qarab o’zgartirib boriladi. Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi mumkin. Agar kelgusi yili mahalliy byudjetlarning o’z daromad manbalari (soliqlari) ko’payib qolsa, umumdavlat soliqlaridan ajratma berishning hojati qolmaydi. Download 91.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling