II. BOB. KICHIK BIZNES SUB’EKTLARINI SOLIQLAR VOSITASIDA
RAG’BATLANTIRISH MEXANIZMINING TAHLILI
(Qo’shrabot tumani misolida)
2.1. Kichik biznes sub’ektlarining byudjet oldidagi majburiyatlari va
soliqlar vositasida rag’batlantirish mexanizmi
O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solishning
soddalashtirilgan rejimi belgilangan mezonlarga muvofiq mikrofirma va kichik
korxonalar tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslarga qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi “1998 yil
9 apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni
yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi farmoniga o’zgartirish va
qo’shimchalar to’g’risida”gi PF-3305 sonli farmoniga ko’ra 2004 yilning 1
yanvaridan boshlab kichik biznes sub’ektlari tarkibiga quyidagilar kiritilgan:
yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar;
xodimlarining o’rtacha yillik soni:
- ishlab chiqarish tarmoqlarida 20 kishidan;
- xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga bevosita aloqasi
bo’lmagan tarmoqlarda 10 kishidan;
- ulugurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan
oshmagan mikrofirmalar;
quyidagi tarmoqlarning o’rtacha yillik xodimlari soni:
- engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik,
yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati 100
kishidan;
- mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati,
qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa
sanoat-ishlab chiqarish sohalari 50 kishidan;
- fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohasi
(sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda
21
boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan sohalar 25 kishidan oshmagan
kichik korxonalar (3-jadvalga qarang).
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |