Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Auditorlik tashkilotining rahbari deganda


Download 2.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/174
Sana18.10.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1707809
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

Auditorlik tashkilotining rahbari deganda, auditorlik tash-kilotining 
ma’muriyati tarkibiga kiruvchi va shu tashkilot nomidan auditorlik xulosasiga 
imzo chekish huquqiga ega shaxs tushuniladi. 
Auditorlik tashkilotining rahbari: 

ho’jalik yurituvchi sub’ekt bilan o’zaro aloqani olib boradi; 

auditorlik tekshiruvi rahbarini tayinlaydi va auditga yo’naltirilgan 
mutaxassislar guruhini tuzadi; 

tekshirilayotgan sub’ektning auditorlik xulosasida aks etgan buxgalteriya 
hisobining haqqoniyligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikrini aks ettiradi. 
Auditorlik tashkilotining rahbari o’z tashkiloti nomidan berilgan auditorlik 
xulosasining tarkibidan to’liq xabardor bo’lishi lozim. Auditorlik tashkilotining 
rahbari auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun attestatsiyadan o’tgan 
bo’lishi kerak. Auditorlik tekshiruvining rahbari auditorlik tekshiruvining xo-dimi 
hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektni auditorlik tekshiruvidan o’tkazayotgan 
xodimlar guruhiga rahbarlik qilayotgan shaxs hisoblanadi. 
Auditorlik tekshiruvining rahbari quyidagilar uchun ma’suldir:

xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan joriy nazorat ishlarini tashkil etish va olib 
borish; 


217 

ishlarni rejalashtirish (umumiy reja va audit dasturini tasdiqlaydi); 

o’tkazilayotgan audit va uning natijalari bo’yicha tayyorlanayotgan ish 
hujjatlarini auditorlik milliy standartlariga va ichki firma talablariga muvofiqligi; 

auditorlik xulosasi tarkibiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan audit natijalari 
to’g’risida auditorlik tashkiloti rahbarni xabardor qilish; 

auditorlik tekshirish rahbari auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi 
uchun attestatsiyadan o’tgan bo’lish kerak. 
Bosh auditor auditorlik tashkilotining hodimi bo’lib, unga audit tekshiruvi 
ishtirokchilariga rahbarlik qilish yuklatilgan bo’lishi mumkin. 
Bosh auditor quyidagilar uchun ma’suldir: 

Auditorlik jarayoni natijalariga tayyorgarlik, ularni amalga oshirish va 
hujjatlashtirish;

Unga biriktirilgan audit tekshiruvi ishtirokchilari ishlarini tashkil etish va 
nazorat qilish. 
Bosh auditor auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun 
attestatsiyadn o’tgan bo’lishi lozim. 

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling