Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

vakolatliligi 
Auditorlar axloq kodeksida har bir auditor rioya qilishi zarur bo’lgan 
tamoyillar keltirilgan, ya’ni: halollik, mustaqillik, ob’ektivlik (xolislik), malakaviy 
kompetentlik, maxfiylik va boshqalar. 
Halollik deganda nafaqat haqiqatgo’ylik, shuningdek, beg’arazlik va 
ishonchlilik ham tushuniladi. Xolislik tamoyiliga mos holda hamma auditorlar 
adolatli, halol harakat qilishi va nizoga yo’l qo’ymasliklari lozim.
O’z funktsiyalarini bajarishda auditorlar hamisha xolis bo’lishlari lozim. 
Xolislik oldindan xulosa chiqarmaslikni, tarafkashlik va professional masalalarni 
ko’rib chiqishda, xulosa chiqarishda qandaydir ta’sir doirasiga tushib qolmaslikni 
bildiradi. Xolislikning etika talablariga amal qilishda: 

Oldindan xulosa chiqarishga g’arazgo’ylik yoki boshqa shaxslarning 
xolislikka zarar keltiruvchi ta’siridan, munosabatlardan qochish; 

Agar ular auditorning kasbiy muhokamasiga jiddiy va yo’l qo’yib 
bo’lmaydigan ta’sir o’tkazish mumkinligi haqida ongli ravishda faraz qilinsa, 
sovg’alar va boshqa mehmondo’stlik belgilarini qabul qilmasligi va o’zi ham taklif 
etmasligi zarur. 
Xizmat ko’rsatishga rozilik bergan auditor ishni yuqori professional darajada 
bajara olishiga ishonishi lozim. Auditorlar auditorlik xizmatlarini etarlicha e’tibor 
va g’ayrat bilan bajarishlari zarur. Ularning majburiyatlari doimiy ravishda o’z 
bilimlari va tajribalarini shunday darajada oshirishi kerakki, rahbariyat ham, 
mijozlar ham uning doimiy ravishda yangilanib boradigan qonunchilik sohasidagi 
ma’lumotlar audit metodikasi va amaliyotiga asoslangan professional 
xizmatlarining yuqori sifatliligiga ishonsin. 
Professional kompetentlik – auditorga professional xizmatlarni malakali va 
sifatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega 
bo’lishdir. Auditorlar o’z bilim va tajribalarini bo’rttirib ko’rsatmasliklari kerak. 


169 
Maxfiylik - audit tamoyillaridan biri bo’lib, auditorlar (auditorlik 
tashkilotlari) auditorlik faoliyati davomida olgan yoki tuzgan hujjatlarining bus-
butun (yaxshi) holda saqlashni ta’minlashga majburligi, kim bo’lishidan qat’iy 
nazar, bu hujjatlarning yoki ularning nusxalarini uchinchi shaxslarga berish 
huquqiga ega emasligi (to’liq holda ham, qisman ham) yoki mulk egasi 
(rahbar)ning roziligisiz ulardagi ma’lumotlar mazmunini og’zaki ravishda ham 
boshqalarga oshkor qilmaslikni o’z ichiga oladi.
Maxfiylik tamoyiliga hatto tekshirilgan iqtisodiy sub’ekt haqidagi 
ma’lumotlar oshkor yoki e’lon qilinishidan unga moddiy yoki boshqa zarar etmasa 
ham, majburiy tarzda amal qilinadi. 
Maxfiylik axborotlarni sir saqlash majburiyatini yuklaydi va kasbiy xizmat 
ko’rsatish davomida axborotlarni olgan auditordan bu axborotlardan shaxsiy 
maqsadlarda yoki uchinchi tomon manfaatlari uchun foydalanmaslik talablarini 
qo’yadi.
Mustaqillik bu auditorning audit qilinayotgan tashkilot ishlarida yoki uchinchi 
shaxsga bog’liq holda o’z fikrlari shakllanishida manfaatdorlikning (moliyaviy, 
mulkiy, qarindoshlik yoki boshqa har qanday) bo’lmasligini o’zida ifoda etadi. 
Jamiyat manfaatlari yo’lida hamma auditorlar va auditorlik tashkilotlari audit 
qilinayotgan tashkilot va uchinchi shaxslardan mustaqil bo’lishi zarur.
Auditorlik tashkilotining obro’si. Auditorlar o’z faoliyatlarida auditorlik 
tashkiloti va uning xodimlari obro’sini oshiribgina qolmasdan, ushbu sohada 
muomalaning umumqabul qilingan etika me’yorlari ham hisoblanuvchi qator 
nuqtai nazarlar va asosiy tamoyillarga ham rioya qilishlari lozim. Bunday 
tamoyillarga vijdonlilik va kasb muomalasi kiradi. 
Vijdonlilik – auditorlarning zarur sinchkovlik, e’tiborlilik, tezkorlik va o’z 
qobiliyatidan tegishlicha foydalangan holda professional xizmat ko’rsatishini 
ko’zda tutadi. Bunda auditorning o’z ishiga qunt va mas’uliyatli munosabatda 
bo’lishi auditorlik faoliyatining benuqsonligi kafolati sifatida qabul qilinmasligi 
lozim. 
Auditorning kasb etikasi muomalaning ana shu bir nechta qoidalari bilan 


170 
tugamaydi. Kasb muomalasi tamomila auditor faoliyatining hamma sohasiga 
taalluqlidir. Etika va uning intizomiy ta’sir etishi ularning faoliyatini o’zini-o’zi 
boshqarish hisoblanadi. Auditorlar boshqa shaxslar manfaatlarini hamisha esda 
tutishlari zarur. Ularni hal qilish qanchalik murakkab bo’lmasin, texnik tafsilotlarni 
hisobga olib, muammo mohiyati haqida eslashi lozim. 
Auditorlar uchun o’z kasblarining boshqa odamlarga ta’sir etish ruhini anglab 
etish va uni baholay olish muhimdir. 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling