Aks hollarda dalolatnoma oldindan belgilangan qoidaviy namuna asosida tuziladi
Download 15.29 Kb.
|
DALOLATNOMA
DALOLATNOMA Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog`liq biron-bir bo`lib o`tgan (sodir bo`lgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar ko`zlanadi, lekin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo`lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir.Bir qancha holarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me`yorlar bilan qat`iy belgilangan. Masalan, korxonalarning hisob kitob bo`limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va huquqiy jihatdan muhim o`rin tutadi. Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag`lari va moddiy boyliklarlarga bog`liq holda tuziladi(hatto baxtsiz hodisa yoki tabiiy ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor),binobarin, u ko`proq tadbirkorlik, moliya-xo`jalik faoliyatida, hisob-kitob,oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qo`llaniladi. Moliyaviy faoliyat va savdo-tijorat sohalarida tuziladigan dalolatnomalar tasdiqlash(kamomad yoki nuqsonlar bo`lmagan holda ) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy boyliklar yetishmasligi aniqlanganda ) uchun hamda tegishli (qayd etuvchi, rag`batlantiruvchi , jazolovchi) buyruqlar e`lon qilishi uchun asos bo`ladi. Aks hollarda dalolatnoma oldindan belgilangan qoidaviy namuna asosida tuziladi. Dalolatnomalar voqea-hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar (muassasa rahbarining buyrug`i bilan komissiyalar, doimiy komissiyalar ) yoki maxsus vakolatli yakka shaxslar (taftshchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi.Keyingi holatda va umuman,dalolatnoma yakka shaxslar tomonidan tuzilganda, guvohlarning ishtiroki etishi va imzosi bo`lmog`i shart. Ayrim hollarda dalolatnomalar voqea-hodisaning qatnashchilari yoki unga guvoh bo`lgan kishilarning tashabbusi bilan ham tuziladi. Dalolatnomaning zaruriy qismlari: Iroda, muassasa va tarkibiy bo`linma nomi. Tuzilgan sanasi va joyi. Tartib raqami va tasdiqlash belgisi(zarur hollarda). Matn sarlavhasi Hujjat turi nomi(Dalolatnoma) Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug`i, idoraning qarori yoki ko`rsatmasi kabilar). Kommisiya tarkibi (raisi va a`zolari). Ishtirok etuvchilar(guvohlar). Dalolatnoma matni. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko`rsatiladi). Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari. Ijro haqida belgi. Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma`lumotlarni ham qo`shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog`ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatdor buyumlar, hujjatlar sanab o`tiladi(ilovalar tarzida ), topshirish vaqtida ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo. Download 15.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling