Aksariyat signallar tabiatda uzluksiz (analog) signallar. Ular vaqt o'tishi bilan uzluksiz ravishda o'zgarib turadi va ma'lum bir oraliqda har qanday qiymatni qabul qilishi mumkin
Download 377.97 Kb.
|
QL18Q 20Uj8SWHRACCDXGbpf CxZt35T
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xotira qurilmalari
- Operativ xotira qurilmalari
Kvantlash jarayoni
Raqamli-analog oʻzgartirgich (AROʻ) va raqamlm analog oʻzgartirgichlar raqamli kattalikni unga proporsioanl boʻlgan elektr tok yoki kuchlanish koʻrinishidagi analog kattalikka oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga moʻljallangan, differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan, kuchlanish boʻyicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega boʻlgan (K U =10 4 ÷10 6 ) integral oʻzgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish, integrallash, differensiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, koʻpaytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni barqa-rorlashda qoʻllanilib kelmoqda. Buning uchun OKlarga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. Xotira qurilmalari Xotira qurilmalar (XQ) EHM ning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, hisoblash jarayonida raqamli axborotni yozish, saqlash va o„qish uchun xizmat qiladi. Ular ichki va tashqiga ajratiladi. Ichki XQ. Bu xotira qurilmalar operativ axborotlarning saqlash uchun mo„ljallangan (EHM dasturining barcha zarur ma‟lumotlar va dasturlar bilan ishlashi uchun) va quyidagilarga ajratiladi: Operativ xotira qurilmalari. Bu qurilmalar oddiy hollarda registrlar ko„rinishida bajarilib, lokal (mahalliy) xotirani tashkil etish uchun foydalanadilar shu sababli murakkab bo„lmagan tuzilishga va kichik sig„imga ega (64 bit). Odatda registrlarda qisqa vaqt oraliq natijalar, operatsiya kodlari, buyruqlar va boshqalar saqlanadi. Bipolyar va unipolyar tranzistorlarda bajarilgan matritsali OZU katta sig„imga (16384 bitgacha) ega bo„ladi (7.46-rasm). Xotira elementlari (XE) manzilli A1, A2 Am va razryadli R1 R2 Pn shinalari kesishishida joylashadi. Kerakli manzilli shina bilan birlashtirilgan xotira elementining har bir guruhi p- razryadli so„zini tashkil qiladi. So„zni yozish uchun manzilli shinalardan birida mantiqiy 1 signali paydo bo„lishi zarur. Bu holatda XE ga razryadli shinadagi mantiqiy holat yoziladi, ya‟ni OZU ga kelib tushgan axborot yoziladi. So„zni o„qish uchun kerakli manzil kirishiga hisoblovchi signalni uzatish zarur, buning natijasida razryadli shinalarda tanlangan so„z paydo bo„ladi. Ikki koordinatali OZU larda (7.47-rasm) xotira sig„imi katta qiymatga ega bo„lib, (256 000 bitgacha) uning xotira elementlari manzilli shinaning X1, X2, X3, X4 qatorlari va X5, X6, X7, X8 ustunlarining kesishishgan nuqtalarida joylashgandir. Xulosa Men ushbu mustaqil ish davomida uzluksiz signallarni raqamli uzatish hamda analog signallar va raqamli signallarga ozgartirish qurilmalri haqida bilim ko’nikmalariga ega bo’ldim.Signalarni ikki turga analogli va raqamli signlarga bolinishi haqida billib oldim va bu signalar telekomunikatsiya sohasini ajralmas bir bo’lagi ekanligi haqida bilim ko’nikmalarga ega boldim. Download 377.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling