Aksionerlar korporatsiyalar bilan alohida iqtisodiy aloqalarni tashkil etadi: ular korporatsiyaning tashkil etilishining sababchilari bo‘lib, “xatarli” kapitalning etkazib beruvchilari hisoblanadi


Download 376.57 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi376.57 Kb.
#1498160
1   2   3
Bog'liq
9-Mavzu

Mol etkazib beruvchilar, odatda ularning asosiy qismini kichik korxonalar, ya’ni korporatsiyalar bilan xaqqoniy savdo aloqalarini, va o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishni va ijobiy xamkorlikni amalga oshirishni avzal kuradi. Korporatsiyalarning va ularning mol etkazib beruvchilari o‘rtasidagi xamjihatlik iqtisodiy tizimning asosiy bug‘ini hisoblanadi, chunki kichik korxonalarning hayotiyligi korporatsiyalarning ularga nisbatan jiddiy va xaqqoniy aloqalariga bog‘iq hisoblanadi.
Korporatsiyalar turli xil prinsipial qarorlarini qabul qilishda korporativ aloqalar ishtirokchilari ehtiyojlari tengligini hisobga olsa, korporatsiyalar mohiyatini va muhimligini oshiradi. SHu maqsadda yirik korporatsiyalar korporativ muhitni va o‘z aro aloqalarni mustahkamlash uchun qo‘yidagi hujjatlar ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:
 Ahloq kodeksi;
 Ish haqi to‘lash va xizmatchilarni rag‘batlantirish, ularning xuquqlarini ximoyalash, shaxsiy hayotga aralashmaslik, erkinlik bo‘yicha takliflarni kiritish;
 Ishchilarni ish joylarida xavf xatardan saqlash, sog‘liqni saqlashni ta’minlash va ularga oid me’yor va tartiblarni o‘rnatish;
 korporatsiyalarning xayriya faoliyati qoidalarini tartblashtirish;
 korporativ munosabatlardagi mavjud menejerlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, dasturlarni axborotlashtirish.
Korporativ boshqaruv va korporativ menejment tushunchalarini bir biri bilan adashtirib yuborish hollari mavjudligini ta’kidlash joiz. Aytib o‘tamizki, menejment korporativ boshqaruvni ham qamrab oladigan torroq tushuncha hisoblanadi. Bundan tashqari, korporativ menejment faqat kompaniya menejmenti (oliy rahbariyat bo‘g‘ini) tomonidan, korporativ boshqaruv esa kompaniya boshqaruv organlari (aksiyadorlar, direktorlar kengashi, bosh direktor va menejment) tomonidan amalga oshiriladi.
Korporativ boshqaruv ko‘proq strategik xarakterga ega bo‘lib, kompaniyaning tashqi muhitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi (aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish, hukumat organlari, hamkorlar, kreditorlar va boshqalar bilan aloqa qilish).
O‘zbekiston respublikasi 1996 yili 26 aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga binoan O‘zbekiston milliy korporativ boshqaruv modeli tuzilmasi quyidagi rasmda izohlanadi.


Download 376.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling