Aksionerlar va menejerlar o'rtasida vujudga keladigan ziddiyatlar Aksionerlar va jamiyat manfaatlarini muvofiqlashtirish


Download 89.09 Kb.
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi89.09 Kb.
#1746739
1   2   3   4
Bog'liq
Aksionerlar va menejerlar o\'rtasida vujudga keladigan ziddiyatlar

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi.

Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi va uning faoliyati bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida qoplash tavakkalchiligini o‘z zimmasiga oladi.

Aksiyalarning haqini to‘liq to‘lamagan aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladi.

Jamiyat o‘z aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.

Agar jamiyatning bankrotligi jamiyat uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador sifatida ish yuritayotgan shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, mazkur aksiyadorning zimmasiga jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Aksiyador majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga jamiyat ustavida bu huquq nazarda tutilgan taqdirdagina ega bo‘ladi.

Aksiyadorlar: tegishli jamiyat aksiyadorlarining reyestriga kiritilish; depo hisobvarag‘idan o‘ziga taalluqli ko‘chirma olish; jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish; jamiyat tugatilgan taqdirda o‘zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish; aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida ovoz berish orqali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish; jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotni belgilangan tartibda olish; olgan dividendini erkin tasarruf etish; qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o‘z huquqlarini himoya qilish; o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish; o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalarga va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish; qimmatli qog‘ozlarni olishda zarar ko‘rish, shu jumladan boy berilgan foyda ehtimoli bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish huquqiga ega.


Download 89.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling