Aksirishni ushlab turish xavflimi


Download 177.5 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi177.5 Kb.
#1349513
Bog'liq
Aksirishni ushlab turish xavflimi

A ksirishni ushlab turish xavflimi?



Agar siz ushbu savolga javobni Internetdan qidirib ko'rsangiz, aniq javob topa olmaysiz. Endi biz muammoga oydinlik kiritish uchun to'g'ri javobni beramiz.

Aksirishni ushlab turish inson tanasiga zararli. Ushbu jarayonni tez-tez e'tiborsiz qoldirish quloq-tomoq yo’liga xavf tug’dirishi mumkin. Ko'pincha o'zlarini aksirish istagidan qaytaruvchi odamlarda quloq, quloq pardasi va shuningdek, ko'z tizimi bilan bog'liq muammolari mavjud bo'ladi.


Shifokorning xulosasi qanday? Aksirish zararli emas, aksincha uni ushlab turish inson organizmi uchun xavfli bo’lishi mumkin.
Ushbu savolga javoban Neuro Surgery klinikasining terapevti German Likutov tarixga murojaat qilishni taklif qiladi. Uning so'zlariga ko'ra, aksirishni doimiy ravishda ushlab turish, sinusit, migren va hatto qon tomir va aortaning yorilishi kabi kasalliklarning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan ko'plab holatlar qayd etilgan. Bunday achinarli oqibatlar, aksirishni tiymoqchi bo'lganida, inson a'zolariga ta'sir etuvchi kuch tufayli paydo bo'ladi. Ba'zan bu kuch bug' qozonining portlashiga teng bo’ladi.


Qish fasli haqidagi qiziqarli faktlar


01/12/2020 23:39




Kimdir uchun qish eng yoqimli palla bo'lsa, boshqalar uchun bu yilning eng “yoqimsiz” davri. Hammasi unga qanday qarashingizga bog'liq - ba'zi odamlar ayoz, momiq qor va qor bilan qoplangan landshaftni yoqtirishadi, kimdir qishda faqat loy hamda sovuqni ko'radi. Qizig'i shundaki, dunyo aholisining qariyb yarmi umrida hech qachon haqiqiy qorni ko'rmagan.
Qish - bizning mamlakatimizda bu dekabr, yanvar va fevral oylari mehmon bo’lsa, janubiy yarimsharda - iyun, iyul va avgust oylarida mehmon bo’ladi. Astronomik qish 21dekabrdan 21 martgacha davom etadi. Iqlimli qish kunlik o'rtacha harorat nol darajadan pastga tushganda keladi.
Ba'zan qish hukmdorlardan birining buyrug'i bilan kelishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Bir paytlar Fransiya qiroli Lyudovik XIV yozda chanaga minishni xohladi. Hechqanday muammosiz Versal atrofida darhol tuz va shakardan tayyorlangan qor yo'lagi qurildi.
Moskvada eng katta qor parchalari qishda emas, balki bahorda yoqqan. Bu 1944 yil 30 aprelda, poytaxtga to'satdan kuchli qor yog'ishi bilan sodir bo'lgan. Qor parchalari tuyaqush patlariga o‘xshab, insonlarning kaftiday katta edi.
Yevropalik sotsiologlar aholi o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomalar davomida qiziq xulosalarga kelishdi - qishda tug'ilganlarda o'zlarining 100 yoshlariga qadar yashash imkoniyatlarini boshqalarnikiga qaraganda 16% ko'proq bo’larkan. Bundan tashqari, bunday insonlar bardoshliroq va ko'pincha sportda yuqori natijalarga erishadilar.
2012 yilda Venetsiyada shunday sovuq qish bo'lganki, gondolalar muzga botgan va suv ustida harakatlana olmagan. Bungacha shunga o'xshash holat 1985 yilda kuzatilgan.
1468 yilda Burgundiya yerto'lalarida qattiq sovuq tufayli sharoblar muzlab qolgan.
Qorparchalar odamning barmoq izlari kabi, har doim bir-biridan farq qiladi. Ko'p yillik tadqiqotlar davomida bir xil juftlik topilmagan.
Inson qo'liga tushgan eng katta qor parchasi diametri 38 santimetr bo'lgan.
Qishni yoqtirmaydigan odamlar kamdan-kam uchraydilar, ammo undan qo'rqadiganlar ham bor. Ular sovuqqa dosh berolmaydilar, qor va hatto muzdan qo'rqishadi. Psixologlar buni kionofobiya deb tasniflaydilar.
Qishda eng past harorat ko'rsatkichlari qayd etiladi. Shunday qilib, Yerdagi eng sovuq vaqt 2013 yil 8-dekabr edi - Antarktidada Yaponiya stantsiyasida harorat -91,2ºS da qayd etilgan.
Agar bizda qish - dekabr, yanvar va fevral oylari bo'lsa, unda janubiy yarimsharda aksincha. U yerda taqvimiy qish bizda issiq yoz bo'lgan paytda keladi. Bu Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrika va Janubiy Amerika uchun to'g'ri keladi.




Download 177.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling