"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
32/62
shart.
Aksiyadorlikdorlarning umumiy hisobot yig'ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda,
ammo moliya
yili tugaganidan keyin ko'pi bilan olti oy ichida o'tkaziladi. Aksiyadorlikdorlarning umumiy hisobot
yig'ilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to'g'risidagi,
yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a'zolari, boshqaruvchi tashkilot
yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani
qayta tuzish
yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to'g'risidagi, auditorlik tekshiruvi o'tkazish haqida qaror qabul
qilish to'g'risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini
belgilash
masalalari hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 65-moddasining birinchi qismi o'n uchinchi
xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa hujjatlar qarab chiqiladi.
Aksiyadorlikdorlarning yillik umumiy yig'ilishidan tashqari o'tkaziladigan umumiy yig'ilishlari navbatdan
tashqari yig'ilish hisoblanadi.
Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sana va uni o'tkazish tartibi, yig'ilish o'tkazilishi
haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazishga
tayyorgarlik
vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) ro'yxatini jamiyatning kuzatuv kengashi
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: