Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimni tuzish tartibiga qo‘yiladigan talablar


Download 132.97 Kb.
bet47/59
Sana13.05.2023
Hajmi132.97 Kb.
#1457128
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Bog'liq
AJ togrisidgi qonun

93-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimni tuzish tartibiga qo‘yiladigan talablar
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi to‘g‘risidagi qarorni kuzatuv kengashi uni tuzishdan manfaatdor bo‘lmagan kuzatuv kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qiladi.
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi to‘g‘risidagi qarorni ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lmish aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bitimni tuzishdan manfaatdor bo‘lmagan aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan quyidagi hollarda qabul qiladi:
agar bitim bo‘yicha to‘lanadigan haq summasi va bitimga sabab bo‘lgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari qiymatining besh foizidan ortiq bo‘lsa;
agar bitta bitim va (yoki) o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha bitim jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini yoki ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan boshqa qimmatli qog‘ozlarini ilgari joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq miqdorda joylashtirishdan iborat bo‘lsa.
Agar tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitim bo‘yicha manfaatdor shaxs jamiyatga qarz berayotgan bo‘lsa, bunday bitimni tuzish uchun ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori talab etilmaydi.
Jamiyat bilan boshqa tomon o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlarini davom ettirish yuzasidan tuziladigan, tuzilishidan kelajakda manfaatdorlik paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan bitimlarni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgan sanada aniqlashning iloji bo‘lmagan taqdirda, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi jamiyat bilan o‘zga shaxs o‘rtasida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarning xususiyati va ular summasining eng ko‘p miqdorini ko‘rsatib, shartnoma munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda ushbu modda uchinchi qismining talablari bajarilgan deb hisoblanadi.
Jamiyat kuzatuv kengashining barcha a’zolari manfaatdor shaxslar deb topilgan taqdirda, bitimdan manfaatdor bo‘lmagan aksiyadorlar ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan bitim tuzilishi mumkin.
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitim ayni bir vaqtda jamiyatning mol-mulk sotib olishi yoki topshirishi bilan bog‘liq yirik bitim bo‘lsa, bitimni tuzish tartibiga ushbu Qonun VIII bo‘limining qoidalari qo‘llaniladi.

Download 132.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling