Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida
XII BO‘LIM. JAMIYAT FAOLIYATINI NAZORAT QILISh
Download 132.97 Kb.
|
AJ togrisidgi qonun
XII BO‘LIM. JAMIYAT FAOLIYATINI NAZORAT QILISh
110-modda. Taftish komissiyasi Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi taftish komissiyasini saylaydi. Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan belgilanadi. Jamiyat taftish komissiyasi faoliyatining tartibi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilab qo‘yiladi. Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha taftish komissiyasining tashabbusiga binoan, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida o‘n foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan amalga oshiriladi. Jamiyat taftish komissiyasining talabiga binoan jamiyatning boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslar moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga taqdim etishlari shart. Jamiyatning taftish komissiyasi ushbu Qonunning 72-moddasiga muvofiq aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishga haqli. Oldingi tahrirga qarang. Jamiyat taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning o‘zida jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishlari, shuningdek jamiyatning boshqaruv organlarida boshqa lavozimlarni egallashlari mumkin emas. Kuzatuv kengashining a’zolariga yoki boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslarga qarashli aksiyalar jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini saylash chog‘ida ovoz berishda ishtirok etishi mumkin emas. (110-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Oldingi tahrirga qarang. 1101-modda. Ichki audit xizmati Aktivlarining balans qiymati bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir. Ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to‘liq hamda to‘g‘ri aks ettirilishi ta’minlanishini, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi. Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risida”gi nizom. (1101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ–104-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 132.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling