Aksiyadorlik jamiyatlarida personalni xizmat-kasb jihatidan ko’tarilishini boshqarish tizimi


Download 5.22 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi5.22 Kb.
#1643139
Bog'liq
Amir Aksiyadorlik jamiyatlarida personalni xizmat-kasb jihatidan ko’t

  • Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Bunday jamiyat bir shaxs tomonidan ham ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Umuman esa, jamiyat ishtirokchilarining soni 50 kishidan oshmasligi lozim. Jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida ochiq aksiyadorlik jamiyati etib qayta tuzilishi kerak.
  • Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi. Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyatning yakka boshchilik asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan yoki jamiyatning kollegial organi tomonidan amalga oshiriladi.
  • Aksiyadorlik jamiyati. O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, «Nizom jamg‘armasi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati, deb hisoblanadi».
  • Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati, deb hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi: — jamiyat Nizomiga qo‘shimchalar kiritish, yangi tahrirdagi Nizomni tasdiqlash; — jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish; — jamiyat kuzatuv kengashining tarkibini belgilash, uning a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugallash; 55 — e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash; — Nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va kamaytirish, o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish;
  • — taftish komissiyasi a’zolari (taftishchi)ni saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish; — yillik biznes rejalarini, hisobotlarni, buxgalteriya balanslarini tasdiqlash, foyda va zararlarni taqsimlash. Jamiyat kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi: — jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; — aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini chaqirish, ular uchun kun tartibini tasdiqlash; — obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish; — mol-mulkning bozor qiymatini belgilash; — jamiyatning sho‘’ba va tobe filiallarini tashkil etish, vakolatxonalarini ochish.
  • Aksiyadorlik jamiyatining kundalik faoliyatiga rahbarlik yakka — boshchilik asosida — ijroiya organ (bosh direktor) yoki kollegial organ (direksiya, boshqaruv) tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida bozor infratuzilmalarini shakllantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, boshqaruv, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvini takomillashtirish jarayonida kompaniya, firma, konsern, korporatsiya, xolding hamda boshqa xo‘jalik birlashma va uyushmalari tashkil topdi.
  • Aksiyadorlik jamiyatining kundalik faoliyatiga rahbarlik yakka — boshchilik asosida — ijroiya organ (bosh direktor) yoki kollegial organ (direksiya, boshqaruv) tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida bozor infratuzilmalarini shakllantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, boshqaruv, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvini takomillashtirish jarayonida kompaniya, firma, konsern, korporatsiya, xolding hamda boshqa xo‘jalik birlashma va uyushmalari tashkil topdi.
  • Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari shaklida bo‘lishi mumkin. Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlar roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq aksiyadorlik jamiyati, deb hisoblanadi
  • E’tiboringiz uchun rahmat!

Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling