Aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish. Avvalo, «aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish»


Download 18.34 Kb.
bet3/4
Sana13.11.2023
Hajmi18.34 Kb.
#1771146
1   2   3   4
Bog'liq
Aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish

Imtiyozli aksiyalar
•Har qanday to’lovlarda dividendlari birinchi navbatda to’lanadigan aksiyalar; imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlarning maksimal miqdori to’lanib bo’lmagunga qadar boshqa aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash mumkin emas.
•Oxirgi paytlarda ancha kam qo’llanilmoqda.
•Imtiyozli aksiya egalari uchun risk nisbatan past bo’ladi; oddiy aksiyalar egalari uchun ma‘lum xavf mavjud, chunki dividendlar bo’yicha to’lovlar ham, joriy yil bo’yicha dividendlar olish huquqi ham birinchi navbatda imtiyozli aksiya egalariga beriladi.
•Kompaniya uchun nisbatan kam xarajatlar va imtiyozli aksiyalar egalari uchun past daromadlar.
•Imtiyozli aksiyalar egalari dividend daromadlari va dividendlarni qoplash koeffitsiyentlaridan foydalanadi.
•Odatda kompaniya dividendlarni to’lash bo’yicha yuridik va shartnoma majburiyatlarini o’z bo’yniga olmaydi, ammo ba‘zan aksiyalar qayta sotib olinishi mumkin.
•Dividend to’lovlari kompaniyaning soliqqa tortiladigan bazasini kamaytirmaydi; bundan tashqari, aksiyadorlarning dividend daromadlari soliqqa tortiladi.
•Emissiya usullari va xarajatlari oddiy aksiyalar uchun qo’llaniladigan usul va xarajatlarga o’xshash.
•Fond bozorida listing bo’lsa, aksiyalarni sotish nisbatan oson. Aks holda – juda qiyin.
Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari
•shartnomada aytib o’tilgan, foizlari to’lanadigan va odatda, ayrim qarzlar muddatsiz bo’lsa-da, asosiy qarzni qaytarish sharti ko’zda tutilgan uzoq muddatli qarzlar.
•Ular odatda moliyalashtirishning muhim manbai hisoblanadi.
•Odatda, kreditorlar uchun past riskli, kompaniyalar uchun esa yuqori riskli; investorlar tomonidan kutilayotgan daromadning past darajasi; kompaniyaga arzonga tushadi.
•Soliq solinadigan baza foizlar bo’yicha to’lovlar miqdoriga kamaytiriladi (shuning uchun ushbu shakl juda arzon ko’rinadi), lekin kreditorning qarzni qaytarish bilan bog’liq daromadlari soliqqa tortiladi.
•Reklama yoki birja maklerlari kabi investitsiya vositachilari yordamida joylashtiriladi va bu xarajatlar jalb qilinayotgan summaning taxminan 2,5 foizini tashkil etadi.
•Qarz hisobiga moliyalashtirishning mavjudligi kompaniyaning ish faoliyati erkinligini cheklab qo’yishi mumkin.
•Agar obligatsiyalar fond bozorida ro’yxatga olingan bo’lsa, ularni sotish oson, aks holda, juda qiyin kechadi.
•Shartnomaga, odatda, qarz oluvchi firma harakati erkinligiga cheklovlar kiritiladi.

Download 18.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling