Aksiyadorlik tijorat Agrobanki Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman filialidagi amaliyot bo`yicha hisobot. Reja
Download 0.57 Mb.
|
Surxondaryo-Agro-bank-Bozor
Bajardi: __________________________________
20____ yil “___” __________________ Ilovalar Bank filiali tarkibiy tuzilmalarining nizomi 1. Umumiy qoidalar 1.Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabobligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-sonli Qarori, bankning Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, filial tarkibiy tuzilmalari o‘z faoliyatini ushbu hujjatlar talablariga asoslangan holda tashkil etadi. 2.Mazkur Nizom filial tarkibiy tuzilmalarining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi. 3.Filial quyidagi tarkibiy tuzilmalardan tashkil topadi: a)Rahbariyat, uning tarkibiga: -Yuridik xizmat; -Xodimlar bilan ishlash xizmati; -Axborot texnologiyalari sho‘basi; -Umumiy bo‘lim; b)Bek-ofis, uning tarkibiga: -Kredit portfelini yuritish va monitoring bo‘limi; -Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi; -Kassa bo‘limi; v)Front-ofis, uning tarkibiga: -Bank xizmatlari bo‘yicha maslahatchi (resepshn); -Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi; -Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi; -Fermer va dehqon xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi/sho‘basi; -Universal kassa; -Minibank va maxsus kassalar; 4.Filial tarkibiy tuzilmalari o‘z faoliyatini filial boshqaruvchisi va uning mutasaddi o‘rinbosarlari rahbarligida amalga oshiradi. 5.Filial tarkibiy tuzilmalari xodimlarining lavozim majburiyatlari mazkur Nizomga ilova qilinadi. 6.Filial tarkibiy tuzilmalarining xodimlari filial boshqaruvchisi tomonidan tayinlanadi. 7.Filial tarkibiy tuzilmalari shtati bank Boshqaruvi qarori bilan tasdiqlanadi. 8.Filial tarkibiy tuzilmalari ushbu Nizom bilan ko‘zda tutilgan vakolatlar doirasida o‘zaro munosabatda bo‘ladi. 9.Filial tarkibiy tuzilmalari o‘z faoliyatlariga oid masalalar bo‘yicha norezident va rezident bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar bilan o‘z vakolati doirasida yozishmalarni olib boradi. 10.Filial tarkibiy tuzilmalarida ish yuritish bank tizimida o‘rnatilgan ish yuritish tartibi talablari asosida amalga oshiriladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling