Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Reja
Download 63.29 Kb.
|
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank kartalar
- Pul o‘tkazmalari
- Jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari
Internet banking — Internetdan bank xizmatlaridan foydalanish Yuridik mijozlarga bank bilan moliyaviy hujjatlarni almashish va real vaqt rejimida to‘lovlarni, korporativ kartani to‘ldirish, oylik to‘lovlarni amalga oshirish va hisob raqamlar holatini kuzatish imkoniyatini beradi.
Jismoniy shaxslar uchun universal bank xizmatlari va kredit turlaridan tashqari yangi innovatsion yechimlar taklif qilinmoqda. Mijozlarning istaklarini o‘rgangan holda ularning talablaridan kelib chiqib bank mahsulotlari ishlab chiqilmoqda. Bank kartalar — Pensionerlar, talabalar, ishchilar va tadbirkorlar uchun debit va kredit kartalari, dunyoning 180 dan ortiq davlatlarida „UnionPay“ va „VISA“ tizimida ishlovchi debit va kredit kartalar. Omonatlar — Milliy va horijiy valyutada turli xil omonatlar mavjud. Mobil banking — „Xalq Mobile“ ilovasi masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish, kreditni so‘ndirish, „Zolotoya Korona“ pul o‘tkazmasi orqali yuborilgan pul mablag‘ini kartaga onlayn kirim qilish, kartadagi mablag‘larni boshqa kartalarga o‘tkazish va onlayn kredit olish, onlayn omonat ochish va onlayn konversiya funktsiyalarini amalga oshirish mumkin. Pul o‘tkazmalari — Xalq banki „MoneyGram“, „Contact“, „UniStream“, „AsiaExpress“ va „UPT“ kabi xalqaro pul o‘tkazmalar tizimlari bilan ishlamoqda. Shuningdek, respublikamiz bo‘ylab O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan milliy va xorijiy valyutalarda pul o‘tkazish tizimi „UzPay“ ishga tushirilgan. Jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari:Bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi, balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Jumladan: 1. AQShning „Cargill Financial Services International, Inc.“ moliya muassasasidan 94 mln. AQSh dollar; 2. „Osiyo taraqqiyot banki“ (ABR)dan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 50 mln. AQSh dollar; 3. Turkiyaning Aktif bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki 2 mln. AQSh dollar; 4. Rossiyaning „Roseksimbanki“dan 10 mln Yevro ekvivalentida (11 mln. AQSh dollarga teng); 5. „Transkapitalbank“dan 18 mln. AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari; 6. Yaponiyaning „Yaponiya xalqaro hamkorlik agenligi (JICA)“dan 30 mln. AQSh dollar; 7. Qozog‘istonning „First Heartland Jýsan Bank“ bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha 5 mln AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari jalb qilindi; 8. „ICBC Standard Bank Plc“dan 25 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi; 9. „Deutsche Bank“dan 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi. Joriy yilda bank tomonidan quyidagi xorijiy kredit liniyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. Jumladan; — „Raiffeisen Bank International AG“ (Avstriya) banki bilan 1 aprelda loyihalarni moliyalashtirish doirasida qiymati 50 mln Yevro miqdoridagi Bosh kelishuv imzolandi. (60 mln AQSh doll. ekv.) Mazkur mablag‘lar hisobidan jami 11 mln. AQSh dollar miqdoridagi nooziq-ovqat sanoat sohasidagi loyihalar moliyalashtirildi. — PJSC „Sovcombank“ (Rossiya) banki bilan 6 aprelda milliy valyutada 419 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ olish bo‘yicha 4 yillik kredit shartnomasi imzolandi. (40 mln AQSh doll. ekv.) Jalb qilingan mablag‘ filiallar tomonidan savdo va chakana kreditlar uchun ajratilmoqda. Download 63.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling