Quyidagi aksizosti tovarlarga aksiz solig‘i solinmaydi: - 1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
- 2) keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;
- 3) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki avariyalar yuz berganda yordam ko‘rsatish uchun, insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida, shuningdek, xayriya maqsadlari uchun aksiz to‘lanadigan tovarlarni davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilishga;
- 4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga;
- 5) vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.
Aksizlanadigan tovarlar uchun soliq solish bazasi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - aksiz solig‘ining qat’i stavkalari belgilangan tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, konyak, aroq va boshqa alkogolli aroq mahsulotlari, filtrli va filtrsiz sigaretalar, neft mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg‘isi va aviakerosin) bo‘yicha — sotilgan mahsulotning natural ko‘rinishidagi hajmi;
- aksiz solig‘i to‘lanadigan boshqa mahsulotlar (zargarlik buyumlari, kumushdan qilingan oshxona buyumlari, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, «O‘zDEUavto» aksiyadorlik jamiyati avtomobillari) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i hisobga olmagan holda, shartnomaviy narxlar bo‘yicha yuklab jo‘natilgan tovarning qiymatiga foiz hisobida.
- Buyurtmachi tomonidan beriladigan xomashyodan mahsulotga aksiz solig‘ini hisoblash chog‘ida aksiz solig‘i solinadigan mahsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi:
- — aksiz solig‘ining qat’i stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha tayyor mahsulotning fizik hajmidan kelib chiqib;
- — boshqa mahsulotlar bo‘yicha tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan beriladigan xomashyo qiymatidan kelib chiqib.
Do'stlaringiz bilan baham: |