Aksiz solig’i Mavzu: Aksiz Solig’I Reja: - Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan o‘rni
- Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq obyekti va bazasi
- Alohida tovarlar bo‘yicha budjetga to‘lanadigan aksiz soliqini hisoblab chiqishning xususiyatlari
Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan o‘rni - Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi. Aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi.
- Aksiz solig‘ini davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulushining pasayish tendensiyasiga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son «Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «O‘zDEUavto» aksionerlik jamiyatining ishlab chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, Damas, Matiz), billurdan qilingan mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq va sanchqilarga hisoblangan aksiz soliqlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, iste’mol tovarlarining assortimentini ko‘paytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi. Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aksiz solig‘ining ulushi davlat budjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aksiz solig‘i to‘liq respublika budjetining daromadlar qismiga kelib tushadi va uning soliq yuki iste’molchilar zimmasida bo‘ladi.
Aksiz solig‘i Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o‘rin egallaydi, jumladan, davlat budjetining soliqli daromadlari tarkibida 2000- yilda 22,8 foizni, 2001-yilda 26,3 foizni, 2002-yilda 28,8 foizni, 2003-yilda 31,1 foizni tashkil etgani holda 2006-yilgi davlat budjeti daromadlarida uning ulushi 19 foizni, 2009- yilda esa 14,4 foizni tashkil etishi prognozlashtirilgan. - Aksiz solig‘i Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o‘rin egallaydi, jumladan, davlat budjetining soliqli daromadlari tarkibida 2000- yilda 22,8 foizni, 2001-yilda 26,3 foizni, 2002-yilda 28,8 foizni, 2003-yilda 31,1 foizni tashkil etgani holda 2006-yilgi davlat budjeti daromadlarida uning ulushi 19 foizni, 2009- yilda esa 14,4 foizni tashkil etishi prognozlashtirilgan.
- Aksiz solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning qanday tartibi o‘rnatilganligidan qat’i nazar aksizosti tovarlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari, oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarganda oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aksiz solig‘ini to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
- Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida molmulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu molmulk bilan javob beradigan, shuningdek, mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida korxonalar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |