Import tovarlarga nisbatan Aksiz solig’i xisoblash - 2019 yilning 1 yanvaridan 40 ming AQSH dollari ekvivalentidagi, ishlab chiqarilganiga ikki yildan ko‘p vaqt o‘tmagan yengil avtomashinalar uchun nol stavkadagi import boji to‘lanishi amalga tatbiq etiladi. Shu bilan birga aksiz solig‘i bojxona qiymatining 20 fozini tashkil qiladi.
- 40 ming dollarlik avtomobillar va elektrokarlarning taxminiy bojxona to‘lovi qancha bo‘ladi (bojxona qiymatiga qo‘shiladigan bojxona chegarsigacha olib kelish xarajatlarisiz)?
- Benzin dvigatelli avtomobil
- Narxi 40000 dollar bo‘lgan biznes-klassdagi Lexus IS sport avtomobilini olib kelinishi variantini ko‘rib chiqamiz.
- Zudlik bilan aksiz solig‘i (20 foiz) va bojxona qiymatidan hisoblanadigan (avto+aksiz+olib kelish xarajati narxlari) qo‘shimcha qiymat solig‘i (20 foiz) to‘lanadi.
- Aksiz: 40000×20% = 8000.
- QQS: (40000 + 8000) x 20% = 9600.
- Hammasi bo‘lib: 8000 + 9600 = 17600.
Soliq to’lovchilar - Aksiz solig’i to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir:
- O’zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig’i solinadigan tovarlarni (aksiz to’lanadigan tovarlarni)ishlab chiqaruvchilar;
- O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to’lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;
- oddiy shirkat aksiz to’lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).
- Aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo’yicha aksiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo’lmagan shaxs O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aksiz solig’ini to’lovchi etib belgilanishi mumkin.
2) aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish; - 2) aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;
- 3) aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to’lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |