Aksonometrik proektsiya. Izmetriya. Dimetriya. Aylananing aksonometrik proektsiyalari


Download 0.83 Mb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1470267
  1   2   3
Bog'liq
3-мавзу(амалий)Aksonometrik proektsiya. (1)


4-maruza: Aksonometrik proektsiya. Izmetriya. Dimetriya. Aylananing aksonometrik proektsiyalari.
Buyumning aksonometrik tasvirini chizish shundan iboratki bunda buyumni tashkil qilgan geometrik shakllarni tasvirini ketma-ket chiziladi va sirtlarni o`zaro kesish chizig`i aniqlanadi. Ma‘lumki buyumning aksonometrik tasviri uning chizmasi asosida bajariladi. Buyumning aksonometrik tasviri va uning chizmasini mashtabi har xil bo`lishi mumkin. Aksonometrik tasvir bo`yicha buyumni chizmasini (tasvirlarini) hosil qilish mumkin. Buyumning aksonometrik tasvirini yoniga, aksonometrik o`qni joylashish sxemasi chiziladi, o`qlar orasidagi burchak ko`rsatiladi va o`qlar bo`yicha qisqarish koeffitsientalari yoziladi. Bu aksonometrik tasvir bo`yicha buyumning tasvirini chizishga imkoniyat beradi, buyumning o`lchamlarini aksonometrik o`qlaridan o`lchab aniqlash mumkin. Ayrim hollarda ―o`qitish maqsadida‖ buyumning aksonometrik tasvirida uning o`lchamlari qo`yiladi. O`zDSt :2.317-97 bo`yicha aksonometrik tasvirga o`lcham qo`yilganda chiqarish chiziqlarini aksonometrik o`qlarga (tegishlicha) parallel o`lcham chizig`ini o`lchanayotgan kesmaga parallel o`tkaziladi (211-shakl). Chizmachilik amaliyotida buyumning soddalashgan aksonometrik tasvirini chizishni bir qancha usullari ishlab chqilgan. Buning shaklidan kelib chiqan holda har bir konkret holda, maqsadga muvofiq (oqilona) usul tanlanadi. Bunda buyumning alohida elementlarini ko`rinar - ko`rinmasligini hisobga olinishi kerak. Bu usulni ba‘zilari bilan tanishib chiqamiz.

211-shakl
Birinchi usul. Yuqorida bayon qilingan geometrik jismlarni tasvirini chizishga to`g`ri keladi. Bunda avval buyumning ko`rinadigan yon yog`ini tasvirini chiziladi, so`ngra unga buyumning boshqa elementlarini aksonometrik tasvirini qo`shib chiziladi. Natijada buyumning to`g`ri burchakli izometrik tasviri hosil bo`ladi. Bu usulni 212-shakl, a da keltirilgan buyum asosida ko`rib chiqamiz. Buyumning shaklini uning chizmasiga qarab tasavvur qilamiz.





212-shakl
Simmetriya tekisligini hisobga olgan holda koordinata o`qlarini tasvirini belgilaymiz. Aksonometrik tasvir ko`rinishini tanlanadi, bizning misolda to`g`ri burchakli izometriya tanlangan.
Bu buyumning eng yaxshi yaqqolligini ta‘minlaydi. Chizma formatida gabaritini yaxshi ko`rinishini, to`g`ri kompozitsiyali joylashishi kerakligini hisobga olgan holda aksonometriya o`qlari chiziladi (212-shakl, b). Bosh ko`rinish
bo`yicha oldingi yoqini aksonometrik tasviri chiziladi. Oldin yoqning uchlaridan
―Y‖o`qiga parallel to`g`ri chiziqlar chiziladi va unga buyumning qalinligini ustidan ko`rinishidan o`lchab qo`yiladi (212-shakl, v). Belgilangan nuqtalarni birlashtirib buyumning yon yog`i va ustki sirtini tashqi ko`rinishini aniqlaymiz. Buyumning ustki qismini o`yiqlarini chizamiz (212-shakl, g). Chizilganni to`g`riligini tekshirib, aksonometrik tasvirni ko`rinadigan konturni qoraytirib chiqamiz.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling