Akt siyoysatining Davlat rivoji (gdp –Yalpi ichki maxsulot)ga ta’siri Yalpi ichki mahsulot


Download 16.79 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi16.79 Kb.
#107941
Bog'liq
AKT siyoysatining Davlat rivoji


AKT siyoysatining Davlat rivoji (GDP –Yalpi ichki maxsulot)ga ta’siri

Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroiqtisodiy koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymati (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan). Shuningdek, YIMA davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. 

 YIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi. YIM ushbu yildagi narxlarning oʻsishini joriy narxlarga (nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi. YIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YIM darajasi yordamida aniqlanadi. YIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YIM imkoniyati — bu YIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi.[2] YIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun "Bozor qiymati" deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi.



Keyin gi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (keyingi o‘rinlarda AKT deb ataladi) davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari ko‘rsatishning barcha sohalariga joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar axborot xizmatlarini ilgari surish, «elektron hukumat» tizimini rivojlantirish va amalga oshirish, xalq bilan muloqot qilish va aholining kundalik muammolarini joylarda o‘z vaqtida hal qilishning samarali mexanizmlarini yaratish imkonini berdi.

Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, hozirgi paytda dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) innovatsiyalarning rivojlanishida, mamlakatning ishlab chiqarish va raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda aholining hayot darajasini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda AKTning rivojlanish holati va mamlakatning iqtisodiy barqarorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy isbotlangan.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda AKTni barcha ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarga, jumladan davlat boshqaruviga hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida joriy qilish bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirildi. Bu o‘z o‘rnida mamlakatimizda elektron hukumat tizimini joriy qilishda sezilarli natijalarga erishish imkonini berdi. Jumladan, AKTni keng qo‘llash natijasida xalq bilan davlat o‘rtasida aloqa o‘rnatishning samarali tizimi joriy qilindi.


Biroq aksariyat rivojlangan davlatlarga taqqoslaganda O‘zbekistonda axborot texnologiyalarining bugungi holati, ularni iqtisodiyot sohasiga joriy qilish, shuningdek eksport darajasi past bo‘lib qolmoqda, raqobatdosh axborot texnologiyalari sohasini shakllantirishda mamlakatimizning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti. Bu o‘z navbatida davlatimizning xalqaro reytingiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

AKTning jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochib berar ekan, davlat tomonidan keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi o‘rnini kuchaytirishni talab qiladi.

Mamlakatimizda AKT uchun xalqaro standartlarga muvofiq dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sifatli va raqobatdosh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish, shuningdek 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni hal qilish, AKT mahsulotlari eksportini kengaytirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon bilan mamlakatimizda birinchi marotaba axborot texnologiyalari sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradigan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi tuzilmoqda.

Innovatsiya markazi mamlakatimiz hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilindi, ya’ni AKT sohasidagi korxonalar respublikada joylashgan hududidan qat’i nazar, Innovatsiya markazi rezidentlari bo‘lishi mumkin. Ushbu tamoyil mamlakatda AKT mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti Xalqaro valyuta fondining 2019-yildagi maʼlumotlariga koʻra, $60.490 milliardni tashkil etadi.  Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YIM yoki yalpi milliy mahsulot (YMM), hatto yalpi milliy daromad (YMD) ham qabul qilinishi mumkin.

Bunga AKT sohasining mamlakatimizdagi o‘sish sur’atlari misolida ham guvoh bo‘lish mumkin. Xususan, 2017 yilda aloqa va axborotlashtirish sohalarida ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori 7,9 trln. so‘mni tashkil qilgan. Shundan 232,8 mlrd. so‘mlik xizmatlar dasturiy ta’minot mahsulotlariga doir xizmatlar ulushiga to‘g‘ri keladi.

2016 yil bilan solishtirib ko‘rilganda, yangi texnologiyalarni joriy qilish va xizmatlar sonining oshirilishi, xizmat ko‘rsatish hududlari hamda doirasining kengaytirilishi hisobiga sohada xizmat ko‘rsatish hajmi 124,0 % (solishtirma narxlarda 115,6 %) ga oshgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanishi moddiy ishlab chiqarish sohalaridagi o‘sish sur’atni ortda qoldirmoqda. Jumladan, 2017 yilning yanvar-dekabr oylarida yalpi ichki mahsulot (YaIM) da xizmatlar sohasi ulushi 47,3 foizni tashkil qilgan.

2017 yilning yanvar-dekabr oylarida xizmatlar hajmi 116795,7 mlrd.so‘mni tashkil etib, 8,9 foizga o‘sdi. Yuqori o‘sish sur’atlarini tovarlarni kredit kartalari orqali to‘lovlar, internet orqali savdolar kabi yangi xizmat turlarini paydo bo‘lishi, yangi savdo markazlari, ovqatlanish majmualari, mexmonxonalarning ishga tushishi, ta’lim va ko‘ngilochar xizmatlarining kengayishi bilan izohlash mumkin.

Shuningdek, qayd etish joizki, O‘zbekistonda valyuta bozorining erkinlashtirilishi hamda 2017 yilning sentyabrida xorijiy valyuta kursi keskin ko‘tarilishiga qaramasdan, aloqa xizmatlari tariflarida narxlarning o‘sishi kuzatilmadi.

Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatishda asosiy ulush (87,3%) telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa, Internet tarmog‘i, teleradiouzatish va boshqalar) hissasiga to‘g‘ri keldi.

2017 yilda AKT sohasiga jalb qilingan investitsiyalar miqdori 1,891 trln. so‘mni (o‘sish sur’ati 168,7 %), jumladan xorijiy investitsiyalar ulushi 1,557 trln. so‘m (o‘sish sur’ati 2,2 barobar)ni tashkil qilgan.



Hozirda AKT sohasining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,2 foizni tashkil qilmoqda.

Xulosa o’rinda shuni ta’kidlash kerakki AKT soxasi nafaqat Yalpi ichki maxsulot balki har qanday soxada o’z ustunligini ko’rsatmoqda. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek O‘zbekistonda axborot texnologiyalarining bugungi holati, ularni iqtisodiyot sohasiga joriy qilish, shuningdek eksport darajasi past bo‘lib qolmoqda, raqobatdosh axborot texnologiyalari sohasini shakllantirishda mamlakatimizning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti. Bu o‘z navbatida davlatimizning xalqaro reytingiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.



AKTning jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochib berar ekan, davlat tomonidan keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi o‘rnini kuchaytirishni talab qiladi.


Download 16.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling