O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI
MARKETING FANIDAN BAJARILGAN
1-TOPSHIRIQ
Bajardi: Raufova Madina
Guruh: 120-20ETo’
Tekshirdi : Xakimdjanova D. K.
TOSHKENT – 2022
O’zbekistonda bozorni o’rganish va mahsulot tahlili
Reja:
1. Marketing asosida bozorni o’rganish
2. Tovarni tahlil qilish
Sifat tahlili
Miqdoriy tahlil
Assortiment tahlili
Hujjat tahlili
Kompleks tahlil
Marketing asosida bozorni har tomonlama o’rganish
Talabni o’rganish.Talab deb iste’molchining bozorda biror tovarni sotib olish istgiga aytiladi. Bozorga chiqqan va pul vositalari bilan qondiriladigan ehtiyojlar talabga aylanadilar. Odamlar orasida talabni o’rganish jonli ko’rinishda, ya’ni iate’molchilar orasida so’rovnoma o’tkazgan holda yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirish mumkin. Misol uchun Yandex Wrdstat. Bu bir necha soniya ichida mahsulotga bo'lgan talab haqida tasavvurga ega bo'lishning juda oson usuli. Wordstat.yandex.ru saytiga kirib, mahsulotingizga tegishli so'zlarni qidiruvga berasiz. Yandex sizga tegishli kalit so'zlar uchun oyiga qancha so'rov qilinganligini ko'rsatadi. Hozirgi kunda har bir kishi o'ziga kerakli narsalarni sotib olish uchun qidiruv tizimlaridan foydalanadi. Shunday qilib siz maxsulotingizga bo’lgan talab qay darajadaligini bilib olishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |