Akt sohasining Davlat riojidagi o`rni
Download 344.75 Kb.
|
1 2
Bog'liqasar
AKT sohasining Davlat riojidagi o`rni Keyingi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (keyingi o‘rinlarda AKT deb ataladi) davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari ko‘rsatishning barcha sohalariga joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar axborot xizmatlarini ilgari surish, «elektron hukumat» tizimini rivojlantirish va amalga oshirish, xalq bilan muloqot qilish va aholining kundalik muammolarini joylarda o‘z vaqtida hal qilishning samarali mexanizmlarini yaratish imkonini berdi. Bu borada erishilgan natijalarga qaramasdan, axborot texnologiyalari rivojlanishi va ularni iqtisodiyot sohalariga joriy etishning hozirgi holati, shuningdek mahalliy dasturiy mahsulotlarning eksport darajasi hali ham pastligicha qolmoqda. Axborot texnologiyalarining raqobatdosh va yuqori unumdorlikka ega tarmog‘ini shakllantirish uchun mamlakatning fan va ta’lim sohasidagi salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti. Respublikada amal qilayotgan tashkiliy-iqtisodiy sharoit AKT sohasida tez o‘sishni namoyish etayotgan xorijiy mamlakatlarda yaratilgan sharoitlarga nisbatan mamlakatning raqobatdoshligi pastligini hisobga olgan holda ushbu sohaning yanada rivojlanishiga yetarli darajada yordam bermayapti. AKTning jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochib berar ekan, davlat tomonidan keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi o‘rnini kuchaytirishni talab qiladi. AKTdan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilariga qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish hisobiga ushbu tarmoqda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, AKT mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, shuningdek mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida ;O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va «O‘zbektelekom» AKning Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazini (keyingi o‘rinlarda Innovatsiya markazi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin ; Belgilab qo‘yilsinki, Innovatsiya markazi axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Innovatsiya markazi rezidentlarini joylashtirgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinadi ;Quyidagilar Innovatsiya markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: xo‘jalik yurituvchi subyektlar va oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan o‘zaro hamkorligini kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish; AKT sohasida raqobatdosh loyihalarni ichki va tashqi bozorlarda sotish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda Innovatsiya markazi rezidentlariga ko‘maklashish; oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining «axborot texnologiyalari» mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilarining ishga joylashtirilishini ta’minlashda, shu jumladan iqtidorli yoshlar tomonidan «start-ap» loyihalarini amalga oshirishda ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan ishtirok etish; qisqa muddatli va o‘rta muddatli ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish, shu jumladan chet el mutaxassislarini taklif etish yo‘li bilan AKT sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilish; yosh tadbirkorlar tomonidan axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha innovatsiya loyihalari amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash; Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazining Muvofiqlashtiruvchi kengashi (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin ;Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy funksiyalari etib belgilansin: Innovatsiya markazini rivojlantirishga ko‘maklashish borasida davlat organlari, ilmiy, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda Innovatsiya markazi faoliyatini tizimli monitoring qilish va tahlil qilish; Innovatsiya markazining faoliyatini takomillashtirish va axborot texnologiyalari sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun shart-sharoitlarni, shu jumladan ilg‘or chet el tajribasi asosida yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash; yuridik shaxslarni Innovatsiya markazi rezidentlari sifatida ro‘yxatga olish va ularni rezident maqomidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish; Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT) taraqqiyoti bilan birgalikda rivoji masofa va vaqt oralig‘iga qaramay axborot, pul va boshqa resurslarni tez yetkazib berish, almashish uchun imkoniyat yaratmoqda. Axborotlashgan iqtisodiyotga o‘tish bilan bog‘liq sodir bo‘layotgan chuqur va tub o‘zgarishlar bir qator muammo va ziddiyatlarga olib kelmoqda. Bunday muammolarga jamiyat faoliyatidagi turli sohalarga oid globallashuv va axborotlashtirish tufayli paydo bo‘lgan hamda har tomonlama o‘rganish va yechimi kompleks yondashuvni talab etuvchi iqtisodiy hayotning o‘zgaruvchanligi va beqarorligini kiritish mumkin bo‘ladi. Bulardan ta’lim, AKT, ilmiy va innovatsion faoliyat turlarining jamiyat, davlat va iqtisodiyotga bo‘lgan ta’sirining kuchayishi hamda ular faoliyat yuritishining sifat jihatdan yangi xususiyatlarga ega bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Shu sababli zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi jamiyat hayotidagi ziddiyatlarga qanday ta’rif berishi hamda uning nazariy jihatdan mazmun-mohiyati jahon iqtisodiyotining hozirgi zamon bosqichida o‘z aksini qanday topayotganligi va axborotlashgan iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatib bermoq hozirgi kunda o‘ta muhim masalalardan biridir. O‘zbekistonda AKTning rivojlanishi 2013–2020 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini Kompleks rivojlantirish dasturi asosida amalga oshiriladi. Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yil 21-mart «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1730-son Qarori bilan tasdiqlangan. AKTni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari amalga oshirilishining muvaffaqiyatli monitoringini o‘tkazish kafolati bo‘lib, axborotlashgan iqtisodiyotning shakllanib borish indikatorlari samarali tizimini barpo etish xizmat qiladi. Har qanday mamlakatga xos bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham axborotlashgan iqtisodiyotni shakllantirish darajasini zamonaviy AKT ni joriy etish va rivojlantirish, iqtisodiyotga ilmiy-tadqiqotlarni joriy etish ko‘rsatkichlari hamda YAIMda xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi bilan belgilab berish mumkin bo‘ladi. O‘zbekistonda axborotlashgan iqtisodiyot bilan bog‘liq chuqur ilmiy-tadqiqot ishlari hozirgi vaqtgacha yetarli darajada olib borilmaganligini hisobga olib, mazkur mavzuni o‘rganish va izlanishlar olib borish dolzarb hisoblanadi. Download 344.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling