Aktinometr
Aktinometr (aktino… va metr) —
Quyoshdan bevosita keluvchi radiasiya
jadalligini ulchaydigan asbob. Ishlash
tarzi tushayotgan radiatsiyaning
qoraytirilgan sirtga yutilishiga va nur
energiyasining issiqlik energiyasiga ay-
lanishiga asoslangan. Bunday A.larda
radiatsiyani qabul qiluvchisi sifatida
qoraga boʻyalgan yupqa metall boʻlagi
(plastinka) ishlatiladi. Yutilgan radiatsiya
issiqligini bir necha usul bilan, mas,
radiatsiya taʼsirida asbob qabul qiluvchisi
temperaturasining oshish qiymatini
(kumush diskli A.), qabul qiluvchi bilan
uning atrofidagi muhit temperaturasi
orasidagi farq natijasida hosil boʻluvchi
termotokni (Yanishevs-kiy termoustuni,
Moll A.i), bimetall plastinkaning quyosh
nuri taʼsirida deformatsiyalanish
kattaligini (Mixelson A.i) oʻlchab to-piladi.
Noʻrning ayrim spektri (rangi) quvvatini
oʻlchashda fotokimyoviy, foto-elektrik
hamda fotografik kabi selek-tiv usullar
ishlatiladi. Bir necha nur filtrlari bilan
taʼminlangan A. ham shu maqsadda
qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |