Aktiv quvvat va uning ahamiyati
Download 0.62 Mb.
|
актив кувват
TO'LA QUVVAT
S =UI kattalik to'la quvvat deb ataladi. Bu faqatgina cos =1 bo'lgan sharoitdagina o'rinli bo'ladi, yoki boshqacha aytganda eng katta aktiv quvvat maksimal qiymatga erishilgan paytda quyida to'liq quvvatni aniqlash formulalari keltirilgan: S = U I = I2 S = Z = U2U S = P/cos = Q/ bu yerda Z - to'liq qarshilik, U – to'liq o'tkazuvchanlik. Uch fazali zanjirni hisoblashda formulalarning o'ng qismi oldiga quyiladi. Ushbu koeffisient to'g'risida ETNA ning “Ko'p fazali zanjirlar” qismida batafsil to'htaladi. Shuning uchun transformatorlarning to'liq S quvvati (3.8.10) formula bilan aniqlanadi. Kompensatsiyalovchi qurilmalarning quvvatini tanlash. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash xalq xo’jaligi uchun katta axamiyatga ega bo’lib, elektr ta’minoti tizimining ish koeffitsentini oshirib, uning iqtisodiy va sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashda asosiy amallardan biri xisoblanadi. Sanoat korxonalarida quvvat koeffitsentini oshirish zavod tarmog’iga reaktiv quvvatni ishlab chiqaruvchi statik kondensatorlar orqali amalga oshiriladi. Sinxron dvigatellar bor sexlarda statik kondensatorlar tanlanmaydi, chunki quvvat koeffitsenti 0.93 dan katta bo’ladi. BPP va BTP 6-10 kB shinalardagi elektr qurilmalarning o’rtacha vaznli quvvat koeffitsenti quyidagi qiymatlarga ega bolishi kerak: 1. Generator kuchlanishdagi elektr stansiyalarning generatorlardan ta’minlanganda cosφ =0.8 ; 2. Elektr stansiyalardan ta’minlanadigan 35 kB li tarmoq va 110-220 kB li rayon tarmoqlaridan ta’minlanganda cosφ =0.93; 3. 110-220 kB li rayon tarmoqlardan ta’minlangan 35 kB tarmoqlarning cosφ=0.95; Agar kompetsatsiyalovchi qurilmaning zaruriy quvvati 5000-1000 kBAR oshsa, texnik-iqtisodiy tekshirishdan so’ng iste’mplchi oldiga sinxron kompensatorni qo’yish ruxsat etiladi. Shina o’tkazgichga o’rnatilgan kondensator batareyalarning quvvati PUE ga asosan 50 kBAR kichik bo’lmasligi tavsiya etiladi. 0.4 kB kuchlanishli sexlarda statik kondensator batareyalarini qo’llash foydaliroqdir, chunki zavod elektr ta’minoti tizimidagi kabellardagi isroflarni kamaytiradi. Kompensatsiyalovchi qurilmalarning quvvatini quyidagicha aniqlash mumkin; Q = P (tgφ - tgφ ) Bu yerda: - aktiv xisobiy quvvat tgφ -kompensatsiyaga qadar faza siljishining burchak tangensi; tgφ -normativ burchak tangesi. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash uchun kondensator batareyalar kerakli sonini aniqlash formulasi: Bu yerda: Q -bitta kondensator batareyaning reaktiv quvvat kattaligi. Kompensatsiyalash uchun KC tipidagi 14, 16, 20, 25, 28, 36, 40, 50, 75, 118, 150 kBAp reaktiv quvvatli 0.38 kB kuchlanishli kondensator batareyalarini tanlash tavsiya etiladi. Sexning reaktiv quvvatini kompensatsiyadan so’ng quyidagi formuladan aniqlanadi: Kompensatsiyadan so’ng to’la quvvat: 1 . 2. 3. . 4. 5. . 6. 7. . 8. 9. . 10. Q =44 bo’lganligi uchun korxonaga KS -50 rusumli kondensator batareyasi tanlanadi. Xisoblar natijasiga ko’ra S=175.1 kBA Transformator podstansiysining tipi va joylashishi o'rnini tanlash asosan elektr yuklamalarning kattaligi va xarakteriga,ularni korxonaning bosh planda va ishlab chiqaruvchi ob’ektlardagi joylashishiga bog'liq.sex transformatorlarning soni quvvatini tanlash.Istalgan toifali istemolchilarni bitta va ikki transformatorli podstsnsiya ta’minlashi mumkin.Bir transformatorli podstansiyalar uch toifali iste'molchilarni ta'minlash uchun ko'proq qo'llaniladi. Lekin ikkinchi toifali iste'molchilarni bir transfomatorli podstansiyadan (zaxiradagi transformatorni biror soat davomida almashtirish imkoniyati bo'lganda) energiya bilan ta'minlash mumkin. Agar 1 toifali iste'molchilarning yuklamasi umumiy yuklamada 15-20% oshmasa, agar ikkilamchi kuchlanishli masul iste'molchilarni zaxiralash imkoniyati bo'lsa bir transformatorli podstansiya variant qabul qilsa bo'ladi. Agar 1 va 2 toifali iste'molchilar ko'proq bo'lsa va ularning elektr ta'minotida uzilishga ruxsat berilmasa, unda ikki transformatorli podstansiyalarni qo'llash kerak. shuningdek, ikki transformatorli podstansiyalar uncha mas'ul bo'lmagan iste'molchilarni ta'minlashda xam qo'llaniladi, agarda transformatorni joylashgani taqazo etsa. Podstasiyalarda transformatorlar soni 2 dan oshishi istisno xollarda ruxsat etiladi. Bunda sexda xar xil kuchlanishli iste'molchilar mavjud bo'lsa, katta quvvat yuklamalar mavjudligida va podstansiyalarni taqsimlangan o'rnatish joyi yo'qligida qo'llaniladi. Bir transformatorli podstansiyalarda, ikkilamchi kuchlanishda rezervsiz 2 toifali iste'molchilarni ta'minlaganda, ishchi rejimdagi xisobiy yuklama bo'yicha transformatorlarning quvvati quyidagicha tanlanadi: Ikklamchi kuchlanishda ikki bir transformatorli podstansiyalar orasida farq bo'lsa, transformatorlarning quvvati zaxiralangan qo'shni yuklamaning qismini xisobga olgan xolda qabul qilinadi. Sanoat korxonalari iste'molchilarning elektr ta'minotida zarur bo'lgan sex transformatorning soni, quvvati, tipi va o'rnini tanlashda quyidagi tartib tavsiya etiladi. 1. Korxonaning bo’sh planida aloxida ob’ektlar yoki korxonaning bo'limlarining yoki kuchlanishi bo'yicha, tokning turi va ishga tushish tartibi bo'yicha sex yuklamalari chiziladi. yuklamalar ma'lum bir masshtabda aylana tuziladi. (yuklamalar kartogrammasi) 2. Elektr yuklamalarni qanday taqsimganligi va taqsimlangan yuklamalarning markazlari aniqlanadi. 3. Oldindan podstansiyaning o'rnatish joylari belgilanadi va ular orasidagi yuklamalarning taqsimoti ko'rib chiqiladi. 4. Podstansiyaning turi, uning taqririban gabiriti, texnologlar va quruvchilar bilan kelishilgan xolda o'rnatish joyi belgilanadi. Xamma quvvatli va kuchlanishli transformator podstasiyalar mumkin qadar yuklamalar markaziga yaqinroq joylashishi muxim axamiyatga egadir. TP va boshqa kounikatsiya tugunlar aksincha, tarmoqning ta'minlanayotgan bo'limlarining chegarasida shunday joylashtirish kerakligi, elektr energiyasining teskari tomonga yonaltirilishi yo'l qo'ymaslik kerak, chunki bunday talab bajrilganda o'tkazgich materiallari tejaladi va elektr energiya nobudgarchiligi va kapital mablag'lag' kamayadi. TP soni va quvati qiyidagicha tanlanadi: a) iste'molchining yuklama grafigi va xisoblangan maksimal quvvat qiymati bo'yicha; b) iste'molchilarning toifalari (1-toifali ista'molchilarni xisobga olgan xolda) bo'yicha; v) kapital mablag' va ektluatatsiya sharoitida sarf xarajatlarni xisobga olgan xolda keltirilgan variantlardan transformatorlarning soni va quvvati texnik -iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha; g) iqtisodiy maqbul rejim bo'yicha (bu rejim quvvati va energiya isroflarini eng kamini ta'minlaydi) Avariya xolatida bitta transformator ishdan chiqsa, ishlovchi transformatorlar 1-toifali iste'molchilarni 100% to'liq ta'minlashi va 2-toifali iste'molchilarning yuklamasini 70% ta'minlashi lozim, 3-toifali iste'molchilar avariya rejimida vaqtincha o'chirib qo'yish mumkin. Sex transformator podstansiyalarda 1000 kBA li bir yoki ikki transformatorli KTP qo'llash tavsiya etiladi. TP ni ta'minlaydigan sexlarning yuklamasini yuklanish koefitsenti. K =0.7/0.8 teng bo'lgan normal rejimdagi transformatorlarning yuklanish koeffitsentini xisobga olgan, tanlash tavsiya etiladi. Xuddi shunday xamma TP transformatorlarning soni va quvvati tanlanadi va 7 - jadvalga keltiradi. Agar EUL kuchlanishi sex podstansiyalari yuqori kuchlanishidan katta bo'lsa, korxonada bosh pasaytiruvchi podstansiya (BPP) o'rnatiladi. Bunda podstansiya transformatorlari korxona elektr iste'molchilarning toifalari bo'yicha yuklanish koeffitsenti orqali tanlanadi. EUL ni xisoblash kuchlanishni tanlashdan boshlanadi. Keyin xisobiy va shikastlanish toklarini xisoblash orqali EUL ni kesim yuzasi va tipi aniqlanadi. Keyingi bosqichda EUL dagi isroflar xisoblanadi. Dastlab EUL ning kuchlanishi aniqlanadi. Bunda iloji boricha pastroq kuchlanish tanlashga xarakat qilinadi. Chunki EUL kapital xarakatlari arzonroq bo’ladi. Boshqa tomondan isroflar kuchlanishga teskari mutanosib bo’ladi. Isroflar me’yoriy ko’rsatkichdan kop bo’lsa kuchlanishni talab etadi. Masalan, energeotizmdan 110kB, 35kB va 10kB li kuchlanishli EUL o’tkazish mumkin bo’lsa, odatda avval kuchlanishi 10kB EUL xisoblanadi. Isroflar me’yoriy ko’rsatkichlardan katta bo’lsa 35kB li EUL xisoblanadi. Bunda xam isroflar me’yoriy korsatkichdan katta bo’lsa 110kB li EUL xisoblanadi. Agar kuchlanish isrofi me’yoriy ko’rsatkichadan katta farq qilmasa EUL ko’ndalang kesim yuzasini oshirish yoki liniyalar sonini oshirish tavsiya etiladi. Agar ikkita kuchlanishda EUL o’tkazish imkoniyati bo’lsa ularning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari taqqoslanib, keltirilgan yillik xarajatlari kamroq bo’lgan variant tanlanadi. Xisoblashlar xisobiy tokni aniqlashdan boshlanadi. Radial liniyalar uchun xisobiy va shikastlanish to’klari quyidagicha xisoblanadi: Shikastlanish toki parallel liniyalardan biri uzilgan xol uchun xisoblanadi: Bu yerda: -korxonaning umumiy to’la yuklamasi, п-parallel liniyalar soni. Tanlangan EUL simining ruxsat etilgan davomli toki shikastlanish tokidan katta bo’lishi kerak. Ilovadan shu qiymatga yaqin va katta kesim yuzasi tanlanadi. Simning tipi, kesim yuzasi, aktiv va reaktiv solishtirma qarshiligi yozib olinadi. 35-110kB li liniyalarda solishtirma reaktiv qarshilik =0.4 om/km deb olinadi. Liniyaning aktiv va reaktiv qarshiliklari quyidagicha xisoblanadi:
Bu yerda: cosφ-korxonaning quvvat koeffitsenti olinadi. Tashqi elektr ta’minotini elektr uzatuv liniyadagi kuchlanish isrofi 5% dan oshmasligi lozim. Agar kuchlanish isrofi bu ko’rsatkichdan katta bo’lsa, liniya kuchlanishi yoki liniyalar soni oshiriladi. Korxonaning ichki elektr ta’minotini loyixalashda kabel linlyalari ruxsat etilgan tok bo’yicha tanlanadi. Bunda kabel liniyasi iste’molchilarini to’la yuklamasi asosida xisobiy va shikastlanish toki aniqlanadi. Kabelni ruxsat etilgan davomli toki shjkastlanish tokidan katta bo’lishi kerak. Birinchi bosqich tranzistorli blokni (VD1-VD6, VT1, VT2) faol rejimga o’tkazib, kontaktlarning tartibini o’zgartirishga imkon beradi. Ikkinchi bosqich xuddi shunday tarzda ishlaydi, faqatgina elementlarni almashtirish (VD7-VD12, VT3, VT4). Uchinchi bosqich - T1-T6 tiristorlarini fazali o’tish davrida nolg akiritishga asoslangan. Qolgan uch bosqichda birinchi uchlikni almashtirish kombinatsiyasi [2]. Reaktiv quvvatning oltibosqichli kompensatori uchun quyidagi nazorat algoritmini olish uchun ishlab chiqilgan mikrokontrolerni boshqarish tizimidan foydalanish kerak. 2-rasmda mikrokontrolerni boshqarish tizimining blok diagrammasi ko’rsatilgan. Bu tizim Atmeldan Atmega128 mikrokontrolini ishlatadi. O’chirishning asosiy elementlari oqim va kuchlanish sezgichlariga asoslangan, tiristor boshqaruv yuritmalari va IGBT tranzistorlari, kirish / chiqish qurilmasi va har xil yuklarning kompensatsion parametrlarini o’rnatish imkonini beradigan kompyuter bilan aloqa qurilmasidan iborat. Kondensatorlar yordamida yuqori garmonikali filtr rejimida ishlaydigan tok va kuchlanish o’rtasidagi burchakni tenglashtirishga asoslangan induktiv-sig’imli reaktiv quvvat kompensatorini batafsil ko’rib chiqaylik.induktiv-sig’imli reaktiv quvvat "Science and Education" Scientific Journal September 2020 / Volume 1 Issue 6 www.openscience.uz 58 kompensatorlari uchun standart sxema texnik yechimlarini tahlil qilish,statik va dinamik kompensatorlardan foydalanish bir qator muhim kamchiliklarga ega ekanligini ko’rsatdi: - statik kompensatorlarda juda yuqori kommutatsiya toklarini bo’lishi; pog’onali tiristorlar ishga tushganda daydi toklarning kelib chiqishi oqibatida dinamik kompensatorlarning ishonchliligi keskin pasayishi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling