Aktivlar riski mavsusiga doir test savollari
Download 16,76 Kb.
|
AKTIVLAR RISKI test
AKTIVLAR RISKI MAVSUSIGA DOIR TEST SAVOLLARI 1.Uy xo’jaliklarining mavjud jamg‘armalarini qanday aktivlarga yo‘naltirish kerakligini uy xo’jaliklarining qaysi qarori asosida aniqlashimiz mumkin? A) investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan investitsion qarorlar; B) pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar; C) moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar; D) riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar. 2. Iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar …... deyiladi. A) aktivlar; B) qimmatli qog’ozlar; C) pul; D) passivlar. 3.Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil-kesil belgilab olgach, kompaniya menejerlari fabrika, mashina uskunalari, tadqiqot o‘tkaziladigan laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxonalar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda buning barchasini boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak bo‘ladi va bu jarayon …... deb ataladi. A) investitsiyalarni rejalashtitrish; B) aktivlarni rejalashtitrish; C) mablag’larni rejalashtitrish; D) kapitallarni rejalashtitrish. 4.Moliyaviy aktivlarning asosiy turlari ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) qarz majburiyatlri2) hosilaviy qimmatli qog‘ozlar; 3) ko’chmas mulklar; 4) aksiyalar; 5) asbob-uskunalar. A) 1, 2, 4; B) 1, 2, 3; C) 3, 4, 5; D) 2, 3, 4; 6. …………. - bu firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo‘yiladigan talabdir. A) Aksiya; B) Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar; C) To’lov balansi; D) Obligatsiya. 7. ………….. deb, bahosi boshqa aktivlar, masalan, aksiyalar, qayd qilingan daromadga ega qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi. A) Hosilaviy qimmatli qog'ozlar; B) Oddiy aksiyalar; C) Optsion; D) Obligatsiya. 8. ………... deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx va vaqt bo‘yicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi. A) Forvard kontaktlar; B) Sug'urta polisi; C) Schot-faktura; D) Ishonchnoma. 9. Moliyaviy tizim deb nimaga aytiladi? A) Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim deyiladi; B) Muayyan moliyaviy qarorni qabul qilish va uni amalga oshirishiga moliyaviy tizim deyiladi; C) Moliyaviy vositachilar yig’indisiga moliyaviy tizim deyiladi; D) Moliyaviy munosabatlarning shakl va usullar yig’indisiga moliyaviy tizim deyiladi. 10. Aktivlarni boshqaruvchi firmalar qanday vazifalarni bajaradi? A) Ular maslahat beradilar va ko’p hollarda o’zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo’lida boshqaradilar; B) Ular hukumat va boshqa tashkilotlarga o’z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag’larni jalb qilishga yordam beradi; C) Ular banklarni moliyalashtirishda vositachi bo’lib xizmat qiladi; 11. Aktivlar aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari keltirilgan qatorni belgilang. A) Debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi koeffitsienti; tovar-moddiy Zaxiralarning aylanuvchanligi koeffitsienti; aktivlarning aylanuvchanligi koeffitsienti; B) Sotuvlar daromadliligi koeffitsienti; aktivlar daromadliligi koeffitsienti; aksiyadorlik kapitali daromadliligi koeffitsienti; C) Qarzlar koeffitsienti; foizlarni qoplash koeffitsienti; D) Joriy likvidlik koeffitsienti; kritik baholash koeffitsienti. 12. Pul oqimlari to’g’risida hisobot nima? A) Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi; B) Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig’ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi; C) Firma balansi uning muayyan vaqt oralig’idagi aktivlarini (va majburiyatlarini aks ettiradi; D) Daromad va xarajatlarning balansi ko’rsatiladi. 13. Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko’rsatilgan kompaniya aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati ....... deb ataladi. A) balans qiymati; B) aktiv qiymati; C) passiv qiymati; D) kapital qiymati. 14. Bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi ko’rsatkichi (NAV) qanday aniqlanadi? A) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga bo‘linadi; B) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga ko’paytiriladi; C) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar qiymatiga bo‘linadi; D) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar qiymatiga ko’paytiriladi. Download 16,76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling