Akula qanday baliqlarning turiga kiradi?
Download 0.69 Mb.
|
1 2
Bog'liqакулалар (1)
Akulalar Akula qanday baliqlarning turiga kiradi? Akulalar birinchi navbatda baliqlar turiga kiradi. Umuman olganda, ushbu baliqlarning 450 dan ortiq turlari mavjud. Akula turlarining aksariyati dengiz va okeanlarda mavjud, ammo ba'zilari daryolarda ham uchrab turadi. Akulalar ulkan va dahshatli qotil baliqlar nomi bilan mashhur. Ammo ularning barcha turlari deyarli beshdan bir qismi ham kattaligi bo‘yicha odamdan ham katta emas. O‘rtacha, akulaning uzunligi 60-100 santimetrni tashkil qiladi. Eng kattasi - kit akulasi hisoblanadi, u avtobusdan ham uzunroq. Eng kichigi esa – mayda tikanli akula – uning kattaligi bananchalik keladi. Akulalarning tana shakllari turlicha... Odatda, akulalar kul rangda bo‘lib, uzun, torpedo shaklidagi tanaga ega. Ammo turli xil tana shakliga ega bo‘lgan ko‘plab akula turlari ham mavjud. Masalan, Bolg‘a boshli akulaning o‘ziga xos yassilangan boshi mavjud, shuningdek, tekis va keng tanasi bo‘lgan akulalar ham mavjud ular dengiz tubida yashaydi. Bundan tashqari, tanasi farishtaga o‘xshash akulalar ham uchrab turadi. Akulalar dunyoning barcha hududlarida, hususan, issiq tropik dengizlardan sovuq qutb suvlarigacha yashaydi. Ba'zilarini faqat katta chuqurlikda, eng pastki qismida topish mumkin, boshqalari esa har doim sirt yaqinida bo‘ladi. Aksariyat akulalar marjon riflarida mavjud. Akulalar u yerda o‘zlarini xavfsiz his qiladilar. Ushbu toshga o‘xshash" inshootlar " faqat chuqur bo‘lmagan, iliq va toza suvlarda uchraydi. Akulalar qanday suzadi? Ba'zi akulalar tez suzishadi, boshqalari sekin suzishadi, lekin ularning barchasi suvda xuddi bir hilda harakat qilishadi. Eng tez suzadigan akula soatiga 75-90 km tezlikka erisha oladi, eng sekin suzadigani esa 60 baravar kamroq. Suzish va faqat suzish orqali akulalar oziq-ovqat topib, ularga nisbatan kamdan-kam hujumlardan qochishadi. Eng yaxshi suzuvchilar yarim oy shakliga ega bo‘lgan kuchli dumli akulalar hisoblanadi. Aynan shu dum akulaning tanasini tezkorlik bilan oldinga harakatlantiradi. Akulalar dumlarini bir tomonga, keyin boshqa tomonga egib suzishadi. U yoqdan bu tomonga burilib, dumi suvdan itaradi. Suzish paytida ba'zi akulalar egilgan paytda, tanasi inglizcha "s"ga o‘xshab ketadi. Ammo ayrim akulalar dangasaroq bo‘lishadi. Ular okean tubida yashaydi. Ular suzishni yoqtirmaydi. Buning o‘rniga, ular ko‘krak qanotlari bilan pastki qismdan itarib, sekin emaklashadi. Bunga yorqin misol-enaga akuladir. Akulalar atrofini qanday sezadi? Ba'zi akulalar suv osti olamida yashash uchun mo‘ljallangan yaxshi rivojlangan sezgi organlariga ega. Ular yirtqichlarni o‘z vaqtida payqash va o‘ljalarini muvaffaqiyatli ovlash uchun kerak. Akulalar yaxshi ko‘rish qobiliyatiga ega. Chuqurlikda, qorong‘ida, maxsus kumush membrana ularni yaxshiroq ko‘rishga yordam beradi. Bu qatlam tapetum deb ataladi. U yorug‘lik nurlarini oyna kabi aks ettiradi va akula zaif yorug‘likdan yaxshiroq foydalanish imkonini beradi. Akulaning quloqlari boshning ichida joylashgan. Ularning ikkita qulog‘i bor, miyaning har ikki tomonida bittadan. Akulalar, ayniqsa, do‘rillangan ovozni va past tovushlarni yaxshi eshitishadi. Uzoq masofada akula ishlaydigan qayiq dvigatelidan past tovushlarni eshta oladi. Akulaning tumshug‘ining uchida ikkita burun teshigi bor. Ular nafas olish uchun emas, balki hidlarni idrok etish uchun xizmat qiladi. Akulalar Jabra yoriqlari bilan nafas oladi. Akulalar suzganda, suv burun teshigiga kiradi va u yerda terining maxsus qatlamidan o‘tadi, buning natijasida yirtqich hidlarni ajratib turadi. Akula bolasining tug‘ilishi. Ko‘pgina hayvonlar tuxum qo‘yadi va ulardan nasli chiqadi. Xuddi shu narsa akulalarning ayrim turlarida ham uchrab turadi. Ammo ko‘pincha akula turlarining yosh bolalari onaning tanasida to‘liq shakllanmaguncha qoladi. Natijada, mustaqil hayotga allaqachon tayyor bo‘lgan bola tug‘iladi - akula bolasi. Aksariyat akulalar o‘z nasli haqida qayg‘urmaydilar. Butun hayoti harakatda o‘tadi. Ba'zi akulalar vaqti-vaqti bilan ko‘proq oziq-ovqat mavjud joylarni, shuningdek, nasl tug‘ilishi uchun qulay bo‘lgan dengiz hududlarini qidirishda harakat qilishadi. Masalan, ko‘k akulalar Atlantika okeanida muntazam ravishda uch ming kilometr uzunlikdagi halqa shaklidagi marshrut bo‘ylab suzishadi. Ular iliq va sovuq suvning harakatlanuvchi oqimlari bo‘lgan dengiz oqimlariga ergashadilar. Kit akulalari esa asosiy oziq-ovqat bo‘lgan planktonni qidirish uchun shimoliy suvlardan Avstraliya qirg‘oqlariga boradilar. Akulalar okeanda qanday qilib yo‘l topishlari aniq ma'lum emas. Ehtimol, ular suv haroratining o‘zgarishi bilan yonalishni aniqlaydi. Bundan tashqari, dunyo atrofida ko‘rinmas magnit maydon mavjud. Okeanda harakatlarni amalga oshirayotganda, akula magnit maydonidagi o‘zgarishlarni sezib boradi va shu tufayli o‘z yo‘nalishini bajaradi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling