Akustika (yun akustikos eshitaman) fizikaning tovush hodisalarini, yaʼni jismda
Download 102.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Akustika - Vikipediya
Akustika Akustika (yun. akustikos — eshitaman) — fizikaning tovush hodisalarini, yaʼni jismda mexanik toʻlqinlarning paydo boʻlishi, tarqalishi va ularni qabul qilish jarayonlarini, tovush hodisasi bilan boshqa fizik hodisalar orasidagi bogʻlanishni oʻrganadigan boʻlimi. Tovushning tarqalish va qaytish qonunlari Yevklid zamonida aniqlangan edi. 17- asrga kelib, tonning yuksakligi va tebranishlar soni orasida bogʻlanish borligi aniqlandi. Galiley va fransuz fizigi Mersenn (1588-1648) tovush toʻlqinining havoda tarqalishini ilmiy tushuntirdilar va tovush tezligini oʻlchadilar. Torrichelli vakuumda (havosiz joyda) tovush tarqalmasligini isbot qildi. Reley A.ning nazariy asoschisi boʻldi; uning „Tovush nazariyasi“ (1877) kitobi bosilib chiqdi. A. quyidagi sohalarga boʻlinadi: umumiy A., fiziologik A., elektr A., meʼmoriy A. qurilish A.si, musiqa Axi, gidroakustika, atmosfera A.si harbiy A. Umumiy A. tovushning paydo boʻlishi va tarqalishini hamda akustik oʻlchash usullarini oʻrganadi. Tovush qisqa vaqt davom etadigan hodisa, uni energiya bilan taʼminlab turibgina uzoq davom ettirish mumkin. Tovush hosil boʻlishi uchun tebranish davom etishi kerak (avtotebranish). Tebranish tebranish amplitudasi, soni, davri, tebranish shakli bilan, tovush toʻlqini toʻlqin uzunligi, toʻlqinlar 282tarqalish tezligi, toʻlqin energiyasi bilan ifodalanadi. Fiziologik A. tovushning eshitilishi, organizmga taʼsiri va hokazo bilan shugʻullanadi. Bunday A.ning asosiy tushunchalarini Om va Gelmgols yaratgan. Elektr A. tovush energiyasining elektr energiyasiga, elektr energiyasining tovush energiyasiga aylanishi, to-vush yozib olish, bino A.si va ultrato-vush texnikasi bilan shugʻullanadi. Nemis ixtirochisi F. Reys telefon (1861) va ingliz ixtirochisi A. G. Bell (1876) mikrofon ixtiro qilganlaridan soʻng tele- graf aloqasi amalga oshirildi. 1900-yil tovushli kino vujudga keldi. 1925-yildan tovush yozib olishning elektr A. usu-li joriy qilindi. Elektron lampalar ixtiro qilingandan soʻng elektr A. tez taraqqiy etdi. Meʼmoriy A. va qurilish A.si binoning hamma joyida tovush va musiqaning yaxshi eshitilishini taʼ-minlash, tashqi shovqinni kamaytirish masalalari bilan shugʻullanadi. Qurilish A.sida reverberatsiyani amerikalik olim U. Sebin (Sabine) tadqiq qilgan va qurilish materiallarining tovush oʻtkazish parametrlarini aniqlagan. Musiqa A.si musiqa hodisalari (to-vush, tovushqator, hamohanglik, musiqa tizimlari va boshqalar)ning ob’ektiv fi-zik qonuniyatlarini oʻrganib, ularga musiqani idrok etish jarayoni nuqtai nazaridan yondashadi. Atmosfera A.si va gidroakustika tovushning bir jin-sli boʻlmagan va qatlamli muhitlarda tarqalishini oʻrganadi. Dengiz bir jinsli boʻlmagan muhit, unda tovush toʻlqinlari buriladi, yutiladi va sochiladi, bu uzoq, masofadagi kemaning turgan joyini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bu hodisalar atmos-feraga ham tegishlidir. Harbiy A. tovush tezligini bilgan holda dushman turgan joyni aniqlash, tovush qaytishi yerdamida samolyotlarning uchish yoʻnalishini, kuzatish pun-ktidan uzoqligini va hokazoni aniqlash bilan shugʻullanadi. Tovush tutish — radio-lokatsiya, tovush eshitish — pelengatsiya harbiy ishda keng tatbiq qilinadi. Suv osti kemalari, samolyotlar, akustik mi-nalar ultratovush bilan boshqariladi. Ad.: Isakovich M. A., Obhaya akustika, M., 1973; Xayasaka Tetsuo, Elektroakustika, per.s yapon. I. I. Ivanchika, M., 1982; Pavlovskaya V. I. i dr., Akustika i elek-troakusticheskaya apparatura, M., 1986. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Adabiyotlar Bu sahifa oxirgi marta 4-Fevral 2023, 19:01 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title= Akustika&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. "https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Akustika&oldid=3570207" dan olindi Download 102.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling