Al-adab al-mufrad


-bob. Mo'min odamlarni la'natlovchi bo'lmaydi


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana23.10.2017
Hajmi5.13 Kb.
#18478
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27

145-bob. Mo'min odamlarni la'natlovchi bo'lmaydi 
 
312. Solim ibn Abdullohdan rivoyat qilindi, u kishi: "Men otam Abdulloh ibn Umar 
(r.a.)ning kishilargagina emas, hatto boshqa maxluqlarga ham la'nat aytganlarini sira 
eshitmadim", dedilar va hz. Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning "Mo'min 
kishi aslo la'nat etuvchi bo'lmasligi lozim", degan muborak hadislarini rivoyat qildilar, 
dedilar". 
 
313. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo yomon iboralar 
bilan so'kuvchi va og'zini shunday so'kishga o'rgatgan kishini yaxshi ko'rmaydi", 
dedilar". 
 
314. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzuriga yahudiylar kelib: "Assomu 
alaykum" (sizga o'lim bo'lsin), dedilar. Shunda men: "O'lim o'zlaringizga bo'lsin va Alloh 
taoloning la'nati va g'azabi ham sizlarga bo'lsin!" - deb qarg'adim. Shunda Rasululloh 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
(s.a.v.): "Ey, Oyisha! Ko'y, unday dema, og'ir bo'l, qat-tiq muomala qilishdan va 
qarg'ashdan o'zingni sakla", dedilar. Men: "Yo Rasulalloh! Bularning gapini 
eshitmadingizmi?" - dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Sen ham mening gapimni 
eshitmadingmi? Men ularga "va alaykum", ya'ni, "Aytgan gaplaringiz o'zlaringizga 
bo'lsin", Dedim. Alloh taolo mening ularga qilgan duoi badimni qabul qiladi, ammo 
ularning menga qilgan yomon tilaklarini qabul qilmaydi", dedilar". 
 
315-hadis mazmuni 312-hadisda bor, faqat bu hadis Abdullohdan rivoyat qshshngan. 
 
316. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar. "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki 
yuzlama kishiga hech ishonmaslik kerak", dedilar". 
 
317. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Bir mo'minning razil fe'li uning buzuqligidan dalolatdir", 
dedilar. 
 
318. "Birovga la'nat o'qiganlar o'zlari la'natlandilar", dedilar hz. Ali (k.v.). Marvon (r.a.): 
"Ha, o'sha insonlarga la'nat o'qigan kimsalardir", deb tasdiqladilar. 
 
146-bob. La'natlovchi kishilar haqida 
 
319. Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Rasululloh: "Kishilarga la'nat etuvchilar qiyomat kuni 
shohid ham, shafoat qiluvchi ham bo'la olmaydilar", dedilar". 
 
Shohid "guvoh bo'luvchi" ma'nosida bo'lib, qiyomatda boshqa payg'ambarlar o'z 
vazifalarini ummatlariga yetkazganlari haqida guvoh bo'luvchi yoki ular fosiq bo'lgani 
uchun boshqa kishilar haqida guvohlik bersalar, guvohliklari shariatda qabul qilinmaydi 
yoxud qiyomat kuni shohid kishilar qatorida bo'la olmaydilar va shafi' esa, qiyomat kuni 
qavm-qarindoshlari va do'st-birodarlariga shafoat qila olmaydilar, ma'nosida. 
 
320. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohga chin ko'ngil bilan qattiq 
ishonuvchi kishi boshqalarga la'nat yog'diruvchi bo'lmasligi kerak", dedilar". 
 
321. Huzayfa ibn Yamon (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Qaysi bir jamoat bir-birlariga 
la'nat yog'dirsa, la'natlari o'z ustilariga yog'iladi", dedilar. 
 
147-bob. Ko'ngli sof kishi la'nat o'qimas 
 
322. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Otam Abu Bakr Siddiq (r.a.) qullaridan biriga la'nat 
o'qidilar. Buni Rasululloh (s.a.v.) eshitib: "EyAbu Bakr! Allohga qattiq ishonuvchilar 
bilanla'nat o'quvchilar haqidagi gaplarim qaerda qoldi? Yo'q, bunday bo'lmasligi kerak", 
deb ikki yo u uch marotaba takrorladilar. Otam o'sha kuniyoq qulni ozod qilib, Rasululloh 
(s.a.v.)ga: "Men ikkinchi martaba shunday qilmayman", deb uzr aytdilar". 
 
148-bob. Bir-biringizni duoibad qilmangiz 
 
323. Samura ibn Jundub (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.): "Ey, ummatlarim! Bir-
biringizni senga Allohning la'nati, g'azabi va do'zaxi bo'lsin, deb duoibad qilmanglar!" - 
dedilar". 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
149-bob. Kofirga la'nat o'qish haqida 
 
324. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Yo Rasulalloh! Mushriklar haqida duoibad qiling!" - 
deyishganda, Rasululloh (s.a.v.): "Men duoibad qiluvchi, la'nat etuvchi emas, balki 
marhamat qiluvchi bo'lib yuborilganman", dedilar. 
 
150-bob. Gap tashuvchi haqida 
 
325. Hammol ibn Horisdan rivoyat qilindi, u kishi: "Biz Huzayfa ibn Yamon bilan birga 
edik, shu vaqtda u kishiga odamlar gapini hz. Usmon (r.a.)ga yetkazib turadigan bir 
kishi haqida shikoyat qilindi. Shunda Huzayfa: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Yashirin 
ravishda kishilar gapiga quloq solib, uni (yomon niyatda) boshqalarga naql qiluvchi 
odam jannatga kirmaydi", degan so'zlarini eshitganman, dedilar". 
 
326. Asmo' binti Yazid (r.a.) dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) sahobiylarga: "Men 
sizlarga eng yaxshilaringizni aytib beraymi?" - dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh, aytib 
bering", deyishdi. "Ular shunday kishilarki, qachon ko'rinsalar Alloh taoloni eslatadilar. 
Eng yomonlaringizni aytsam, ular chaqimchilik bilan yurib do'stlar orasini buzuvchi, 
begunoh odamlarga buzuqlik, halokat va mashaqqatga mubtalo bo'lishlarini izlovchi 
kishilardir", dedilar".  
 
Ya'ni ular qachon kishilar orasiga kirsalar, darhol amri ma'ruf va naxyi munkar 
qiladilarda, beparvo bo'lgan odamlarni ogohlantirib, Rabbi-l-izzat tomonga moyil 
bo'lishga da'vat qiladilar. Allohni eslatadilar so'zvdan murod, vallohu a'lam, shu bo'lsa 
kerak . 
 
151-bob. Yomon so'z tarqatuvchi kishi haqida 
 
327. Hz. Ali (k.v.): "Yomon so'zni aytuvchi bilan uni boshqalarga oshkora qiluvchi - ikkisi 
gunohkorlikda barobardir" , dedilar. 
 
328. Shubayl ibn Avf aytdilar: "Eshitgan yomon gapini yoygan odam o'sha yomon gapni 
to'qib chiqargan kishi kabidir" 
 
329. Ibn Jurayj Ato ibn Abi Raboh (r.a.)dan rivoyat qiddi, u kishi: "Fohishani oshkor 
qilgan kishiga boshqalarga ibrat bo'lsin uchun jazo berish kerak", der edilar. 
 
152-bob. Odamlardan ayb izlagan kishi haqida 
 
330. Abu Tihyo Hakim Sa'ddan rivoyat qilindi, u kishi: "Men hz. Alvdan: "Sizlar buzuq 
ishlarni qil-gan kishini uyaltirish uchun uning aybini oshkora qiluvchi va sirni ochuvchi 
bo'lmang, chunki orqalaringizda sizni mashaqqatga soluvchi, xafa qiluvchi bolalar va 
uzoq vaqt davom ladigan turli fitna va mashaqqatlar bor", degan gaplarni eshitdim", 
dedilar". 
 
331. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Sen bir birodaringaing 
ayblarini zikr qil-moqchi bo'lsang, avval o'z ayblaringni esla!" - dedilar. 
 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
332. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Qur'ondagi "O'zlaringizni (bir-birlaringizni) mazax 
qilmangiz" (49:11) deyilgan oyatni "bir-biringizga ta'na qilmang", deb tafsir qildilar. 
 
Ya'ni kishilarni mazax qilsangiz, sizni ham mazax qiladilar, birovga ta'na qilsangaz, sizga 
ham ta'na qiluvchilar topiladi  
 
333. Abu Jubayra ibn Dahhok (r.a.): "Bir-birlaringizni laqablar bilan atamangiz" (49:11), 
deyilgan oyati karimasi Bani Salama qavmi haqida kelgan", dedilar. Yana u kishi "Bizda 
har bir kishining ikkitadan ismi bo'lgan. Rasululloh (s.a.v.) bizning qavmga kelgandarida 
"Hay, falonchi", deb bir kishini chaqirdilar, shunda odamlar: "Yo Rasulalloh! Uni bu ismi  
bilan chaqirsangiz xafa bo'ladi", deyishdi. 
 
334. Akrama (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Abbos yoki Abdulloh ibn Umar ikkalalaridan 
biri ikkinchilarini taomga da'vat qiddi. U kishining joriyalari xizmat qilib turgan paytida 
uni "Hoy, zoniya", deb chaqirdilar. Shunda u kishining hamtovoqlari: "Unday demang! 
Joriya sizning ta'nangiz uchun bu dunyoda had urolmasa ham, qiyomat kuni albatta had 
uradi", dedilar. Joriyani zinokor degan kishi: "Agar u haqiqatda zinokor bo'lsachi?" - 
degan edilar, u kishi: "Alloh birovlarni yomon ibora bilan so'kinuvchi hamda so'kishga 
odat qilgan kishini sevmaydi, deydilar". Bu oxirgi so'zni aytgan kishi Ibn Abbos edilar". 
 
335. Abdulloh ibn Mas'ud aytdilar (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.): "Mo'min kishi odamlarni 
ta'na qiluvchi, uyaltiruvchi, kishilarga la'nat yog'diruvchi, yomon iboralar bilan 
so'kinuvchi va uyatsiz, tili achchiq bo'lishi ham mumkin emas", dedilar". 
 
153-bob. Maqtash haqida 
 
336. Abu Bakra Nuffayyi' ibn Horis (r.a.) aytdi: "Rasuli amin (s.a.v.) huzurlarida bir kishi 
ustida gap bo'ldi va uni kimdir maqtadi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Uni shunday 
maqtashing bilan bo'ynini uzib qo'yding", dedilar. Va shu gaplarini necha marta 
takrorladilarda, keyin: "Agar bittangiz bir birodarini (haqiqatdan bor bo'lgan xislatlari 
bilan) maqtamoqchi bo'lsa, mening fikrimcha, bu shunday odam, degan so'zni avval 
aytib qo'ysin. Chunki uning haqiqiy  
holini Alloh taolo o'zi biladi. Bandalar bir-birlarini Alloh taologa bu kishi albatta pok, deb 
hukm qilib bermoqlari durust emas", dedilar". 
 
337. Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir odam ikkinchi odamni oshirib 
maqtayotganini eshitsalar: "Sen u odamni halok qilding" yoki "Sen o'sha odamning 
belini sindirding", der edilar". 
 
338. Ibrohim Taymiy otalaridan rivoyat qildilar, u kishi: "Biz hz. Umar ibn Xattob 
oldilarida o'tirgan edik, shunda bir kishi ikkinchi kishini o'zining yuziga maqtadi. Hz. 
Umar: "Bu kishini sen halok etding. Alloh taolo seni ham halok etsin", deb duoibad 
qildilar". (Kishining yuziga maqtashda halokat borligi uchun hz. Umar u kishini duoibad 
qishdilar). 
 
 
339. Ibn Aslamiy ham otasidan rivoyat qilib, hz. Umarning shunday deganlarini xabar 
qildi: "Odamlarni oshirib maqtash ularni bo'g'izlashdir". Muhammad ibn Zayd bu 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
so'zlarning ma'nosini tushuntirib: "Maqtalgan odam maqtovchining gapiga ishonib 
g'ururlanadi, o'ziga bino qo'ayadi va natijada halok bo'ladi", dedilar. 
 
154-bob. Kishi o'zi ishongan odamni maqgashi haqida 
 
340. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v, ): "Abu 
Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Abu Ubayda ibn Jarroh, Ubayd ibn Huzayr, Sobit ibn 
Shammos, Maoz ibn Amr ibn Jumux, Muoz ibn Jabal (r.a.)larni: "Bular hammasi juda 
yaxshi odamlar", deb maqtadilar va "falonchi falonchilar" deb yetti kishining nomini tilga 
olib: "Bular yomon kishilar", dedilar". 
 
341. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun 
ruxsat so'radi. U kirmasdan avval Rasululloh (s.a.v.): "Bu o'z qabilasining yomon 
farzandi", dedilar. U huzurlariga kirgandan keyin, yaxshi muomala qildilar. U kishi chiqib 
ketgandan keyin yana bir kishi kelib ruxsat so'ragan-da, Rasululloh (s.a.v.): "Bu o'z 
qabilasining yaxshi kishisi", dedilar, lekin unga avvalgi kishiga qilgan muomalalaridek 
yaxshi muomala qilmadilar. U ham chiqib kettatsdan keyin men: "Yo Rasulalloh! Siz 
falonchi kelganda yomon odam deb, lekin o'ziga yaxshi muomala qildingiz. Ammo 
ikkinchi kishini avval maqgadingiz-u, lekin huzuringizga kirganda avvalgisqdek muomala 
qilmadingiz?" - deb so'radim. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Oyisha! Yomon 
odamlarga yaxshi muomala qilmoq baloning oldini olmoqtsir", deb javob berdilar". 
 
155-bob. Maqtovchilar betiga tuproq sochish haqida 
 
342. Abu Muammar (r.a.) aytdilar: "Bir kishi tik turib amirlardan bittasini maqgadi. 
Shunda Miqdom ibn Asvad uning yuziga tuproq sochdilarda, Rasululloh (s.a.v.) ortiqcha 
maqgovchilarga shunday tuproq sochmog'imizni buyurganlar, dedilar". 
 
343-hadis yuqoridagi hadisning takroridir. 
 
344. Rajo ibn Abi Rajo (r.a.) aytdilar: "Men bir kuni Mahjon Aslamiy (r.a.) bilan 
basraliklar masjidiga bordim. Burayda Aslamiy masjid darvozalaridan biri oldida o'tirgan 
ekan. Hazil qilishga o'rgangan Burayda masjidda namozni uzoq o'qiyotgan Sakba-ni 
Mahjonga ko'rsatib: "Sen ham shu Sakbadek namoz o'qiysanmi?" - deb so'radilar. 
Mahjon Buraydaga javob qaytarish o'rniga Payg'ambarimiz (s.a.v.) bilan bo'lgan bir 
voqeani hikoya qilib berdi: "Rasululloh (s.a.v.) bir kun mening qo'limdan ushladilarda, 
"Qani yur", deb o'zlari bilan piyoda olib ketdilar. Ikkimiz birgaliqda Uhud tog'iga chiqtsik. 
Rasululloh (s.a.v.) Madinaga qarab turib "Ey, afsus! Bu shahar eng obod bo'lgan bir 
vaqtda egalari tashlab ketadilar. Shaharga Dajjol kirmoqchi bo'ladi. Lekin hamma 
darvozalarida farishtalar turganini ko'rib, kirolmay qaytib ketadi", dedilar. Keyin tog'dan 
pastga tushib masjidga bordilar. Masjidda ruku', sujudlarini yaxshilab namoz o'qiyotgan 
bir kishiga ko'zlari tushdida: "Bu odam kim?" deb mendan so'radilar. Men: "Bu falonchi", 
deb uni maqtay boshladim. Rasululloh (s.a.v.): "Bo'ldi, bunday maqtovingni uning o'ziga 
eshittirma, uni halok qilasan!" - dedilar. Keyin ozgina yurib hujralari (ayollarning xonasi) 
oddiga bordilar va muborak qo'llarini silkitib turib: "Dinimizdagi amallarning eng yaxshisi 
yengil va oson bo'lganidir", deb bu so'zlarni uch marotaba takrorladilar". 
 
156-bob. She'riy madhiya haqida 
 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
345. Avs ibn Sari' (r.a.)dan rivoyat qilitsdi, u kishi "Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga 
kelib: "Yo Rasulalloh! Men she'r bilan Alloh taoloni va sizni maqtadim", dedim. 
Rasululloh (s.a.v.): "Allohhamdni sevadi", dedilar. Keyin men she'rimni Rasululloh 
(s.a.v.)ga o'qiy boshladim. Shu vaqtda novcha, boshining old tomonida sochi yo'q bir 
kishi kelib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun ruxsat so'radi. Shunda Rasululloh 
(s.a, v.) menga: "Bo'ldi, jim o'gir", dedilar. Keyin u kishi kirib Rasululloh (s.a.v.) bilan 
ozgina so'zlashdida, chiqib ketdi. Yana she'rimni o'qiy boshladim. U kishi yana keldi. 
Rasululloh (s.a.v.) yana menga "jim o'tir", dedilar. Xullas, u kishi ikki yo uch marotaba 
keldi. Rasululloh (s.a.v.) esa har kelganda meni jim turishga buyurardilar. Keyin men: 
"Yo Rasulalloh! Bu kshpi kim bo'ladiki, har kelganda meni o'qishdan to'xtatdingiz?" - deb 
so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Bu kishi botil gapni (she'rni) yaxshi ko'rmaydigan odam" , 
dedilar" . 
 
157-bob. Shoirga sadaqa 
 
346. Yusuf ibn Abdulloh ibn Nujayd aytdilar: "Otamning aytishicha, Imron ibn Husayn 
(r.a.) oldiga bir shoir keldi. Imron unga bir narsa in'om qildi. Shunda kimdir unga: 
"Shoirga ne uchun ehson berdingiz?" - deb so'raganda, u: "Men o'z obro'yimni saqlash 
uchungina shoirga in'om qilaman", dedi". 
 
158-bob. Do'stingizni malol keladigan darajada e'zozlamang 
 
347. Muhammad ibn Sirin (r.al.)ning aytishiga qaraganda, sahobiylar: "Do'stlaringizni 
ularga malol keladigan darajada e'zoz qilmang", der ekanlar. 
 
1 Roviylarning bergan xabarlariga ko'ra, bu kishi Umar ibn Xattob edilar . 
 
159-bob. Ziyorat qilish haqida 
 
348. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi do'stini ziyorat qilsa, 
Alloh taolo unga: "Hayoting yaxshi o'tsin! Yaxshi ish qilding va jannatdan o'zing uchun 
joy hozirlading", deydi, deb ta'kidladilar". 
 
349-hadisda Salmon Forsiyning nomunosib kiyinishi haqida gap boradi va ehtimolki 
kotiblar ko'chirishi natijasida ma'no anglashilmay qolgan, shuning uchun tushirib 
qoldirildi. 
 
160-bob. Ziyoratchining duosi 
 
350. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ansorlardan birining xonadoniga 
kirdilarda, taom yedilar. Keyin chiqib ketayotganlarida: "Bu yerga bir joynamoz 
keltirsanglar", deb buyurdilar. Shunda bir sholchaga suv sepib keltirildi. Unda nafl 
namoz o'qib, xonadon haqiga duo qilib ketdidar". 
 
351. Solih ibn Umar aytdi: Abdulkarim Uba Umayya yungdan bo'lgan kiyimlarini kiyib 
Abul Oliya huzurlariga keldi. Shunda Abul Oliya unga: "Bu nasoro rohiblarining kiyimi, 
musulmonlar bir-birlarini ziyorat qilishga borganlarida yasanib, yaxshi kiyimlar kiyib 
borar edilar", dedilar. 
 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
352. Hz. Asmo' (r.a.)ning ozod bo'lgan quli Abdulloh aytdi: "Hz. Asmo' menga uylaridan 
uringan bir jubba olib chiqib berdilar. Jubbaning yoqasi qabariq bir gazlamadan edi, 
etaklarida ham shunday qabariq gazlama tikilgan edi. Asmo': "Bu Rasululloh (s.a.v.) 
ning jubbalaridir, uni odatda juma kuni yoki elchilar kelganda kiyar edilar", dedilar". 
 
353-hadis 13-bobdagi 26-hadisning aynan takrori. 
 
161-bob. Ziyoratning fazilati haqida 
 
354. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir voqeani gapirib berlar. U 
quyidagicha: "Bir kishi boshqa bir qishloqtsa turadigan do'stini ziyorat qilish uchun 
yo'lga chiqdi. Alloh taolo unga bir farishtani yubordi. Farishta undan: "Yo'l bo'lsin, 
qaerga borayapsan?" - deb so'radi. U: "Shu qishloqtsa yashaydigan bir do'stimni 
ko'rgani ketayapman", dedi. Farishta: "Do'sting senga biror yaxshilik qilgan yoki undan 
biror manfaat ko'rgan bo'lsang kerakki, o'shaning xotirasi uchun borayapsanda", dedi. U 
kishi: "Yo'q, men uni faqat Alloh uchun yaxshi qo'raman, shuning uchungina ziyoratiga 
bormoqchiman", dedi. Shunda farishta: "Men Atlohning elchisiman. Alloh taolo meni 
atay senga yubordi. Sen uni xolisanilloh sevganing uchui Alloh taolo ham seni sevadi", 
dedi". 
 
162-bob. Kishi sevgan odami bilan birga bo'lishi haqida 
 
355. Abu Zarr G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Rasululloh 
(s.a.v.)ga: "Yo Rasululloh! Bir kishi bir qavmning amalini qilishga qodir bo'lmaydi-yu, 
lekin uni yaxshi ko'radi", degan savolni berdim. Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Abu Zarr, sen 
sevgan kishing bilan bo'lasan", dedilar. Men yana: "Men Alloh taoloni va uning Rasulini 
yaxshi ko'raman", dedim. "Ey, Abu Zarr! Sen yaxshi ko'rgan kishing bilan birga 
bo'lasan", dedilar". 
 
356. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: "Ey, Allohnieg 
payg'ambari! Qiyomat kuni qachon bo'ladi?" - deb so'raganda, Rasululloh(s.a.v.): "Sen 
qiyomat kuni uchun qanday amallarni tayyorlab qo'yding?" - deb so'radilar. U: "Men 
qiyomat kuni uchun deyarli katta bir amal tayyorlaganim yo'q, faqat Allohtaoloni va 
uning Rasulini sevaman", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Har bir kishi o'zi sevgan 
kishisi bilan birga bo'ladi", dedilar". Anas ibn Molik (r.a.): "Bu so'zni eshitgan 
musulmonlar shu qadar xursand bo'ldilarki, buning tasviriga qalam ojiz", dedilar. 
 
357. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh. (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): 
"Kimki yoshi kichiklarimizga rahmdil bo'lmasa va kattalarimizning qadr-qimmati va 
haqini bilmasa, u odam bizning qavmdan emas", dedilar". 
 
358. Abdulloh ibn Amr (r.a.): "Kichiklarimizga rahmdil bo'lmagan, yoshi ulug'larimizni 
hurmat qilmagan kishi bizdan emas", dedilar. 
 
359. 360, 361-hadislar yuqoridagi hadisning aynan takrori. 
 
164-bob. Yoshi ulug'larni hurmat qilish haqida 
 
362. Abu Kinona Abu Muso Apgariy (r.a.)dan rivoyat qildilar: U kishi: "Soch-soqollariga 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
oq tushgan musulmon kishini, Qur'oni karimga amal qilishdan yuz o'girmaydigan hofizu-
l-Qur'onni va adolat bilan ish olib boradigan amaldorni hurmat qilmoq Alloh taoloni 
hurmat qilmoqning belgisidandir", dedilar. 
 
363-hadis 358, 359, 360, 361-hadislarning aynan takrori. 
 
1 Hofizu-l-Qur'on - Qur'on suralarini to'liq yod oluvchi qori anglashiladi 
 
165-bob. Gapni ham. ishni ham yoshi ulug' kishi boshlaydi 
 
364. Rofi' ibn Xudayj va Sahl ibn Abi Xasma (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Sahl bilan 
Muhayyasa ibn Mas'ud (r.a.)lar Xaybarga kelib u yerdagi xurmozor ichiga kirib ketishdi. 
Shu yerda Abdulloh ibn Sahl o'ldirildi. Shunda Abdurrahmon ibn Sahp bilan ibn 
Mas'udning ikki o'g'li - Husaya va Muhayyasalar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib 
Abdulloh ibn Sahlning o'ldirilganligi haqida xabar berishdi. Gapni ularning eng kichigi 
bo'lgan Abdurrahmon boshlagan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Kattarog'ingiz gapirsin", 
dedilar. Ular bo'lgan voqeani bayon qilib bo'lgach, Rasululloh (s.a.v.): "Birodaringizni 
o'ldirgan kishi noma'lum bo'lgani uchun sizlardan ellik kishi Abdulloh ibn Sahlni 
yahudiylar o'ldirgan, deb qasam ichsin", dedilar. Ular: "Yo Rasu-lalloh! Biz uni yahudiylar 
o'ldirganini ko'rgan emasmiz", deyishdi. Rasululloh: "Unday bo'lsa, yahudiylardan ellik 
kishi uni biz o'ldirgan emasmiz, deb qasam ichadi", deganlarida, ular: "Biz yahudiylar 
qasamiga ishonmaymiz, chunki ular kofir, yolg'ondan qasam ichmoqtsan qo'rqmaydilar", 
deganlaridan keyin Rasululloh baytul-moldan uning xunini to'ladilar". Sahl Abi Xasma: 
"Men o'sha tevalardan biggasini uchratdim. U meni tepdi", dedilar. 
 
166-bob. Kattalardan avval fikr aytmaslik haqida 
 
365. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga 
zarar yetkazmaslikda musulmon kishiga o'xshagan bir daraxt bor. Alloh taolo amri bilan 
u daraxt hamma vaqt mevasini beraveradi va yerga to'kilmaydi, shu qaysi daraxt, 
bilasizmi?" - deb so'radilar. Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Bu xurmo daraxtidir", degan fikr 
mening xayolimga keldiyu, lekin Abu Bakr Siddiq (r.a.) va otam Umar (r.a.)lar javob 
qaytarmaganlari uchun men buni aytmoqni o'zimga ma'qul ko'rmadim. Keyin Rasululloh 
(s.a.v.) o'zlari: "Bu xurmo daraxtidir", dedilar. Shundan keyin men otam bilan chiqib 
ketayotganimda otamga: "Rasululloh (s.a.v.) aytayotgan bu daraxtlari xurmo ekanligi 
xayolimga kelgan edi", dedim. Shunda otam: "Nega aytmading, agar aytganingda, men 
uchun falon-falon narsalardan ham yaxshiroq bo'lar edi", dedilar. Men: "Siz ham, Abu 
Bakr Siddiq (r.a.) ham so'zlamaganlaringizdan keyin men gapiripshi o'zimga munosib 
ko'rmadim", dedim". 
 
167-bob. Yoshi ulug'larni ishboshi qilish haqida 
 
366. Qays ibn Osim ibn Sinon (r.a.) o'lim oldida bolalariga vasiyat qildilar: "Alloh 
taolodan qo'rqinglar. Yoshi kattaroklaringizni o'zlaringizga boshliq qilinglar. Qaysi 
qavmga yoshi ulug' kishi boshliq bo'lsa, o'sha ota o'rniga o'tadi. Kichikroqlari boshliq 
bo'lsa, o'z tengdoshlari o'rtasida uyat va haqoratga qoladi. Molni topish va uni rasamadi 
bilan ishlata bilish harakatida bo'linglar, chunki mol saxiylar darajasini ko'taradi va 
baxillarga muxtoj qilmaydi. Kishilardan biror narsa so'rashdan o'zingizni sakdang, chunki 
so'rashlik kishining eng oxirgi noilojlik holatidir. Men vafot etganimda ovoz chiqarib 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling