Al-adab al-mufrad


-bob. Hayvonlar egasi uchun quvvatdir


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/27
Sana23.10.2017
Hajmi5.13 Kb.
#18478
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27

261-bob. Hayvonlar egasi uchun quvvatdir 
 
586. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.): 
"Kufrning boshi kun chiqar tomonda, faxrlanish va manmanlik shahardan tashqarida 
yashaydigan yuzlab, minglab ot va tevalari bo'lgan kishilarda bo'ladi, viqor va tavoze'lik 
esa qo'y egalarida bo'ladi", dedilar". 
 
Kufrning boshi Sharq tomonda deganlari, vallohi a'lam, Sharq Arabistonga nisbatan Fors 
mamlakati bo'lib, u yerda majusiylik rivoj topgan davrga muvofiq aytilgan bo'lsa 
kerak.Ko'p ot va tevalari bo'lganlar davlatmandlik bilan g'ururlanib, boshqalarni 
mensimaydilar. Ammo qo'y egalariga esa, qo'ylardagi kamtarlik, saxovatlik xislatlari 
o'tar ekan. 
 
587. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men itlar bilan qo'ylar haqida taajjublanaman. 
Qo'ylardan qancha-qanchasini har yili kishilar so'iib yeydi va qanchasi Alloh taolo yo'lida 
hadya-ehson qilinadi. Ammo bir urg'ochi it qancha bola tug'adiyu, lekin hisoblab 
ko'rilganda qo'ylar soni itlarga nisbatan juda ko'p bo'ladi, men shunga taajjub qilaman". 
 
588. Abu Suf'yon Qurayshiy aytdilar: "Hz. Umar ibn Xattob mendan: "Ey Abu Suf'yon, 
senga keladigan daromad qancha?" - deb so'radilar. Men: "Ikki ming besh yuz", dedim. 
Shunda u kishi: "Ey, Abu Suf'yon! Qurayshning yigitlari sizlarga voliy bo'lib qolishlaridan 
avval sen dehqon-chilik va chorvalardan o'zingga mulk qilib ol! Chunki ular nazdida 
shundan boshqa yo'l bilan keladigan daromad mol hisoblanmaydi", dedilar". 
 
589. Abda ibn Hazi aytdilar: "Teva egalari bilan qo'y egalari bir-birlari bilan faxrlanishdi. 
Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Hz. Muso (a.s.) qo'y boquvchi bo'lsa-lar ham payg'ambar 
bo'ldilar, hz. Dovud ham podachi bo'lishlariga qaramay payg'ambar bo'ldilar va men 
ham Ajyoddagi ahllarimning qo'ylarini boqib yuradigan podachi bo'lganman. Shunga 
qaramay Alloh taolo meni payg'ambar qildi", dedilar. 
 
262-bob. A'robiylashish haqida 
 
590. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Katta gunohlar yettitadir; shulardan to'rttasi 
quyidagilar: ularning birinchisi Alloh taologa shirk keltirish, so'ngra in-sonni nohaq 
o'ldirish, erga tekkan afifa xotinlarni zinokor deb tuhmat qilish va a'robiylashish (sahro, 
dashti biyobonlarga chiqib ketish)". 
 
Islom avvalida shunday hukm joriy bo'lgan. Ammo shahar yerlar-da biror fitna bo'lib, 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
shori' (qonun chiqaruvchi) tomonidan ruxsat berilganda sahroga chiqib ketish bundan 
mustasno  
 
263-bob. Qishloqlarda istiqomat qiluvchi kishi haqida 
 
591. Savbon (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Ey, Savbon! Kimsasiz 
va pastqam joylarda o'garma. Chunki unday yerlarda o'tirish qabr ichida o'tirish bilan 
barobardir". Roviy Axmad ibn Osim: "Kufr kimsasiz joylar kabidir", deb qo'shimcha 
qiddilar. 
 
592-hadis ham Savbondan rivoyat qshingan bo'lib. 591-hadisning aynan o'zidir. 
 
264-bob. Oqar suv yoqasida o'tirmoq haqida 
 
593. Shurayh aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.)dan: "Rasululloh (s.a.v.) cho'lu sahrolarga 
chiqarmidilar?" -deb so'radim. Hz, Oyisha (r.a.): "Albatta, ana shu oqar suvlarning 
oldigacha kelar edilar", deb javob berdilar". 
 
594. Amr ibn Abdulloh aytdilar: "Muhammad ibn Abdulloh ibn Usaydni ko'rib qoldim. 
Ustiga ixrom yopilgan hayvonga minib ketayotgan ekan. Ixrom hayvonning yelkasidan 
to oyog'igacha tushib turar edi. Men undan: "Nega buni hayvon ustiga yopding?" - deb 
so'radim. "Otam Abdullohning shunday narsa yopganini ko'rgan edim", deb javob berdi. 
 
265-bob. Sir saqlamak va gap tashimaslik haqida 
 
595. Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Abdulqoridan rivoyat qilindi, u kishi: "Hz. Umar ibn 
Xatgob (r.a.) ansorlardan bir kishi bilan o'tirgan edilar. Shu vaqtda Abdurraxmon ibn 
Abdulqori (otam) kelib, ular yonida o'tirdilar. Shunda hz. Umar (r.a.): "Oramizdagi gapni 
odamlarga borib aytib yuradigan kishini biz xoxda-maymiz", dedilar. Abdurrahmon hz. 
Umar (r.a.)ning gaplariga javoban: "Men o'zim shunday (ya'ni mendan kishilarning 
gapini so'raydigan) kishilar bilan o'ti-rishmayman", deganlarida, hz. Umar (r.a.): "Bu 
fikring noto'g'ri, ular bilan ham o'tirishaver, lekin bizning gapimizni izhor qilma (sirni 
saqla)", dedilar, keyin ansorlarga qarab: "Odamlar mendan keyin kimning xalifa 
bo'lishini mo'ljal qilishayotibdi?" - deb so'radilar. Ansorlar muhojirlardan bir necha 
kishilar nomini aytib shular xalifa bo'ladi deyishayotibdi.dedilaru, lekin hz. Ali (k.v.)ning 
is-mlari bular ichida zikr qilinmadi. Shuning uchun hz. Umar (r.a.): "Ular nima uchun 
Abulhasan (hz. Ali (k.v.)ni tilga olishmadi? Men Alloh nomi bilan qasamyod qilamanki, 
agar hz. Ali ularga xalifa bo'lsa, hammalarini to'g'ri, haq yo'lda olib borishga boshqa 
kishilardan ko'ra munosibroq bo'lardi", dedilar". 
 
1 Arab tilidagi "ihrom", "ehrom" va "ixrom" so'zlarining farqini aniqdab o'tishgga to'g'ri 
keladi: "ihrom" - buyuk inshoot. "ehrom" - hajga otlanganlarning yupqa matodan 
tikilgan oppoq kiyimlari. Ixrom - oqjundan to'qilgan mato bo'lib, uni ulovning ustiga ham 
yopganlar hamda kiyym sifatida foydalanganlar. Aslida Qadimgi yunonlar va 
rumoliklarning ustki kiyimi bo'lgan. 
 
266-bob. (Dunyoviy) ishlarda oshiqmaslik haqida 
 
596. Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Bir kishi vafot qilib, undan bir o'g'li bilan bitga quli 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
qoddi. Ulishi vaqtqda qulini o'g'liga vasiy qilib ketdi. Bola katta bo'lib, quli uni uylantirdi 
va xo'jasining topshiriklarini to'g'ri va batamom ijro qilib bordi. Keyin bola: "Men ilmga 
boraman, safar uchun kerakli narsalarni to'g'rilab bering", deb qulga buyurdi. Qul yo'l 
xarajatlari, ulovi va ozuqlarini tayyorlab bolani jo'natdi. Bola bir olim kishiga borib, ilm 
talab qilib kelganini aytganda, u: "Xo'p, lekin hozir emas, qachon o'z yurtingga 
jo'naydigan vaqtingda menga kelsang, ilm o'rgataman!" - deb va'da berdi. Keyin bola 
yo'lga chiqmoqchi bo'lib olim huzuriga borib unga bergan va'dasini eslatdi. Shunda olim: 
"Alloh taolodan ko'rq, sabrli-chvdamli bo'l, qiladigan ishlaringda sho-shilma! Mana shu 
ilm senga kifoya", deb bolaga oq fotiha berib jo'natdi. Bu voqeani xikoya qilayotgan 
Hasan: "Mana shu uch og'iz so'z hamma yaxshilikni o'z ichiga olgandir". deydi. Bola 
domladan olgan uch og'izgana ilmni takrorlab, uyiga qaytib keldi. Mingan ulovidan 
tushib hovlisiga kirsa, xotini uxlab yotibdi va undan chetroqda bir erkak odam ham 
uxlab yotganini ko'rdida, bir xayolga borib qattiq g'azablandi. Bunga qanday chidash 
mumkin, deb o'ldirish uchun ulovidagi qilichni olib kelmoqchi bo'ldi. Lekin domla 
o'rgatgan uch so'z ti-liga keddi-yu, o'zini to'xtatdi. Yana o'sha kishi tepasiga borib turib 
shayton vasvasasi bilan avvalgidan ham battarroq jahli qo'zg'aldi. Qilichni olib kelib uni 
o'ldirmoqchi bo'layotganda, u kishi uygonib qoldi-yu, bolani ko'rishi bilan salomlashib, 
uni quchoqlab o'tsdi va: "Mening huzurimdan ketganishdan so'ng nimalarni bilib 
kelding?" - deb so'radi. Bola: "U yerdan ko'p narsalarni o'rganib keldim. Urgangan ilmim 
shundoq: sizni o'ldirish uchun tepangazga uch marotaba borib keldim, ammo oxiri u 
sizni o'limdan saqlab qoldi", dedida voqeani bayon qilib berdi". 
 
267-bob. Halimlik haqida 
 
597. Ashaj Abulqays (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) menga: "Sizda Alloh taolo 
yaxshi ko'radigan ikkita axloq bor ekan", dedilar. Men: "Ular nimadir, yo Rasulalloh?" - 
deb so'raganimda, Rasululloh. (s.a.v.): "Ular halimlik va hayo", dedilar. Men yana: "Shu 
ikkita xulq menda avvaldan bor edimi yoki yangidan vujudga kelganmi?" - dedim. 
Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Avvaldan bor bo'lgan", dedilar. Men: "Meni o'zi sevgan 
ikkita xulq bilan yaratgan Alloh azza va jallaga hamd va tashakkurlar bo'lsin!" - dedim. 
 
Ya'ni bu ikki julq menga ota-bobomddn (qovdan) o'tib kelganmi yoki Alloh taolo o'zim 
bilan birga yaratgaimn, demoqchi. 
 
598. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat kdlindi: "Rasululloh (s.a.v.) Ashaj Abdulqaysga: 
"Hakdqatda ham senda Alloh sevadigan ikkita xislat bor: bular vazminlik va ishlarda 
shoshilmaslikdir", dedilar". 
 
599-hadis 598-hadisning takrori, faqat u Abdulloh ibn Abbosdan ri-voyat qilingan, 600-
hadis 597-hadisning takrori, u Mas'ud Abdiydan ri-voyat qilingan. 
 
268-bob. Zulm va haddan oshmoqlikning jazosi haqida 
 
601. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Farazan bir tog' ikkinchi toqqa 
zulm qilsa, bu zulm qiluvchi tog' albatta mayda-mayda qilib yubo-riladi", dedilar. 
 
Ya'ni zulm shutsday yomon xulqki, u aslo kechirilmaydi. Bu insonlar va hayvonlar 
uchunpsha emas, hatto tog' kabi jamodot (noorganik jis-, m)lar ham bir-biriga ta'addi 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
qilsa, o'chi olib beriladi  
602-hadis 565-hadisning aynan takrori. 
 
603. Fuadul ibn Ubayd (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Uch 
toifa kishklar so'roqsiz jahannamga otiladi: 1. Islom jamiyatidan ajrab, Yaratuvchisiga 
isyon qilgan osiy. 2. O'z xo'jasidan qochib ketgan cho'ri yoki qul. 3. Eri tirikchilik 
asboblarini batamom to'g'rilab, safarga chiqib kettanidan keyin, o'zi-ni bejab, 
begonalarga aralashib, o'z iffatini saqlamay yurgan xotin. Yana uch toifa kishilar haqida 
ham so'ralmaydi. Birinchi: Alloh rabbil olaminning o'ziga xos bo'lgan katgalik va izzat 
kiyimini men kiyaman, deb nizo qilgan kishi, ikkinchi: Alloh azza va jallaning ishiga shak 
va shubha bilan qarovchi kishi, uchinchi: Alloh taoloning rahmatidan umid uzguvchi 
kishi", dedilar. 
 
Kattalik va izzat kiyimidan murod - men hammadan kattaman, quvvatliman, deb da'vo 
qilgan kishi. 
 
604. Bakkor ibn Abdulazizning bobolari Abdulloh ibn Abu Bakr (r.a.)dan rivoyat qilindi, u 
kishi ayt-dilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo har bir gunohning jazosini istasa, 
qiyomat kuniga qoldiradi, ammo zulm qilish, ota-onaga oqq bo'lish va qarindoshlikni 
uzish gunohining jazosini o'lishdan ilgari shu dunyoning o'zidayoq ko'rsatadi", dedilar". 
 
605. Yazid ibn Asammudan rivoyat qilindi, u kishi dbu Hurayraning: "Sizlardan bittangiz 
o'z biroda-rining ko'ziga tushgan chang-to'zonlarni ko'radiyu, ammo o'zining ko'ziga 
tushgan cho'p yoki daraxt novdasini ko'rmaydi", degan gaplarini eshitdilar. 
 
606. Muoviya ibn Kurra (r.a.) aytdilar: "Men Ma'kil Mazaniy (r.a.) bilan birga edim. U 
kishi (odamlarga) ozor beradigan bir narsani olib, chetga qo'ydilar. Shunda men ham bir 
narsani ko'rdimda, u kshpidan oldinroq borib, uni olib tashladim. Ma'kil: "Nima uchun 
bunday qilding?" - deb so'radilar. Men: "Siz qijaningizni ko'rganimdan keyin men ham 
shunday qiddim", dedim. U kishi: "Yaxshi qilding, men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Kim 
musulmonlar yuradigan yo'ldan ularga ozor beradigan narsani olib tashlasa, unga 
hasana (bir yaxshilik) yoziladi. Uning hasanasi qabul qilinsa, jannatga kiradi", degan 
so'zlarini o'z og'izlaridan eshshtanman", dedilar". 
 
269-bob. Hadyani qabul qilish haqida 
 
607. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, bu kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: "Bir-
birlaringizga hadyalar beringlar, shunda oralaringizda muhabbat paydo bo'ladi", degan 
so'zlarini rivoyat qildilar. 
 
608-hadis 607-hadisning takrori, faqat u Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan. 
 
270-bob. Xafa bo'lib, hadyani qabul qilmaslik haqida 
 
609. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Bani Fizoza qabilasidan bir 
kishi Rasululloh (s.a.v.)ga bir ona teva hadya kdldi. Rasululloh (s.a.v.) ham unga shu 
tevasiga barobar keladig'an hadya berdilar. Lekin u kishi bundan g'azablandi. Shunda 
Rasululloh minbarga chiqib: "Sizlardan biringiz men-ga hadya beradi, men ham unga 
qudratimga yarasha hadya bersam mendan xafa bo'ladi, menga achchiq qiladi. Endi shu 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
yildan keyin men qurayshiy, saqifa yoki dusiy qabilalaridan bo'lmagan boshqa 
arablarning hech biridan hadyasini qabul qilmayman",  
deb qasam ichganlarini men eshitdim".Chunki bular hadya berganda hech narsa ta'ma 
qilmay, xolisanilloh beradi. Ammo boshqa qabila kishilari esa Rasululloh (s.a.v.)ga bir 
narsa berib, berganidan ko'proq narsa olshini umid qilardi. Rasululloh (s.a.v.)ning 
odatlaridan biri, u zotga bir narsa hadya qilinsa, uni olib hazm qilib ketaverish emas, 
balki qo'llarida bo'lsa, undan ko'ra ko'proq qilib qaytarish edi. 
 
Ammo bu safarda shu hadya bergan kishiga shuqday qila olmaganliklari uchun u xafa 
bo'ldi. 
 
271-bob. Hayo, uyatchanlik haqida 
 
610. Abu Mas'ud Aqaba ibn Amr Ansoriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sen 
xudodan va bandalardan uyalmasang, xohlagan ishingni qilaver, deyilgan so'z o'tmish 
payg'ambarlardan meros bo'lib kelgan va keyin kishilar ham uni o'zlariga dasturu-l-amal 
qilib olgan bir nasihatdir", dedilar". 
 
611. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli xudo: "Imon oltmish 
necha (ikkinchi rivoyatda yetmish necha) shu'balardan iborat bo'lib, ularning eng afzali 
"Lo iloha illalloh" kalimasi bo'lsa, eng aqllisi odamlarga ozor beradigan narsalarni yo'ldan 
chetga chiqarib tashlashdir. Hayo ham imon shoxchalaridan biridir", dedilar". 
 
612. Abu Said Hudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) qadimgi 
arablar odaticha uyda yolg'iz tarbiyalangan qiz boladan ham (Ibn Hajar Asqaloniy 
ta'birlari bo'yicha: go'shanga ichida o'targan kelinchaqdan ham) uyatchanroq edilar. 
Bizlar uni muborak yuzlarida hosil bo'lgan o'zgarishdan bilib olar edik", dedilar". 
 
614. Usmon ibn Affon (r.a.) bilan hz. Oyisha (r.a.) Said ibn Ossga aytdilar: "Rasuli 
akram (s.a.v.) hz Oyishaning ustlariga tashlab yuradigan kiyimlariga o'ralib, u zotning 
to'shaklarida yonboshlab yotgan vaqtlarida Abu Bakr (r.a.) kelib kirishga ruxsat 
so'radilar. Rasululloh (s.a.v.) shu yotgan holatlarini hech o'zgartirmay u kishini qabul 
qildilar. Abu Bakr Siddiq (r.a.) kirib maqsadlarini aytib bo'lib chiqib ketdilar. Shundan 
keyin hz. Umar (r.a.) ham kelib ruxsat so'raganlarida hz. Abu Bakr Siddiq (r.a.) 
kirganlarida qanday o'tirgan bo'lsalar, shunday o'tiraverdilar. U kishi ham hojatlarini 
bitirib chiqib ketdilar.Hz. Usmon (r.a.) aytdilar: "Hz. Umardan keyin men kelib ruxsat 
so'raganimda Rasululloh (s.a.v.) yonboshlarini buzib o'tirdilarda, Oyisha (r.a.)ga qarab: 
"Kiyimlaringai yig'ishtirib qo'y", dedilar. Shunda men ham kirib hojatlarimni bitirib chiqib 
ketdim. Men ketganimdan keyin hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo Rasulalloh! 
Siz nima uchun otam Abu Bakr Siddiq bilan Umar ibn Xatgobga qilmagan harakat va 
muomalani hz. Usmonga kdldingiz?" - deb so'raganlarida Rasululloh (s.a.v.): "Usmon 
uyatchan odam, sening kiyimingga o'ralib yonboshlab yotgan holimda unga ruxsat 
berganimda maqsadlarini gapira olmay, uyalib qaytib chiqib ketardi, deb qo'rqib 
shunday qildim", dedilar". 
 
615. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinganiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.): "Hayo qaerda 
bo'lmasin kishini bezaydi, chirkin so'z har qaerda kishini jirkanch ko'rsatadi", dedilar. 
 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
616. Salim otasidan rivoyat qildi: "Otam shunday degan edilar: "Rasululloh (s.a.v.) 
birodariga hayo haqida do'q bilan nasihat qilib turgan odamning oldida to'xtab: "Qo'y 
uni! Hayo imondandir", dedilar. 
 
Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilingan 617-hadis 616-hadisnjg ay-nan takrori. 
 
618. Hz. Oyishadan rivoyat qilingan, ammo u 614-hadisning takro-ri, faqat Rasululloh 
oxirgi "Usmon uyatchan odam..." degan jumla o'rnida "Farishtalar ham hayo qiladigan 
odamdan men ham hayo qilaman", dedshar. 
 
272-bob. Tongdaga duo 
 
619. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) har tong: "Allohga hamd bo'lsinki, 
tong ottirdik, koinot ham Alloh uchun tong ottirdi. Barcha maqtovu hamdlar Allohga 
xosdir. Uning sherigi yo'qtsir. Allohdan boshqa iloh yo'q, qaytishimiz yana Uning 
huzurigadir", der edilar. Shuningdek, har kuni kechqurun: "Barcha hamdu sano 
Allohgaki, kechqurunga yetishdik. Mulk ham Alloh uchun kechqurunga yetishdi. Allohdan 
boshqa iloh yo'q, U yagonadir, Uning hech bir sherigi yo'q va yana Uzining huzuriga 
qaytajakmiz", der edilar". 
 
273-bob. Kishi o'zgani duo bilan eslashi haqida 
 
620. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Haqiqatda o'zi ham olijanob, 
uning otasi ham, otasining otasi va uning otasi ham olijanob kishilar bo'lgan Yusuf ibn 
Ya'qub ibn Ishoq ibn Ibrohim halilu-r-rahmondir", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: 
"Agar men Yusuf (a.s.) turganchalik hibsda turganimda, (qamoqtsan chiqarish uchun) 
oldimga kelgan chaqiruvchining da'vatini ijobat qilgan bo'lardim. Yusuf (a.s.)ning oldiga 
kelgan elchi kelganda unga: "Hojang huzuriga qaytib borginda, undan qo'llarini kesib 
olgan ayollar ishi nima bo'lganini so'ra!" (12:50) - deydi (xotirjamlik bilan). Lut (a.s.)ni 
Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. U "Qani edi, sizlarga quvvatim yetsa yoki kuchli bir 
suyanchiqqa suyana olsam..." (11:80), degan so'zi bilan kuchli bir suyanchiqqa (ya'ni 
izzat va ustunlik egasi - Allohga) sig'inishni istagandi. Alloh taolo yuborgan barcha pay-
g'ambarlar o'z qavmining boylari edilar". 
 
Da'vatini ijobat qilgan bo'lardim - ya'ni chaqirig'iga javob berib, darhol qamoqtsan 
chiqqan bo'lardim.Muhammad (hadis roviylaridan biri) aytishicha, hadis matnidagi 
"Sarvat" davlat va kuch-qudrat demakdir. 
 
274-bob. Ixlos bilan qilingan duo 
 
621. Rabi' juma kunlari Alqamaning oldiga kelar edi. Agar men u yerda bo'lmasam, 
menga odam jo'na-tar edilar. Bir marta u men yo'qligimda kelibdi. Alqama meni uchratib 
qolib dedi: Rabi' keltirgan (aytgan) narsani ko'rmaysanmi? Kishilarning ko'p duo 
qilishlariniyu ijobati kam bo'layotganini ko'rmayapsanmi? Chunonchi, Alloh taolo 
faqatgina ixlos bilan qilingan duolarni ijobat qiladi. Men: "Bu gapni Abdulloh ibn Mas'ud 
aytmaganmidi?" dedim. U: "Abdulloh nima degandi?" - deb so'radi. Abdulloh: "Alloh 
taolo sum'achi va riyokorning duosini eshitmaydi", faqat qalbidan sabot bilan duo 
qilganning duosini qabul qiladi", degan. Eshituvchi: "Alqama (ham buni) zikr qildimi?" - 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
deb so'radi. U: "Ha", deb javob berdi.Sum'achi deb birovlar eshitsin uchun amal 
qiladigan odamni aytiladi . 
 
275-bob. Duoda qat'iyatli bo'lish kerakligi haqida 
 
622 Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biror kishi 
duo qilsa, qat'iylik bilan qilsin, Allohim, xohlasang ber-gin", demasin! Zero, Alloh buning 
uchun uni yomon ko'rmaydi", dedilar". 
 
623-hadis Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan bo'lib, 622-hadisning takroridir. 
 
276-bob. Duoda qo'lni ko'tarish haqida 
 
624. Abu Na'im: "Men Ibn Umar va Ibn Zubayrlar duo qilayotib, kaftlarini yuzlari 
barobarida ko'tarayotganlarini ko'rdim", dedilar".Bu hadisni Imom Termiziy ham 
Rasululloh (s.a.v.)dan natsl qilib, ul zotning "Allohga iltijo qshayotganda qo'llaringizni 
baland ko'taring, behafsalalik bilan duo tsilmang, duo qilib bo'lgach, kaftlaringizsh yuzin-
gizga surting", deganlarini aytgan. 
 
625. Ikrima (r.a.) janobi Payg'ambar (s.a.v.) qo'llarini ko'tarib: "Albatta men bir 
insonman, meni azobga duchor qilmagin, biror mo'minga ozor yetkazgan yoki uni 
so'kkan bo'lsam, buning uchun menga azob bermagin", deya Allohga duo 
qilayotganlarini Oyisha onamiz rivoyat qiladilar, dedi. 
 
626. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Davs qabilasidan bo'lgan Tufayl ibn Amr (r.a.) 
Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelib: "Ey, Allohning Rasuli! Davs qavmi osiylik va 
takabburlik qildilar, ularni duoibad qiling", dedi. Rasululloh (s.a.v.) qiblaga yuzlanib, 
qo'llarini ko'tardilar. Odamlar ul zot hozir Davs qavmini duoibad qiladilar, deb 
o'ylashgandi. Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, Davs qavmini hidoyatga olgin va (haq uzra) 
keltirgin", deya duo qildilar". 
 
627. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir yili qahatchilik kelib, yomg'ir yog'may qo'ydi. Bir 
guruh mu-sulmonlar bir juma kuni Nabiy muhtaram (s.a.v.) huzur-lariga kelib: "Yo, 
Rasulalloh, yomg'ir yog'may qo'ydi, hayvonlar qirilib ketmoqtsa", dedilar. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.) qo'llarini yuqoriga ko'tardilar. Osmonda bir bulut ko'rinmas edi. Ul zot 
qo'llarini shutsday ko'tardilarki, qo'ltiqlarining oqi ko'rindi, Allohdan yomg'ir so'rab duo 
qiddilar. Juma namozini o'qib bo'lishimiz bilanoq sharros yomg'ir quydi, shu yaqin 
atrofda yashaydigan yigit uyiga shoshildi. Kelgusi juma o'sha yigit Payg'ambarimiz 
(s.a.v.)ga: "Ey, Allohning Rasuli, uylar (yomg'irdan) vayron bo'layapti, karvonlar to'xtab 
qoldi", dedi. Ul zot odam bolasining sabrsizligiga tabassum qildilar, qo'llarini ko'tarib: 
"Allohim, yomg'irni bizning ustimizga emas, atrofimizga yog'dirgin", dedilar. Darhol 
Madinada yomg'ir tindi. 
 
628-hadis 625-hadisning aynan takrori. 
 
629. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi: Tufayl ibn Amr Payg'ambarimiz 
(s.a.v.)dan: "Sizni Davs qavminiki kabi qo'shin va biror bir mustahkam qal'aga 
ehtiyojingiz bormi?" - deb so'radi. Jobir dedilar: "Rasululloh (s.a.v.) Alloh ansorlarni 
quvvatlagach, ul zot undan voz kechdilar.Tufayl va u bilan birga qavmidan bir kishi hijrat 

Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
Qilishdi. Tufaylning sherigi kasal bo'lib bezovtalana boshladi. Qaran degan yergacha 
sudralib keldida, qo'l tomirlarini kesib tashlab o'ldi. Tufayl uni tushida ko'rdi va: "Senga 
qanday muomala qilindi?" - deb so'radi. U kishi: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga qijan 
hijratim sababidan gunohim kechirildi", dedi. Tufayl: "Qulishta nima bo'ldi?" - deb 
so'radi. U: "O'zing zarar yetkazgan qo'lingni Biz tuzatmaymiz", deyildi", dedi. Tufayl buni 
Payg'ambarimiz (s.a.v.)ga aytib bergan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, uni ikki qo'li 
bilan birga mag'firat qil", deya qo'llarini ko'tarib duo qildilar. 
 
630. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, dangasalikdan, 
qo'rqoqlikdan, keksalikdagi ojizliqdan va baxillikdan sendan panoh so'rayman", deya duo 
qilardilar". 
 
631. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh azza va 
jalla: "Men bandamning o'ylagan o'yidaman va Menga duo qilib, Meni chorlasa, Men u 
bilan birgaman", degan", deb marhamat qiddilar". 
 
Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling