Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 5.12 Kb.
Pdf просмотр
bet1/56
Sana25.03.2017
Hajmi5.12 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
AL-FAQIH ABU LAYS AS-SAMARQANDIY 
 
TANBEHUL–G‘OFILIYN 
(G‘aflatdan uyg‘otish) 
 
Arab tilidan Dilmurod Qo‘shoqov tarjimasi 
 
© «Mutarjim», Toshkent, 2003-2005
 
 
 
HADIS ILMI VA UNING TURLARI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hayotlik chog‘larida vahiy kelgandan boshlab to 
vafotlariga qadar aytgan so‘zlari, bajargan fe’llari, biron sahoba qilgan ishni 
tasdiqlaganlari yoki indamasalar-da, iqror qilgan narsalari hadis yoki sunnat deyiladi. 
Payg‘ambar (s.a.v.) davrlarida hadisni sahobiylar eshitiboq, yozmasdan unga amal qilar 
edilar. Chunki hadis Qur’on oyatlariga aralashib ketmasligi uchun Payg‘ambar (s.a.v.) 
uni yozishni man’ qilar edilar. Ammo Qur’on mukammal shaklda nozil bo‘lib, sahifalar 
holiga keltirib bo‘lingach, odamlar hadisni yozishga ehtiyoj seza boshlashdi. Chunki 
Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin tobe’inlar davrida Islom dushmanlari tomonidan 
Islomning ichiga har xil fitnalar va shular qatorida Payg‘ambar (s.a.v.) aytmagan yolg‘on 
hadislarni kirgizish hollari ko‘zga ko‘rina boshladi. Tobe’inlar davrida u qadar ko‘p hadis 
yozilmadi. Taba’ tobe’in va ulardan keyingi asrda yashagan olimlar hadisni chuqur 
o‘rganib, uni darajalarga bo‘lib, kitob shaklida yoza boshladilar. Buning barobarida hadis 
rivoyat qilishda asos bo‘lgan jarh va ta’dil ilmi ham kelib chiqdi. 
 
Hijratning IV asriga kelib hadis va hadisga taalluqli bilimlar mukammal va alohida-
alohida ilm tusini oldi. Endi hadislar sanadi, roviyi va matniga qarab darajalarga 
bo‘linadi. Hadis ilmi olimlari Rasulullohdan deb qilingan har bir hadisni darajasiga qarab 
«mutavotir», «sahih» va boshqalarga bo‘lib, har birining shartlarini va hukmlarini bayon 
qildilar. 
 
Parvardigordan yordam so‘rab, hadisdagi matn, sanad-isnod ma’nosini hadislar 
darajasiga ko‘ra bildiramiz.  
 
Matn – sanadning kalomga borib tugashi. 
Sanad, isnod – roviylarni matn bilan bog‘lovchi silsila. 
 
Hadis darajalari: 
1. Sahih – sanaddagi roviylar o‘zidan oldingi roviydan bevosita olgan hadisdir. Bu 
o‘rinda roviyning odili bo‘lishligi, mukammal shaklda hadisni zabt qilganligi va hadisning 
sahihligiga ta’sir qiluvchi illat bo‘lmasligi shart qilingan. Ahli hadisning ijmosi bilan unga 
amal qilish vojibdir. 
2. Muttafaqun alayh – Imomi Buxoriy va Imom Muslim o‘z «Sahih»larida biron hadisni 
zikr qilsalar va bu hadislar ma’noda va matnda bir xil bo‘lsa, muttafaqun alayh, ya’ni, bu 
ikki muhaddis ittifoq bo‘lishgan, deyiladi. 
3. Hasan – bunda sahihda shart qilingan narsalar mavjud bo‘lishligi zarur, lekin 
roviyning hadis zabti (hadisni yoddan bilishi yoki yozib olishi) biroz yengilroq bo‘ladi. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
4. G‘arib – hadisning rivoyatida bir roviyning yakka haq, ba’zisida roviyning bir o‘zi 
bo‘lmog‘i. 
5. Zaif – o‘zida «hasan»ning sifatlarini jamlamagan, uning shartlaridan biror shartni 
yo‘qotgan hadis. Fazilatli amal zikr etilgan bo‘lsa, zaif hadisga amal qilish mustahabdir. 
6. Mursal – zaif hadisning bir turi, isnodining oxirida tobe’inning o‘zi (sahobani zikr 
qilmay) «Rasululloh shunday qilgan edilar», deydi. Buning hukmi ixtilofli. 
7. Mu’zal – zaif hadisning bir turi, isnodidan ikki yoki undan ortiq roviyning tushib 
qolishi. U mursal va munqoti’dan ham yomon holatdir. 
8. Munqoti’ – uzilishi qanday sababdan bo‘lmasin, isnodi ulanmagan hadis. Isnodining 
uzilishi boshdami, o‘rtasidami yoki oxiridami – buning farqi yo‘q. Munqoti’ning hukmi 
ham zaif hadis kabidir. 
9. Mudallas – isnodidagi biron aybni yashirib, uning zohirini chiroyli ko‘rsatishga 
urinilgan hadis, uning hukmi zaif hadis hukmidadir. 
10. Mavzu’ – Payg‘ambarga (s.a.v.) nisbat berilgan, lekin aslida to‘qib chiqarilgan 
yolg‘on hadis. Ulamolarning ijmosiga ko‘ra, uni rivoyat qilish halol emas.  
11. Matruk – isnodida yolg‘onchi deb gumon qilingan roviyi bor hadis. Hukmi olinmaydi. 
12. Munkar – isnodida zaif roviy bo‘lib ishonchli deb bilingan roviyning hadisiga zid 
kelgan hadis. 
13. Marfu’ – Payg‘ambarga (s.a.v.) biror so‘z, fe’l, taqrir yoki sifatni izofa qilish. 
14. Mavquf – sahobaga biror so‘z, fe’l, taqrirni izofa etish. Masalan: «Ali ibn Abu Tolib 
shunday dedi», deyish. 
 
 
MUALLIF MUQADDIMASI 
 
Alhamdu lillalhillazi hadana likitabihi va fazzolana ‘ala soiril umami biakromi anbiyaihi, 
hamdan yastajlibul marg‘uba min rizoihi va yasta’tiful maxzuna min ‘atoihi va yaj’aluna 
minash shakiriyna linu’amihi val’arifiynna lialaihi va sollallohu a’ala Muhammadin 
rosulihil mustofa va nabiyyihil mujtaba va ‘la alihi va ‘itratihit toyyibiyna va ‘ala ashabihi 
va ummatihi ajma’iyn. 
 
Faqih, zohid, amal qiluvchi olim Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim 
Samarqandiy rahmatullohi alayhi aytadi: Qaysi kishini Alloh taolo odobda taniqli, ilmda 
nasibali, hukm va pandu nasihatlarda ibratli, solihlarning siyratiga tavaqqufli va 
mujtahidlarning ijtihodida bo‘lishdek ulug‘ baxt bilan rizqlantirgan bo‘lsa, bunday kishini 
Allohning yo‘lida harakat qilishi lozim deb bildim. Chunki Alloh taolo aytadi: 
 
“(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li – diniga hikmat va chiroyli pand-
nasihat bilan da’vat qiling!” (Nahl, 125.) 
 
1. Allohning elchisi Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan Abdulloh ibn Mas’ud (Alloh 
undan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladi. “Rasululloh (s.a.v.) bizga malol kelmasin deb, va’z 
aytmoq uchun ma’lum kunlarni belgilab qo‘ygan edilar”. 
 
Mening vasiyatim, avvalo fikr qilib, bulardan eslatma-ibrat olish, keyin boshqalarga 
eslatish. Bu ishga bizni Alloh taolo buyurgan va rasuli ham. Alloh aytadi: 
 
«Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qib-o‘rganib, yolg‘iz 
Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘lingizlar» (Oli Imron, 79). 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
 
Ba’zi mufassirlar bu oyatni: “Insonlarga kitobdan o‘rgatayotgan narsalaringizga amal 
qilguvchi bo‘linglar”, deb tafsir qilishgan. Alloh taolo yana aytadi”. 
 
“Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlari-gina qo‘rqur” (Fotir, 28). Boshqa 
bir oyatda, U payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) deydi: 
 
“Ey (liboslarga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) 
ogohlantiring!” (Muddassir, 1-2). 
 
Boshqa o‘rinda yana Alloh taolo aytadi: 
“Va (Qur’on bilan) pand-nasihat qiling! Zero, bu pand nasihatlar mo‘minlarga 
naf yetkazur” (Vaz-zoriyot, 55). 
 
2. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinganki: “Bir soatlik tafakkur bir yillik nafl ibodatdan 
yaxshidir”. 
 
Ibrat, hikmat va mav’izalardan yuz o‘girgan kishi ikki xislatdan birida bo‘ladi: yo oz amal 
qilib, o‘zini ko‘p yaxshilik qilguvchilardan hisoblab qoladi. Yo ba’zi harakatlar qilib 
urinadi, bu ko‘ziga ko‘p ko‘rinadi va shu bilan o‘zini afzal bilib, sa’y-harakat va amallarini 
yo‘q qilib qo‘yadi. Agar bularga (hikmat va mav’izalarga) nazar qilsa, ibodatlarga hirsi 
ziyoda bo‘lib, darajasi past ekanini biladi. 
 
Allohdan yaxshi amallar va ulug‘ barakotlarga muvaffaq etishini so‘raymiz. U zot ne’mat 
berguvchi, qodir zotdir. 
 
___________ 
Muallif muqaddimasidagi hadislar 
 
1. Abdulloh ibn Mas’ud. Muttafaqun alayhi*. 
2. Abu Hurayra. «Bir soat fikrlash...» Mavzu’* Abu Shayxning «Al-uzoma» kitobida (44) va Javziyning «Al-mavzu’otlar» kitobida (144/3).
 
 
 
I BOB. IXLOS 
 
2. Faqih (Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadi: Muhammad ibn 
Labid rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam deydilar: 
“Sizlarning orangizga kirishidan eng xavfsiragan narsam kichik shirkdir”. “Kichik shirk 
nima, yo Rasulalloh?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Riyodir. Alloh taolo bandalarini amallariga 
ko‘ra jazolaydigan kunda ularga: “Dunyoda ular ko‘rsin uchun amal qilganlaring 
kishilarga boringlar, qaranglar-chi, ularning oldida biror yaxshilik topasizlarmi?” deydi”. 
 
Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadiki: Shubhasiz, ularga shu gap aytiladi. Chunki ularning 
amallari dunyoda aldashlik bo‘ldi, ularga oxiratda o‘zlarining aldovi asosida muomala 
qilinadi. Alloh taolo aytganidek: 
 
“Albatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar, holbuki, Alloh ularni aldab 
qo‘yguvchidir” (Niso, 142). Ya’ni aldanganliklari barobarida ularni jazolaydi, 
amallarining savobini botil qiladi va  ularga Alloh aytadi: “Kim uchun amal qilgan 
bo‘lsangizlar, o‘shalarga boringlar va  albatta, sizlarning amallaringiz uchun Mening 
huzurimda savob yo‘qdir”. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
 
Chunki bu amallar xolis Alloh uchun bo‘lmadi. Qachonki banda xolis Alloh taolo uchun 
amal qilsa, shundagina savob vojib bo‘ladi. Agar o‘sha amalda Alloh taologa boshqani 
sherik qilsa, Alloh bunday amaldan bezordir. 
 
3. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladi: 
Alloh taolo aytadi: “Men sheriklardan behojatman va Menga boshqani sherik 
qilgan amaldan ham behojatman, so‘ng Menga boshqani sherik qilib amal 
etgan kimsadan ham bezorman”. 
 
Ya’ni, birov uchun qilingan amaldan ham va shu amalni bajaruvchidan ham behojatman, 
deydi. Albatta, Alloh taolo bu amaldan biror narsani qabul qilmaydi, faqat ixlos bilan 
qilingan amalni qabul etadi. Agar ixlos bo‘lmasa, unday amalni qabul etmaydi. Oxiratda 
unga savob yo‘qdir va uning borar joyi jahannamdir. Bunga dalil Alloh taoloning so‘zi: 
“Kim naqd(dunyo)ni ko‘zlovchi bo‘lsa, Biz (shu dunyoda ulardan) o‘zimiz 
istagan kimsalar uchun o‘zimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz”. Ya’ni, 
kimki dunyo ishini xohlasa, oxirat savobini umid qilmasa, dunyo matosidan 
xohlaganimizcha shu dunyoda unga beramiz. “Kim uchun”, ya’ni kimni xohlasak, halok 
qilurmiz va “kimniki xohlasak”, dunyo matosidan nimaiki bo‘lsa, xohish-irodamiz bilan 
berurmiz, uning xohishi bilan emas, deyiladi. “So‘ng unga jahannamni joy qilib 
berurmiz”. Ya’ni, Biz oxiratda unga do‘zaxni vojib qilgaymiz, “unga kiradigan”, ya’ni 
do‘zaxga kiradigan. “Mazammat va quvg‘inga duchor bo‘lgan holda”, ya’ni Alloh 
taoloning rahmatidan uzoqlashtirilgan holda do‘zaxga tashlanadi. “Kimiki oxiratni 
istasa”, ya’ni kim oxirat savobini istasa, “oxiratga loyiq sa’y-harakat qilsa”, ya’ni Alloh 
taologa ixlos bilan amallarini oxirat uchun qilsa, “mo‘min bo‘lgan holda”, ya’ni amal bilan 
birga imonli bo‘lsa, chunki amal imonsiz qabul qilinmaydi: “unday zotlar”, ya’ni dunyoda 
riyo uchun amal qilmay, oxirat savobini talab etib, amal qilgan zotlar... “Unday 
zotlarning sa’ylari (Alloh nazarida) maqbuldir”, ya’ni ularning amallari qabul bo‘ladi. 
 
“Bu dunyoda odamlarning barchalariga – mana bularga ham, anavilarga ham 
Parvardigoringizning ne’matidan ato eturmiz”, ya’ni ikki jamoaga – 
mo‘minlarga ham, kofirlarga ham Parvardigoringiz rizqidan beriladi. 
“Parvardigo-ringizning ne’mati man qilinmas” (Al-Isro, 18-20), ya’ni 
Parvardigoringizning rizqi bu dunyoda hech kimdan – mo‘min, kofir, yaxshi va 
yomondan man’ qilinmaydi. 
 
Bu oyati karimada Alloh taolo, albatta kimiki Allohdan boshqa uchun amal qilsa, oxiratda 
unga savob yo‘qligini va borar joyi jahannam ekanligini bayon qildi. Kimiki Alloh taolo 
uchun amal qilsa, uning amali maqbuldir. Agar Alloh taolodan boshqasi uchun amal 
qilsa, unga amalidan foyda yo‘q, faqatgina, xabarda kelganidek, mashaqqat va qiynalish 
bor, xolos. 
 
4. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar: 
“Ro‘zador borki, uning ro‘zasida faqat ochlik va chanqoqlikdan boshqa hech qanday 
nasiba yo‘qdir. Sahar turuvchi borki, uning turishida faqat erta uyg‘onish va qiynalishdan 
boshqa hech nasiba yo‘qdir”. Ya’ni, agar ro‘za va namoz Alloh taolo uchun bo‘lmasa, 
unga savob yo‘q. 
 
Hukamolarning ayrimlaridan rivoyat qilinadi “Riyo va dovruq uchun toat-ibodat qilgan 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
kishining misoli cho‘ntagini toshga to‘ldirib bozorga  chiqqanga o‘xshaydi. Odamlar 
aytishadi: “Bu kishining cho‘ntagi qanchalar to‘la”. Holbuki, unga insonlarning shu 
so‘zidan boshqa foyda yo‘qdir va agar biror narsa sotib olmoqchi bo‘lsa, unga hech narsa 
berishmaydi. Riyo va dovruq uchun qilingan amal ham shunday. Oxiratda unga savob 
bo‘lmaydi. Alloh taolo aytganidek: 
 
“(Zotan) Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon 
(kabi) qilib qo‘ygandirmiz” (Furqon, 23), ya’ni Alloh taolodan boshqasi uchun 
qilingan amallarning savobini yo‘q etib, ularni xuddi sochilgan to‘zondek qilgaymiz. (U 
to‘zon quyosh nurida ko‘rinadigan chang-g‘uborga o‘xshashdir). 
 
5. Sufyon Savriydan, uning Mujohiddan eshitganlarini Vaki’ rivoyat qiladi. Aytishlaricha, 
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oldilariga bir kishi keldi va: “Yo Rasulalloh 
men sadaqa qilmoqchiman va shu sadaqa bilan Allohnning roziligini topmoqchiman, 
meni yaxshi deyishlarini xohlayman”, dedi. So‘ng ushbu oyat nozil bo‘ldi: 
 
“Bas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, (ya’ni kim Alloh 
taoloning qudratidan qo‘rqib tursa va  Allohning savobini xohlagan bo‘lsa), u 
holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani 
Unga sherik qilmasin (ya’ni, qiladigan amallarini yolg‘iz Alloh uchun qilsin)” 
(Kahf, 110). 
 
Hakimlardan biri aytadi: “Kim yetti amalni yetti narsasiz qilsa, qilgan amali unga foyda 
bermaydi. Birinchisi, qo‘rquv bilan, ammo saqlanmasdan amal qilsa, ya’ni, albatta men 
Allohning azobidan qo‘rqaman, desa-yu, gunohlardan ehtiyot bo‘lmasa. Bas, bunday so‘z 
unga hech qanday foyda bermaydi. Ikkinchisi, talabsiz umid bilan amal qilsa, ya’ni men 
Alloh taoloning savobidan umid qilaman, deydi, ammo solih amallar bilan savobni talab 
etmaydi, uning so‘zidan  biror foyda yo‘qdir. Uchinchisi, qasdsiz niyat, ya’ni yaxshilik va 
toat-ibodatlar kabi amallar qilishlikni qalbida niyat etadi. Shuni qilishlikni o‘zi qasd 
qilmaydi, uning niyatidan biror foyda yo‘qdir. To‘rtinchisi, harakatsiz duo qilish, ya’ni 
yaxshi ishlarga muvaffaq etishni so‘rab Alloh taologa duo etadi, ammo harakat 
qilmaydi,  uning duosidan hech bir foyda yo‘q. Holbuki, Alloh taolo yordam qilishi uchun 
harakat lozimdir. Alloh aytadiki: 
 
“Bizning (yo‘limiz)da kurashgan zotlarni, albatta, o‘z yo‘limizga hidoyat 
qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qiluvchi zotlar bilan birgadir”. (Ankabut, 
69.) 
Ya’ni, ibodat va dinda harakat qilgan kishilarni shunga erishtiraman, deyilmoqda. 
 
Beshinchisi, pushaymonsiz istig‘for aytish, ya’ni Allohdan kechirishini so‘raydi-yu, ammo 
qilgan gunohlariga pushaymon bo‘lmaydi. Pushaymonsiz kechirim so‘rash foyda 
bermaydi. Oltinchisi, oshkora amal qilib, maxfiy amal qilmaslik, ya’ni oshkora qilganida 
ishlarini yaxshi bajaradi va yashirin, maxfiy holda yaxshi bajarmaydi, bu holda 
oshkoraligi unga hech bir foyda bermaydi. Yettinchisi, ixlossiz ko‘p amal qilish, ya’ni 
toat-ibodatda harakatni ko‘p qiladi, tirishadi, lekin Alloh taologa ixlos bilan amal 
qilmaydi. Ixlossiz uning amallari foyda bermaydi. Bunday amalda o‘zini-o‘zi aldagan 
bo‘ladi. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
6. Abu Hurayra roziyallohu anhuning Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat 
qilishicha, u zot aytadilar: “Oxir zamonda sut soqqandek dunyoni sog‘ish uchun qavmlar 
chiqadi (kitobning boshqa bir nusxasida: “dunyoni tortadilar, jalb etadilar”), ya’ni din 
(nomi) bilan dunyoni yeydilar, (yana boshqa bir nusxada: “dunyoni oladilar”), ya’ni 
dunyoni egallab oladilar, so‘ng yumshoqligi qo‘y terisidek liboslar kiyadilar. Ularning 
tillari shakardan shirinroq, qalblari esa bo‘rilarning qalbidek”. 
 
Alloh taolo aytadiki: “Meni aldaysizlarmi yoki menga qarshi jur’at qilasizlarmi? (Jur’at 
qilish hech fikrlamasdan o‘zini qo‘rqmas, shijoatli ko‘rsatishdir) o‘zimga qasamki, albatta 
ularning ustiga bir fitnani yuborgayman, unda oqil-hakimlar lolu hayron qolgaydir”. 
 
7. Abu Hurayra rivoyat qiladi: Payg‘ambarimizning yonlariga bir kishi kelib: “Yo 
Rasulalloh, men bir amalni qildim, uni sir saqladim, so‘ng undan xabardor bo‘lib qolishdi, 
mana shu narsa meni quvontirsa, bu amalda menga savob bormi?” dedi. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Bu ishda sen uchun sirligi va oshkoraligida – har 
ikkisida ham savob bor”. 
 
8. Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadi: Hadisning ma’nosi shuki, albatta, bir kishi o‘zining 
ishini oshkor etsa va bu amalga biror kishi iqtido qilsa, ergashsa, bas, u kishi uchun 
ikkita savob bor: bittasi – uning o‘z amali uchun, ikkinchisi - shu amali bilan birovni 
ergashtirganligi uchun. Rasulalloh sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek: “Kimiki urfda 
yaxshi ishni joriy qilsa, shu yaxshi ishning savobi va ergashib shu yaxshi ishni qilgan 
kishining savobi unga qiyomatgacha yetib turadi. Va kimiki urfda yomon bir ishni joriy 
etsa, o‘sha yomonligining gunohi va ergashib shu yomonlikni qilgan kishining gunohi 
unga qiyomatgacha yetib turadi”. 
 
Ammo agar unga birov ergashganligi uchun emas, balki o‘zining ishi oshkora bo‘lganligi 
uchun quvonsa, bu holda amalining savobi ketishidan qo‘rqmog‘i kerak. 
 
9. Abdulloh ibn Muborak rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Albatta, 
maloikalar Allohning bandalaridan bittasining amalini  ko‘taradilar, so‘ng bu amalni 
ko‘paytiradilar va poklaydilar, to Alloh taolo xohlagan manzilgacha yetib, to‘xtaydilar. 
Ularga Alloh taolo: “Albatta, sizlar bandamning amalini saqlovchisizlar. Men esa 
bandamning ichida nima borligini kuzatuvchiman, muhaqqaq, bu bandam amalida 
Menga ixlos qilmadi, bas, uni sijjiynga (kofir va fosiqlar ruhi turadigan joy) yozing”, 
deydi. Va yana bir bandaning amalini olib, ko‘tariladilar, u amalni oz va past sanashadi. 
Alloh taolo xohlagan manzilgacha yetib to‘xtaydilar. So‘ng Alloh taolo ularga: “Albatta, 
sizlar Mening bandamning amalini saqlovchisizlar va Men bandamdagi narsani 
kuzatuvchiman. Albatta, u bandam o‘z amalida Men uchun ixlos qildi, bas, uni illiyinga 
(solih bandalar ruhi turadigan joy) yozinglar”, deb aytadi”. 
 
Bu xabar, albatta, Alloh taolo uchun qilingan oz amal Alloh taolodan boshqaga qilingan 
ko‘p amaldan yaxshiroq ekanligiga dalildir. Albatta, Alloh taolo o‘zining fazli bilan ixlos 
ila qilingan oz amalni ziyoda etadi. Alloh taolo aytganidek: 
 
“Shubhasiz, Alloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas. Agar zarracha 
yaxshilik bo‘lsa, uni bir necha barobar qilur va o‘z huzuridan ulug‘ ajr ato etur” 
(Niso, 40). 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
Ammo amali ko‘p bo‘lsa-yu, Alloh taolo uchun bo‘lmasa, bas, unday kishiga savob 
yo‘qdir va uning biror joyi jahannamdir. 
 
10. Shufay Asbahiy aytadi: Madinaga kirdim, qarasam, bir kishining oldida odamlar 
yig‘ilgan ekan. “Bu kishi kim?” deb so‘radim. “Abu Hurayra”, dedilar. So‘ng unga 
yaqinlashdim, u odamlarga gapirar edi va bir ozdan keyin gapini to‘xtatdi, so‘ng odamlar 
tarqalib, yolg‘iz o‘zi qolganda: “Alloh taolo sizni eslasin, menga Rasulalloh sallallohu 
alayhi vasallamdan eshitgan, yodlagan, o‘rgangan va bilgan hadislaringizni ayting”, 
dedim. Abu Hurayra: “O‘tir, senga Rasulalloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitgan 
hadislarimni aytaman”, dedi. Men bilan Abu Hurayradan boshqa hech kim yo‘q edi, keyin 
xo‘rsinib yig‘lab yubordi va hiqillagan, yuzlari qizargan holda bir oz vaqt turib qoldi, 
o‘ziga kelganidan so‘ng yuzlarini artdi. “Rasulullohdan eshitgan hadisni senga albatta 
aytaman”, dedi, so‘ng yana xo‘rsinib yig‘lab yubordi va ozroq turib qoldi, keyin o‘ziga 
kelib, ko‘z yoshllarini artdi-da, aytib berdi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam menga 
aytdilarki: “Albatta, Alloh taborak va taolo qiyomat kunida O‘zining yaratganllari orasida 
butun itoatli ummatga hukm qiladi. Birinchi, Qur’onni yod oldim deb da’vo qilgan 
kishiga, Alloh yo‘lida o‘ldirilgan kishiga va  moli ko‘p kishiga hukm qiladi. Alloh taolo 
(Qur’on yodlagan)  qoriga aytadiki: “Rasulimga  tushirgan narsani senga 
o‘rgatmadimmi?” “O‘rgatding, yo Parvardigor”, deydi. “O‘rgatgan narsalarimdan 
nimalarga amal qilding?” deydi Alloh. “Kecha va kunduzlarda Qur’on o‘qishda qoim 
bo‘ldim” deydi. “Yolg‘on aytding!” deydi. Alloh taolo va maloikalar ham: “Yolg‘on 
aytding!” deydilar. “Balki sen, falonchi qori, deyishlarini xohlagan eding va albatta 
shundoq deyishdi ham”, degay va do‘zaxga olib borishlarini amr etgay. Dunyo egasiga: 
“Men senga molu dunyo berdim, sen Men uchun nima amallar qilding?” deydi. Shunda u 
: “Molimni silai rahmga sarfladim va sadaqalarga ishlatdim”, deydi. “Yolg‘on aytding!” 
deydi Alloh taolo va maloikalar ham: “Yolg‘on aytding!” deydilar. “Balki, falonchi saxiy 
kishi ekan, deyishlarini xohlagan eding va shundoq dedilar ham”, degay hamda do‘zaxga 
olib borishlarini buyurgay. So‘ng Alloh taolo yo‘lida o‘ldirilgan kishini keltiradilar. Unga: 
“Nima uchun o‘ldirilding?” deydi. “Senning yo‘lingda jang qildim, hatto o‘ldirildim”, 
deydi. “Yolg‘on aytding!” deydi Alloh taolo va maloikalar ham: “Yolg‘on aytding!” 
deydilar. “Balki seni “Falonchi jasur” deyishlarini xohlagan eding. So‘ng shun-day 
deyishdi ham”, degay.  Va do‘zaxga olib borishlari amr etgay... “Keyin Rasululloh 
sallallohu alayhi vasallam tizzamga qo‘llari bilan urib: “Ey Abu Hurayra, bu uch turli 
kishilar ular bilan qiyomat kuni jahannam qizdiriladigan Allohning ilk maxluqlari”, 
dedilar. So‘ng bu xabar Muoviyaga yetgach, qattiq yig‘ladi. “Alloh va uning rasuli to‘g‘ri 
aytadi”, dedilar. So‘ng bu oyati karimani o‘qidi: 
 
“Kim (faqat) shu hayoti dunyoni va uning zeb-ziynatlarini istaydigan bo‘lsa, 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling