Al-Forobiy “Fozil odamlar shahri” Nizomul-mulk “Siyosatnoma”, Fitrat “Muxtasar islom tarixi”, G‘azzoliy “Kimyoi saodat”, Rumiy J. Masnaviy rivoyatga sharh, E. Fromm “Dusha cheloveka”, S. Xantington “Sivilizatsiyalar to`qnashuvi”, E


Download 28.43 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi28.43 Kb.
#1636580

Al-Forobiy “Fozil odamlar shahri” Nizomul-mulk “Siyosatnoma”, Fitrat “Muxtasar islom tarixi”, G‘azzoliy “Kimyoi saodat”, Rumiy J. Masnaviy. rivoyatga sharh, E.Fromm “Dusha cheloveka”, S.Xantington “Sivilizatsiyalar to`qnashuvi”, E.Toffler “Uchinchi to‘lqin” asarlarining tahlili

Jaloliddin Rumiy – ulug‘ mutasavvif shoir. Turklarning ham dastlabki yozma adabiyoti arab va fors tillarida yaratilgan. Chunki XI-XIV asrlarda Turkiyada saljuqlar saltanati davrida arab tili din va fan tili, fors tili esa saroy poeziyasi tili rolini o‘ynar edi. Keyinchalik turk tilida ilk badiiy asarlar yaratila boshladi. Eng birinchi turk yozuvchilaridan biri sifatida Jaloliddin Rumiyni (1207 - 1273) ko‘rsatish mumkin.


Ota-bobolari asli Xorazmlik turkiy qabilalardan bo‘lgan Jaloliddin Rumiy Sharq klassik adabiyotining ulug‘ siymolaridan biridir. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi buyuk zotlar Jaloliddin Rumiyga e’tiqod qilganlar va o‘zlariga ustoz deb bilganlar. Shoir 1207 yilda Balx shahrida tavallud topgan. Uning otasi Muhammad Bahouddin Valad o‘z davrining mashhur so‘fisi, va’zxoni bo‘lgan. Qandaydir sabablar bilan u Balxdan Bag‘dodga ko‘chib ketadi, keyin esa Turkiyaning bir qancha shaharlarida yashaydi. Shu davrdagi Turk sultoni Alouddin Kaykubod Jaloliddinning otasini Kunyo shahriga taklif qiladi. Saljuq sultonlarining bosh shahri Kunyoda ilm-ma’rifat ahllari to‘plangan edi. Bahouddin Valad shu yerda madrasalarda dars berdi, va’zlar o‘qidi. U juda mashhur bo‘lib ketdi, uning o‘qigan va’zlariga hatto Sulton Kaykubodning o‘zi ham ko‘pincha ishtirok etardi 1231 yili Bahouddin Valad vafot etgach, uning o‘rniga o‘g‘li Jaloliddin bosh mudarris etib tayinlandi.
Jaloliddin otasidan o‘rgangan bilimlarini ishga solib, uning ishlarini davom ettirdi. Otasining mashhur shogirdi Burxoniddin Termizdan Kunyoga keladi. Uning maslahati bilan Jaloliddin Rumiy 1233 yilda o‘z bilimlarini yanada takomillashtirish uchun Xalabga boradi va o‘z zamonasining mashhur olimi Muxiddin Ibn al-Arabiy bilan tanishadi. Bu yerda u to‘rt yilcha tasavvuf va fiqx ilmidan saboqlar oladi. U Kunyoga qaytib kelib, yana bosh mudarris vazifasida ishladi. Uning shuhrati butun musulmon olamiga yoyilib bordi. 1244 yil Jaloliddin Rumiy hayotida katta voqea yuz berdi. Kunyoga Shamsiddin Tabriziy degan darvish keldi. Bu inson o‘z zamonining mashhur so‘fiylaridan bo‘lib, tasavvuf ilmi sirlarini juda chuqur tushungan. Jaloliddin shu kishi bilan tanishib, u bilan umrbod yaqin do‘st va maslakdosh bo‘lib qoldi.
U Shams Tabriziy bilan tanishgach, uning ilhom bulog‘ining ko‘zi ochildi. U endi dilidagi fikrlarini she’riy yo‘lda izhor qila boshladi. 54 ming misradan iborat «Devoni kabir» to‘plamini yaratdi. Jaloliddin Rumiy o‘z shogirdlariga ruhoniy tushunchalarni musiqa va raqs vositasida egallash yo‘lini o‘rgatdi. Shoir yashagan davrdan to bugungi kunlargacha Turkiyada Jaloliddin Rumiyning «raqsi samo’»si ibodat usullaridan biri sifatida davom etib kelmoqda.
Jaloliddin Rumiy olti jildlik «Masnaviy» kitobini Farididdin Attorning «Mantiqut tayr» kitobidan ilhomlanib yozgan. Bu kitob 25700 baytdan iborat bo‘lib, xalq orasida «Fors tilidagi Qur’on» deb juda yuqori baholanadi.
Ma’lumki, Ahmad Yassaviy «Hikmat» devoniga kirgan she’rlarining ko‘pchiligi «Qur’on» va «Hadis»lardagi ilohiy ma’nolarni sodda va tushunarli qilib turkiy tilda bayon etgan bo‘lsa, ikkinchi bir turk Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy»si ana shu vazifani forsiy tilda bajardi. «Masnaviy» asari ko‘plab rivoyatlar asosida yozilgan, har bir rivoyatda biron-bir ibratli voqea hikoya qilinadi va bu rivoyatlar o‘quvchining ongiga ta’sir qiladigan, uzoq vaqtlar saqlanib qoladigan xususiyatlarga ega. «Podsho va kanizak haqidagi rivoyat», «Baqqol va uning to‘tisi haqidagi rivoyat», «Xalifa va Layli haqida hikoyat», «Uch yo‘lovchi haqida hikoya», «Eshak va darvishlar haqida rivoyat» lar yuqoridagi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Bulardan tashqari, Mavlono Jaloliddin yana ko‘plab ruboiylar yozgan. Uning ruboiylari ham nihoyatda yuqori mahorat va katta ilhom mevasining mahsuli ekanligi bilan ajralib turadi. Shoirning «Fih-mofih», «Makotib», «Ma’jolisi sa’ba» singari asarlari ham bor. J.Rumiyning qabri Kunyo shahrida bo‘lib, bu yer butun musulmonlarning ziyoratgohidir.
Jaloliddin Rumiy ijodida tasavvuf ruhida yozilgan masnaviylar katta qismni tashkil etadi. Bular fors tilida yozilgan bo‘lsa-da, turk tasavvuf adabiyotining shakllanishiga asos bo‘ldi. Shoirning turk tilida yozilgan turli mavzudagi she’rlari ham anchaginadir. Jaloliddin Rumiy boshlab bergan an’analarni uning o‘g‘li Sulton Valid davom ettirdi. 1301 yilda uning turk tilida yozgan birinchi she’rlar to‘plami chop etildi. Keyinchalik Yunus Emro va Oshiq Posholarning tasavvuf ruhida yozilgan she’rlari paydo bo‘ldi. Ayniqsa, Oshiq Poshoning «Darveshnoma » asari turk adabiyotining rivojlanishiga katta ta’sir qildi.
Ma’lumki, Alisher Navoiy qalamiga mansub she’riyatning barchasi “Xazoyin ul-maoni” tarkibiga kiritilmagan. Ularning ayrimlari mustaqil asarlar sifatida taqdim etilgan. Ana shunday asarlardan biri “Arba’in”ni misol qilib keltirish mumkin. “Arba’in” yoki “Arba’in hadis”. “Qirq hadis” deb atalgan mazkur asarning yozilish tarixi to'g'risida Alisher Navoiyning o'zi asarning muqaddimasi hamda ustozi Abdurahmon Jomiy haqidagi “Xamsat ul-mutahayyirin” asarida shunday hikoya qiladi:“Ul vaqtdakim (ya’ni 886-hijriy – 1481-melodiy yilda – B.V.) alar (ya’niAbdurahmon Jomiy – B.V.) “Arba’in hadis”ni forsiy nazm bila tarjima qilib erdilar va ma’hud odat bila borcha ashobdin burunroq faqirg'a iltifot qilib, musavvadasinberdilar, chun mutolaasig'a mashg'ul bo'ldum…, hamul “Arba’in”g'a turkicha til bila tarjima orzusi ko'ngulga tushti. Alardin ruxsat sharafiga musharraf bo'lg'ondin so'ngra hamul kun ul samin javohir nazm silkiga kirdi” Demak, Alisher Navoiyning “Arba’in”i 886-hijriy – 1481-melodiy yilda yozilgan bo'lib, unda Rasululloh Muhammad (s.a.v.)ning qirqta saheh hadislari she’riy tarzda-to'rt misradan iborat qit’a shaklida sharh qilingan.Hadislarni sharhlashdan kuzatilgan asosiy maqsadni Alisher Navoiy “Arba’in” uchun masnaviy shaklida yozilgan kirish qismida shunday bayon etgan:Ul Rasuleki kalomi faseh,Elga yetkurdi ham hadisi saheh.To ulus jahldin xalos bo'lub,Ilm xilvatgahiga xos bo'lib Chun tog'din najot topqaylar, Ujmoq ichra hayot topqaylar. Demak, asar xalqni jaholatdan asrash, uning ilmli va ma’rifatli bo'lishini istash maqsadida yozilgan. Darhaqiqat asarda pand-nasihat mavzusidagi qirqta hadis  tanlanib, ular nihoyatda katta mahorat bilan o'zbek tilida talqin qilingan. Bu ishning qanday darajada amalga oshirilganini aniq tasavvur ettirish maqsadida ulardan  ayrimlarini nazardan o'tkazish ma’qul. 1. “Hadisning asli: al-ilmu lo yubxalu minhu”, ya’ni: ilmni to'hfa qilishda (o'rgatishda) baxillik qilma. Abdurahmon Jomiyning sharhi: ьEy, garonmoya mardi donishmand, Ki turo ilmi din buvad ma’lum. Musta’idro az on mashav mone’, Mustahiqro az on makun mahrum. Alisher Navoiyning tarjima-sharhi: Ey xiradmand olimeki senga, Ilmi din ro'ziy ayladi sone’. Kishi o'rgansa, qilmag'il mahrum,Yoki naf’ olsa, bo'lmag'il mone’. Keltirilgan misolda arab, fors va turkiy tillar qatnashmoqda. Arab tilidagi asl matn nihoyatda ixcham bo'lib, to'rt so'zdan tashkil topgan. Jomiy va Navoiy misralari esa asliyatning so'zma-so'z tarjimasi bo'lmay, balki badiiyat qonuniyati asosida amalga  oshirilgan to'rt misralik qit’a talablariga muvofiq sharhlardir, ularda qofiya bor, vazn bor. Jomiy va Navoiy sharh-qit’alarining birinchi baytida olim-donishmandga murojaat qilish bor. Bu murojaat asliyatda yo'q, demak ular sharhlovchilarning ilovasi. Qit’alarning ikkinchi baytida esa hadisning mazmuni qamrab olinib, ular asosiy maqsadni ifodalovchi yakuniy baytga aylanganlar. Shunday qilib, bu sharhlar hadis ruhidagi axloqiy mavzudan bahs yurituvchi mustaqil qit’alardir. 2. Hadisning asli: “xayr un-nasi man yanfa’ un-nasa,” ya’ni yaxshi odam ulki, odamlarga nafi tegadi yoki odamlarga foydasi tegadigan kishi yaxshi odamdir. Abdurahmon Jomiy sharhi: Ey, ki pursi ki behtarin kas kist? Go'yam az qavli behtarin kason: Behtarin kas kase buvad, ki zi xalq Besh boshad ba xalq naf’rason. Alisher Navoiyning tarjima-sharhi: Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur? Eshitib, ayla shubha raf’andin. Yaxshiraq bil oni ulus orakim Yetsa ko'proq ulusqa naf’andin.
Umumiy yo'nalish, ya’ni tarjima-sharhlik nuqtai nazaridan bu misol ham avvalgisiga o'xshash bo'lsa-da, ammo buning o'ziga xos tomonlari ham bor. Bu o'ziga xoslikning birinchisi shundan iboratki, arab tilidagi matnda saj’ san’ati (nasi-nasa) ko'zga tashlanadi. Hadis o'z ruhi bilan savol-javob uslubini esladi. Ana shu uslub Jomiy  va Navoiy sharhlarida ham mavjud. Shuning uchun har ikki muallif qit’alarining birinchi bayti shoirlarning savol beruvchi shaxsga murojaati shaklini olgan bo'lsa, ikkinchi baytlar unga javob tarzida bo'lib, hadisning mazmunini o'zlarida mujassam etganlar. Ikkinchidan, hadisning birinchi qismidagi “xayr un-nasi” – “yaxshi odam” iborasi Jomiyda uch marta “behtarin kas” tarzida takrorlangan bo'lsa, Navoiyda “yaxshiroq kim” iborasi ikki marta ishlatilib, asosiy urg'u shunga qaratiladi hamda oxirda unga javob beriladi. Shunday qilib, Jomiy ham, Navoiy ham bu xulosani  fikrning yuqori nuqtasi darajasiga ko'taradilar va o'quvchini unga zinama-zina olib chiqadilar. Sunday qilib, Alisher Navoiyning “Arba’in hadis” yoki “Arba’in” deb ataluvchi  asari hadislar misolida muallifning hayot va insoniylikka doir mulohaza va mushohadalarini yaqqol gavdalantiradi. 
Download 28.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling