Ал-хоразмий номидаги


Download 271 Kb.
bet5/5
Sana21.02.2023
Hajmi271 Kb.
#1216632
1   2   3   4   5
Bog'liq
Test topshirig`i

UMUMIY TESTLAR

1. Moliyaviy Hisobot standartlariga bo`lgan ehtiyojga nima sabab bo`ldi?


a) Barcha xo`jalik yurituvchi sub’ektlar hisobotlariga bir xilda yondashishi.
b) Investitsiya qo`yishni osonlashtirish.
v) Buxgalteriya hisobi yuritishni osonlashtirish.
g) Hisobotlar tuzishni yengillashtirish.

2. Xo`jalik mablag’lari va jarayonlarini qaysi o`lchov umumlashtirib ko`rsatadi?


a) Natura o`lchovi. b) Mehnat o`lchovi.
v) Pul o`lchovi. g) Noto`g’ri javob yo`q
3. Tezkor hisobning asosiy vazifasi nimadan iborat?
a) Kuzatilayotgan ob’ektlarda sodir bo`layotgan o`zgarishlarni tezlik bilan xabar qilish.
b) Ishlab chiqarishdagi salbiy voqealarga barham berish.
v) Ishlab chiqarishdagi ijobiy voqealarni ro`yxatga olish.
g) Boshqaruvga ma’lumot berish.

4.. Buxgalteriya hisobi predmeti qaysi javobda to`g’ri ko`rsatilgan?


a) Xo`jalik mablag’lari, xo`jalik jarayonlari.
b) Xo`jalik jarayonlari, o`z mablag’larining manbai.
v) Asosiy mablag’lar, chetga jalb qilingan mablag’lar mnabalari, xo`jalik jarayonlari.
g) Xo`jalik mablag’lari, xo`jalik mablag’larining tashkil topish manbalari, xo`jalik jarayonlari.

5. Xo`jalik mablag’larining turlari qaysi javobda to`g’ri ko`rsatilgan?


a) Asosiy, aylanma, oborotdan chetlatilgan mablag’lar.
b) Asosiy vositalar, pul mablag’lari, mehnat buyumlari.
v) Me’yorlashadigan, oborotdan chetlatilgan, asosiy xo`jalik mablag’lari.
g) pul mablag’lari, mehnat buyumlari, asosiy vositalar.

6. Xo`jalik mablag’lari manbalarining turlari qaysi javobda to`g’ri ko`rsatilgan?


a) majburiyatlar, kapital, foyda.
b) xususiy mablag’lar manbai, o`z mablag’larining manbai.
v) o`z mablag’larining manbai, majburiyatlar.
g) chetga jalb qilingan mablag’larning manbalari, majburiyatlar.

7. Xo`jalik jarayonlarining turlari qaysi javobda to`g’ri ko`rsatilgan?


a) keltirish, sotish, ishlab chiqarish. b) sotish, ishlab chiqarish.
v) ta’minot, sotish. g) ta’minot, ishlab chiqarish, sotish.

8. Buxgalteriya hisobi usullari qaysi javobda to`g’ri ko`rsatilgan?


a) Hujjatlashtirish, inventarizatsiya, ikkiyoqlama yozuv, balans va hisobot.
b) Baholash va kalkulyatsiya, hujjatlashtirish va inventarizatsiya, schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv, balans va hisobot.
v) Baholash va kalkulyatsiya, schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv.
g) Shaxmat yozuvi, kuzatuv, balans va hisobot.

9. Hisob turlari qaysi javobda to`g’ri ko`rsatilgan?


a) analitik, sintetik. b) sintetik, murakkab.
v) analitik, murakkab. g) oddiy, murakkab.

10. Statistik hisob deganda nimani tushunasiz?


a) ijmitoiy xo`jalik hodisalari to`g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va ishlash tizimi.
b) ichki va tashqi boshqarish uchun axborot manbai.
v) ishlab chiqarish faoliyati hisobi.
g) ta’minot jarayoni hisobi.
11. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar asosan kimlar hisoblanadi?
a) korxona boshqaruvchilari.
b) korxona faoliyatiga mablag’ kiritayotgan investorlar.
v) soliq inspektsiyalari, auditorlar
g) noto`g’ri javob yo`q.

12. Buxgalteriya hisobi tarkibiy tuzilishi bo`yicha qanday turlarga bo`linadi?


a) operativ, statistik. b) dastlabki, yakuniy.
v) moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi. g) jamlanma hisob, analitik hisob.

13. Moliyaviy va boshqaruv hisobining farqi bormi?


a) Ha. b) Yo`q. v) O`xshash. g) Qisman farqi bor.

14. Muomalalarning asosiy mazmuni nimadan iborat?


a) Korxona mablag’larining harakati va ularnig shakllarini o`zgarishidan.
b) Muomalalarni pulda ifodalashdan.
v) Boshqaruv axborotini shakllantirishdan.
g) Mulkdorlar uchun ma’lumotlar to`plashdan.

15. Korxona mablag’lari qanday guruhlarga bo`linadi?


a) Asosiy ishlab chiqarish va yordamchi ishlab chiqarish mablag’lari.
b) Asosiy materiallar va mehnat xarajatlari.
v) Ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va muomala sohasidagi mablag’lar.
g) Noishlab chiqarish va muomala sohasidagi mablag’lar.

16. Ishlab chiqarish jarayoni qaysi elementlarni o`z ichiga oladi?


a) Faqat mehnat vositalarini. b) Faqat mehnat buyumlarini.
v) Faqat ishchi kuchini. g) Barcha javoblar to`g’ri.

17. Mehnat vositalari mehnat buyumlaridan nimasi bilan farq qiladi?


a) Ishlab chiqarishda uzoq muddat davomida qatnashishida.
b) O`z qiymatini tayyor mahsulotga qisman o`tkazishida.
v) O`z tashqi ko`rinishini o`zgartirmasligida.
g) Barcha javoblar to`g’ri.

18. Harakatdagi kapital nimalardan iborat?


a) Asosiy kapital va asosiy vositalar. b) Aylanma kapital va pul mablag’lari.
v) Aylanma kapital va pul kapitali. g) Barcha javoblar to`g’ri.

19. Korxona mablag’lar manbalari qanday guruhlarga bo`linadi?


a) O`z mablag’lari va ustav kapitali. b) Ustav kapitali va taqsimlanmagan foyda.
v) O`z mablag’lari va majburiyatlar. g) To`g’ri javob yo`q.

20. Tuzish manbalariga qarab balans qanday turlarga bo`linadi?


a) inventar, daftar balansi, bosh balans. b) yig’ma, yakka, munitsipial.
v) netto, brutto, yakka. g) yakka, asosiy, alohida balans.
21. Axborot hajmi bo`yicha balans qanday turlarga bo`linadi?
a) inventar, daftar balansi, bosh balans. b) yakka, munitsipal.
v) netto, brutto, yakka. g) yakka, konsolidatsiyalashgan balans.

22. Faoliyat xarakteri bo`yicha balans qanday turlarga bo`linadi?


a) asosiy, asosiy bo`lmagan. b) davlat korxonalari, munitsipal
v) netto, brutto, yakka. g) yakka, konsolidatsiyalashgan balans.

23. Mulkchilik shakli bo`yicha balans qanday turlarga bo`linadi?


a) asosiy, asosiy bo`lmagan.
b) davlat korxonalari, aktsionerlik jamiyatlari, munitsipal, qo`shma korxonalar
v) netto, brutto, yakka.
g) yakka, konsolidatsiyalashgan balans.

24. Aks ettirish ob’ekti bo`yicha balans qanday turlarga bo`linadi?


a) yuridik shaxs bo`lgan korxonaning mustaqil balansi, filiallar, tsexlar, bo`linmalar balansi
b) yakka, konsolidatsiyalashgan balans.
v) davlat korxonalari, aktsionerlik jamiyatlari, munitsipal, qo`shma korxonalar
g) asosiy, asosiy bo`lmagan.

25. Tozalash usuli bo`yicha balans qanday turlarga bo`linadi?


a) yakka, konsolidatsiyalashgan balans. b) asosiy, asosiy bo`lmagan.
v) netto, brutto. g) inventar, daftar balansi, bosh balans.

26. O`zbekiston respublikasida tozalash usuli bo`yicha qanday balans tuziladi?


a) brutto. b) netto v) alohida. g) yakuniy.

27. Kalkulyatsiya hisobvaraqlari qaysi maqsad uchun qo`llaniladi?


a) Mahsulot sotishdan bo`lgan yalpi foydani aniqlash.
b) Ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxini aniqlash.
v) Mehnat haqi sarfini aniqlash.
g) Ma’muriy xarajatlarni aniqlash.

28. Ikkiyoqlama yozuv tizimini birinchi kim kashf etgan?


a) Kapernik. b) Nyuton. v) Al-Xorazmiy. g) Pacholi.

29. Yangi schyotlar rejsida nechta schyot, qism va bo`lim bor?


a) 249 ta balans schyot, 20 ta balansdan tashqari schyot, 7 ta qism, 10 ta bo`lim bor.
b) 249 ta balans schyot, 14 ta balansdan tashqari schyot, 6 ta qism, 9 ta bo`lim bor.
v) 249 ta balans schyot, 18 ta balansdan tashqari schyot, 9 ta qism, 6 ta bo`lim bor.
g) 259 ta balans schyot, 28 ta balansdan tashqari schyot, 9 ta qism, 6 ta bo`lim bor.

30. Materiallarni baholash usullari qaysi javobda to`g’ri keltirilgan?


a) LIFO, FIFO, AVECO. b) reja, shartnoma.
v) Haqiqiy, reja. g) reja, haqiqiy, shartnoma.
31. Asosiy vositalar kapital qo`yilmalar quruvchi (buyurtmachi) balansida qaysi qiymatda baholanadi?
a) dastlabki qiymatda. b) xarid qiymatida.
v) Haqiqiy ishlab chiqarish qiymatida. g) tugatish qiymatida.

32. Ishlab chiqarish zahiralari kapital qo`yilmalar quruvchi (buyurtmachi) balansidaqaysi qiymatda baholanadi?


a) dastlabki qiymatda. b) xarid qiymatida.
v) haqiqiy tannarx qiymatida. g) tugatish qiymatida.

33. Tayyor mahsulotlar kapital qo`yilmalar quruvchi (buyurtmachi) balansida qaysi qiymatda baholanadi?


a) dastlabki qiymatda. b) xarid qiymatida.
v) qoldiq qiymatda. g) haqiqiy ishlab chiqarish qiymatida.

34. Xarajatlar tarkibi to`g’risidagi nizom moddiy ishlab chiqarish zahiralarini baholashda buxgalteriya hisobining qaysi tamoyilini qo`llashni nazarda tutadi?


a) uzluksizlik. b) ehtiyotkorlik. v) ofsetting. g) hisoblash.

35. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning buxgalteriya hisobida nechta ususli mavjud? a) 3 ta b) 4 ta v) 5 ta g) 6 ta


36. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning oddiy usuli deganda nimani tushunasiz?


a) hamma asosiy xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo`yicha har bir ishlab chiqarish buyurtmasi uchun alohida hisoblanadi.
b) asosan metallurgiya, to`qimachilik sanoati korxonalarida qo`llaniladi.
v) mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq to`g’ri va egri xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo`yicha hisoblanadi.
g) mashinasozlik hamda metallni qayta ishlash korxonalaria qo`llaniladi.

37. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning jarayonlar usuli deganda nimani tushunasiz?


a) hamma asosiy xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo`yicha har bir ishlab chiqarish buyurtmasi uchun alohida hisoblanadi.
b) asosan metallurgiya, to`qimachilik sanoati korxonalarida qo`llaniladi.
v) mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq to`g’ri va egri xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo`yicha hisoblanadi.
g) mashinasozlik hamda metallni qayta ishlash korxonalaria qo`llaniladi.

38. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning buyurtmali usuli deganda nimani tushunasiz?


a) hamma asosiy xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo`yicha har bir ishlab chiqarish buyurtmasi uchun alohida hisoblanadi.
b) asosan metallurgiya, to`qimachilik sanoati korxonalarida qo`llaniladi.
v) mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq to`g’ri va egri xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo`yicha hisoblanadi.
g) mashinasozlik hamda metallni qayta ishlash korxonalarda qo`llaniladi.
39. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning normativ usuli deganda nimani tushunasiz?
a) hamma asosiy xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo`yicha har bir ishlab chiqarish buyurtmasi uchun alohida hisoblanadi.
b) asosan metallurgiya, to`qimachilik sanoati korxonalarida qo`llaniladi.
v) mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq to`g’ri va egri xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo`yicha hisoblanadi.
g) mashinasozlik hamda metallni qayta ishlash korxonalarda qo`llaniladi.

40. TMZlarni baholash qaysi BHMS bilan tartibga solinadi?


a) 1-BHMS bilan b) 5-BHMS bilan
v) 15-BHMS bilan g) 4-BHMS bilan.

41. Ishlab chiqarishda band bo`lgan xodimlarga ish haqi hisoblandi:


a) Dt 2310 Kt 6710 b) Dt 6710 Kt 2010
v) Dt 2010 Kt 6710 g) Dt 6710 Kt 5010

42. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga qo`shildi:


a) Dt 2310 Kt 2010 b) Dt 2010 Kt 2310
v) Dt 2010 Kt 2610 g) Dt 2010 Kt 2510

43. Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarni kapital ta’mirlash uchun zahira hisoblandi:


a) Dt 2010 Kt 8910 b) Dt 2010 Kt 4910
v) Dt 2010 Kt 9910 g) Dt 2010 Kt 8310

44. Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot qabul qilindi:


a) Dt 2010 Kt 2910 b) Dt 2810 Kt 2010
v) Dt 23010 Kt 5110 g) Dt 2910 Kt 5010

43. Mol yetkazib beruvchilardan materiallar qabul qilindi:


a) Dt 6010 Kt 5110 b) Dt 6010 Kt 1010
v) Dt 1010 Kt 6010 g) Dt 1010 Kt 5110

45. Mol yetkazib beruvchiga to`lov o`tkazildi:


a) Dt 6010 Kt 1010 b) Dt 0810 Kt 5110
v) Dt 0810 Kt 6010 g) Dt 6010 Kt 5110

46. Asosiy vosita uchun to`lov o`tkazildi:


a) Dt 0110 Kt 0810 b) Dt 0810 Kt 5110
v) Dt 1010 Kt 6010 g) Dt 1010 Kt 2010

47. Xo`jalik yurituvchi sub’ektlarda inventarizatsiya o`tkazish tartibi qaysi BHMS da belgilab berilgan?


a) 21-BHMS b) 12-BHMS v) 19-BHMS g) 5-BHMS

48. Inventarizatsiya natijasida naqd pullar ortiqchaligi aniqlandi:


a) Dt 5010 Kt 5110 b) Dt 5110 Kt 5010
v) Dt 5010 Kt 6410 g) Dt 5010 Kt 9390
49. Hisob registrlarini qanday ta’riflaysiz?
a) Pul mablag’larini hisobga oladigan hujjat.
b) TMZlarni hisobga oladigan hujjat.
v) Tayyor mahsulotlarni guruhlash uchun moslashgan qog’oz varaqlari.
g) Dastlabki hujjatlarda qayd etilgan muomalalar to`g’risidagi ma’lumotlarni ro`yxatga olish va guruhlash uchun moslangan qog’oz varaqlari.

50. Pul mablag’lari nechanchi jurnal-orderlarda hisobga olinadi?


a)1, 2-jurnal-orderlarda. b) 6, 8-jurnal-orderlarda.
v) 13, 16-jurnal-orderlarda. g) 10,12-jurnal-orderlarda

51. Asosiy vositalarni qabul qilish va berish qaysi shaklda hisobga olinadi?


a) AV-8. b) AV-7. v) AV-2. g) AV-1

52. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish qaysi shaklda hisobga olinadi?


a) AV-3. b) AV-2. v) AV-1. g) AV-7.

53. Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkalari qaysi shaklda hisobga olinadi?


a) AV-3. b) AV-9. v) AV-8. g) AV-7.

54. Ta’mirlangan va mukammallashtirilgan asosiy vositalarni qabul qilish va topshirish qaysi shaklda hisobga olinadi?


a) AV-3. b) AV-2. v) AV-1. g) AV-7.

55. Materiallarni qabul qilishda nechanchi shakldagi dalolatnoma tuziladi?


a) M-4. b) M-5. v) M-6. g) M-7.

56. Mol yetkazib beruvchining omboridan materiallarni avtotransport bilan markazlashtirilgan tartibda keltirilganda qanday hujjat rasmiylashtiriladi?


a) M-4. b) M-5. v) M-6. g) M-5 va M-6

57. Materiallarni ombordan omborga ichki ko`chirishlarda qaysi hujjat rasmiylashtiriladi?


a) M-4. b) M-5. v) M-6. g) M-7.

58. TMZ tezkor-buxgalteriya hisobini qo`llaganda omborxonadagi materiallarning turlari va navlarining miqdor ko`rsatkichi qaysi shakl kartochkada hisobga olinadi?


a) M-7. b) M-8. v) M-6. g) M-12.

59. Mehnat vaqtidan foydalanishni hisobga olishda qaysi shakllar qo`llaniladi?


a) T-12 va T-13. b) T-15 va T-16. v) T-49 va T51. g) T-18 va T-21.

60. Yillik moliyaviy hisobot nechta shakldan iborat bo`ladi?


a) 3 ta. b) 5 ta. v) 7 ta g) 10 ta.

61. Pul oqimlari harakati to`g’risidagi hisobot nechanchi shakl hisoblanadi?


a) 2-shakl. b) 3-shakl. v) 4-shakl. g) 5-shakl.
62.Asosiy vositalar harakati to`g’risidagi hisobot nechanchi shakl hisoblanadi?
a) 2-shakl. b) 3-shakl. v) 4-shakl. g) 5-shakl.

63. Xususiy kapital to`g’risidagi hisobot nechanchi shakl hisoblanadi?


a) 2-shakl. b) 3-shakl. v) 4-shakl. g) 5-shakl.

64. Mahsulotlar (ish va xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalrni aniqlash tartibi to`g’risidagi nizom qachon tasdiqlangan?


a) 1992 yil 10 oktabr. b) 1996 yil 21 dekabr.
v) 1999 yil 5 fevral. g) 2000 yil 30 avgust.

65. Buxgalteriya hisobi to`g’risidagi qonun qachon qabul qilingan?


a) 1992 yil 10 oktabr. b) 1996 yil 30 avgust.
v) 1999 yil 5 fevral. g) 2000 yil 21 dekabr.

66. Bugungi kunga qadar jami nechta BHMS amaliyotga joriy qilingan?


a) 18 ta. b) 20 ta. v) 21 ta. g) 22 ta.

67. Schyotlar rejasi nechanchi sonli BHMS ga ko`ra qo`llaniladi?


a) 12-sonli. b) 18-sonli. v) 20-sonli. g) 21-sonli.

68. Hisob siyosatini shakllantirish tartib-qoidalari nechanchi sonli BHMS ga ko`ra tartibga solinadi?


a) 12-sonli. b) 10-sonli. v) 1-sonli. g) 2-sonli.

69. Pul oqimlari to`g’risidagi hisobot nechanchi sonli BHMS ga ko`ra tartibga solinadi?


a) 2-sonli. b) 4-sonli. v) 7-sonli. g) 9-sonli.

70. Xususiy kapital to`g’risidagi hisobot nechanchi sonli BHMS ga ko`ra tartibga solinadi?


a) 12-sonli. b) 14-sonli. v) 17-sonli. g) 19-sonli.

71. Buxgalteriya balansi nechanchi sonli BHMS ga ko`ra tartibga solinadi?


a) 12-sonli. b) 14-sonli. v) 15-sonli. g) 16-sonli.

72. Ijara hisobi nechanchi sonli BHMS ga ko`ra tartibga solinadi?


a) 2-sonli. b) 4-sonli. v) 5-sonli. g) 6-sonli.

73. Nomoddiy aktivlar nechanchi sonli BHMS ga ko`ra tartibga solinadi?


a) 2-sonli. b) 4-sonli. v) 7-sonli. g) 9-sonli.

74. Moliyaviy natijalar to`g’risidagi hisobot nechanchi sonli BHMS ga ko`ra tartibga solinadi?


a) 2-sonli. b) 3-sonli. v) 4-sonli. g) 5-sonli.
75. Pul mablag’lariga nimalar kiradi?
a) kassadagi naqd pul.
b) kassadagi naqd pul, hisob-kitob schyotidagi mablag’lar
v) valuta schyotidagi mablag’lar
g) noto`g’ri javob yo`q

76. Uzoq muddatli aktivlarga nimalar kiradi?


a) valuta mablag’lari, investitsiyalar
b) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo`yilmalar
v) kreditlar, qimmatbaho qog’ozlar
g) veksellar, inventar qiymatliklar

77. Akkreditivlar qanday mablag’lar sirasiga kiradi?


a) moddiy mablag’lar b) nomoddiy mablag’lar
v) pul mablag’lari g) to`g’ri javob yo`q.

78. Asosiy vositalar deganda nimani tushunasiz?


a) Bir yildan ortiq xizmat qiluvchi va qiymati ellik barobar minimal ish haqidan kam bo`lmagan vositalar
b) Ishlab chiqarishda qiymatini bira to`la mahsulot qiymatiga o`tkazadigan vositalar
v) Bir yildan ortiq xizmat qiluvchi va qiymati ellik barobar minimal ish haqidan kam bo`lgan vositalar.
g) Amortizatsiyalanmaydigan aktivlar

79. Xo`jalik inventarlari va qiymatliklariga nimalar kiradi?


a) Bir yildan ortiq xizmat qiluvchi va qiymati ellik barobar minimal ish haqidan kam bo`lmagan vositalar.
b) Nomoddiy aktivlar
v) Bir yildan ortiq xizmat qiluvchi va qiymati ellik barobar minimal ish haqidan kam bo`lgan vositalar
g) Amortizatsiyalanadigan aktivlar

80. Nomoddiy aktivlarga nimalar kiradi?


a) royalti, gudvill, franchayzing, dasturiy ta’minot
b) gudvill, veksel
v) optsionlar, kreditlar
g) cheklar, tara va idishlar

81. Tovar-moddiy zahiralarga nimalar kiradi?


a) mashina va uskunalar
b) pul mablag’lari, kreditlar
v) xom-ashyo, tara va idishlar, yoqilg’i, ehtiyot qismlar, qurilish materaillari
g) gudvill, xom-ashyo

82. Daromadlar qanday mablag’lar sirasiga kiradi?


a) aktiv mablag’lar b) passiv mablag’lar
v) qarz mablag’lar g) majburiyatlar
83. Xo`jalik muomalalarining buxgalteriya balansiga necha xil turdagi ta’siri mavjud?
a) 2 xil b) 3 xil v) 4 xil g) 5 xil

84. Balansning tomonlari qaysi javobda to`g’ri ko`rsatilgan?


a) aktiv, passiv
b) debet, kredit.
v) xo`jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari.
g) aktiv, passiv, debet, kredit

85. Balans aktivining bo`limlarining nomlanishi qaysi javobda to`g’ri ko`rsatilgan?


a) asosiy vositalar, aylanma aktivlar
b) ishlab chiqarish zahiralari, aylanma mablag’lar
v) uzoq muddatli aktivlar, aylanma aktivlar
g) asosiy vositalar, pul mablag’lari

86. Balans passivining bo`limlarining nomlanishi qaysi javobda to`g’ri ko`rsatilgan?


a) chetga jalb qilingan mablag’larning manbalari, majburiyatlar, aktivlar
b) o`z mablag’larining manbalari, majburiyatlar
v) uzoq muddatli aktivlarning manbalari, aylanma aktivlar manbai.
g) majburiyatlar, uzoq muddatli aktivlar manbai.

87. Muomalalar summasi ikkiyoqlama yozuvda qanday aks ettiriladi?


a) Bir schyotning debeti va ikkinchi schyotning ham debetida.
b) Bir schyotning krediti va ikkinchi schyotning ham kreditida
v) Balansli schyotning debetida va balansdan tashqarii schyotning kreditida
g) Bir balansli schyotning debetida va ikkinchi balansli schyotning kreditida

88. Oddiy muomala deganda nimani tushunasiz?


a) Bir schyotning debeti va ikkinchi schyotning ham debetiga yozilishi
b) Bir schyotning krediti va ikkinchi schyotning ham krediti
v) Bir schyotning debeti va ikkinchi schyotning krediti
g) Bir schyotning debeti ikki va undan ortiq schyotlarning krediti

89. Murakkab muomala deganda nimani tushunasiz?


a) Bir schyotning debeti hamda ikki va undan ortiq schyotlarning krediti
b) Bir schyotning krediti va ikkinchi schyotning ham krediti
v) Bir necha schyotlarning debeti va bir necha schyotlarning krediti.
g) To`g’ri javob yo`q

90. Sintetik schyotlar qanday ma’lumotlarni beradi?


a) Natura o`lchovidagi ma’lumotlarni
b) Pul o`lchovidagi ma’lumotlarni
v) Mehnat o`lchovidagi ma’lumotlarni
g) Xo`jalik mablag’lari va muomalalari haqida umumlashtirilgan ko`rsatkichlarni
91. Analitik schyotlarda nimalar ko`rsatiladi?
a) Sintetik schyot ma’lumotlarini batafsil ko`rstib beradi va unda umumiy ko`rinishda aks ettirilgan mablag’larning tarkibiy qismlarini ko`rsatadi
b) Faqat natura ko`rsatkichida aks ettiriladi
v) Bir necha analitik schyotlar ma’lumotari bir necha sintetik schyotlar ma’lumotlariga tengligini ko`rsatadi.
g) Tashkiliy schyotlarda mas’uliyatlar faqat summa ko`rsatkichida aks ettiriladi.

92. Valuta mablag’lari qaysi schyotda hisobga olinadi?


a) 5200 b) 5000 v) 5100 g) 5500

93. Asosiy vositalar qaysi schyotda hisobga olinadi?


a) 0111 b) 0310 v) 0200 g) 0500

94. Kapital qo`yilmalar qaysi schyotda hisobga olinadi?


a) 0600 b) 0700 v) 0800 g) 0900

95. Uzoq muddatli investitsiyalar qaysi schyotda hisobga olinadi?


a) 0600 b) 0700 v) 0800 g) 0900

96. O`rnatiladigan uskunalar qaysi schyotda hisobga olinadi?


a) 0600 b) 0700 v) 0800 g) 0900

97. Uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan xarajatlar qaysi schyotda hisobga olinadi?


a) 0600 b) 0700 v) 0800 g) 0900

98. Olinadigan schetlar qaysi schyotda hisobga olinadi?


a) 3100 b) 4000 v) 4300 g) 44

99. Kelgusi davr xarajatlari qaysi schyotda hisobga olinadi?


a) 3100 b) 4000 v) 4300 g) 4400

100. Budjetga bo`nak to`lovlari qaysi schyotda hisobga olinadi?


a) 3100 b) 4000 v) 4300 g) 4400


- -

Download 271 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling