Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
tahorat vositasi qilib berildi»,— deganlari xususida
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 57-bob. Masjidda ayol kishining (agar uning boshqa boshpanasi bo‘lmasa) yashamog‘i va uxlamog‘i to‘g‘risida
- 58-bob. Masjidda kishilarning uxlamog‘i to‘g‘risida
- 59-bob. Safardan qaytgach, o‘qiladigan namoz
- 60-bob. Kimki masjidga kirsa, ikki rak’at namoz o‘qisin!
- 61-bob. Masjidda tahorat sindirish to‘g‘risida
- 62-bob. Masjid un-Nabiyning binosi
- 63-bob. Masjid qurilishiga hashar qilish
- 64-bob. Usta va hunarmandlardan masjid va minbarlarni tuzatishda yordam so‘ramoq
- 65-bob. Masjid qurgan kishi fazilati xususida
- 67-bob. Masjidda yurish tartibi
- 68-bob. Masjidda she’r aytmoq to‘g‘risida
- 69-bob. Nayzabardorlarning masjidga kirmog‘i joiz
- 70-bob. Masjid minbaridan turib oldi-sotdi to‘g‘risida so‘zlash
- 72-bob. Masjidga tushgan latta-putta, xas-cho‘p va boshqa tashlandiq narsalarni yig‘ishtirmoq hamda masjidni supurmoq
- 73-bob. Kayf qiladirgan ichimliklar sotishni masjidda taqiqlash
- 74-bob. Masjidga xizmat qilish
- 75-bob. Asir va dushmanni masjidga bog‘lab qo‘ymoq
- 77-bob. Masjidda kasallar va boshqalar uchun chodir qurishning joizliga
- 78-bob. Biror zarurat sababli masjidga tuya birlan kirish haqida
- 80-bob. Masjidga uyidan darcha va yo‘l ochmoq
- 81-bob. Ka’batulloh va masjidlar eshigini ochmoq va ularni berkitmoq to‘g‘risida
- 82-bob. Masjidga mushriklarning kirmog‘i xususida
- 83-bob. Masjidlarda baland ovoz birlan gaplashmoqning noo‘rinligi
tahorat vositasi qilib berildi»,— deganlari xususida
Jobir ibn Abdullohning naql qilishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan ekanlar: «Olloh taolo tomonidan menga ilgarigi payg‘ambarlarning birortasiga ham ato etilmagan beshta imtiyoz berilmishdir: 1) Bir oylik yo‘lda to‘rganimdayoq dushmanlarim yuragiga qo‘rquv solinib, g‘olib qilinmishmen 2) Butun yer yuzi menga sajdagoh qilib berilmishdir. Qaysi bir ummatimga namoz vaqti qaerda to‘g‘ri kelsa, o‘sha yerda namoz o‘qiyversin! 3) Jangda olingan o‘lja menga halol qilinmishdir 4) Har bir payg‘ambar o‘z qavmigagina payg‘ambar qilib yuborilur erdi. Men ersam, hamma odamlarga payg‘ambar qilib yuborilmishmen 5) Menga shafoat qilmoq imkoniyati ham berilmishdur».
Oisha onamiz quyidagicha naql qiladilar: «Arab qavmlaridan birining yosh zanjiya (negr qiz) joriyasini ozod qildilar. U ozod qilganlar birlan birga qoldi. O’sha zanjiya qiz: «Bir kuni men qabiladagi yosh kelinchaklardan biri birlan o‘ynagani chiqdim. Kelinchakning qizil taqinchog‘i bor erdi», — debdi. Oisha onamiz aytadilar: «Kelinchak tanqinchog‘ini bir joyga qo‘yibdir, shu payt bir kush uchib kelib, taqinchoqni go‘sht deb o‘ylab olyb qochibdir». «Taqinchoqni qidirishdi, hech topa olmadilar, keyin menga sen olding, deb tuhmat qildilar-da, hamma yog‘imni tinta boshladilar (Oisha onamiz aytadilar: Hatto uning oldini ham qarab ko‘ribdilar»). Ollohga qasam ichib ayturmenkim, men ular birlan birga turibman-u, birdan qush uchib o‘tib, munchoqni yerga tashladi. Munchoq shundoqqina ularning oldiga tushdi. «Mana o‘sha sizlar menga olding, deb tuhmat qilayotgan narsa, (vaholanki) men bu gunohdan uzoqdirman, dedim» — debdi zanjiya qiz. Oisha onamiz aytadilar: «Zanjiya qiz Rasululloh huzurlariga kelib, islomga kirdi. Uning masjidda chodiri (yoki bir boshpanasi) bo‘lib, mening oldimga kelib turar erdi. Men u birlan suhbatlashib o‘tirar erdim. «Taqinchoq voqeasi sodir bo‘lgan kun rabbimizning ajoyibotlaridandir. U meni kufr olamidan qutqardi», — deb qo‘yardi. Bir, kuni men: «Senga ne bo‘lgan o‘zi, qachon qarasa, men birlan o‘tirganingda taqinchoq to‘g‘risida bayt aytasan?» — deganimda, u mazkur qissani aytib bergan erdi».
Anas raziyallohu anhu quyidagi hadisni keltiradilar: «Aql qabilasidan bir jamoa kishilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, ular Masjid un-Nabiy supasida yashab turgandi. Abdurrahmon ibn Abu Bakr: «Supada yashovchi kishilar faqirlar erdi», — deydi».
«Abdulloh ibn Umar bo‘ydoqlik vaqtlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidlarida yotib qolar erdi», — deydilar Nofi’ raziyallohu anhu.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 94 Sahl ibn Sa’d naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Fotimaning uyiga keldilar. (Kuyovlari) Alini uydan topmadilar. Shunda Fotimaga: «Amakivachchang (ya’ni, ering) qaerdadir?» — dedilar. «O’rtamizdan bir narsa o‘tgan erdi, mendan g‘azablanib, chiqib ketdi, namozdan keyin qaylula ham qilgani yo‘q (kunduzi mizg‘igani ham yo‘q)»,— dedi Fotima. Shunda Rasululloh yonlaridagi kishiga: «Qaragal, u qaerda erkan»,— dedilar. Kishi kelib: «Yo Rasululloh, u masjidda yotibdir»,— dedi. Rasululloh masjidga keldilar. Ali esa masjidda ridolari yelkadan tushib ketgan, yelkalariga tufroq tekkan holda yotgan erkanlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Alining yelkalaridagi tufroqni qoqib turib: «Turg‘il yigit, turg‘il tufroq yigit!» — dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu riyuyat qiladilar: «Ahli supalardan (masjidda yotib yuruvchilardan) biror yetmish nafarini ko‘rdim, birortasining ridosi yo‘q, yo bir parcha lungi yokim ko‘ylakni (kichikligidan) bo‘yniga osib olgan, ba’zisiniki boldirgacha, ayrimlariniki to‘piqqacha ham yetmaydir. «Avratim ko‘rinib qolmasin»,— deb doim qo‘li birlan kiyimini ushlab yuradir».
Ka’b ibn Molik aytadilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safardan kelsalar, eng avvalo masjidga kirib namoz o‘qir edilar».
Jobir ibn Abdulloh naql qiladilar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning xuzurlariga keldim, u kishi masjidda erkanlar. Nazarimda choshgoh vaqti erdi. Shunda Misvar: «Rasululloh menga: «Safardan qaytibdursen (shukronasiga) ikki rak’at namoz o‘qib olg‘il!» — dedilar. Keyin, menda qarzlari bor edi, qarzlarimni ham berdilar, yana unga qo‘shib hadya pul ham berdilar»,— dedi».
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz masjidga kirg‘aydirsiz, ikki rak’at namoz o‘qimay, o‘tirmangiz!—deganlar»,— deydilar Abu Qatoda.
Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringaz namoz o‘qisangiz, farishtalar siz uchun istig‘for aytib turg‘aydirlar, shundoq erkan (namoz vaqtida masjidda) tahoratingizni sindirmangiz! Farishtalar: «Bu kishining gunohlarini kechirg‘il, ilohi, bu kishiga rahm qilg‘il! — deb turg‘aydirlar»,— deganlar».
Abu Sa’d naql qiladilar: «Rasulullohning masjidlari shipi xurmo shoxidan erdi. Hazrat Umar (xalifalik davrida) masjid binosini tuzatmakni buyurdilar. Ustaga: «Odamlarni yomg‘irdan asrag‘il, lekin masjidni qizartirib. sargaytirib bo‘yamag‘il, odamlarning xayolini buzmasin!»— dedilar. Anas: «(Keyinchalik) odamlar masjid binosi birlan faxrlanib yurg‘aydirlar-u, lekin kam ta’mir qilg‘aydirlar»,— dedilar. Ibn Abbos esa: «Ollohga qasamyod qilib ayturmankim, yahudiy va nasorolar ibodatxonalarini bezaganidek, sizlar ham masjidlarni bezaydirsizlar»,— dedilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 95
Ibn Abdulloh bunday deb aytgan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Masjid un-Nabiyning devori xom g‘ishtdan, shipi xurmo shoxidan, ustunlari ersa xurmo yog‘ochidan erdi. Abu Bakr xalifalik qilgan vaqtida masjidga biror o‘zgarish kiritmadi. Xalifa Umar esa masjidning bo‘yiga ham eniga ham qo‘shdi. Asosiy binoni o‘zgartirmadi. Devori xom g‘ishtligicha, shipi xurmo shoxidan qilinganicha qoldi, ammo ustunlarini o‘zgartirdi. Chunki ular chirigan erdi. Keyin, Usmon raziyallohu anhu masjid binosiga ko‘p o‘zgarishlar kiritdi. Masjidning devorlarini naqshli toshlar va ganch birlan bezattirdi, ustunlarini ham naqshli toshlardan qurdirdi, shipini ersa soj daraxti yog‘ochidan yasattirdi».
Olloh taolo bunday deydi: «Mushriklarning, o‘zlarini kofir erkanliklarini bila turib, Olloh taoloning masjidlarini obod qilmoqlari foydasizdir. Ularning barcha qilgan ishlari bekor ketgandir (savobi yo‘qdir), ular do‘zaxda (otashda) abadiy yong‘aydirlar, Olloh taoloning masjidlarini, Ollohning birligiga, oxirat kunining haqligiga ishongan, namoz o‘qiydirgan, zakot bergan va Ollohdan boshqa hech kimdan qo‘rqmagan kishilargina obod qilg‘aydir. Shoyad o‘shalar hidoyat topgan (eng to‘g‘ri yo‘lda yashag‘an) ersalar!».
Ikrima bunday deb rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos men va o‘g‘illari Aliga: «Boringiz, Abu Sa’iddan hadis eshitingiz!» — dedilar. Biz bordik, u kishi bog‘da ishlayotgan ekanlar, ridolarini olib, unga o‘randilar-da, bizga hadis ayta boshladilar, to Masjid un-Nabiy binosi qurilishigacha gapirib berdilar, so‘ng: «Biz g‘ishtni bitta-bittadan ko‘tarar erdik, Ammor esa ikkita-ikkitadan ko‘tarar erdi. Shu payt Rasululloh uni ko‘rib qoldilar-u, ustidagi changni qoqib: «Ammorning holiga yuy! Ammor ularni jannatga da’vat qilur, ular ersa Ammorni do‘zaxga da’vat qilmoqdalar»,— dedilar. Shunda Ammor: «Fitnalar balosidan Ollohning o‘zi asrasin meni!—deb qo‘ydi»,— dedilar.
so‘ramoq
Sahl ibn Sa’id naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Duradgor g‘ulomig‘a buyursin, menga o‘rindiq yasab bersin!»—deb bir ansoriy ayolga odam yubordilar».
Jobir raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, sizga bir o‘rindiq yasatib beraymi, chunki mening duradgor g‘ulomim bor»,— dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar istasang, mayli»,— dedilar. So‘ngra u xotin o‘rindiq yasatib berdi».
Usmon Zunnurayn bunday degan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidlarini ta’mirlamak paytida odamlar turli g‘iybat gaplarni ayta boshladilar. Usmon raziyallohu anhu ularga: «Sizlar gapni ko‘paytirib yubordingiz, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Kimki (shu suhbatda bo‘lgan Bakir. «Ollohning rizoligini istab, degan edi shekilli»,— deydilar) masjid qurg‘aydir, Olloh taolo jannatda unga shunga o‘xshash qasr barpo qilg‘usidir, deganlarini eshitganman»,— dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 96
66-bob. Masjidda o‘q-yoyning uchidan ushlab yurilg‘aydir
Sufyon raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Men Amrga: «Sen Jobir ibn Abdullohning «Bir kishi masjidda o‘q-yoy birlan yurgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Yoyning uchidan (tig‘idan) ushlab yurg‘il!» — deb aytgan erdilar» deganini eshitganmisan? » — dedim. Amr: «Ha, eshitganman»,— dedi».
Abu Muso naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bizning masjidlarimizda yokim bozorlarimizda yoyga o‘xshash tig‘li narsa birlan yuradirg‘on ersa, uning tig‘idan ushlab yursin, tokim biror musulmong‘a jarohat yetkazmagaydir!» — deganlar».
Abu Salama ibn Abdurrahmon ibn Avf quyidagi hadisni aytib berganlar: «Hasson ibn Sobit (shoir), Abu Hurayraning guvoh bo‘lmoqlarini so‘rab: «Olloh haqqi-hurmati, aytingiz-chi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ey Hasson, ilohi, Rasulullohga Ruh ul-Quddusni (Jabroilni) madadkor aylag‘il, deb (she’r) ayt!» deganlarini eshitganmisiz?» — dedi. Abu Hurayra: «Ha, eshitganman»,— dedilar».
Oisha onamiz bunday degan erdilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hujram eshigi oldida turganlarini va habash jangchilar harbiy mashq qilayotganini ko‘rdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni, ularning o‘yiniga qarayotganimda, ridolari birlan to‘sar erdilar». Ushbu hadisni Ibrohim ibn Munzar: «Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, habash jangchilar (u yerda) nayzabozlik qilishayotgan erkan»—deganlar», deb bir oz o‘zgartirib aytib berdi.
Oisha onamiz huzurlariga Burayra ismli ayol kelib, o‘zining qullikdan ozod bo‘lmog‘iga to‘lanadigan pulga yordam qilmaklarini so‘radi. Oisha onamiz: «Agar istasang, men zimmangdagi mablag‘ni egangga berg‘aydirman, lekin unda sen mening panohimga o‘tg‘aydirsan»,— dedilar. Uning egalari: «Agar shuni xohlasangiz, zimmasida qolgan qarzini siz bera qolingiz»,— deyishdi. Sufyon: «Agar xohlasangiz, uni ozod qilingiz, lekin u bizning panohimizda qolg‘aydir, deyishgandi»,—degandilar. Rasululloh kelganlaridan keyin Oisha onamiz haligi gapni aytdilar. Shunda Rasululloh: «Uni sotib olg‘il va ozod qilg‘il, kimki ozod qilgan ersa, u o‘shaning panohiga o‘tg‘aydir»,—dedilar. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarga chiqib: «Ne bo‘ldi odamlarga, Olloh taoloning Kitobida yo‘q narsalarni shart qilib qo‘ygaydir, garchi ul yuz karra shart qilib qo‘ysa ham, mutlaqo hisobga o‘tmagaydir» deb aytdilar»,— deydilar Sufyon. Imom Molik Oisha onamiz haqlarida rivoyat qilgan hadisda «Minbarga chiqdilar» degan joyi yo‘q.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 97
hukmi
Ka’b ibn Molik Ibn Abu Hidraddan qarzini qistadi. Ikkovlari janjallashib baqir-chaqir qilishganini Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida turib eshitdilar. Hujralarining pardasini ochib: «Ey, Ka’b!» — dedilar. «Labbayka, yo Rasululloh! » — dedi. «Qarzingning yarmini kechg‘il!» — dedilar yoki shu ma’noda ishora qildilar. Ka’b: «Xo‘p, kechdim»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi»va sallam Ibn Abu Hidradga: «Turg‘il, qarzingni to‘lag‘il!»—dedilar.
narsalarni yig‘ishtirmoq hamda masjidni supurmoq
Abu Hurayra raziyallohu anhu naql qiladilar: «Bir qop-qora kishi (yoki qop-qora xotin) masjidni supurib yurar erdi. Bir kuni u vafot etib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni so‘raganlarida, «Vafot etdi»,— deyishdi. Rasululloh: «Meni chaqirmabsizlar- da, unga janoza o‘qig‘ay erdim. Qabrini ko‘rsatingiz»,— debdilar. So‘ng, qabriga borib, janoza o‘qibdilar».
Oisha onamiz quyidagi hadisni aytdilar: «Sudxo‘rlik harom, deb aytilgan surai Baqara oyatlari nozil bo‘lganda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqib ularni o‘qib berdilar, so‘ng ichimlik sotmakni man’ qildilar».
Ibn Abbos bu xususda Bibi Maryamning «Surai oli Imron» dagi «Ilohi, qornimdagi homilamni senga nazr etdim, u faqat masjidga xizmat qilg‘usidir» degan so‘zlarini keltiradilar.
Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xotinmi yoki erkakmi, bir odam masjidda xizmat qilib yurar erdi»,— dedilar Abu Hurayra. Abu Rofi’: «Nazarimda, o‘sha xotin kishi erdi»,— dedilar. So‘ngra, Abu Hurayra o‘sha masjidga xizmat qilg‘uvchi odam vafot etgandan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning xususida nimalar deganlarini va uning qabriga borib janoza o‘qiganlarini aytdilar».
Abu Hurayra: «Janob Rasululloh bunday dedilar»,— deb rivoyat qiladilar: «Ifrit degan jin kecha kechqurun ro‘paramga kelib qolmishdir, (oldimga o‘tib) namozimni buzmoqchi bo‘lmishdir. Olloh taolo menga uni ushlamakka imkoniyat berdi. Tong otgach, hammangiz ko‘ringiz deb masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘ymoqchi bo‘ldim. Shunda birodarim Sulaymon alayhissalomning «Ilohi, meni kechirg‘il va menga shunday bir qudrat berg‘ilki, u mendan keyingilarda bo‘lmasin!» degan duosini esladim». «Janob Rasululloh Ifrit degan jinni keyin haydab yubordilar»,— deydilar Ravh raziyallohu anhu.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 98
(yana) masjidga asirni bog‘lab qo‘ymoqlik haqida
Shurayh qarzdorlarni masjid ustunlariga bog‘lab qo‘ymoqni buyurar erdilar. Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd tomonga askar yubordilar. Ular Baniy Hanifa qabilasidan bir kishini tutib kelishdi. Uning ismi Sumoma ibn Asol erdi. Asirni masjid ustunlaridan biriga bog‘ladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ichkaridan chiqib: «Sumomani qo‘yib yuboringiz!» — dedilar. Sumoma masjid yaqinidagi xurmozorga kirib g‘usl qildi, so‘ng masjidga kirib: «Ashhadu allo iloha illallohh va ashhadu anna Muhammadan rasululloh deb iymon keltirdi».
Oisha onamiz dedilar: «Xandaq urushida Sa’d qo‘lining yo‘g‘on tomiridan yaralandi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning uchun masjidga chodir tiklab berdilar. Yaqin kishilari uni tez-tez ko‘rib turmoqlari uchun shunday qildilar. Kasalning masjidda yotmog‘i sahobalarni xafa qilmadi. Masjidda Baniy Rifor qabilasiga tegishli yana bir chodir ham bor erdi. Ular ham bundan ranjimadilar, faqat Sa’dning chodiridan oqib chiqayotgan qon ularni tashvishga soldi. Ular: «Ey, chodirdagilar, ne bo‘ldi? Sizning chodiringizdan qon oqib chiqayotir»,— deyishdi. Borib qarasalar, Sa’dning jarohatidan qon oqayotgan erkan. Shu jarohatdan Sa’d vafot etdi».
Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batullohni tuyada tavof qildilar»,— deydilar.
Ummu Salama quyidagi hadisni aytib berdilar: «Men Rasulullohga tobim yo‘qlig‘idan shikoyat qildim. Rasululloh: «Odamlarga ergashib tuyada tavof qilaverg‘il!» — dedilar. Men tuyada tavof qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam esa, Ka’batulloh yonida «At-Tur» surasini zam qilib namoz o‘qir edilar».
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ikki kishi Janob Rasulullohning huzurlaridan qorong‘i kechada chiqdilar. Ularning yo‘lini bir nur chiroq kabi yoritib borar erdi. O’sha chiroqqa o‘xshagan nur to ikkalalarining yo‘llari ajralmaguncha birga bordi, keyin ikkiga bo‘linib, ularning har birini uylarigacha kuzatib qo‘ydi».
Abu Sa’id rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutbada va’z aytib: «Olloh taolo bandasiga bu dunyoni yokim o‘zining huzuridagi oxiratni tanlamak imkonini berdi, bandasi Olloh huzuridagisini tanladi»,— dedilar. Shunda Abu Bakr yig‘ladilar. Men o‘zimga o‘zim: «Bu mo‘ysafid nega yig‘layotir erkan, Olloh bandasiga: «Bu dunyoni yokim oxiratni tanlag‘il!» — desa, bandasi Olloh huzuridagi oxiratni tanlasa, shunga ham yig‘laydirmi?» — dedim. Keyin bilsam, o‘sha banda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 99 ekanlar. Buni bizga Abu Bakr aytdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey, Abu Bakr, yig‘lamangiz! Siz molini ham, ezgu so‘zini ham mendan ayamagan eng yaxshi odamdirsiz! Agar Ollohdan boshqa yana ummatlarimdan biror kishini ham o‘zimga xalil (eng yaqin do‘st) tutmog‘imga ijozat bo‘lg‘ay erdi, Abu Bakrni do‘st tutar erdim. Ammo bu mumkin emasdir. Islom birodarligi va islom do‘stlig‘igina mumkindir. Uydan masjidga qaratib ochilgan darchalarning birortasi ham qoldirilmay, urib tashlansin! Faqat Abu Bakrning darchasigina qolsa, basdir!»—dedilar».
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlaridan oldingi kasallik paytlarida boshlarini mato birlan boglab chiqdilar, Minbarga o‘tirib, Ollohga hamdu sano aytdilar. So‘ng: «Abu Bakrdan ko‘ra ko‘proq molu jonini menga fido qilgan inson yo‘q! Agar odamlar orasidan o‘zimga xalil (eng yaqin do‘st)tutadirg‘an bo‘lsam, Abu Bakrni tutar erdim. Lekin Ollohnigina eng yaqin do‘st tutmoq mumkindir. Shu boisdan insonlarga islom do‘stligi afzalroqdir. Masjid ichidagi Abu Bakrning darchasidan boshqa barcha darchalarni urib tashlangiz!» — dedilar».
«Ey, Abdumalik, Ibn Abbos masjidlarini va uning eshiklarini bir ko‘rganingda erdi!» deb aytdi menga Ibn Abu Mulayka», — deydilar Ibn Jurayj.
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga keldilar. Usmon ibn Talha: «Eshikni ochingiz!» — deb oyuz qildi. Eshikni ochishgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Ka’baga) kirdilar. U kishi birlan birga Bilol, Usoma ibn Zayd va Usmon ibn Talhalar ham kirdi. So‘ng, eshikni yopib qo‘ydilar. Bir ozdan keyin hammalari qaytib chiqdilar. Men shosha-pisha: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qidilarmi, yo‘qmi? » — dedim Bilolga. — Ha, o‘qidilar, — dedi. — Qaysi joyda? — dedim. — Ikki ustun oralig‘ida, — dedi. Qarangkim, o‘shanda «necha rak’at» deb so‘rash xayolimdan ko‘tarilibdir».
Sa’id ibn Abu Sa’id: «Quyidagi o‘adisni Abu Hurayradan eshitdim», — deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd tomonga askar yubordilar. Askarlar Baniy Hanifa qabilasidan bir kishini tutib kelishdi. Uni Sumoma ibn Asol deyishardi. Sumomani masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘ydilar» (bu hadis yuqorida aytilgan).
Soib ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Masjidda turgan erdim, bir kishi mayda tosh otib meni chaqirdi, qarasam, Hazrat Umar erkanlar. «Anavi ikki kishini olib kelg‘il!» — dedilar. Ikkovini boshlab keldim. «Kimsizlar? Qaerdansizlar?» — dedilar Hazrat Umar. «Toiflikmiz»,— deyishdi. «Agar Madina ahlidan bo‘lganingizda, darra urdirardim, (bu qanaqasi?) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidlarida ovozlaringizni ko‘targ‘aysizlar?»—dedilar Hazrat Umar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling