Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Boshning qammasiga mash tortmoq


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


39-bob. Boshning qammasiga mash tortmoq 

 

Alloh taolo oyati karimasida: «Boshingizga mash tortingiz!» — degan. Ibn Musayyab 



aytadilar: «Ayol kishi ham erkak kishi kabi boshining hammasiga mash tortadi». Imom 

Molikdan: «Boshning bir qismiga mash tortilsa, kifoya qiladimi?»—deb so‘rashdi. Imom 

Molik kifoya qilmasligiga Abdulloh ibn Zaydning hadisini dalil qilib ko‘rsatdilar. 

 

Amr ibn Yahyoning otasi bunday rivoyat qiladilar: «Bir kishi Abdulloh ibn Zaydga: 



«Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qanday tahorat olganlarini ko‘rsatib 

bera olasizmi?»—dedi. Abdulloh: «Ha, suv keltiringiz»,— dedi. So‘ng qo‘liga suv quyib, 2 

marta yuvdi, keyin 3 marta og‘iz va burun chayqadi, 3 marta yuzini yuvdi, 2 marta ikki 

qo‘lining tirsagigacha yuvdi, keyin boshiga mash tortdi, ikki qo‘lining kaftlarini 

peshonasidan to ensasigacha yurgizdi. Keyin boshlagan joyigacha qaytarib keldi. Keyin 

ikki oyog‘ini (oshig‘igacha) yuvdi».  

 

40-bob. Oyoqni tovonigacha yuvmoq 

 

Amr ibn Yahyo rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Zayddan Amr ibn Abu Hasan 



Rasulullohning qanday tahorat olishlari to‘g‘risida so‘radi. U: «Idishda suv keltiringiz!»— 

dedi. So‘ng idishdan qo‘liga suv quyib, 3 marta yuvdi, keyin idishga qo‘lini tiqib suv oldi-

da, 3 marta og‘iz va burun chayqadi, 3 marta yuzini yuvdi, ikki marta ikki qo‘lini 

tirsagigacha yuvdi. Keyin suv olib, mash tortdi, qo‘lini peshonasidan ensasigacha, 

ensasidan peshonasigacha bir marta yurgizdi».  

 

41-bob. Odamlarning tahorat qilingan suvni ishlatmog‘ining joizligi 

 

Jarir ibn Abdulloh misvok (tish tozalagich) bilan og‘iz tozalaganlaridan keyin qolgan 



suvni oilalariga (tabarruk qilib berganlaridan keyin): «Tahoratga ishlatingiz!» — deb 

buyurdilar. 

 

Hakim ibn Utaybaga Abu Juhayfa rivoyati: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizning 



oldimizga kun qizigan vaqtda chiqdilar, tahorat suvi keltirildi. Rasululloh sollallohu alayhi 

va sallam tahorat oldilar. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

44

tahoratlaridan tushayotgan suvni tabarruk qilib badanlariga surta boshladilar. Rasululloh 



hassalarini qibla tomonga sanchib qo‘yib, ikki rak’at (qasr, ya’ni qisqa qilib) peshin va 

ikki rak’at (bu ham qasr) asr namozi o‘qidilar». 

 

Abu Muso Ash’ariy bunday deydilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 



idishda suv olib kelmoqni buyurdilar, so‘ng yuz-qo‘llarini o‘sha suvga yuvdilar va 

og‘izlariga bir ho‘plam suv olib, idishdagi suvga purkadilar (tabarruk qilib berdilar), keyin 

Bilol va Abu Musoga: «Shu suvni ichingiz, u bilan yuzingiz va ko‘kraklaringizni 

yuvingiz!»—dedilar». 

 

Mahmud ibn ar-Rabi’ (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yoshligida yuziga suv 



purkagan yigit) bunday rivoyat qiladi (uning rivoyatini Misvar va Marvon ibn Hakam ham 

tasdiqlaydilar): «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tahorat olsalar, odamlar 

badanlaridan tushayotgan suvni olmoqqa talashib, urishib ketay derdilar».  

 

42-bob. Payg’ambarning tahorat suvi 

 

Soib ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Xolam meni Rasululloh huzurlariga olib borib: «Yo 



Rasulalloh, singlimning o‘g‘lining oyog‘i og‘rib qoldi»,— dedilar. Rasululloh sollallohu 

alayhi va sallam boshimni siladilar va meni «baraka topg‘il» deb duo qildilar, keyin 

tahorat oldilar. Tahoratdan tushgan suvdan ichdim, keyin Rasulullohning orqa 

tomonlariga o‘tib turdim, shunda ikki kuraklari o‘rtasida olmadek keladigan 

Payg‘ambarlik muhrini ko‘rdim».  

 

43-bob. Bir hovuch suv bilan og‘iz va burun chayqash 

 

Amr ibn Yahyoning otasi bunday rivoyat qiladi: «Abdulloh ibn Zayd idishdan qo‘liga suv 



quyib, qo‘lini yuvdi, keyin bir hovuch suv bilan og‘iz ham burun chayqadi, shu ishni 3 

marta qildi, so‘ng yuzini va ikki qo‘lini tirsagi bylan qo‘shib 2 marta yuvdi. Boshiga mash 

tortdi. Oyog‘ini tovoni bilan qo‘shib yuvdi, keyin: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va 

sallam shunday tahorat olar edilar»,— dedi».  

 

44-bob. Boshga bir marta mash tortmoq 

 

Amr ibn Hasan rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qanday 



tahorat qilishlarini Abdulloh ibn Zayddan so‘radim. Shunda u: «Idishda suv 

keltiringiz!»—dedi. So‘ng tahorat qila boshladi. Idishni qiyshaytirib, qo‘liga suv quyib, 3 

marta yuvdi, keyin qo‘lini idishga tiqib, suv olib, burun chayqadi (3 hovuch suv bilan), 

so‘ng suv olib, 3 marta yuzini yuvdi, keyin suv olib, ikki qo‘lini tirsagi bilan qo‘shib 2 

marta yuvdi, boshiga mash tortdi (peshonasidan ensasigacha, ensasidan 

peshonasigacha qo‘lini yurgizdi), Keyin idishga qo‘lini tiqib suv olib, ikki oyog‘ini yuvdi». 

Vuhayb: «O’shanda boshga bir marta mash tortdilar»,— deb aytgan.  

 

45-bob. Erkak kishining o‘z xotini bilan bir idishdan tahorat olmog‘ining 



afzalligi va xotin kishining (uyidan olingan) suv hukmi 

 

Umar ibn Xattob isitilgan suvga va nasroniy ayol uyidan olingan suvga tahorat qildilar. 



 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

45

Abdulloh ibn Umardan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning zamonlarida 



xotinlar bilan erkaklar (galma-galdan) bir idishdan tahorat olar edilar»,— deydilar.  

 

46-bob. Janob Rasululloh sollallohu alayhi sallam tahorat qilgan suvlarini 



hushidak ketgan odam ustidan quyganlari 

 

Muhammad ibn al-Munqadirga Jobir bunday degan ekan: «Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallam, betob bo‘lib o‘zimni bilmay yotganimda, meni ko‘rgani kelib, tahorat oldilar va 

tahorat suvini ustimdan quydilar. O’zimga keldim. Keyin: «Yo Rasulalloh, uzoq 

qarindoshlarimdan boshqa merosxo‘rim yo‘qdir, merosimni kimga qoldiraman?»—dedim. 

Shunda meros oyati (faroiz oyati) nozil bo‘ldi».  

 

47-bob. Tosh yoki yog‘ochdan qilingan idishlardagi suvga tahorat va g‘usl 

qilmoq 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Namoz (asr) vaqti bo‘ldi. Hovlisi yaqinlar 



tahorat olgani turdilar, qolgan kishilar Janob Rasululloh huzurlarida qoldilar. Rasululloh 

sollallohu alayhi va sallamga bir tosh idishda suv keltirdilar. Idishning kichikligidan unga 

qo‘l sig‘masdi, qavmning hammasi shu idishdan tahorat oldi». Abdulloh ibn Munir 

«Necha kishi edingiz?» deb Anasdan so‘raganida, sakson nafardan ortiq, deb aytgan. 

 

Abu Muso raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv 



keltirishni buyurdilar, so‘ng qo‘llari va yuzlarini yuvib, og‘iz chayqadilar». 

 

Abdulloh ibn Zayddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biznikiga keldilar. Idishda 



suv olib chiqdik. Tahorat oldilar. Yuzlarini 3 marta, qo‘llarini 2 marta yuvdilar, ikki 

kaftlarini peshonalaridan ensalari tomon va ensalaridan peshonalari tomon bir marta 

yurgizib, mash tortdilar, keyin oyoqlarini yuvdilar». 

 

Oisha onamiz aytdilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dardlari 



og‘irlashganda, to tuzalgunlaricha mening uyimda yotajaklari to‘g‘risida boshqa 

xotinlaridan ijozat so‘radilar, xotinlar ijozat berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va 

sallam Ibn Abbos bilan yana bir kishi yordamida oyoqlarini arang bosib, mening uyimga 

chiqdilar». Ubaydulloh bunday dedi: «Bu xususda Abdulloh ibn Abbosga aytuvdim, u: 

«O’sha ikki kishidan birining kim ekanligini bilasanmi?» — dedi. Men: «Yo‘q», — dedim. 

U: «Ali raziyallohu anhu edilar»,— dedi. Oisha onamiz bunday der edilar: «Janob 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mening uyimga kirganlaridan keyin kasalliklari 

yanada yanada og‘irlashdi. Shunda: «Ustimdan 7 ta qopqoqliq idishda suv quyingiz, 

shoyadki, odamlar oldiga chiqib vasiyat qilsam!» dedilar. Xotinlari Janob Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamni Hafsaning mis tog‘orasiga o‘tqazdilar. Keyin, Rasululloh 

sollallohu alayhi va sallam «bo‘ldi» deb ishora qilmagunlaricha ustilaridan suv quya 

boshladik. Keyin, «bajardingiz» deb odamlar oldiga chiqdilar».  

 

48-bob. Tog‘oradan tahorat olmoq 

 

Amr ibn Yahyo bunday rivoyat qiladilar: «Amakim ko‘p tahorat olar edilar. Bir kuni 



Abdulloh ibn Zayddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tahorat 

olayotganlarini ko‘rganmisiz?» — deb so‘radilar. Abdulloh ibn Zayd suv keltirmoqlarini 

buyurdilar. Tog‘orada suv keltirishdi. Keyin ikki qo‘llariga suv quyib, 3 marta yuvdilar, 3 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

46

marta bir hovuchdan suv olib, og‘iz va burunlarini chayqadilar, 3 marta yuzlarini 



yuvdilar, 2 marta qo‘llarini tirsaklari bilan qo‘shib yuvdilar, keyin suv olib, boshga mash 

tortdilar, oyoqlarini yuvdilar. So‘ng: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday 

tahorat qilganlarini ko‘rganman»,— dedilar». 

 

Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirmoqni 



buyurdilar. Idishda ozroq suv keltirildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam idishning 

og‘ziga panjalarini qo‘ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning panjalari orasidan 

sizib tushayotgan suvga taxminan 70 yoki 80 nafar odam tahorat oldi».  

 

49-bob. Bir mud (taxminan bir litr) suv bilam tahorat olmoq 

 

Ibn Jabrga Anas bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘uslga 



bir so’dan (taxminan 4 litrdan) 5 mudgacha (taxminan 5 litrgacha) suv ishlatar edilar, 1 

mud suv bilan tahorat olar edilar».  

 

50-bob. Mahsiga mash tortmoq 

 

Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mahsilariga mash 



tortadilar»,— dedi. Abdulloh ibn Umar otasidan: «Shu to‘g‘rimi?»—deb so‘radi. «Ha, 

to‘g‘ri, agar Sa’d senga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xususlarida biror narga 

so‘zlasa, bu to‘g‘rida boshqalardan so‘ramagin!» 

 

Urva ibn al-Mug‘ira rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (qazoi 



hojatga) tashqariga chiqdilar. Otam Mug‘ira ibn Shuba obdastada suv olib, u kishiga 

ergashdilar, Janob Rasululloh hojatlaridan bo‘shagach, suv quyib berdilar. Rasululloh 

tahorat olib, mahsilariga mash tordilar». 

 

Ja’far ibn Amr: «Otam Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mahsiga mash 



tortganlarini ko‘rganlar»,— deb rivoyat qiladilar.  

 

Ja’far ibn Amr yana bunday deganlar: «Otam Janob Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallamning sallalariga va mahsilariga mash tortganlarini ko‘rgan ekanlar».  

 

51-bob. Mahsini tahoratli oyoqqa kiyganda... 

 

Urva ibn al-Mug‘iraning otalari bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallam bilan birga safarda edim. Mahsilarini yechmoqqa qo‘l cho‘zdim, shunda: 

«Qo‘yaver, men mahsini tahoratli oyoqqa kiyganman»,— dedilar, so‘ng mahsilariga 

mash tortdilar».  

 

52-bob. Qo‘y go‘shti va talqon yegandan keyin tahorat olmaslik xususida 



Abu Bakr, Umar va Usmon (qo‘y go‘shti va talqon) yedilar va tahorat olmadilar. 

 

Abdulloh ibn Abbos aytdilar:«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘yning qo‘lini 



yedilar, keyin tahorat olmay, namoz o‘qidilar». 

 

Ja’far ibn Amr: «Otam Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo‘yning qo‘lidan kesib 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

47

yeganlarini, namozga chaqirilgach esa, pichoqni qo‘yib, tahorat olmay namoz 



o‘qiganlarini ko‘rganlar»,— deganlar.  

 

53-bob. Talqon yegandan keyin og‘iz chayqashlik va tahorat olmaslik xususida 

 

Bashir ibn Yasorga Suvayt ibn Nu’mon bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu 



alayhi va sallam bilan birga safarga chiqdim. Xaybar jangi ketayotgan yil edi. Sahbo’ 

(Xaybarga yaqin joy) degan yerga borganimizda Rasululloh asr o‘qidilar. Keyin ovqat 

keltirmoqni buyurdilar. Ovqatga talqon keltirildi, uni ho‘llashni buyurdilar, ho‘llashgach, 

yedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga biz ham yedik. Keyin shomga 

hozirlik ko‘ra boshladilar. Og‘iz chayqadilar, biz ham og‘iz chayqadik. Keyin tahorat 

olmay, namoz o‘qidilar».  

 

Maymuna raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mening yonimda 



o‘tirib qo‘yning qo‘lini yedilar. Keyin tahorat olmay, namoz o‘qidilar»,— deganlar.  

 

54-bob. Sut ichganda og‘iz chayqash lozimmi? 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sut ichdilar. So‘ng, 



«sutda yog‘ bor» deb, og‘iz chayqadilar»,—deganlar.  

 

55-bob. Uxlab turgandan keyingi tahorat masalasi va «bir oz mudrasa yoki 



mizg‘isa lozim emas», — deb hisoblovchilar xususida 

 

Oisha onamiz aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:«Agar namoz o‘qiyotgan 



holda birortangiz uyqusirasangiz, to uyqusirash bosilguncha yonboshlangiz, chunki 

birortangiz uyqusirab namoz o‘qisangiz, istig‘for aytaman deb, o‘zingizni so‘kib 

qo‘ymog‘ingiz mumkindir» deganlar». 

 

Anas raziyallohu anhu aytganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki 



namozda uyqusirasa, nima deb o‘qiyotganini o‘zi biladigan bo‘lguncha, yotib uxlasin!» 

deganlar».  

 

56-bob. Tahorat ushatmasa ham tahorat olmoq 

 

Amr ibn Omir bunday deganlar:”Rasululloh salolohu alayhi vasallam har bir namozga 



alohida tahorat qilur edilar”,- dedi Anas. Men:”Sizlarchi?”-dedim, “Agar tahoratimiz 

sinmagan bo’lsa, bir tahorat bilan hamma namozni o’qiyverardik”m-dedi Anas”. 

Suvayt ibn an-Nu’mon bunday deganlar:” Rasululloh salolohu alayhi vasallam bilan birga 

Xaybar jangi yo’lida safarga chiqdik. Sahbo’ degan joydga borganimizda, Rasululloh 

salolohu alayhi vasallam imomatga o’tib , asr o’qidilar, so’ng ovqat buyurdilar, ovqatga 

faqat talqon keltirildi, yedik , ichdik. Keyin Rasululloh salolohu alayhi vasallam shom 

o’qimoq uchun og’iz chayqadilar. Tahorat olmay, imomatga o’tib , shom namozini 

o’qidilar 

 

57-bob. Siydigidan saqlanmaslik gunohi azimlardandir!  

 

Ibn Abbos raziallohu anhu bunday deganlar:” Rasululloh salolohu alayhi vasallam 



Madina(yoki Makka) qo’rg’onlaridan birining yonidan o’tayotib, ikkita qabrda yotgan 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

48

insonning azobidan qilayotgan dod-faryodini eshitib qoldilar. Rasululloh salolohu alayhi 



vasallam:”Ikkovi ham azoblanayotir, lekin ikkovlon ham katta gunoh sababidan 

azoblanayotgano yo’qdir”,-dedilar, keyin “Ha, albatta(ya’ni, siydikdan ehtiyot bo’lmaslik 

ham katta gunohdir), bittasi siydogidan saqlanmas erdi, ikkinchisi ersa, chaqimchlik 

qilur erdi”,-deb qo’shib qo’ydilar”.So’ng,xurmo cho’pidan keltirmoqni buyurdilar. Cho’pni 

sindirib, har bir qabrga bittadan sanchib qo’ydilar. Shunda :”Yo Rasululloh, nechun 

bunday qildingiz?”-dedilar. Shunda Rasulloh :”Shoyadki, shi cho’paklar quriguncha, 

alarming azobi yengillashg’ay”,-deb javob qildilar”. 

 

58-bob. Siydikni yuvish to’g’risidagi hadislar. 

 

Rasululloh salolohu alayhi vasallam :”Qabrda yotgan kishi siydigidan saqlanmas erdi”,-



dedilar. Odam siydigidan boshqasi haqida xech narsa demadilar. 

Anas ibn Molik:” Rasululloh salolohu alayhi vasallam qazoi hojatga borsalar, ortlaridan 

suv olib borur erdim, yuvar erdilar”,-deb aytganlar. 

 

59-bob.  

 

Ibn Abbos raziallohu anhu bunday deganlar:” Rasululloh salolohu alayhi vasallam ikki 



qabrning yonidan o’tdilar, shunda :”Ikkovlari ham azoblanmoqda, katta gunohdam 

azoblanayotgani yo’qdir. Lekin bittasi siydikdan saqlanmas erdi, ikkinchi ersa, 

chaqimchilik qilib, gap tashib yurur erdi”,-dedilar. Keyin, xurmoning ho’l novdasini olib

ikkiga bo’ldilar-da, har bir qabrga bittadan sanchib qo’ydilar. “Yo Rasululloh , nechun 

bunday qildingiz?”-deb so’rashdi. “Shoyadki, shu cho’paklar quriguncha alarming azobi 

yengillashg’ay”,-deb javob qildilar. “Mujohiddan ham shunga o’xshash hadis 

eshitgandirmen”,-degan ekanlar Vaki’”. 

 

60-bob. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va boshqa kishilarning bir a’robiy 



(badaviy) masjidda siyib bo‘lgunicha indamay turganlari 

 

Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidda siyayotgan 



bir a’robiyni (badaviyni) ko‘rib: «Qo‘yingizlar, bo‘lgunicha indamangizlar! » — dedilar. 

Keyin, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirmoqni buyurdilar. Siydikni yuvib 

tashlashdi».  

 

61-bob. Masjidga siyilgan siydikni yuvib tashlash xususida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «A’robiy o‘rnidan turib, masjidga siydi, odamlar unga 



tanbeh berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qo‘yinglar, 

indamangizlar, siydigi ustidan bir paqir suv quyingizlar! » — dedilar-da, «Darhaqiqat, 

sizlar osonlashtiruvchi qilib yuborilgansizlar, qiyinlashtiruvchi qilib 

yuborilmagansizlar»,— deb qo‘shib qo‘ydilar».  

 

62-bob. Siydik ustiga suv quymoq 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «A’robiy kelib masjidning chekkasiga siydi. Odamlar 



unga: «Nima qilyapsan?» — deb hayqirishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 

ularga: «Qo‘yinglar!»—dedilar. A’robiy bo‘shagandan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi 

va sallam bir paqir suv keltirib, siyilgan joyni yuvib tashlamoqni buyurdilar».  


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

49

 



63-bob. Yosh bolalarning siydigi to‘grisida 

 

Oisha Umm ul-Mu’minin raziyallohu anho dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallamga bir emizikli bolani keltirdilar. Bola Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 

kiyimlariga siyib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirib, siydik tekkan 

joyga quydilar. 

 

Ummu Qays binti Muhsin emizikli o‘g‘ilchasini Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 



qo‘llariga berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bolani qo‘ynilariga o‘tqazdilar. Bola 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga siyib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu 

alayhi va sallam suv oldirib keltirib, siydik tekkan joyga quydilar, yuvmadilar (qiz bola 

bo‘lsa, yuvmoq lozimdir)».  

 

64-bob. Tik turib va o‘tirib siymoqniig hukmi 

 

Huzayfa raziyallohu anhu bunday rivoyat qilganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallam bir qavmning chiqindilar (axlat) tashlaydigan joyiga kelganlarida tik turib peshob 

qildilar (o‘tirishga joy topilmagan chog‘da joizdir). Keyin: «Suv keltirgin!» — dedilar. Suv 

olib keldim, tahorat oldilar».  

 

65-bob. Hamrohining yonida peshob qilmoq va hamroxi uni pana qilib turmog‘i 

 

Huzayfa raziyallohu anhu bunday deganlar: «Esimda, Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallam bilan birga aylanib yurganimizda bir qavmning devor orqasida joylashgan 

axlatxonasi oldiga kelib qoldik. Rasululloh, har biringiz tik turib peshob qilganingizdek tik 

turib peshob qildilar. Men shunda u kishidan chetlangan edim, menga ishora qildilar, 

men u kishini bo‘shagunlaricha pana qilib turdim».  

 

66-bob. Qavmning axlatxonasiga peshob qilish to‘g‘risida 

 

Abu Muso al-Ash’ariy: «Siydikdan o‘zingizni ehtiyot qilingiz! » —deb qattiq tayinlab, 



«Baniy Isroil qavmlaridan birontasining kiyimiga siydik tegsa, o‘sha joyni kesib tashlar 

edi»,— dedilar. Shunda Huzayfa (shoyad, Abu Muso bu to‘g‘rida hadeb so‘zlamoqdan 

to‘xtasa, degan maqsadda): «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir qavmning 

axlatxonasiga tik turib peshob qilganlar-ku?!» —dedilar».  

 

67-bob. Qonni yuvmoq xukmi 

 

Asmo binti Abu Bakrdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga bir xotin 



kelib: «Birontamiz hayz ko‘rsa, qon teggan kiyimimizni nima qiladi?» — deb so‘radi. 

Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Ishqalab tashlaydi, keyin suv bilan mijib yuvib, 

ustidan suv quyadi, so‘ng kiyib namoz o‘qiyveradi»,— dedilar». 

 

Oisha onamiz dedilar: «Fotima binti Abu Hubaysh Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 



xuzurlariga kelib so‘radi: «Yo Rasulalloh, men istihoza ko‘radigan xotinman (qon 

to‘xtamaydi), tozalanmasman, namozni tark etgaymanmi?» Rasululloh sollallohu alayhi 

va sallam: «Yo‘q, u tomirdan keladigan qondir, hayz emas, agar hayz kelsa, namozni 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

50

tark etgin, hayz tugashi bilan g‘usl qilib, keyin namoz o‘qigin!»—dedilar». (To hayz vaqti 



kelguncha har bir namoz uchun alohida tahorat olmoq lozim)».  

 

68-bob. Maniyni yuvmoq va ishqalab tashlamoq, jinsiy aloqa vaqtida xotin 



kishidan chiqadirgan namni yuvmoq 

 

Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga 



jinsiy aloqa vaqtida tegib qolgan namni yuvar edim, kiyimlari namligicha (boshqa 

kiyimning yo‘qligidan) namozga chiqib ketar edilar». 

 

Sulaymon ibn Yasordan: «Oisha onamizdan kiyimga tegib qolgan maniy hukmi 



to‘g‘risida so‘radim. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga tekkan namni 

yuvar edim, u kishi kiyimlarining namligicha namozga chiqar edilar»,— dedilar».  

 

69-bob. Jinsiy aloqadan tekkan namni va boshqa narsalarni yuvsa-yu, dog‘i 

ketmasa (bo‘laveradi) 

 

Amr ibn Maymuna bunday dedilar: «Men Sulaymon ibn Yasordan: «Jinsiy aloqada maniy 



tekkan joyni nima qilish kerak? » — deb so‘radim. «Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh 

sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga tekkan namni yuvar edim, kiyimlari qurib 

ulgurmay namozga chiqar edilar,— deganlar»,— deb aytdilar». 

 

Sulaymon ibn Yasor: «Oisha raziyallohu anho Janob Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallamning kiyimlaridagi maniyni yuvar edi. Men u kishining kiyimlaridagi dog‘larni 

ko‘rganman»,— dedilar.  

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling