Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Tuya, yilqi va qo‘y siydiklarining hamda ular saqlanadigan joylarning


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


70-bob. Tuya, yilqi va qo‘y siydiklarining hamda ular saqlanadigan joylarning 

(qo‘ra, molxonaning) hukmi 

 

Abu Muso Dorulbaridda (karvonsaroyda), shundaygina yonlarida sayhon yer bo‘la turib, 



tezaklar ustida namoz o‘qidilar. Keyin: «U yer ham, bu yer ham bari bir»,— dedilar. 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ukul yoki Arina degan joydan (Madinaga) 



odamlar kelishdi. Madinada ular qorin og‘riq kasaliga mubtalo bo‘ldilar. Rasululloh 

sollallohu alayhi va sallam ularga shahar tashqarisida o‘tlab yurgan sog‘in tuyalar 

sutidan va siydigidan ichmoqni buyurdilar. Ular shunday qilishdi. Sog‘ayganlaridan keyin 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tuyaboqarlarini o‘ldirib, tuyalarni haydab 

ketishdi. Erta tongda bu to‘g‘rida xabar qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 

ularning izidan askar yubordilar, kun yoyilgan vaqtda ularni asir qilib olib kelishdi. Qo‘l 

va oyoqlarini kesib, ko‘zlariga mil tortib, toshloq joyga tashlab qo‘ydilar. «Suv-suv» 

deyishardi, lekin suv berishmas edi. Abu Qiloba bunday dedilar: «Ular o‘g‘rilik qildilar, 

odam o‘ldirdilar va iymon keltirganlaridan keyin yana qayta kofir bo‘ldilar, dindan 

chiqdilar, Alloh va uning Rasuliga dushmanlik qildilar». 

 

Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjid qurilishidan 



avval qo‘yxonalarda namoz o‘qir edilar».  

 

Zuhriy bu xususda bunday deganlar: «Suvning ta’mi, hidi yoki rangi o‘zgarmasa, 



ishlatsa bo‘ladi». Hammod: «O’limtikning pati suvga tushsa, zarari yo‘qdir»,— deganlar.  

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

51

Fil va boshqa go‘shti yeyilmaydigan hayvonlar suyagi to‘g‘risida Zuhriy bunday deganlar: 



«O’tmish olimlarining ko‘pini ko‘rdim, o‘lgan hayvonlarning suyagidan yasalgan taroq 

bilan sochlarini tarashar edi, xushbo‘ylik solinadigan idishlari ham o‘sha suyaklardan 

tayyorlangan edi. Ular buning zarari yo‘q, deb bilishar edilar».  

Ibn Sirin va Ibrohim: «Fil suyagi bilan savdo-sotiq qilmoqning zarari yo‘q»,— der edilar. 

 

Maymuna raziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyuq 



yog‘g‘a tushib, o‘lib qolgan sichqon hukmi to‘g‘risida so‘radilar. Shunda Rasululloh: 

«Sichqonni va uning atrofidagi yog‘ni olib tashlab, qolganini yeyaveringiz»,— deb javob 

qildilar». 

 

Maymuna onamiz yana bunday deganlar: «Shu hadisning o‘zini Muin sal boshqacharoq 



qilib aytib berdi, keyin men eslab qololmaydigan darajada yana juda ko‘p hadis rivoyat 

qildi». 


 

Abu Hurayra raziyallohu anhu quyidagi hadisni keltiradilar: «Rasululloh sollallohu alayhi 

va sallam: «Musulmon odam Alloh yo‘lida qancha so‘z aytgan bo‘lsa, qiyomat kuni 

o‘shancha jarohati bor shahid qiyofasida namoyon bo‘ladi, badanining rangi tig‘ 

urilganda oqib turgan qon rangida, hidi mushk hidi kabi bo‘ladi»,— deganlar. (Bu o‘rinda 

ushbu hadis keltirilishining boisi quyidagicha: mushk aslida hayvonlar bezidan olinadi va 

haromdir, lekin ishlov berilgach, xushbo‘y moddaga aylanib, haromlik hukmidan chiqadi. 

Shuningdek shahidlar qoni ham Alloh yo‘lida to‘kilgani uchun haromlik hukmidan chiqib, 

poklik - halollik hukmiga o‘tadi).  

 

72-bob. Ko‘lmak suv to‘g‘risida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: «Biz bu 



dunyoda oxirgilarmiz, u dunyoda esa, birinchilarmiz»,—deganlarini eshitgan ekanlar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu Payg‘ambarimizning ana shu hadislariga tayanib 



aytganlar: «Birortangiz ko‘lmak suvga siymangiz, sizdan keyin birov tahorat olgay».  

 

73-bob. Agar namozxonning ustiga nopok narsa tashlansa yoki o‘limtik 



tashlansa, namozi buzilmaydi 

 

Ibn Umar namoz o‘qiyotib, kiyimlariga qon tekkanini ko‘rib qolsalar, uni yechib tashlar 



edilar-da, namozni davom ettiraverar edilar.  

 

Ibn al-Musayyab va ash-Sha’biy: «Agar biror kishi namoz o‘qiyotganida kiyimiga qon 



yoki maniy tekkanini yohud qiblani yanglishtirganini yoki tayammum qilgan holda 

ekanligini bilib qolsa-yu, suv axtarmoq vaqtida namoz qazo bo‘lmog‘ini anglasa, namozni 

qaytarib o‘qimaydi»,— deganlar. 

 

Abdulloh ibn Mas’uddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ka’batulloh yonida 



namoz o‘qiyotgan edilar Abu Jahl (Islom dushmani) va uning sheriklari o‘sha yerda 

o‘tirishgan edi. O’zaro bir-birlariga: «Qaysi biringiz falonchi so‘ygan tuyaning ichak-

chavog‘ini keltirib, Muhammad sajda qilayotganda ustiga tashlay olasiz?»—deyishdi. 

Shunda qavmning eng badbaxti ichak-chavog‘ni olib kelgani ketdi, keltirgach, 

Muhammad alayhis-salomning sajdaga bosh qo‘yishlarini poylab turib, ikki kuraklari 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

52

o‘rtasiga tashladi. Abdulloh ibn Mas’ud: «Men qarab turibman-u, hech narsa qila 



olmayman, agar kuch-quvvatim bo‘lganda edi... deyman»,— deydilar. Ular qotib-qotib 

kula boshladilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qizlari Fotima kelib, olib 

tashlamaguncha sajdadan boshlarini ko‘tarmadilar. Qizlari ichak-chavog‘ni yelkalaridan 

olib tashlagach, boshlarini ko‘tarib: «Ilohi, Qurayshni (qabilani) halok qil!»— deb uch 

marta duoi bad qildilar. Duoi bad qilganlari ularga og‘ir botdi. «Ular bu shaharda qilingan 

duo mustajob bo‘lmog‘ini bilishar edi», — deydilar Ibn Mas’ud. Rasululloh sollallohu 

alayhi va sallam boshqatdan: «Ilohi, Abu Jahlni, Utba ibn Rabi’ani, Shayba ibn Rabi’ani, 

Valid ibn Utbani, Umayya ibn Xalafni, Uqba ibn Abu Mu’itni halok qilg‘il!» —deb nomma-

nom duoi bad qildilar. Yettinchi nomni ham aytdilar, lekin biz eslab qololmadik. Jonim 

qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nomlarini sanagan 

kishilarning barchasi Badr urushida o‘ldirilib, quduqqa tashlanganini aniq ko‘rdim»,— 

deydilar Ibn Mas’ud.  

 

74-bob. Kiyimga tekkan tupuk, manqa va shunga o‘xshash narsalar hukmi 

 

Marvon bunday rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 



Hudaybiyaga qilingan safar chog‘ida yo‘lda ketayotib burun qoqsalar, sahobalarning 

kaftlariga tushar edi (ular yerga tushmog‘iga qo‘yishmas edilar), ular darrov tabarruk 

qilib yuzlari va badanlariga surtib olishar edilar». 

 

Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kiyimlarining etagiga 



tufladilar (namozda)». Anas bu hadisni «uzoq hikoya qilgan (bu haqda keyinroq batafsil 

aytiladi).  

 

75-bob. Nabiz (xurmo sharbati) yoki mast qiluvchi ichimliklar bilan tahorat 

olmoq joiz emas 

 

Hasan Basriy nabiz bilan tahorat olmoqni makruh deganlar.  



 

Ato ibn Abu Raboh: «Menga nabiz yoki sut bilan tahorat qilgandan, tayammum qilmoq 

afzalroq»,— deb aytganlar. 

 

Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mast qiladigan 



ichimliklarning barchasi haromdir!» — deb aytganlar».  

 

76-bob. Ayol kishi otasining yuzidagi qonni yuvib qo‘yishining joizligi 

 

Abulamid: «Oyog‘imga mash tortib qo‘yingiz, oyog‘im og‘riyapti»,— deganlar. 



 

Abu Hozim bunday deganlar: «Odamlar Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan: «Rasululloh 

sollallohu alayhi va sallamning jarohatlari nima bilan davolandi?» — deb so‘raganlarida, 

yonginasida turgan edim. «Bu to‘g‘rida mendan ko‘ra yaxshiroq biladigan odam qolmadi. 

Ali qalqonida suv keltirar edi, Fotima esa Rasulullohning muborak yuzlaridagi qonni 

yuvar edi, so‘ng, bo‘yrani kuydirib, kulni jarohatga bosar edi», — dedi Sahl.  

 

77-bob. Misvok bilan tish tozalamoq 

 

Ibn Abbos rivoyati: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uylarida yotib qoldim. 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

53

Misvok bilan tish tozaladilar». Abu Muso quyidagi hadisni o‘g‘illari Abu Burdaga aytib 



bergan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga borsam, misvok 

bilan o‘xchib-o‘xchib tishlarini yuvayotgan ekanlar. Misvok og‘zilarida-yu, qayt 

qilayotgan odamning ovoziga o‘xshash ovoz qilyaptilar». 

 

Huzayfa raziyalloxu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kechasi tursalar, 



misvok bilan tishlarini tozalar edilar».  

 

78-bob. Misvokni (ikki kishi turgan bo‘lsa) yoshi kattasiga bermoq  

 

Ibn Umar raziyalloxu anhuga Rasulullox sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: 



«Tushimda men 2 misvok bilan tish tozalayotgan emishman. Yonimga ikki kishi keldi, 

biri ikkinchisidan (yoshi) kattaroqdir. Misvokni kichkinasiga uzatdim, shunda menga: 

«Kattasiga bering!» — deb aytildi. Misvokni kattasiga berdim». «Ushbu hadisni Naim ibn 

Hammod ham qisqaroq qilib aytib bergan»,— deydilar Imom Buxoriy.  

 

79-bob. Tahorat olib yotmoqning fazilati 

 

Barro ibn Ozib dedilar: «Menga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «O’ringa 



yotadigan bo‘lsang, namozga tahorat olganingdek tahorat olgin. Keyin o‘ng yoning bilan 

yotgin, so‘ngra («Allohumma aslamtu vajhiy ilayka va favvaztu amriy ilayka vaalja’tu 

zahriy ilayka rag‘batan va rahbatan ilayka, lo malja’a va lo manjo minka illo ilayka. 

Allohumma omantu bi kitabika-llaziy anzalta va binabiyyika-llaziy arsalta» degin! Agar 

shu kechada vofot etsang, dini islomda, Ibrohim millatida vafot etgan bo‘lasan. Bu 

so‘zlarni eng so‘nggida aytgin!» Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir 

boshdan qaytarib aytib berayotib, «Allohumma omantu bi kitabika-llaziy anzalta» degan 

joyiga kelganimda «rasulika-llaziy» deb yubordim. Shunda Rasululloh: «Bunday emas, 

«nabiyyika-llaziy» deb aytgin!» — dedilar». Duoning mazmuni: «Ilohi, o‘zimni ham, 

kori-borimni ham o‘zingga topshirdim, savobingdan umid qilib va azobingdan qo‘rqib, 

senga suyandim, sening najotingdan o‘zga najot yo‘qdir, sening panohingdan o‘zga 

panoh yo‘qdir. Ilohi, nozil qilgan Kitobingga ishondim va yuborgan payg‘ambaringga 

iymon keltirdim».  

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

54

ÉΟó¡Î0



 

«!$#


 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

G’USL KITOBI 

 

Alloh taolo bunday deydi: «Agar yaqinlik (aloqa) etsangiz, g‘usl qilingiz! Agar 



betob bo‘lsangiz, yoki safarda bo‘lsangiz, yoki qazoi hojat etsangiz yoki ayolga 

yaqinlashsangiz-u suv topmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz, 

yuzingizga surtingiz va ikki qo‘lingizga surtingiz. Alloh taolo sizni qiynab 

qo‘yishni istamaydi, ammo sizning gunohdan va nopokliqdan forig‘ 

bo‘lishingizni istaydi. Sizga mo‘l-ko‘l ne’mat ato qilgayman, shoyadki siz shukr 

etsangiz!»  

 

Alloh taolo yana bir oyati karimasida aytadi: «Ey mo‘‘minlar, mast holda nima deb 



aytayotganingizni biladigan bo‘lguningizcha namozga kirmangiz va nopok 

holda tahorat olmaguningizcha masjidga yaqin bormangiz, yo‘lovchi bo‘lsangiz, 

o‘tib ketsangiz, mayli. Agar betob bo‘lsangiz yoki safarda bo‘lsangiz yoki 

tahorat ushatsangiz yoki xotinga yaqinlik qilsangiz-u, suv topmasangiz, toza 

tuproqqa tayammum qilingiz ikki kaftingizni tuproqqa tekkizib yuzingizga 

surtingiz va qo‘llaringizga surtingiz. Darhaqiqat, Alloh taolo (gunohlarni) avf 

qilguvchi va kechirguvchidir».  

 

1-bob. G’usldan avval tahorat olmoq 

 

Rasulullohning xotinlari Oisha raziyallohu anho dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallam jimo’dan keyingi g‘uslni avval qo‘llarini yuvishdan boshlar edilar. Keyin namozga 

tahorat olgandek tahorat olar edilar, so‘ng qo‘llarini suvga tiqib ho‘llab, sochlarining 

oralariga panjalarini kirgizib, ishqar edilar, keyin boshlariga 3 hovuch suv quyar edilar. 

Shundan so‘ng butun badanlarini suv quyib yuvar edilar». 

 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xotinlari Maymuna raziyalloxu anxo dedilar: 



«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga tahorat olgandek tahorat oldilar, lekin 

oyoqlarini yuvmadilar (mustahab qildilar). So‘ng maniy tekkan joyni yuvib tashladilar, 

keyin ustlariga suv quyib, butun badanlarini yuvdilar-da, chetga chiqib turib, ikki 

oyoqlarini yuvdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jimo’dan keyingi g‘usllari 

mana shudir».  

 

2-bob. Eru-xotinning birga g‘usl qilmog‘i 

 

Oisha raziyallohu anho dedilar: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir 



idishdan g‘usl qilar edik. Idishning nomi farq (7-5 litrga yaqin suv sig‘adirgan tog‘ora) 

deb atalar edi».  

 

3-bob. Bir so’ (3-6 litr) yoki shunga yaqin suv bilan g‘usl qilmoq 

 

Abu Bakr ibn Hafs Abu Salamaning mana bunday deganini eshitgan ekanlar: «Men va 



Oishaning ukasi ikkalamiz Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga kirdik. Ukasi 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qanday g‘usl qilmoqlari to‘g‘risida so‘radi. 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

55

Shunda Oisha raziyallohu anho bir so’ suv sig‘g‘udek idishda suv keltirmakni buyurdilar. 



Suv keltirilgach, g‘usl qildilar. Suvni boshlaridan quydilar. Ular bilan bizning oramizda 

parda bor edi.  

 

Abu Ja’far aytadilar: «Jobir huzurida bir jamoa kishilar bor edi, ulardan biri g‘usl 



to‘g‘risida so‘radi. «Senga bir so’ suv kifoya qiladi»,— dedi Jobir. «Menga kifoya 

qilmaydi»,— dedi u. Shunda Jobir: «Sendan ko‘ra sochi ko‘proq, o‘zi yaxshiroq kishiga 

(Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga, demoqchi) ham kifoya qilgan edi»,— dedi. 

Keyin yupun kiyingan holda imomatga o‘tdi». 

 

Ibn Abbosdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va Maymuna onamiz bir idishdagi 



suvga g‘usl qilar edilar». Imom Buxoriy aytadilar: «Ibn Abbos Maymunadan hadis 

tinglab, boshqalarga aytib berar edi».  

 

4-bob. Boshga uch hovuch suv quymoq 

 

Jubayr ibn Mut’imdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ammo men g‘usl qilar 



bo‘lsam boshimga 3 hovuch suv quyaman»,— deb ikki qo‘llariga ishora qildilar». 

 

Jobir ibn Abdullohdan: «Rasululloh sollallohu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘usl 



qilsalar, boshlariga uch hovuch suv quyar edilar». 

 

Abu Ja’farga Jobir raziyallohu anhu bunday degan ekanlar: «Yonimga amakivachchang 



(Hasan ibn Muhammad, Hazrat Alining Fotimadan boshqa xotinlaridan tug‘ilgan bola) 

keldi. «Jimo’dan so‘ng qanday g‘usl qilinadi?»—deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi 

va sallam 3 hovuch suv olib, boshlaridan quyar edilar, so‘ng badanlarini yuvar edilar»,— 

dedim. «Mening sochim ko‘p»,— dedi Hasan. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 

sochlari senikidan ham ko‘p edi»,— dedim unga».  

 

5-bob. Bir marta yuvmoq 

 

Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga g‘usl qilmoq 



uchun suv quydim. Ikki qo‘llarini bo‘g‘inigacha 2-3 marta yuvdilar. Keyin chap qo‘lda suv 

olib, mustahab qildilar, so‘ng o‘sha qo‘llarini yerga surtdilar-da, yuvib tashladilar. 

Shundan so‘ng og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini, ikki qo‘llarini tirsagigacha yuvdilar. 

Keyin badanlariga suv quydilar. So‘ng chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar».  

 

6 -bob. G’uslni xushbo‘yliklar ishlatishdan boshlamoq 

 

Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 



jimo’dan keyin g‘usl qilsalar, hilob (muattar suyuqlik)ga o‘xshash biror xushbo‘ylik olib 

kelmoqni buyurar edilar. Uni kaftlariga quyib, avval boshlarining o‘ng qismiga, so‘ng 

chap qismiga surtar edilar» (bir yo‘la ikki kaftlari bilan ham surtar edilar, deyishadi).  

 

7-bob. Jimo’dan keyin g‘usl qilish vaqtida og‘iz va burunni chayqamoq hukmi 

 

Ibn Abbosga Maymuna raziyallohu anho bunday rivoyat qilgan ekanlar: «Rasululloh 



sollallohu alayhi va sallamga g‘usl uchun suv quyib berdim. Qo‘llarini yuvdilar, keyin 

olatlarini yuvdilar, so‘ng qo‘llarini yerga ishqab, yuvib tashladilar. So‘ng og‘iz va burun 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

56

chayqadilar, yuzlarini yuvdilar, boshlaridan suv quydilar, keyin chetga chiqib oyoqlarini 



yuvdilar. Sochiq uzatishgan edi, artinmadilar».  

 

8-bob. Qo‘lni poklash uchun yerga ishqamoq 

 

Maymuna raziyallohu anho quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallam jimo’dan keyin g‘usl qildilar. Avval olatlarini yuvdilar, keyin qo‘llarini devorga 

ishqab, yuvib tashladilar, so‘ng namozga tahorat olgandek tahorat oldilar. Tahorat qilib 

bo‘lgach, oyoqlarini yuvdilar».  

 

9-bob. Jimo’ qilgan kishi agar qo‘liga iflos tegmagan bo‘lsa, qo‘lini yuvmay 



turib suvga tiqishi mumkinmi? 

 

Ibn Umar va Barro ibn Ozib raziyallohu anhumo , qo‘llarini yuvmasdan turib suvga 



tiqdilar, keyin tahorat oldilar. Ibn Umar va Ibi Abbos g‘usl qilayotganda badandan 

tushayotgan suvning qisman toza suvga sachrashining zarari yo‘q, deb hisoblashgan. 

 

Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan 



men bir idishdan suv olib yuvinar edik, qo‘llarimizni idishga galma-gal tiqar edik». 

 

Oisha raziyallohu anho yana bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 



jimo’dan so‘ng g‘usl qilsalar, avval qo‘llarini yuvar edilar». 

 

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va men jimo’dan so‘ng 



bir idishdan suv olib, yuvinar edik»,— deb ham aytganlar. 

 

Abdulloh ibn Abdulloh ibn Jubayr: «Men Anas ibn Molikning «Rasululloh sollallohu alayhi 



va sallam va xotinlari birgalikda bir idishdan suv olib g‘usl qilishar edi»,— deganini 

eshitdim. Shunda Muslim: «Jimo’dan so‘ng» degan so‘zni qo‘shib qo‘ydi».  

 

10-bob. G’usl bilan tahoratni alohida-alohida qilmoq joizmi? 

 

Ibn Umar xususlarida «U kishi tahorat qilganlarida badanlaridagi suv qurib bo‘lgandan 



keyingina oyoqlarini yuvdilar»,— deb rivoyat qilishadi. 

 

Maymuna raziyallohu anho bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallamga g‘usl qilish uchun suv quydim. Shunda qo‘llarini 2 yoki 3 marta yuvdilar, keyin 

o‘ng kaftlariga quyilgan suvni chapiga olib, mustahab qildilar, so‘ng chap qo‘llarini yerga 

ishqab, yuvib tashladilar. Shundan keyin og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini va 

qo‘llarini yuvdilar, boshlarini 3 marta yuvdilar, keyin butun badanlariga suv quydilar. 

Keyin o‘rinlaridan turib, chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar».  

 

11-bob. G’uslda avval o‘ng kaftiga suv olib, keyin chap kaftiga quyish 



to‘g‘risida 

 

Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni g‘usl 



qilayotganlarida begona ko‘zdan pana qilib, suv quyib turdim. Bir-ikki marta qo‘llarini 

yuvdilar» (Sulaymon: «O’shanda uch marta dedilarmi, yo‘qmi, bilmayman», deydi). 

Keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘ng qo‘llariga quyilgan suvni chapiga olib, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

57

olatlarini yuvdilar. So‘ngra qo‘llarini yerga yoki devorga ishqab, yuvib tashladilar. 



Shundan keyin og‘iz va burun chayqadilar, yuz-qo‘llarini, boshlarini yuvdilar. Keyin 

butun badanlariga suv quydilar. Oxiri chetga chiqib, oyoqlarini yuvdilar. Artingani sochiq 

uzatsam, qo‘llari bilan «kerakmas», deb ishora qildilar, artinmakni xoxlamadilar».  

 

12-bob. Kishi xotini bilan bir marta aloqa qilib, keyin (g‘usl qilmasdan) yana 



aloqa qilishi yoki (hamma) xotinlarini aylanib chiqqach, bir marta g‘usl qilishi 

mumkinmi? 

 

Ibrohim ibn Muhammadning otasi Oisha raziyallohu anhoga: «Ibn Umar xushbo‘yliklar 



sepib ehromga kirmakni yoqtirmas edi»,— dedi. Shunda Oisha raziyallohu anho: «Alloh 

taolo Abu Abdurrahmon ibn Umarni rahmat qilsin! Men Rasululloh sollallohu alayhi va 

sallamga xushbo‘yliklar separ edim, keyin xotinlarini (jimo’ qilmak uchun) kirib chiqar 

edilar, chiqqanlaridan so‘ng, xushbo‘y hid anqib turgan holda ehromga kirar edilar»,— 

deganlar. 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kechasimi, 



kunduzimi, bir vaqtning o‘zida hamma xotinlarini aylanib chiqar edilar, vaholanki, ular 

11 ta edi»,— debdilar. Shunda Qatoda Anasdan: «Bir vaqtning o‘zida shunchaga kuchlari 

yetarmidi?» — deb so‘radilar. Anas: «Biz sahobalar, Rasulullohga 30 kishining quvvati 

berilgan, deb so‘zlab yurar edik»,— dedilar. «Anas bizga, Rasulullohning 9 ta xotinlari 

bor, deb aytdi»,— deydilar Sa’id (demak 11 xotindan 2tasi cho‘ri bo‘lgan).  

 

13-bob. Maziy (olat uchiga maniydan oldin keladigan nam) kelsa, tahorat 



joizmi? 

 

Ali raziyallohu anhudan: «Shahvatim ko‘p odam edim, bu haqda Rasulullohdan so‘ra, 



deb bir kishiga buyurdim. Rasulullohning qizlari menga xotin bo‘lgani uchun o‘zim 

so‘rayolmadim. Rasululloh: «Oldingni yuvib, tahorat olgin!» — debdilar». 

 

14 -bob. O’ziga xushbo‘y narsalar sepib, keyin g‘usl qilsa-yu, lekin badanida 

hidi qolsa, joizmi? 

 

Ibrohim ibn Muhammadning otasi Oisha raziyallohu anhodan bir masala xususida so‘rab, 



Ibn Umarning «Badanimdan xushbo‘y hid anqib turgan holda ehromga kirmakni 

yoqtirmayman» degan so‘zlarini eslatdilar. «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga 

xushbo‘y narsalar surtdim, keyin xotinlarini aylanib chiqdilar, so‘ng ehromga kirdilar»,— 

dedilar Oisha. 

 

Oisha raziyallohu anhodan: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ehromda 



ekanliklarida peshonalarining yarqirab turganini ko‘rgandek bo‘lar edim» (ya’ni, badanga 

surtilgan xushbo‘y yog‘ yaltirab turgan).  

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling