Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Xalq amaliy sanati
Amaliy sanat turlarining estetik xususiyati shundaki, ular bir vaqtning o‘zida ham badiiy, ham amaliy vazifani bajaradi. SHu bois, xalq madaniyati tarixini uning amaliy sanatisiz tasavvur qilish qiyin. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq amaliy sanati turlari boy va rang-barang madaniy merosining eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O‘zbek xalq amaliy sanati yodgorliklari o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarning namunalari bo‘lib, jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi. Xalq amaliy sanati kishilarning manaviy olamini boyitadi, badiiy-estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham ham o‘zbek xalqi amaliy sanati kishilarning badiiy, axloqiy, umuminsoni jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan hisoblanadi. Bu manbalardan bugungi kunda ham usta va hunarmandlar samarali foydalanib keladi. Xalq amaliy sanatining milliy estetik mazmuni naqqoshlik sanatida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Naqqoshlik sanati g‘oyat boy va mazmundor bo‘lib maishiy turmushimizda ishlatiladigan oddiy qoshiq, lagan, sandiq, cholg‘u asboblaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, zavqlantiradi. Bino yoki xonadon devoridagi naqshlar turli xil bo‘lib ulardan “girix” arabcha “tuguncha” degan manoni anglatgan xandasaviy naqshlar yani to‘g‘ri to‘rtburchak, romb, kavadrat kabi yaxlit kompozitsiyani tashkil qilgan naqshlar va “islim” (arabcha) yuguruvchi manosini anglatib to‘g‘ri yo‘l ichiga ilon izi shaklida chizilgan o‘simliksimon naqshlardan iborat bo‘lgan. Ular faqat foydali-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, balki xonadon egalarining orzuumidlari, badiiy-estetik didi va estetik idealining ko‘rsatkichi sifatida ham namoyon bo‘lgan. Bugun ham zamonaviy turar joylar va binolarni bu naqshlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar joylarda amaliy sanatning bir qancha turlarini ko‘rish mumkin. Turar-joy binolarining turli-tuman badiiytexnologik usullarda namoyon etilgan badiiy bezak turlari O‘zbekiston memorchiligida muhim o‘rin tutadi. CHunonchi, turar-joy dizayni bu milliy ananalarga tayangan noyob ijodiy faoliyat bo‘lib, ularning mahorati va badiiy bezatilishning ko‘pgina qirralarini ifodalaydi. Turar-joylar intererlaridagi umumiy devorlarning sathi ananaviy kompozitsion bo‘linish usullari, intererlarni badiiybezakli pardozlashning asoslariga tayanadi va ko‘plab estetik xususiyat kasb etadi. Masalan, binoning tashqi ko‘rinishi - tarz (fasad)ga qaraganda uyning intereri ko‘p hollarda ko‘rkam bezakli bo‘ladi. Devorlarning tokchalarga bo‘linishi turg‘unlik va sokinlik taasurotini yaratsa, devorning barcha sathi naqshinkor bezatiladi, bezakni bajarishda simmetriya, ritm, mutanosiblik qonunlariga rioya qilinishi unga tartiblilik, uyg‘unlikni namoyon qiladi. O‘yma bezaklar bilan oro berilgan yog‘och eshiklar, ustunlar, shift bolorlari, gohida shift ustidan ko‘prangli naqshlar, shuningdek naqqoshlik bilan devor sathining barcha qismlari tokchalar, shiftlar karniz va bolorlar ham bezatilishi, deraza darchalari va eshik tabaqalari, ustunlari devor va intererga berilgan naqshu bezaklar imoratga badiiy tantanvorlik va estetik qiyofa baxsh etadi. Intererlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Devorda ketma-ket joylashgan naqshinkor va pardozlangan naqshlar yordamida juda ham rang-barang, jozibador kompozitsiyalar yaratiladi. Interer dizaynida devoriy naqqoshlikning bir necha kompozitsion echimlarini kuzatish mumkin. Bu tokchalarga bo‘lingan, yalpi naqqoshlik bilan bezatilgan devor sathi va naqshinkor va o‘ymali naqshlar ketma-ket joylashgan, rang-barang naqshinkor kompozitsiya. SHift naqqoshligi ham Toshkent intererlarida muhim o‘rin tutadi. Ular o‘zida konstruktiv va badiiy echimning sintezini namoyon etadi. Ular turar-joylari ayvon va dahlizlarda ham keng qo‘llaniladi. Bu amaliy sanat turining gullashi va rivojlanishi, hozirgi davrda shaharda shakllangan qulay iqtisodiy sharoit, innovatsion tasir va amaliy-bezak sanatining ko‘p asrlik ananalari bilan bog‘liqdir. YOg‘och o‘ymakorligi faqat intererning sirtida namoyon bo‘lib qolmay turli shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu interer uchun ishlangan stol, stullar, xontaxtaning nafaqat shaklining bejirimligi balki yog‘och fakturasining go‘zalligi va ularga berilgan ishlov hamda naqshlarning betakror va engilligi kishiga zavq bag‘ishlaydi. Toshkent turar joy memorchiligida O‘rta Osiyo memorchiligi amaliyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch naqqoshligi avva o‘ymakorligi shular jumlasidandir. Intererning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko‘pincha naqqoshlik ganch o‘ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa Toshkentda keng tarqalgan o‘simlik naqshlari- majnuntol, anor, xrizantema butalarining yoyilgan shoxlarini ko‘plab uchratish mumkin. Bu lavhalar faqatgina bezak emas o‘z falsafiy manosiga egadir. Masalan majnuntol - sevgi sog‘inchi, anor - serhosillik, lola - bahor, gulsafsar - osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan. O‘zbek xalq amaliy sanatining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zardo‘zlik, kigizchilik, kashtachilik kabi bir qancha turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyasi, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu sanatlarga xos maktablar yo‘qolib ketishi xavfi bor edi. Ammo mustaqillikka erishgach milliy sanatimizning bu sohalariga bo‘lgan etibor kuchaydi. Ular tiklanib yangi ananalar paydo bo‘la boshladi. Bu esa hozirgi kunda sanatkorlar, xalq ustalari, mualimlar amaliy bezak sirlarini shogirdlariga o‘rgatib qolmay bu sanat asarlarini keng targ‘ib etib jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling